Imom G'azzoliy. Kimyoi saodat (Ruh haqiqati)  ( 350753 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 ... 48 B


Robiya  23 Avgust 2008, 14:38:51

FASL
Sadaqa bermak bayonida

   Sadaqa bermak bayonida hazrati rasuli akram s.a.v. aytibdurlar: «Sadaqa beringlar, agar bir dona xurmo bo‘lsa ham. Darveshga tiriklik moyasi bo‘lur. Va sizlarning gunohinglarni nobud (yo‘q) qilur, suv-o‘tni nobud qilg‘on misllik». Va rasul alayhissalom aytibdurlarkim, «Parhez qilinglar otashi do‘zaxdin, agarchandiki yarim xurmo berib bo‘lsa xam. Va agar topolmasanglar yaxshi so‘zlar bilan javob qilingizlar».

   Va yana rasuli alayhissalom aytibdurlar: «Har musulmon neki, moli halolidin sadaqa bersa, Haq taolo lutfu marhamat ilgi (qo‘li) birla ul sadaqani parvarish qilur, andog‘kim, Sizlar chahorpoylaringni parvarish qilg‘onga o‘xshash. Toki bir xurmo chog‘lik sadaqa Uhud tog‘idin necha barobar bo‘lg‘uncha.

   Hazrati rasuli akram s.a.v. aytibdurlar: «Qiyomat kuni har kishi o‘zining qilg‘on sadaqasi soyasida o‘ltirur. Jannatiy jannatga va do‘zaxiy do‘zaxga hukm bo‘lg‘uncha. Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Sadaqa azobu uqubat eshiklaridin yetmish eshikni bog‘lar». Sahobalar arz qildiki, «Yo rasulalloh, qaysi sadaqa fozilroqdur?» Rasuli sallallohu alayhi va sallam aytdilar: «Tani sihatlikda, tiriklikdin umidi bor vaqtda bergaysen. Ul vaqtda sadaqa ermasturkim jon xalqumga yetgan vaqtda, «bu - faloniyga» degaysenkim, agir andog‘ demasang ham ularg‘a qolg‘usidir». Iso alayhissalom aytibdurlar: «Kishikim soyilni (gadoni) sadaqa bermasdan kYettizsa, yetti kun ul yerga farishta yo‘lamas».

   Va rasul alayhissalom ikki ishni qech bir kishiga qildurmay, o‘zlari qilur erdilar: biri ulkim, sadaqani miskinlarga o‘z qo‘llari birla berur erdilar. Ikkinchisi - tahorat suvini kechalikda o‘zlari quyub, sarpo‘shini yopib qo‘yar erdilar.

Qayd etilgan


Robiya  23 Avgust 2008, 14:42:49

   Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Kishikim, bir musulmonga kiyim kiydirsa, ul kiyimdin pora qolg‘uncha (eskib tamom bo‘lg‘uncha) Haq taoloning hifzi himoyatiba bo‘lur».

   Ibn Mas’ud roziyallohu anhu ayturlarkim, «Bir kishi yetmish yil ibodat qilsa, ul kishidan gunohi azim voqe’ bo‘lub, yetmish yilliq toat va ibodati habata bo‘ldi. Bu kishi soyilg‘a bir girda non (kulcha non) berdi. Haq taolo Ani gunohini mag‘firat qilib, yetmish yilliq ibodatini qabul qildi».

   Va Luqmon o‘g‘lig‘a aytur erdikim, «Har gunohe sendin voqe’ bo‘lsa, albatta sadaqa bergaysen». Va Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhu bisyor shukr sadaqa berdi. Aytur erdikim, Haq tablo biladurkim, shukrni do‘st tutarmen. Haq taolo aytur:

   «Lan tanolul birra hatta tunfiquu mimmo tuhibbuuna».
(Oli Imron, 92).

   Oyatning tafsiri: hargiz yetmassizlar yaxshilik va najotga, to do‘st tutqon molinglardin sadaqa bermaguncha.

  Va Sha’biy ayturkim, (Alloh taolo rozi bo‘lsin ul zotdin) o‘zini sadaqaning savobiga darvesh sadaqaga muhtoj bo‘lg‘ondin ziyodaroq muhtoj tutmasa, sadaqasi qabul bo‘lmas.

Qayd etilgan


Robiya  23 Avgust 2008, 14:47:11

OLTINCHI ASL
 Mohi ramazon ro‘zasi

   Ramazon ro‘zasini tutmog‘liq rukn (ustun)dur musulmonchiliq ruknlaridin. Hazrat rasuli akram s.a.v. aytibdurlarkim: «Xudo taolo aytur: «Har yaxshi amalga o‘n jazo (mukofot) berurmen. Va ba’zi yaxshi amalga yetti yuz jazo berurmen. Magar ro‘za tutquvchining ajrini o‘zim berurmen. Qavluhu taolo:

   «Innamo yuvaffas-sobiruuna ajrahum big‘ayri hisobin». (Zumar, 10).

