Imom G'azzoliy. Kimyoi saodat (Ruh haqiqati)  ( 350802 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 ... 48 B


Robiya  27 Avgust 2008, 13:52:32

                                                            FASL
                                     Tilovatdagi olti odobi botiniy bayonida


   Bilgilki, tilovatning botiniy odobi oltitadur:

   Avvalg‘i odob ulki, Qur’onning azimati va ulug‘ligini bilgay, Xudo azza va jallaning kalomi qadimiydur. Haq taoloning sifatidurki, vojibul vujudida qoyimdur. Onchakim bu qorilar zabonida joriydur, huruf va kalimotdurki, kalomi nafsi (Allohni so‘zi) qadimning lafzi mislliqdur. Chunonchi, otashin lafzni til birla aytmoq osondur. Ammo otashni hech kim qo‘lida tutmoqqa va tiliga kelturmoqg‘a toqat qilolmas. Munga o‘xshash, kalomulloh oyatlari maoniy qadimlarini xURUflar libosidin mujarrad (xoli) qilib, oshkora qilsa, yetti osmonu zamin oning tajalliysiga toqat kelturolmas. Chunonchi, Haq taolo kalsmi majidida xabar berur:

   «Lav anzalno hazal Kur’ona ala jabalin va laraaytahu xoshi’am mutasaddiam min xashyatilloh».

   «Agar biz ushbu Qur’onni biron tog‘ga nozil qilganimizda, albatta siz u (tog‘)ni Ollohning qo‘rquvidan egilib yorilib «etgan xolida ko‘rgan bo‘lur edingiz». (Alouddin Mansur tarjimasi). (Hashr, 21).

   Va lekin Qur’onning jaloli va azimatini xuruflar libosi ichida pinhon qilib, arab tili pardasidan o‘zga nimarsalar birla odamlarga yetkurmoq mumkin emasdur. Bilgilki, ovozi hurufning ulug‘ xosiyaglari bordur. Andog‘ki, hayvonotni haydamay adab o‘rgatmak va xizmatga solmoq harf va ovozsiz bo‘lmas. Va odamlar so‘zini hayvonot fahm qilmoqg‘a toqat keltira olmas. Nochor hayvonot ovozlariga yaqin huruf va suratni ta’yin qilib, toki hayvonotni bu ovoz birla ogoh qilib, xizmatga solib va farmon tuttirg‘aylar. Masalan, ho‘kuzg‘a ovozlar qilsa, u qo‘shni tortib, yerni yumshatur.Ammo zaminni yumshatmoqning hukmini bilmaskim, zaminni yumshatmoqdan maqsud budurki, suv, havo, tufroq birla alishib ziroat qilmoqg‘a visola bo‘lg‘ay. Bas, munga o‘xshash, ba’zi odamlarga Qur’on o‘qimoqdan ovozi zohir va.ma’nii zohirdan ziyoda nasiba bo‘lmas. Ba’zilar gumon qilibdurlarki, Qur’on huruf va savt (ovoz)dur. Bu tariqa aqida qilmoq g‘oyat jaholat va aqidaning nihoyati sustlig‘idur. Ul kishining holiga o‘xsharki, otashni bilurki, harflari alif va to va shindur. Ammo muni bilmaskim, otashni qog‘oz uzrasiga qo‘ysa kuydurur. Toqat keltiraolmas. Ammo otash lafzini qog‘ozga bitmak birla hech zarar bo‘lmas. Chunonchi xar badanning ruhi bordur. Bas, Kalomullohning huruflari badanga o‘xshashdur. Bas, har badanning sharofati ruhning sababidandur. Va oyati Qur’onning huruf va kalimati va sharofati ham ma’noiyi qadimiy, ya’ni Ruhdur. Bilgilki, Kalomullohning hamma haqiqatini bu kitobda zikr , qilmoq mumkin ermas.

