Imom G'azzoliy. Kimyoi saodat (Ruh haqiqati)  ( 351018 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 ... 48 B


Robiya  23 Avgust 2008, 15:13:32

FASL
Ro‘zaning qazosi va kafforati bayonida

   Bilg‘ilki, ramazon kunlarida iftor qilmoq birla qazo va kafforat vojib bo‘lur. Va lekin har birining joyi bordur. Ammo qazo ul musulmon mukallifg‘a vojib bo‘lurki, uzr birla ro‘zasini sindursa, chunonchi kasal bo‘lsa va safar qilsa va yo hayz ko‘rsa va mundin o‘zga ham. Bas, bu kishilarga bir kunga bir kun qazo vojibdur. Kafforat lozim emas. Ammo devona va go‘daklarga (bu ham) vojib emas. Ammo kishi, qasd birla taom yesa va yo mujomaat qilsa (xotini birla yotsa) va boshqa ro‘za singudek ishni qasddan qilsa, qazo va kafforat lozimdur. Vojibdurki, kafforatiga banda (qul) ozod qilur va yo oltmish miskinga taom berur. Va yo oltmish kun fosila (orani uzmay) ro‘za tutar. Ammo beuzr ro‘zani sindirguvchilar qOltan kunda imsok qilg‘ay (yomonliklardan saqlangay.) Ammo hoiz (ayol) hayzdin pok bo‘lsa va yo musofir bir joyga yetsa va bemor sihat bo‘lsa, kunda imsok qilmak avlodur.

   Kishi ramazon oyi avvalida safar qilsa, ushbu kunda ro‘zasini sindirmagay. Agar safardan kelsa, qolg‘on kunini imsok qilg‘ay. Va musofirg‘a iftor tashkil qilmog‘idan ro‘za tutmoqlig‘i yaxshirog‘dur. Magar ro‘za tutmog‘idan mashaqqati ziyoda bo‘lsa, iftor tashkil qilmog‘i joizdur. Bir kung‘a bir kun qazosini tutar. Va homilali xotin va enaga ro‘za tutsa, bolasi halok bo‘lmog‘idin qo‘rqsa, iftor tashkil qilur. Qazosini keyin tutar. Va agar odam kasali ziyoda bo‘lmog‘idan va yo halok bo‘lmog‘idin qo‘rqsa, iftor tashkil qilur. Keyin qazosini tutar. Agar kim qariliq, bemorlik (holsizlik) sababli ro‘za tutguncha quvvati bo‘lmasa, ro‘za tutmas. Kunda bir miskinga to‘yg‘uncha taom berur. Kishikim, qazo ro‘zasini kechiktirib, ramazon hayitiga yetsa, ramazon chiqqandan keyin qazo ro‘zasini tutgay.

Qayd etilgan


Robiya  23 Avgust 2008, 15:15:28

FASL
Bir yil ichidagi fazilatli kunlar

   Bilgilki, bir yil ichida ramazoni sharifdan o‘zga fozil kunlarda ro‘za tutmoq sunnatdur. Chunonchi: arafa kuni ashur oyining o‘n kuni, zulhijja oyining avvalida to‘qquz kun va muharram oyi va rajab oyi va sha’bon oyining avvalg‘i o‘n kunlarida ro‘za tutmoq sunnatdur. Xabarda kelibdurkim, «Mohi ramazondan qolsa, mohi muharramda ro‘za tutmoq fozilroqdur». Muharramning hammasida ro‘za tutmoq sunnat. Ammo avvalgi o‘nida ro‘za tutmoq sunnati muakkadadur (savobi ziyodaroqdur). Xabarda kslibdurki, muharram oyida bir kun tutilgan ro‘za o‘zga oylarda o‘ttuz kun ro‘za tutmoqdan afzalroqdur. Muharram oyini hammasini ro‘za tutib o‘tkazgandan Ramazon oyida bir kun ro‘za o‘tamaklik afzaldur. Hazrati rasuli akram s.a.v. aytibdurlar:

   «Kishi mohi muxarramdan panjshanba va odina (juma) va shanba kunlarida ro‘za tutsa, aning nomai a’moliga yetti yilliq ibodat bitilur. Bilgilki, mohi muharram to‘rtdur: zulqa’da, zul qijja. muharram va rajab. Bularning fozilroq oyi zulhijjadurkim, haj kunlaridur.