   Oyatning tafsiri: «Mundin o‘zga ermasdurkim, nafsning xohishidin sabr qilib, to‘xtag‘uvchilar ajri hech hisob va andozaga kelmas, ya’ni haddin tashqaridur (cheksizdur).

   Rasuli akram s.a.v. aytibdurlarkim, sabr-nisfi (yarim) iymondur. Ro‘za tutmoq tamom sabrning nisfidur. Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Ro‘zadorning og‘zini bo‘yi (hidi) Haq taoloning nazdida iforning bo‘yidan xushbo‘yroqdur». Xudoi taolo aytur: «Bandalarim farmonimni tutub, yemak va ichmakdin, hammasining xohishidin kechtilar. Ularning ajru-savobini o‘zum berurmen».

   Rasuli akram s.a.v. aytibdurlar: «Ro‘zadorning uyqusi ham toatdur». Va Yana aytibdurlarkim: «Vaqtki, mohi ramazon kirsa, bihisht (jannat)ning eshigini ochurlar. Va do‘zaxning eshigini band qilurlar (yopurlar). Va shayotinlarni bandga solurlar. Va nido qilurlarkim: «Ey, toliblar, qo‘ping (turing)larkim, talab vaqti bo‘ldi. Va ey izlaguvchilar, ogoh bo‘linglarkim, maqsud gavharini qo‘lg‘a keltirur (maqsadga erishuv) mahali yetti. Bas, Haq taoloning fazli aziymidurkim, bu ibodatni xos (o‘zig‘a) nisbat berib aytibdurkim: «As-savmu liy va ana-ajziybihi». Hadisi qudsiy (ya’ni, lafz rasulullohdan bo‘lib, ma’no Allohdan). Ya’ni, ro‘za menga xos ibodatdur va aning ajrini o‘zim berurmen».

   Agarchi hamma ibodatlar Xudo taolog‘adur, ammo ro‘zani o‘zig‘a xos qilibdur. Chunonchi, hamma olam Haq taoloning mulkidur. Ammo xonai Ka’bani o‘ziga xos qilibdur.

Qayd etilgan


Robiya  23 Avgust 2008, 14:50:36

   Bas, ro‘zada ikki xosiyat bordurki, ul jihatdin Haq taolo o‘zig‘a nisbat qilibdur. Avvalgi xosiyat ulki, xalqning ko‘zidan po‘shida va maxfiydurki, aningda hech riyo yo‘qtur. Ikkinchi ulki, Haq taoloning dushmani Iblisdur va aning lashkari nafsning xohishidindur. Bas, ro‘za bu lashkarga shikast berguvchidurki, ro‘za shaqvati nafsoniyni shikast qilur (sindirur). Ushbu vajxdin hazrati rasuli akram s.a.v. aytibdurlarkim: «Odamning ichida shayton, tomurda qon yurganga o‘xshash yurguvchidur. Oning yo‘lini ro‘za tutmoq va gurusnalik (ochlik) birla tang va tor qilinglar».

   Hazrati Oysha raziyalloqu anhoga hazrati rasul alayhissalom aytdilarkim: «Hamisha jannatning eshigini qoqg‘il». Aytdikim: «Yo rasulalloh! Qaysi nimarsa birla qoqg‘aymen?» Rasulalloh alayhissalom aytdilar: «Gurusnalik (ochlik) birla».

   Rasul akram s.a.v. aytibdurlarkim: «Ro‘za ofatlar orasida bir siparedurki (qalqon), sani hamma ofatlardin saqlar». Va rasululloh alayhi va salam aytibdurlarkim, «Hamma ibodatlar eshigi ro‘zadur». Bu vajhdinki, ibodatg‘a mone’ bo‘ladurg‘on nafsning xohishidurkim, to‘qluq nafs xohishini ziyoda qilur. Va gurusnalik (ochlik) kam qilur.