Qayd etilgan


Robiya  27 Avgust 2008, 13:54:53

   Ikkinchi odob ulki, Qur’on o‘qimoqdin ilgari Haq taoloning jalolati va azimatini ko‘ngilda hozir tutg‘aykim, Qur’on Haq taoloning kalomidur. Va bilgaykim, kimning so‘zini o‘qiydur. Qo‘rquv va adab birla o‘turg‘ay. Haq taolo kalomi majidda xabar berur:

   «Lo yamassuhu illa-l-mutahharuna».

   Mazmuni: Uni faqat tahoratli - pok kishilargina ushlarlar. (Voqea, 79).

   Chunonchi (zohiri) ilm shulki, Mushafni (Qur’onni) betahorat odam ushlashi durust emas. Bas, Qur’onning matni haqiqati andoq ko‘ngilda barqaror bo‘lurki, axloqi zamima (yomon xulqlar) najosatidan pok bo‘lg‘ay. Ta’zimu tavqir (izzatu viqor) nuri birla orasta bo‘lg‘ay. Va Ikrima roziyallohu anhu vaqtiki Mushafni qo‘lga olsalar, tamom badaniga larza tushar edi va aytur edi:
- Huva kalomi robbiy, ya’ni, ul parvardigorimning kalomidur.

   Va hech kishi Qur’onning azimatini to‘lig‘icha bilmas. Qur’on ma’nolarini bilmaguncha, to Alloh taoloning sifot va af’ollaridan andesha qilmaguncha Haq taoloning azimatini dilda hosil qilmas. Chunonchi, Arsh, Kursi, yetti qavat osmonu, yetti qavat zamin, bular ichida hamma mavjudotlar, farishtalar, odamlar, jinlar va hayvonot va qashorot va jamod (jonsiz tabiat - tosh, ma’dan kabilar) va nabotot (barcha o‘simliklar, giyohlar) va asnofi xaloyiqni (turli xilqatlarni) ko‘ngliga kelturib, bilgaykim, Qur’on Ul  vojibul vujudning kalomidur, bu hamma maxluqotlar aning qudrati qabzasidadur... Va kamoli qudratiga hech nuqson bo‘lmas va hammani ofarida qilg‘uvchi, yaratguvchi uldur. Bas, bu tariqada andesha qilsa, Haqtaoloning azimatidin ogoxlik bir qadar dilida qozir bo‘lur.

   Uchinchi odob ulki, Qur’on tilovat qilurda dilini toza qilg‘ay. Va g‘aflatga yo‘l bermagay. Tilida Qur’on o‘qub, ko‘nglida bo‘lak narsani xayol qilmagay. G’aflat birla o‘qig‘onni o‘qimagan qatorida bilgay. Yana qayta o‘qig‘ay.

   G’aflat birla o‘qig‘an anga o‘xsharkim. birov bog‘ tomoshasiga borgay. tag‘oful (beparvo, g‘ofillik.) birla aning ajoyiblarini ko‘rmay chiqqay. Qur’on mo‘minlarning tomoshagohidir. Aningda ajoyib hikmatlar bordurkim, aning ajoyib hikmatlarig‘a taammul (fikr, andesha) qilsa, andin o‘zga hech nimarsaga nazar qilmas. Agar kishi Qur’onning ma’nolarini bilmasa, qar ikki dunyodan bexabardir. Va lekin bo‘lg‘aykim, Qur’onning ulug‘ligini dilida hozir tutg‘ay. Parokanda birla andesha qilmag‘ay (Xayoli xar yoqqa sochilmagay).

Qayd etilgan


Robiya  27 Avgust 2008, 13:57:30

   To‘rtinchi odob ulki, har oyatki o‘qiydur, taammul birla ma’nosini fahm qilib o‘qig‘ay. Va betaammulni ioda (qayta-'qayta) chuqur mulohaza bilan o‘qig‘aykim, ko‘p o‘qig‘ondin bu yaxshirog‘dur.

   Abu Zar G’iforiy roziyallohu anhu ayturkim, Rasul alayhissalom bir kecha tong otquncha namozda turdilar, bu bir oyatni ioda qilib o‘qidilar:

   «In tuazzibhum fa innahum iboduka».