   Xabarda kelibdurki, Haq taoloning nazdida hech vaqtda ibodat zulhijjaning avvalg‘i o‘nidin ortiqroq va do‘stroq emasdur. Zulhijjaning avvalgi o‘nida bir kun ro‘za tugmoq - bir yil ro‘za tutganga o‘xshashdur. Bu kechalardin bir kechani bedor o‘tkargan laylatul qadr kechasining savobini topganga o‘xshashdur. Sahobalar dedilarki, «Yo, rasululloh! G’azotning savobiga yetmasmu?» Rasululloh s.a.v. aytdilar: «G’azotda oti o‘lub, qoni to‘kilganning savobini topar». Rasul alayhissalom aytibdurlar:

   «Va karaha ba’zus-sahobati an yusoma rajaba kullaho hatto lo yuzohiy ramazona».

   Ya’ni, sahobalardan ba’zilari rajab oyining hammasida ro‘za tutmoqni makruh sanabdur. Tokim ramazonga o‘xshamagay. Ushbu sababdan rajab oyida bir kun, ikki kun va yo undin ko‘proq kunlarda ro‘za tutmabdurlar.

Qayd etilgan


Robiya  23 Avgust 2008, 15:22:50

   «Hayot» («Hayot») otlig‘ kitobda keltiribdurlarkim, vaqtiki, sha’bondan yarmi bo‘lsa, ramazongacha ro‘za tutmag‘ay. Ushbu jihatdan ramazondan ilgari nechand kun fosila (orani ajratish) -qilmoq mustahabdur. Agar vasl qilsa (qo‘shsa) mohi sha’bon, ro‘zasini ramazonga yetkurub tutmagay. Joizdurkim, rasuli akram s.a.v. bir martaba vasl qilib ro‘za tutubdurlar. Nechand marotaba, fosila (sha’bon oyi bilan ramazon oyining orasini farq) dilibdurlar va mohi sha’bondagi ro‘za tutmoqqa, sharifrog‘i, ayyomi bayzdur (ayyomi bayz deb, oyning o‘n uchi, o‘n to‘rti va o‘n beshinchi kunini ayturlar). Va hafta ichida sharifrog‘i dushanba, panjshanba va jum’adir. Kishikim, yilning hammasida ro‘za tutsa, sharif kunlarga jome’ bo‘lur. Ammo besh kun ro‘zasini sindurg‘aykim, ikki iyd kuni va qurbon xayitidan keyin uch kunkim, ayyomi tashriqdur (uch kun qurbonliq qilinadigan kunlar). Kishikim, yilning hammasida ro‘za tutmasa, bo‘lg‘aykim, bir kun ro‘za tutib, bir kun tutmag‘ay. Bu tariqa ro‘za tutmoq Dovud alayxissalomning ro‘zalaridurki, fazilati ziyodadur.

   Xabarda kelibdurki, Abdulloh ibn Umar va Amr ibn Os so‘radilarkim, «Ro‘za tutmoqning fozilrog‘i qaysidur?" Rasuli akram s.a.v. aytdilarkim, «Bir kun tutib, bir kun yemak fozilrog‘dur». Abdulloh aytdikim, «Mundin fozilroqni xohlarman». Rasul alayhissalom aytdilar: «Bundan ortiqrog‘i yo‘qdur. Ammo pastrog‘i ulki dushanba (kuni) ro‘za tutmokdur».

   Bas, kishikim, xaqiqat ro‘zasini tutubdur, o‘z holig‘a sarhisob berg‘aykim, ya’ni, ba’zi vaqtda iftor fozilroqdur va ba’zida ro‘za. Ushbu jihatdan rasuli akram s.a.v. ba’zi vaqtda ro‘za tutar edilar. Sahobalar aytur edilarki, mundan keyin aslo iftor qilmagaylar va ba’zi vaqtda ro‘za sindirar edilar. Aytur edilarki, mundan keyin ro‘za tutmaslar. Rasuli akram s.a.v.ning ro‘za tartiblari ma’lum emas.