Qayd etilgan


Robiya  23 Avgust 2008, 14:54:28

FASL
Mohi ramazon ro‘zasining farzlari bayonida

   Bilgilki, ro‘za tutmoqda olti nimarsa farzdur. Avval ulki, ramazon oyining avvalini tahqiq qilg‘aykim, sha’bon oyining yigirma to‘qqizi va yo o‘ttuzi erkanini bilg‘ay. Bas, ro‘za tutmokda bir rostgo‘y kishining xabarig‘a e’timod qilib, ro‘za tutmoq durustdur. Ammo iyd (hayit) kunida ikki odil guvoqlik bermaguncha durust ermas. Kishigakim, mo‘‘tamad (e’timodli, ishonchli) kishi bu kun Ro‘za oyini ko‘rdim, deb aytsa, ul kishiga ro‘za tutmoq joiz va vojibdur. Agarchi, qozi aning so‘zini rostlig‘iga hukm qilmasa qam.
Va agar falon shaharda ro‘za oyini ko‘rdim, deb xabar qilsa, bu shaharning xalqiga ro‘za tutmoq vojib ermas, bashartiki, bu ikki shaharning orasi o‘n olti farsangdin (bir farsang taxminan 7-8 kilometrga teng masofa) yiroqroq bo‘lsa. Ammo o‘n olti farsangdin oz bo‘lsa, bu shahar xalqiga ham ro‘za tutmoq vojibdur.

   Ikkinchi farz niyatdur. Har kecha bu niyatni yodida tutg‘aykim, ertalikka ramazon ro‘zasini ado qilurmen va har musulmonga ramazon ro‘zasi xotirida bo‘lsa, niyat ko‘nglida bo‘lg‘usidur. Agar shak oqshomi bu tariqada niyat qilsakim, tongla ramazondin bo‘lsa tutg‘aymen, agar sha’bondin bo‘lsa, tutmag‘aymen desa, bu niyat durust ermasdur. Va niyat qilg‘ondin so‘ng kechalarda bir nima yemak birla niyat botil bo‘lmas. Va agar xotun kishi hayzdin munqati’ (ajralgan) bo‘lur vaqtda niyat qilsa, ro‘zasi durust bo‘lur.

   Uchinchi farz ulkim, yemak va ichmak va yo mundin o‘zga tariqa birla kursoqiga (ya’ni, qorniga) hech nimarsa doxil qilmag‘ay. Ammo hijomat qilmoq (qon oldirmoq) va surma tortmoq va qulog‘iga mil solmoq va yaraga paxta qo‘ymoq - ro‘zaga nuqs qilmas. Va agar beqasd bir nimarsa yutulsa, chunonchi chivin va yo g‘ubor va yo mazmaza qilg‘onda (og‘iz chayqaganda) suv xalqumiga yetsa nuqs qilmas. Magarkim, mazmazani mubolag‘a birla qilib, suv halqumga (tomoqqa, bo‘g‘izga) yetsa, ro‘za fosid bo‘lur. Va agar iftor bo‘ldi deb, iftor bo‘lmas vaqtda iftor qilsa va yo kecha o‘xshash deb, subhda saharlik yesa, qazosini tutar, kaforat lozim bo‘lmas.

   To‘rtinchi farz ulki, ramazon kunlarida xotun birla kunduzi mubosharat qilmag‘ay. Va agar er-xotun orasida shu ish kunduzi voqe’ bo‘lsa, ro‘zasi botil (buzilgan) bo‘lur. Va agar kechasi jimo’ qilib, subxdin keyin g‘usl qilsa, ro‘zaga (nuqs qilmas.

Qayd etilgan


Robiya  23 Avgust 2008, 14:57:21

   Beshinchi farz ulki, hech vajh birla inzol (shahvat suvining oqishi) bo‘lg‘udek ishni qilmagay. Va agar o‘zidan emin bo‘lmasa, xotunini bo‘sa qilmoq va yo bag‘al qilmoq (quchoqlash) birla inzoli mani bo‘lsa, ro‘zasi botil bo‘lur.

    Oltinchi farz ulki, qasd birla qayt qilmog‘i durust emas. Va agar beixtiyor qayt qilsa, (qusib yuborsa) ro‘zasi botil bo‘lmas. Agar zikom (og‘izdan suv kelishi) sababidyn va yo o‘zga sababdin dimog‘dagi suv xalqumiga kelsa, ro‘zaga daxl (zarar) qilmas. Vaqtiki, dimog‘din (burundin) tomog‘iga kelgan suvni yutsa, ro‘zasi botil bo‘lur (ochilur).