   Oyatning mazmuni: «Agar ularni azoblasang, ular sening ojiz bandalaringdir (Alouddin Mansur tarjimasi). (Moida, 118).

   To yigirma marotaba ioda (qayta) o‘qidilar. Va Sa’ad ibn Jubayr roziyallohu anhu bir kecha bu oyatni qiroat qilib, namoz o‘qidi:

   «Vamtozul yavma ayyuhal mujrimuna».

   Ma’nosi: «Ey, jinoyatchi kimsalar, mana bu kunda (mo‘‘minlardan) ajralinglar!». (Yosin, 59).

   Va agar oyatni qiroat qilib, bo‘lak ma’no andesha qilsa, oyatning haqiqatini ado qilg‘an bo‘lmas.
Har oyatkim, namozda o‘qibdur, aning ma’nosidin o‘zga hech nimarsani andesha qilmag‘ay. Balki har oyatning o‘z ma’nosidan o‘zgani andesha qilmoq vaovasadur. Chunonchi, Haq subhonaning sifotlari oyatini o‘qisa sifotlar asroridan andesha qilg‘ay, Quddus va Jabbor va Aziz va Hakim, mundin o‘zga ma’nolarni. V aqtiki, «Xalaqas-samovoti val arz»ni o‘qisa, ajoyib xilqatlarni va Xoliqning san’atini mulohaza qilg‘ay, kamoli va qudratini fahm qilg‘ay. Andog‘ fahm qilg‘aykim, hamma mavjudotni Haq taolo mavjud qilg‘uvchidir. Bu oyatni o‘qisaki:

   «Inno xalaqnal-insona min-nutfatin amshojin, nabtilihi».

   Oyatning tafsiri: «haqiqatan odamni (er va xotinni) otalik va onalik suvlaridan aralash bo‘lgan nutfadan yaratdik». (Inson, 2).

   Bas, nutfaning ajoyiblarini andesha qilg‘aykim, bir ; sifatlik qatrai suvdan chandon muxtalif nimarsalarni xalq qilmoq, chunonchi: go‘sht va po‘st va ustuxon va tomir va mundan o‘zga ajoyiblar, chunonchi, eshitmak va shunga o‘xshash a’zolaridan qo‘l-oyoq, bosh va ko‘z va zabon va mundan o‘zga ham. Bas, Qur’onning hamma ma’nolarini sharh qilmoq qiyindur.

Qayd etilgan


Robiya  27 Avgust 2008, 14:00:55

   Bilgilki, Qur’onning ma’nolarini uch toifa fahm qilolmas. Avval ulki, tafsir o‘qimagan va arabiy tildan xabari bo‘lmagan.

   Ikkinchi ulki, gunohi kabirani ko‘p qilg‘oni sababidan va bid’atg‘a mukkasidan ketgan jihatidan, bid’at va mas’iyat zulmati dilini tiyra (qora) qilgani uchun, Qur’onning ma’nolarini fahm qilolmas.
Uchinchi ulki, zohiriy tilovatga mashg‘ul va mag‘rur bo‘lg‘ay, ma’nolarni mulohaza qilmoqtsan tag‘ofildur. Bas, bu tariqa kishilar Kur’onning ma’nolarini fahm qilmoqdan mahrumdirlar.

   Beshinchi odob ulki, har oyatning ma’nosiga boqib, dilini ul sifat bilan orasta qilg‘ay. Chunonchi: oyati xavfga yetsa, zoriy va tazarru’ (iltijo) qilg‘ay. Haq taoloning sifotlarini tavozu’ va shikastalik birla o‘qug‘ay. Vaqtiki kofirlarning botil aqidasi borasidagi oyatga yetsa, chunonchi: Haq taologa shirk (bir nechta xudo bor deb e’tiqod) qilmoq va farzandi bor degan mushriklar haqidag‘i oyatlarga kelganda, past qilib, sharm va xijolat birla o‘qig‘ay. Munga o‘xshash har oyatning ma’nosig‘a boqib, o‘zini ul sifot birla tutsa, oyatning haqini ado qilg‘on bo‘lur.