Qayd etilgan


Robiya  23 Avgust 2008, 15:26:39

YETTINCHI ASL
Haj safari bayonida

   Bilgilki, haj qilmoq musulmonchiliq ruknlaridan biridir. Rasuli akram s.a.v. aytibdurlar: «Kishi haj qilsa badanni fisqga va tilni behuda so‘zga oluda qilmasa, hamma gunohlaridan pok bo‘lur, «onasidan tug‘ilgandek». Rasul alayhissalom aytibdurlarki: «Ko‘p gunoqkorlardurki, anga hech nimarsa kaforat bo‘lmas. Magar Arofotda turmoqliq kaforat bo‘lur. Rasul alayhissalom (yana) aytibdurlarki, «Shaytonni hech qachon ul kundagidek xor va haqirroq va sariq yuzlik ko‘rgali bo‘lmas». Haqtaolo benihoyat rahmatini bandalariga yog‘dirur. Chandon gunoqi kabiralarini afv qilur. Rasul alayhissalom aytibdurlar, «Kishiki, haj niyatida uyidan chiqsa, yo‘lda o‘lsa, ul kishining nomai a’moliga to qiyomatgacha (har kuni) bir haj umraning savobini biturlar. Kishikim, Madinada o‘lsa, jannatga (qisob bermay) kirar. Rasul alayxissalom aytibdurlar: «Kishikim bir haj qilsa, anga behishtdan o‘zga hech jazo yo‘kdur». Rasuli akram s.a.v. aytibdurlar: «Hech gunoh bundan ulug‘roq emasdurki, Arofot (tog‘i)da turub, gunoqim mag‘firat bo‘ldimu ekan, deb gumon qilg‘ay. Va Ali ibn Mavqif (buzrukvorlardan edi) ayturkim, «bir yili haj qildim. Arafa kechasi edi. Ikki farishtani tushimda ko‘rdum. Yashil kiyim birla osmondan tushdilar. Biri yana biriga aytadurki. «Bilurmisen, bu yil hojilar necha edi. Yana biri aytdikim, «Bilmasmen». So‘rag‘uchi aytdikim, «Olti yuz ming kishi edi». Yana so‘radikim, «Necha kishining xaji qabul bo‘ldi? Aytdiki. «Bilmasmen». Yana o‘zi javob berdikim. «Olti kishining haji qabul bo‘ldi». Ersa bu tushning vahshatidin uyg‘ondim. Qattig‘ g‘am va anduhda qoldim. Va aytdim, «hech vakx men bu olti kishidin emasman». Va (shu) andisha va anduh birla baytul haramga bordim. Yana ul ikki farishtani tush ko‘rdim. Hamrohidan so‘raydur, «Bilurmisenki, bu kecha Haq taolo hojilarga nechuk hukm qildi? Hamrohi dediki. «Bilmasmen». So‘rag‘uchi aytdi: «Har birig‘a yuz ming kishini baxshish qildi, va gunohini mag‘firat qildi». Bas, uyqudan bedor bo‘ldim, shodliqdan Haq taologa shukrlar ado qildim.