   Ammo ro‘zaning sunnatlari ham oltitadur: Chunonchi, iftorni ta’jil birla qilmoq (kun botdimi, og‘iz ochishga shoshiling) va saharlikni hurmat va shukrona birla yemak va iftorni xurmo birla va suv birla ochmoq va missoq (og‘izni va tishlarni maxsus cho‘p bilan) toza qilmoq, sadaqa va taom birla saxovat qilmoq va Qur’on tilovat qilmoq va masjidda e’tikof (doimiy ibodat qilish uchun) o‘lturmoq, alalxusus, oxirgi o‘n kunligida e’tikof o‘ltirmoqkim, shabi qadr (qadr kechasi) oxirgi o‘nidadur.
Hazrati rasuli akram s.a.v. bu o‘n kunni ichida makoni xobga (uxlash joylariga) bormas erdilar. Va ahli baytlar (xonadondagilar) ham ibodatdin o‘zga ishga mashg‘ul bo‘lmas erdilar.
 
   Bas,qadr kechasi yigirma biri va yo yigirma uchi va yo yigirma beshi va yo yigirma yettisi bo‘lg‘usidur. Bu mumkinroqdur. Avlosi (yaxshisi) bukim, bu o‘n kunda e’tikofga o‘lturgan bo‘lg‘aykim, e’tikof o‘lturg‘uvchi qazoyi hojatga tahorat olmoqdin ziyoda ta’xir (band, ovora) bo‘lmagay. Agar namozi janozaga borsa va yo kasal ko‘rgali borsa va yo guvohlik bergali borsa, e’tikofi botil bo‘lmas (buzulmas). Va e’tikof o‘lturguvchiga masjidda uxlamoq va taom yemak va qo‘lini yuvmoqning boki (zarari) yo‘qdur.

Qayd etilgan


Robiya  23 Avgust 2008, 14:59:47

FASL
 Ro‘za haqiqati bayonida

   Bilgilki, ro‘zada uch vajxdur: Ammo avomning ro‘zasi ulkim, yuqorida mazkur bo‘ldi: ichmak, yemak va mubosharat qilmoqdin saqlanmoqdur. Bas, bu kamtarin martabadur. Ammo xoslar ro‘zasi hamma darajalardin balandrokdurkim, dilni Haq taolo andishasidin (fikri zikri) bo‘lak nimarsadin saqlanmoq va o‘zini zohiran va botinan Haq taologa topshirmoqtsur. Va agar Haq taoloning zikri va fikridin o‘zga nimarsani andisha qilsa, va dunsliq jihatdin muboh ishga shuru’ qilsa ro‘zasi botil bo‘lur.

   Va aytibdurlarkim, iftorda nima yerman deb kunduzi andisha qilsa, gunohqor bo‘lur. Bu vajqdankim, Haq taoloning va’da qilgan rizqiga qanoat qilmagan bo‘ladur.
Bas, bu tariqada ro‘za tutmoq siddiqlar darajasidur, mundan ziyoda daraja yo‘qtur. Ammo xoslar ro‘zasiki, hamma noshoyista ishlardan o‘zini to‘xtatmoqdur.
Bilgilki, ro‘za olti holat birla tugal bo‘lur: Avval o‘zini Haq taolo yodidan o‘zga mashg‘ulotlardan saklag‘ay, alal xusus nafsning xohishi paydo bo‘lur nimarsalardai yiroq bo‘lg‘ay.

   Rasuli akram s.a.v. aytibdurlarki: «Ko‘zning nazari iblisning paykon (o‘q)laridan bir o‘qdurki, zahar birla sug‘orilgan kishi Haq taolodan qo‘rqib, bu nav’i ishlardan hazar qilsa, Haq taolo uning diliga iymon xil’atin (libosin) kiydirur».

Qayd etilgan


Robiya  23 Avgust 2008, 15:02:46

   Anas ibn Molik raziyyallohu anhu rasuli akram s.a.v.dan rivoyat qilur: «Besh nimarsa ro‘zani sindirur: g‘iybat qilmoq, yolg‘on so‘zlamoq, suxanchinlik qimyuq (gap taishmoq), yolg‘on ont ichmoq va shahvat nazari birla nomahramga qaramoq».

   Ikkinchi holat ulki, tilni bexuda so‘zlardan asramoq va Qur’on o‘qimoqg‘a mashg‘ul bo‘lg‘ay. Ortiqcha munozara xam behuda ishlar jumlasidandurki, ziyonkordur. Ammo g‘iybat qilmoq, yolg‘on so‘zlamak. ba’zi ulamolar nazdida avomning ro‘zasini botil qilur. Xabarda kelibdurkim. ikki xotin ro‘za tutub erdi, tashna va ochlikdin xalok bo‘lurga yetdilar. Rasuli akram s.a.v.din ijozat tiladilarki, ro‘zalarin sindurg‘aylar.