   Oltinchi odob ulki, Qur’onni ta’zim va ikrom birlan o‘qig‘onda andog‘ eshitgaykim, Haq taolodin eshitgan bo‘lg‘ay. Buzruklardan biri ayturlar: «Qur’onni o‘qidim, halovat topmadim. Rasuli akram s.a.v.dan eshitgan o‘qishni farz qildim, ziyodaroq lazzat topdim. Bas, endi andog‘tilovat qilurmenkim, Haq subhonaxu va taolodan payvasta eshiturman, andog‘ lazzatni topibdurmenki, hargiz topmag‘an erdim».


Qayd etilgan


Robiya  29 Avgust 2008, 13:17:55

TO’QQIZINCHI ASL
Zikr aytmoq bayonida
   
   Bilgilki hamma ibodatning mag‘zi Haq taoloni zikr etmoqdur. Chunonchi, aytibdurlar: «Musulmonchiliqning ustuni namozdur». Namozdan maksud Haq taoloni zikr etmoqdur.   '

   «Innas-salota tanho anil fahshoi val munkari vala- « zikrullohi akbar».

   Oyatning ma’nosi shulki, «Haqiqatan namoz gunoh va zalolatdan to‘xtatquvchidir. Har holda Olloh taoloni zikr ' etmoqning savobi hammadan ulug‘roqdir». (Ankabut, 45).

  Bas, Qur’on o‘qimoq hamma ibodatning fozilrog‘idur. Bu sababdanki, Haq taoloning kalomidur. Har oyatki,Qur’onda bor, Haq taoloning zikrini toza qilmoq uchundir, bas, ro‘za tutmoqdan maqsad shahvati nafsoniyni sindurmoq va zahmati shahvoniydan xalos bo‘lmoqkim, dil sof bo‘lib, Haqtaoloning zikrig‘a qarorgoh bo‘lg‘ay. Va hajdan maqsad Xudo taoloning uyini ziyorat qilmoq va uy egasini zikr etmoqdur. Bas, hamma ibodatning sar mag‘zi zikr etmoq, balki musulmonchiliqning hamma mas’alalarining asli kalimasi «Lo iloha illallohu Muhammadur rasululloh»durkim, bu kalima ayni zikrdir. Va o‘zga ibodatlar bu zikrning ta’kididur.

   Bas, zikr qilg‘uvchining samari-natijasi Haq taoloni zikr qilmog‘idur. Kalomi majidda xabar berur:

   «Fazkuruniy, azkurukum».

   Ya’ni, mani yod qilinglar, men ham sizlarni yod qilgumdir. (Baqara, 152).

   Bas, aksar ahvolda, ko‘proq zikrg‘a mashg‘ul bo‘lg‘aykim, Haq taoloni ko‘proq zikr etguvchilar azizlardur, Qavluhu taolo:

  «Vazkurulloha kasiran laallakum tuflihun»

   Oyat tafsiri ulki, agar najotliq umidin tutsanglar, Alloh taoloni ko‘p eslanglar. Shoyadki najot topursiz. (Anfol, 45).

   Bas, najotliq topmoqning kalidi zikrdurkim, ko‘p holda zikrg‘a mashg‘ul bo‘lg‘ay. Qavluhu taolo:

   «Allaziyna yazkurunalloha qiyoman va quudan va ala junubihim».

   Oyatning tafsiri ulki: «Ul toifalarki Alloh taoloni tik turgan holda va o‘tirganda ham, yotgan vaqtda ham eslaydilar». (Oli Imron, 191).

Qayd etilgan


Robiya  29 Avgust 2008, 13:21:27

   Har bir holatda ham Allohdan g‘ofil bo‘lmaydilar. Va yana Haq taolo xabar berurki:

   «Vazkur rabbaka fi nafsika tazarru’an va xiyfatan. Va duunal bahri minal qavli bilg‘uduvvi val osoli va lo takun minal g‘ofiliyn».