Qayd etilgan


Robiya  23 Avgust 2008, 15:28:57

Rasuli akram s.a.v. aytibdurlar: «Haq taolo va’da qilibdurkim, har yili xonai Ka’bani olti yuz ming kishi haj birla ziyorat qilur. Va agar kishi kam kelsa, Haq taolo farishtalarni yuborur, toki adad tamomiga yetur. Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Xonai Ka’bani qiyomat kuni Haq nozanin mahbub suratida qilur. Sahroi qiyomatda jilvagar bo‘lub, har kishikim haj qilibdur, jo‘rasi birla jam’ qilib, qo‘lidan tutub jannatga eltur. Ammo fuzalo xaylining sohibi dastgohlari va zurafo (ziyraklar, nozik fahmlar) zumrasining ramz ogohlari (ishora bilan biluvchilar) zehni solim (sog‘lom zehn) va tab’i mustaqimlariga xuffo pardasida mastur (yashirin, maxfiy) qolmag‘aykim, musannifi kitob, hazrati Imom Muhammad G’azzoliy oliyjanob, bu kitobi bo-savoblarida faroyizi ro‘za, namoz, haj, zakot kabi musulmon kishiga vojib bo‘lgan besh majburiyat) tartibida kitobi hajni jami’i sharoit va arkoni sunan (sunnat) va mustahabot (mustahab amallari) va mufsidi (namozni va boshqa amallarni buzuvchi) makruhotlarini tafsilan taqrir rishtasiga tizib va safha maydoniga sizib (yozib)durlar. Bu faqir (tarjimon Muhammad Isoning) arzi ulki, hajning faroiz va arkoni forsiy va turkiy kitoblarida mastur. Balki hojii haramaynilar xabarlaridan mutavotur (og‘izdan og‘izga o‘tib) masmu’ (eshitilgan) va mazkurdurki. sharoiti hajni ehrom bog‘lagandan boshlab, hajni itmomiga (oxiriga) yetkurib, libosi ehromni tashlag‘uncha bajo kelturmoq lozimdur. Bu diyorlarda (Turkiston taraflarda) amalga kelturmakka farmon bo‘lmabdur. Bas, bu sharoit va arkonni turkiy til birla bu kitobg‘a kelturgandan ommai musulmonlarga juda ko‘p foyda va xosiyatlar so‘zsiz hosil bo‘lmog‘i shu vaqtgacha tasvirlangan emas. Bu vajhdan faqiri bebizoat (sarmoyasiz) dami be istitoat (kuch-quvvati yo‘q) jiqatdan hajning faroyizi va vojibotlarig‘a shuru’ qilmokdan o‘zimni ma’zur tutub, hazrati musannif bu kitobda zikr qilgan hajning xosiyati va fazilatlari tarjimasiga iktifo qilindi. (Duolar jumlasidan) Tavfiq topish va gunohdin uzoq bo‘lishlik Allohning yordami bilan bo‘ladi. (Quyiroqda safar odoblari mufassal bayon qilinadi - red.)

Qayd etilgan


Robiya  27 Avgust 2008, 13:29:56

                                                 SAKKIZINCHI ASL
                                       Qur’on tilovat qilmoq bayonida


   Bilgilki, Qur’on tilovat qilmoq hamma ibodatlardan fozilroqdur. Aladxusus, namozda turib qiroat qilmoq. Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Ummatlarimning hamma ibodatlaridan ortiqrog‘i Qur’on tilovat qilmokdur: kimki, Haq taolo Qur’on tilovat qilmoqni ne’mat sifatida ato qilibdur, agar gumon qilsaki, mundan ham ulug‘ ne’mat bo‘lg‘ay (deb aytsa), ayni xatodurki, Xudo azza va jalla ulug‘ bilgan nimarsani kichik bilgan bo‘lur. Rasul alayhissalom aytibdurlarki: «Qiyomat kuni Haq taoloning nazdida hen shafoat qilg‘uchi Qur’ondan ulug‘roq emasdur. Na payg‘ambar, na farishta va na o‘zgalar». Yana aytibdurlar: «Haq taolo aytur: Kur’on tilovat qilmoqg‘a mash/ul bo‘lub, duo talab qilmog‘ga fursati qoshasa, ul bandamg‘a. shokirlarga bergandin ziyoda savob ato qilurman». Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Ko‘ngilga zang o‘ltirur, temirga zang o‘ltirgani kabi». Sahobalar arz qildilar: «Yo, rasululloh! Ul zangni qaysi nimarsa birla aritg‘ali bo‘lur?» Rasululloq s.a.v. aytdilar: «Kur’on o‘qimoq, o‘limni ko‘p yod olmoq birla bo‘lur». Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Men bu olamdan ketayotib, sizlarga ikki va’z qo‘yib ketdim: Biri go‘yo so‘zlar, ya’ni Kur’ondur. Yana biri va’zi xomushiy, ya’ni o‘lumdurkim, sizlarga hamisha pandu-nasihat bo‘lur». Ibn Mas’ud roziyallohu anhu aytur: «Qur’on o‘qig‘ilki, har bir harfig‘a ikki hasana berurlar. Aytamenkim, alif bir harfdur va lom bir xarf va fa bir harfdur». Ahmad roziyallohu anxu aytur: «Haq taoloni tushimda ko‘rdim, so‘radimki, yo Rab, senga qaysi amal birla yaqin bo‘lurmiz?