   Rasulloh s.a.v. bir kosa berdilar, buyurdilarkim, xar ikkisi muni ichiga qayt qilsun. Xotunlar kosaga qayt qildilar, ularning og‘zilaridan bir pora ivigan qon tushdi. Xaloyiq taajjubga qoldi. Rasuli akram s.a.v. aytdilarki, ikki xotun Haq taolo halol qilg‘on nimarsalardan o‘zlarini to‘xtatib, ro‘za tuttilar. Harom qilg‘on nimarsa bilan og‘iz ochtilar, g‘iybatga mashg‘ul bo‘ldilar. Og‘izlaridan tushgan qon, xalqning go‘shtidur (g‘iybatdir).
Uchinchi holat quloqni noshoyista so‘zlardin saqlamoq. Har so‘zkim demakka xo‘b ermas, eshitmakka ham yaramas.

   Bas, ma’siyat (gunoh) g‘iybat, yolg‘on, mundan o‘zga ham, eshitguvchi va deguvchi gunohda sherikdur.

Qayd etilgan


Robiya  23 Avgust 2008, 15:08:36


   To‘rtinchi holat ulki, qo‘l va oyoq hamma a’zolarini noshoyista ishlardam tiymasa, ul bemorning xoliga o‘xsharki, suvdan parxez qilg‘ay va zahar ichgayki, gunoh-zahardur.
Rasuli akram s.a.v. aytibdurlarki, aksar ro‘zador bo‘lurkim. tashnalik va ochlikdin o‘zga ularga hech nasiba bo‘lmas.

   Beshinchi holat ulki, iftorda harom va shubhalik taom yemagay. Va halol, xolisni xam ko‘p yemagay. Vaqtiki, kunduz qilur amallaridan bo‘shasa, kechaning tadorikini qilg‘ayki, ro‘zadan maqsad shahvat nafsoniyni kam qilmoqdur.

   Ko‘p yemak birla shaxvat ziyoda bo‘lur. Alalxusus, alvon turluk taom jam’ qilmag‘ay. To me’da xoli bo‘lmaguncha, dil sof bo‘lmas. Balki sunnat uldurki, kunduzi ko‘p uxlamagay, toki ochlikka ta’siri bo‘lmagay. Va kechalikda to‘la yemagay. Va namozi tarovihni o‘tamay, uxlamagay.

   Rasuli akram s.a.v. aytibdurlarki, Xudo taoloning nazdida haloldan bo‘lsa ham to‘ygan (qappaygan) qorindan ortiq dushmanroq hech dushman yo‘qdir. Bas, haromdan to‘lgan qorin egalarining holi nechuk bo‘lg‘usidir?

   Oltinchi holat ulki, iftordan keyin tutgan ro‘zasining maqbulligini talab qilgay. Va mardudliqdin (rad etilishidan) xavf va andisha qilgay.

Qayd etilgan


Robiya  23 Avgust 2008, 15:11:02

   Hasan Basriy rahmatullohi alayhiy (xayit) kuni qavmni ko‘rdiki, o‘yin va kulgiga mashg‘ul edilar. Shayx Hasan aytdiki, Xudo taolo mohi ramazondin maydon yasabdur, tokim bandalar maydonda qilg‘on amallarin o‘tkargaylar. Bas, ba’zilar amallarin o‘tkaribdur va ba’zilar keyin qolibdur. Taajjub qilurman ul kishilarga ishlarining haqiqati ma’lum bo‘lmay (turib) kulgaylar. Qasam Xudogaki, agar qilgan ishlarimiz yuzasyadan pardani ko‘tarsalar, amali maqbul bo‘lg‘onlar shodliqga mashg‘ul bo‘lur erdi. Va mardudlar anda motam tutar erdi». Bug‘doydan so‘rabdilarki, sen nima uchun kulmaysan deb. Bug‘doy «Tegirmonni o‘ylab turibman» deb javob bergan ekan.
Bas, xulosai kalom ulki, ro‘za tutmoqaan yemaslik va ichmaslik birla kifoyalanish ruhsiz surati bo‘lg‘usidir. Bas, ro‘zaning haqiqati va ruhi uldirki, ro‘zani farishtalarga o‘xshab -tutg‘ay, ularda aslo shahvati nafsoniy yo‘qtur. Va shahvati nafsoniy hayvonotning lozimasidur. Bu sababdan, har odamki, shahvati g‘olib bo‘lsa, hayvon jumlasidandur. Bas, kishiki, nafsg‘a shikast bersa, farishtaga o‘xshag‘onidurki, farishtalar Haq taologa shu sababdan yaqinrokdur. Kishi bu sifatda bo‘lsa, Haq taologa yaqin bo‘lg‘usidur. Ammo kishi, nafs xohishi birla taom yesa, shahvati ziyoda bo‘lur. Ruxda nur hosil bo‘lmas.


Qayd etilgan