   Oyatning tafsiri ulki, parvardigoringlarni yod qilinglar, zoriy va qo‘rqinch birla erta va oqshom, hech g‘ofillardin bo‘lmanglar. (A’rof, 205).

   Rasuli akram s.a.v.dan so‘radilarki, qaysi ish xo‘broqdur? Rasul alayhissalom aytdilar: «Umringning oxiri nafasida bo‘lsa ham zaboning Haq taoloning zikri birla xo‘b bo‘lg‘ay».

   Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Ogoh qilay sizlarni hamma amallaringizning yaxshirog‘i va maqbulrog‘idan. Podshohi alal itloq jalla jaloluhu nazarida hamma darajalarning balandrog‘i, oltin-kumush sadaqa qilg‘ondan xo‘brog‘i va kofirlar birla g‘azot qilg‘ondan afzalrog‘i bo‘lgan amaldan».

   Sahobalar arz qildilarki, «Yo rasululloh! Ul qaysi amaldur?» Hazrati rasululloh aytdilar: «Haq taoloni zikr etmokdur. Inson Alloh deb, boshqa so‘z qo‘shmay, duo va tilaklarga fursat topmasa ham, ul kishig‘a Haq taoloning atosi duo va talab qilg‘on kishidan ziyodadur».

   Rasul alayhissalom aytibdurlar: «G’ofillar orasida Haq taologa zikr aytg‘uvchi, o‘liklar orasida tirilganlarga o‘xshashdur. Va quruq giyohlar orasida sabzag‘a o‘xshashdur. Va g‘azotdan qochganlar orasidan qaytib turub g‘azot qilg‘on yigitga o‘xshashdur».
Maoz ibn Jabal roziyallohu anhu aytur: «Qiyomat kuni ahli jannat hech nimarsaga hasrat tortmaslar. Magar bir soatkim bu olamda Haq taolog‘a zikr etmay o‘tubdur, aning uchun hasrat tortarlar».

   Haqiqatan zikrning darajalari bordur.

   Avvalgi daraja ulki, zikr faqat tilda aytilur. G’ofil bo‘lib, dilga asari za’if bo‘lur va lekin asardin xoli ham bo‘lmas. Bas, Haqtaoloning zikri ila mashg‘ul bo‘lgan tilning darajasi behuda so‘zga mashg‘ul bo‘lgan va sukutdagi, ya’ni xomush turgan tildan ziyodadur.
Ikkinchi daraja ulkim, zikr dilda ham aytilur va lekin dilda mutammakkin (muqim) va barqaror bo‘lmas. Ammo takalluf birla dilni zikrg‘a mashg‘ul qilg‘ali bo‘lur. Toki jaxd va takalluf qilmag‘uncha dil g‘aflat va nafs xayoliga mashg‘ul bo‘lg‘usidir.

Qayd etilgan


Robiya  29 Avgust 2008, 13:23:42

   Uchinchi daraja ulki, zikr dilda barqaror va mustavliy (sobit) bo‘lur, andog‘kim, takalluf birla dilni yana bir ishg‘a mashg‘ul qilg‘ali bo‘lur.

   To‘rtinchi daraja ulki, Haq taolo dilg‘a doimiy barqaror va mutammakkin bo‘lur. Zikrg‘a o‘rin qolmas. Va mazkuri Haq subhonahu va taolodur.

   Bas, Mazkurni (zikr etiluvchi Haqtaoloni) do‘st tutish bilan zikrni do‘st tutish orasida chandon tafovut bordir. Balki kamol uldurki, Mazkurga mashg‘ul bo‘lmoq birla zikr ko‘ngildan tamoman bartaraf bo‘lg‘ay.

   Zikr arabiy yo forsiy bo‘lur. Har ikkisi xayoli nafsidan xoli bo‘lmas. Va asli zikr uldurki, dil forsiy va arabiydan, balki hamma nimarsadan xoli bo‘lg‘ay Mazkur va matlubdin o‘zga hech nimarsa dilga sig‘magaykim, muhabbati mufrit (juda jo‘shqin ishq)ning natijasi ushbudur, Ani ishq atalur. Va oshiqi sodiq ma’shug‘idan o‘zga hamma nimarsani, balki ma’shuqining ismini ham unutar. Chunonchi, amir Navoiy shu mazmunni bu baytda ado qilibdurlar (tarjimon izohi): Chu bo‘ldum ishq aro foniy hadisin so‘rmangiz mendan, Ki qolmas zikri zokir, bo‘lsa mazkurida mustahlak. («Navodur-ush shabob»dan.)