   Haq taolo aytdiki, Kalomim Qur’onni tilovat qilmoq birla. Aytdikim, agar ma’nosin fahm qilmasa ham, bilgilki, kishi Qur’on o‘qimoqni o‘rganibdur. ani darajasi ulug‘dur». Qur’onning hurmatini saqlagay.

   Va o‘zini noshoyista ishlardin sakdagay. Va hamma ahvolda adab birla bo‘lg‘ay. Aks holda Qur’on qiyomat kuni ul kishiga xasm (dushman) bo‘lur. Rasul akram s.a.v. aytibdurlar: «Ummatlarimdan aksari munofiq qur’onxonlardur».

Qayd etilgan


Robiya  27 Avgust 2008, 13:37:07

   Abu Sulaymon Doroniy aytur: «Bebok (hayosiz) ishlar birla Qur’on o‘qig‘uvchilarni do‘zaxbon butparastdan ilgariroq o‘ziga olur». Tavrotda kelibdurkim, Haq taolo aytur: «Ey bandalarim! Uyalmaysizlarkim, agar yoru birodarlaringdin noma kelsa, agar yurgan bo‘lsanglar, to‘xtarsizlar. Va agar qiyomda (tik) bo‘lsanglar, o‘tirursizlar. Bu kitob mening nomamdurkim, sizlarga yuboribdurman, tokim taammul birla o‘qib, munga boqib amal qilg‘aysizlar. Holbuki (sizlar) Qur’ondan yuz o‘girib, o‘qimassizlar va anga e’tiqod qilmassizlar». Va Hasan Basriy rahmatullohi alayh aytur: «Sizlardan ilgari o‘tganlar Qur’onni Haq taolodan kelgan noma deb bilur edilar. Kechalarda taammul qilib (chuqur o‘ylab), kunduz amalga keltirur erdilar. Va sizlar esa o‘z ishlaringni qilursizlar, va Qur’onning huruf va ohanglarini rostlamassizlar. Va anga amal qilmassizlar».

   Bas, hammaga bilmak lozimdurkim, Qur’onni nozil qilmoqdan maqsud faqat tilovat qilmoq ermas, balki maqsud-amalga kelturmakdur, o‘qimog‘liq, yod olmog‘liq va farmon deb bajarmoq uchundir.

   Bas, kishi Qur’on tilovat qilib, farmon deb bajarmasa, ul bandalarga o‘xsharki, xo‘jasi anga noma yuborgay va nechand ishni farmon qilg‘ay. Bu qul nomani o‘qig‘ay va huruflarini rostlagay, ammo hech farmon deb bajarmagay. Bundaylar beshak azobu uqubatga mustahiq (loyiq) bo‘lg‘usidir.
Odobi tilovat bayonida bo‘lg‘ayki, Qur’on tilovat qilguvchi o‘zig‘a besh odobni lozim tutg‘ay: avvalg‘i odob ulki, Qur’onni xurmat birla o‘qig‘ay. Va tahorat qilib, yuzini qiblaga qilib, tavoze’ birla o‘ltirgay, namozda o‘tirgandek.

   Hazrati Ali roziyallohu anxu ayturlar: «Kishi, Qur’onni namozda turub o‘qisa, har harfiga yuz hasana bitilur. Va agar o‘ltirib o‘qisa, ellik hasana bitilur. Agar tahorat birla o‘qisa, ellik hasana bitilur: Agar betahorat o‘qisa, o‘n hasana bitilur. Kechalikda namozda turub o‘qimoq fozilrokdur. Kechalikda dil forig‘ (hamma yomon xayollardin musaffo) bo‘lur».

Qayd etilgan


Robiya  27 Avgust 2008, 13:42:44

   Ikkinchi odob ulki, ohista o‘qig‘ay. Taammulu tadbir qilg‘ay. Va tezda o‘qib tamom qilmoq qasdida bo‘lmag‘ay. Va ba’zilar tez shoshilib tilovat qilib, xdr kunda bir xatm qilibdur. Rasuli akram s.a.v. aytibdurlarki, «Kishi, Qur’onni uch kundan kamda xatm qilsa, Qur’onning lazzatini topmabdur». Ibn Abbos roziyallohu anhu ayturlarki, «Surai az-Zilzilat birla surai «al-Qori’atun»ni taammul va tadbir birla o‘qisam, surai «Baqara» birla, surai «Ol-i imron»ni shitob birla o‘qig‘ondan do‘stroq tutarman.

   Hazrati Oysha roziyallohu anho birovni ko‘rdikim, shitob birla o‘qiydur. Aytdilarkim, «Bu Kur’on o‘qigan emas va sukutda, ya’ni, xomush o‘lturg‘on ham emas. Va agar ajamiy bo‘lsa (arab bo‘lmasa) Qur’onning ma’nisini bilmasa, ohista o‘qimoq yaxshiroqdurkim, adabga rioya qilgan bo‘lur.
Uchinchi odob yig‘lamoqliqdur. Rasuli akram s.a.v. aytibdurlarkim, «Qur’on o‘qinglar va yig‘langlar. Agar yig‘lag‘unglar kelmasa takalluf birla yig‘langlar». Ibn Abbos roziyallohu anxu ayturlarkim, «Oyati sajdaga yetsa, sajda qilmoqg‘a shitob qilg‘ay va yig‘lagay. Agar oshkor yig‘lay olmasanglar, ko‘nglinglarda yig‘langlar». Rasuli akram s.a.v. aytibdurlar: [/i]«Qur’on oxiratning g‘amu anduhini tortmoq uchun nozil bo‘lubdir. Vaqtiki Qur’on o‘qisanglar, o‘zing‘larni anduxdin keyingi kayfiyatda qilinglar. Kishikim, Qur’onning va’da va vaid (qo‘rqitish, tahdid etish)larini va farmonlarini taammul qilsalar. nochor g‘amgin bo‘lur. Magarkim, g‘aflat g‘olib bo‘lsa [/i]

Qayd etilgan


Robiya  27 Avgust 2008, 13:47:19

   To‘rtinchi odob ulki, har oyatning haqqini ado qilg‘ay. Rasuli akram s.a.v. (Qur’on o‘qisalar,) oyati azobg‘a yetsalar, (Allohdin) panoh tilar edilar. Va oyati rahmatga yetsalar, Duo talab qilur edilar. Va oyati tanzihaga (poklanish)ga yetsalar, tasbix aytur edilar. Va tilovati avvalida «A’uzu billohi minash-shaytonir rajiym» der edilar. Tilovatidan forig‘ bo‘lg‘onda bu duoni o‘qur erdilar:   

  «Allohummarhamniy bilqur’oni vaj’alahu li imoman va nuran va hudan va rahmatan. Ollohumma zakkirniy minhu mo nasiytu va allimniy minhu mo jahiltu varzuqniy tilovatahu ana-al-layli va atrofan-nahori vaj’alhu hujjatan li rabbil-olamiyn».

   Bu duoning ma’nisi ulkim, «Ey, bor Xudoyo! Raxm qilg‘il menga Kur’onning hurmati birla va imom qilg‘il ul Kur’onni menga va nuri rohi rostg‘a boshlag‘uvchi va rahmat qilg‘uchi. Ey, bor Xudoyo! Yodimga keltirgil Kur’on(dan) unutqonlarimni. bildirgil ul Kur’ondan bilmaganlarimni va ro‘ziy qilg‘il menga kecha va kunduzlarda tilovat qilchoqni va qilg‘il menga Qur’onni dalil va hujjat, yo rabbil olamiyn». (Oltinxon To‘ra tarjimasi).