   Vaqtiki, oshiq bu tariqa mustag‘raq (g‘arq) bo‘lib, Haq taolodan o‘zgani unutsa, tasavvuf (so‘fiylik) yo‘lining avvalig‘a yetganidur. Bu holatni so‘fiylar tasavvuf avvali atarlar va martabai fano derlar. Ya’ni, solik bu martabada o‘zini va Haq taoloning zikrini unutar. Chunonchi, Haq taoloning chandon olami bordurki, bizlar aningdan hech xabarimiz yo‘qtur.

   Abadiy olamni ba’zilar «yo‘q» demagining sababi bor, charoki ular ul olamdan ogoh emaslar. O’zlari bilgan olamni bilurlar. Bas, odam Haq taolodan o‘zga xamma nimarsani, balki o‘zini ham unutsa, osmonu zamin, har nimag‘a qarag‘anda Haq taolodan o‘zga hech narsani ko‘rmas. Bu vaqti ayturki, Hamma Udir, ya’ni Haq taolodan o‘zga hech ma’bud yo‘qtur. Vaqtiki bu martabaga yetsa, Haq taolo bilan solikning orasidagi ikkilik ketar va yagonalik hosil bo‘lur. Va bu martaba tavhid olamidur. Vaxdoniyatning avvalidur. Ya’ni ikkilik oradan ketar. Haqtaolodan yiroq va yaqinliqdan ogoh bo‘lmas. Judolikni ul kishi bilurkim. ikkilik orada bo‘lsa. Foniy esa o‘zidan xabarsizdur. Va Xdq taolodan o‘zga hech nimani tanimas. Bas, judolikni na bilgusidir?

Qayd etilgan


Robiya  29 Avgust 2008, 13:25:21

   Vaqtiki, inson bu darajaga yetsa, malakut (farishtalar) olami anga kashf bo‘lur.

   Payg‘ambarlar arvohlari va farishtalar yaxshi suratlar birla anga ko‘rinurlar. Va hazrati Ilohiyatga yaqinlik paydo bo‘lur. Ahvoli aziym paydo bo‘lurki, hech bir iboratg‘a (so‘zg‘a) sig‘mas. Vaqtiki, bu inson o‘ziga kelib, olam ishlaridin ogohbo‘lsa, ul holatning shavqi g‘olib bo‘lib, dunyo ichidagi hamma narsa va xaloyiqning qilur ishlari anga noxush ko‘rinur. Dunyo ishlarig‘a mashg‘ul bo‘lg‘ondin taajjub qilur va xaloyiq bu davlatdan maqrum qolg‘oniga marhamat nazari birla qarar.

   Va xaloyiq ham bu kishining holiga kulurlar. Va ayturlarki, dunyo ishig‘a nima uchun mashg‘ul bo‘lmas. Gumon qilurki, majnundir va yo savdoyidur. Bas, agar inson bu martabai foniyga yetmabdur, bu ahvoli kashflar anga zohir bo‘lmabdur. Va lekin zikr ang‘a g‘olib bo‘lsa, bu martaba ham saodat kimyosidur.