    Vaqtiki, oyati sajdaga yetsa, avval takbir aytgay, andin sajda qilg‘ay. Namozdagi tariqa birla takbir va sajda kifoyat qilg‘ay. Tashahhud lozim emas.

   Beshinchi odob ulkim, agar o‘qig‘uchi ko‘ngliga riyo aralashuvi ehtimoli bo‘lsa va yo namozda turgan kishiga xalal berish ehtimoli bo‘lsa. ohista tilovat qilg‘ay. Xabarda kelibdurkim, Qur’onni ohista o‘qimoqning savobi jahr o‘qimoqdan ziyoda va fazlli, maxfiy sadaqani oshkoro sadaqadan ziyodaligiga o‘xshashdur. Agar riyodan emin bo‘lsa avlosi (yaxshisi) ulki, ovoz birla o‘qig‘ay, toki o‘zgalar ham nasiba olg‘aylar va savob topg‘aylar. Va Qur’ong‘a qarab o‘qimoqning xosiyati xo‘bdur. Aytibdurlar «Qur’onga boqib, bir tamom qilg‘on, Yetti marotaba yod o‘qub tamom qilg‘on birla barobardur».

  Misrning faqihlaridan biri (bir kuni) hazrati Imom Shofiyning qoshlarig‘a kelib ko‘rdiki, Imom Shofiy oldida Mushaf (Qur’on) qo‘yug‘luq va o‘zlari sajdada turubdurlar.

Qayd etilgan


Robiya  27 Avgust 2008, 13:49:28

   Aytdilarki, «Yo, imom! Mas’alaga mashg‘ulluq qilmoq Qur’on o‘qimoqg‘a moni’ bo‘lmasmi?» Imom aytdiki, «Namozi xuftanni ado qilib, Qur’onni qo‘limg‘a olurman. Tong otquncha qo‘limdin qo‘ymasman». Rasul alayhissalom xazrati Abu Bakr Siddiqni ko‘rdilarki, kechalig‘ namozga turubdur. Ohista qiroat qilur. So‘radilarkim, «Nima uchun ohista qiroat qilursan?» Hazrati Abu Bakr Siddiq aytdilar: «Qur’onni ul zotga (Allohga) o‘qurmanki, ohista o‘qiganni eshitadur». Umar roziyallohu anhuni ko‘rdilarki, ovoz birla o‘qiydur. So‘radilarki, «Nima uchun baland o‘qursen?» Umar roziyallohu anhu aytdilarki.

   «Uxlaganlarni bedor qilmoq uchun va shaytonni yiroq qilmoq uchun». Hazrati rasuli alayhissalom aytdilarki, «Har ikkilaringiz xo‘b qilibsizlar». Bas, amal niyatga tobe’durkim, , har ikkilarining niyati xo‘b erdi, savob topdilar.

   Ovozi xush birla o‘qimoqg‘a sa’y, harakat qilg‘ay. Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Qur’onni ovozi xush birla o‘qinglar». Rasul alayhissalom bir kuni Xuzayfani ko‘rdilarki, ovozi xush birla Qur’on tilovat qiladur. Aytdilar: «Alhamdulillohillaziy ja’ala fi ummatiy mislihi». Ya’ni, xamd eturman ul Xudog‘aki, ummatimda munga o‘xshash kishini xalq qilibdur». Bas, onchakim ovozi xushrokdur, Qur’onning asari ko‘ngilga ziyodarokdur. Sunnat uldurki, Qur’onni maqom birla o‘qimagay. Huruf va kalimalar orasida alhon (ashulalar, xonishlar) qilmag‘ayki, makruhdir. Chunonchi qavvol (xonanda)lik g‘azalxonlar odatidur.


Qayd etilgan