   Vaqtiki zikr g‘olib bo‘lsa, otashi muhabbatni ziyoda qilur. To ul martabag‘a yetarki, hamma mavjudotdan Haq subhonahu va taoloni do‘stroq tutar. Vosili saodat ushbudurki, oqibat o‘lmoq birla Haq taoloning dargohidurkim, jamoli bokamoli ilohiyning ishqi lazzatiga g‘arqbo‘lg‘usidur. Ul kishiki, dunyoni do‘st va mahbub tutibdur, o‘lgandin keyin aning dardu firoqi dunyoning ishqu muhabbatining miqdorig‘a boqib bo‘lur. Andog‘kim, «Unvoni musulmoniy»da bayon qildim. Bas, agar inson to‘la zikr etmoq birla so‘fiylarga kashf bo‘lg‘on holat ro‘y bermasa, noumid bo‘lg‘ayki, oxirat saodati faqat Haqqa yetishganlarga emas, barcha intilganlarga nasib etgay. Vaqtiki, inson zikr nuri bilan orasta bo‘lsa, kamoli saodatg‘a muhayyo bo‘lur. Bu olamda paydo bo‘lmagan holatlar o‘lgandin keyin paydo bo‘lg‘usidur. Bo‘lg‘aykim, hamisha zikr aytmoqbirla dilig‘a Haqtaoloni yaqin qilgay. Va hech vaqtda g‘ofil bo‘lmag‘ayki, zikr davomi hazrati Ilohiyatning malakut olamidur, ajoyibotlar kalitidur.

   Ushbu ma’noda rasuli akram s.a.v. aytibdurlar: «Kim jannat bog‘chalarini ko‘rmoqni xohlasa, Haq taolog‘a to‘la zikr aytgay».

   Bas, bu ishoratlar bilan ma’lum bo‘ldiki, hamma ibodatlarning mag‘zi zikrdir. Zikr haqiqati uldurki, amru nahiy ishlarida dastgirlik qilg‘ay. Chunonchi, gunoh va ma’siyat vaqtida Haq taoloni to‘la yod qilib, o‘zini gunoxdin to‘xtatgay. Va ibodat vaqtida farmon bajo kelturgay. Agar zikr aytquchi bu martabada bo‘lmasa, so‘z zikrig‘a mag‘rur bo‘lg‘onidur. Haqiqat zikridan nasiba topmabdur.

Qayd etilgan


Robiya  29 Avgust 2008, 13:27:46

FASL
Tahlil va tasbih, tamjid va istig‘for bayonida

   Taxlil va tasbih, tamjid (Alloh taoloni ulug‘lash) va salavot va istig‘for fazilatlari bayonida rasuli akram s.a.v. aytibdurlarki, qiyomat kuni bandaning hamma yaxshi amallarini bir taroziga solurlar. Faqat kalimai «Lo iloha illallohu Muhammadur rasululloh»ni tarozuga solmaslar, Ani uchunkim, yetti osmonu zamin va bular ichidagi hamma mavjudotni tarozuga solsalar, hammasidin bu kalimai sharif og‘ir kelur. Rasul alayhissalom aytibdurlarki, «Lo iloha illallohu» deguchi agar sidqi dil birla bu kalimani aygsa, yengilroq gunoh qilg‘an bo‘lsa, hammasini bu kalima shafoat qilur. Rasul alayhissalom aytibdurlar, Kim «Lo iloha illallohu, vahdahu, lo sharika laxu, lahul mulku va lahul hamd, yuhyi va yumitu va huva xayyun, lo yamutu biyadihil xayri va huva ala kulli shay’in qodiyr» kalimasini har kuni yuz marotaba o‘qisa, o‘n qulni ozod qilg‘onning savobini topg‘ay. Yuz yaxshi amalni aning nomai a’molig‘a bitgaylar. Yuz yomon amalni aning nomai a’molidin o‘chirgaylar. Bu kalima iymonni shaytondan sakdagay. «Sahih»i Buxoriy»da borki, «Kim bu kalimani aytsa, hazrati Ismoil alayhissalomning avlodidin to‘rt qulni ozod qilg‘onning savobini topg‘ay. Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Kimki yuz marotaba «Subhonaollohu va bihamdihi» desa, Alloh hamma yengil gunohlarini afu qilur. Kishi har farz namozdin keyin o‘ttiz uch marotaba «Subhonalloh», o‘ttiz uch marotaba «Alhamdulilloh», o‘ttiz uch marotaba «Allohu akbar» deb, oxirida «Lo iloha illallohu vahdahu lo sharika lahu lahul mulku va lahul hamd yuhyi va yumiytu va huva hayyun lo yamutu biyadihil xayru va huva ala kulli shay’in qodiyr» kalimasini o‘n marotaba o‘qisa, hamma gunoxlarini mag‘firat qilur.

   Rivoyat qilibdurlar, bir kishi hazrati Rasul alayhissalomga arz qildi: «Yo rasululloh! Dunyo mendan yuz o‘giribdur. Tangdast va darveshga o‘xshabdurman. Tadbiri nadur?» Rasul akram s.a.v. aytdilarki, «Saloti maloika va tasbehi xaloyiqni eshitmadingmu, rizqu ro‘z ul tasbehning barakoti birladur». Ul kishi so‘radi: «Yo, rasululloq! Ul tasbeh qaysidur?» Rasul alayhissalom aytdilar: «Subhonallohu va bihamdihi subhonallohu aziym va bihamdihi, astag‘firulloh». Har kuni bomdod namozining sunnatidin keyin bu tasbehni yuz marotaba aytgil. Xoqlaganingcha dunyo berur. Agar dunyo talab qilmasang, Haq taolo har kalimasidan bir farishta xalq qilur. To qiyomatgacha tasbeh ayturlar, savobi senga bo‘lur. Rasul alayhissalom aytibdur: «Xaloslik ushbudurki, «Subhonallohu valhamdulillohu va lo iloha illallohu vallohu akbar». Xudo azza va jallaning dargohida hammadin do‘stroq ushbu to‘rt kalimadur.

Qayd etilgan


Robiya  29 Avgust 2008, 13:29:37

   Va aytibdurlarki, bu kalimani osmonu zamin ichidagi hamma nimarsadan do‘stroq tutarmiz. Rasuli akram s.a.v. aytibdurlar: «Ul kalimakim, tilg‘a yengildur, tarozumiz uchun og‘ir, hazrati Rahmon dargohida mahbubroqdur: «Subhonallohi va bihamdihi, astag‘firulloh!»

   Sahobai fuqarolar arz qildilarki, «Yo, rasululloh! Boy, badavlat sahobalar oxiratlik savobini hammasini olurlar, ular bizlar qilgan ibodatlarni ham qiladur va sadaqa bermak birla bizdan ko‘proq savob topadur, to‘g‘rimi?» Rasul alayhissalom aytdilarki: «Sizlar darveshlik sababidan aytgan har tasbeh va tahlil va takbiringlar sadaqadur. Har amri ma’ruf va nahiy, munkarni bajo keltursanglar, sadaqadur. Agar ahli ayolinglar og‘zig‘a luqma solsanglar ham sadaqadur».

   Bilgilki, tasbex va taxdil, tamjid savobi darveshlar x.aqida ziyoda bo‘lmoqg‘a sabab bo‘lurki, darveshlar dili mol-Dunyo zulmatidan qora bo‘lmas. Sof, ravshandir. Har tasbehkim, sof ko‘ngil birla aytilur, ul donag‘a o‘xsharkim, pok va solih yerga tushgay, samarasi albatta ziyoda bo‘lur. Ammo dunyoning lazzati va shahvatiga oluda (bulg‘onch) bo‘lgan ko‘ngildan aytilgan 1'asbih sho‘r yerga tushgan uruqqa o‘xsharkim, hosili kam bo‘lur.

   Sahih naqldurkim, hazrat rasululloh s.a.v. bir kuni hujrai muborakdan shodmon va xuromon, muborak chehralari shodliq asaridan oftobdek duraxshon chiqib kelib, aytdilarki, «Ey, sahobalarim! Birodarim Jabroil alayhissalom kelib erdi. Dediki, Haq taolo aytur, ummatlaringdan har kishi menga bir marotaba durud (maqtov, duoi salom) aytsa, men anga o‘n marotaba rahmat yubormakka kifoyat qilmasmen. Va har kishi Menga bir salom yuborsa, men anga o‘n salom yubormak birla to‘xtamasmen».

Qayd etilgan