Imom G'azzoliy. Kimyoi saodat (Ruh haqiqati)  ( 350742 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 ... 48 B


Robiya  29 Avgust 2008, 13:32:33

   Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Kishiki menga durud aytsa, hamma farishtalar anga durud ayturlar. Xoh ko‘p aytsin, xoh kam. Rasuli akram s.a.v. aytibdurlar: «Menga yaqinroq va yaxshiroq kishi uldurki, menga durudni ko‘p aytgay, nomai a’moliga o‘n savob bitilur. Va o‘n ma’siyatni o‘chirurlar».

   Va yana rasul alayhissalom aytibdurlar: «Kishikim, safhaga durud bitsa, (modomiki, ul durud safhada bordur) farishtalar ul kishiga istig‘for ayturlar. Istig‘for fazilati haqida ibn Mas’ud roziyallohu anhu ayturkim, Qur’onda ikki oyatdurkim, har gunohkor bu oyatni o‘qib mag‘firat talab qilsa. Haq taolo ul kishining gunohini mag‘firat qilur:

   «Vallaziyna izo faaluu fohishatan av zalamuu anfusahum zikrulloha fastag‘faruu li zunubihim. Va man yag‘firuz-zunuba illallohu va lam yusirruu ala mo faaluu va hum yalamuna. Uloika jazouhum mag‘firatun min rabbihim va jannatun tajriy min tahtihal-anhoru xolidiyna fiyho. Va ne’ma-ajrul omiliyn». (Oli Imron, 135-136).

   Mazmuni: (U taqvodor zotlar) qachon biron-bir noloyiq ish qilib qo‘ysalar yoki qandaydir gunoh ish qilish bilan o‘zlariga zulm qilsalar, darhol Ollohni eslab, gunohlarini mag‘firat qilishni so‘raydigan - har qanday gunohni yolg‘iz Ollohgina mag‘firat qilur, deb bilgan hollarida qilgan gunohlarida davom etmaydigan kishilardur. Ularning mukofotlari Parvardigorlari tomonidan mag‘firat va taglaridan daryolar oqib turuvchi jannatlar bo‘lib, ular o‘sha joyda abadiy qolajaklar. Yaxshilik qilg‘uvchilarning ajrlari naqadar yaxshi ajr!»

   «Va mo arsalno min rasulin illo li yutoa’ bi-izni allohi va lav annahum iz zalamuu anfusahum jauuka fastag‘farul-loha vastag‘fara lahumurrasulu la vajadulloha tavvoban rahiyman». (Niso, 64).

   Mazmuni: Va alar vaqtiki o‘z jonlarig‘a zulm qilib erdilar, Sizning huzuringizg‘a kelib Alloh taolodan mag‘firat talab qilsalar erdi va rasul ham alar uchun mag‘firat tilasalar albatta alar Alloh taoloni kechirguvchi va rahm qilg‘uvchi (sifatida) topur edilar. (Sayyid Mahmud Tiroziy - Oltinxon to‘ra tavzixidan olindi).

   «Va man ya’mal suuan av yazlim nafsahu summa yastag‘firilloha yajidilloha g‘afuran rahiyman». (Niso, 110). Mazmuni: Va kishiki, bir yomon ishni qilur yo o‘z joniga, zulm qilur, keyin Allox taolodan mag‘firat talab qilsa, ul odam Olloh taoloni mag‘firatlik, mehribon topar. (Oltinxon to‘ra izohidan).

Qayd etilgan


Robiya  29 Avgust 2008, 13:36:00

   Haq subhonahu va taolo rasul sallalloqu alayhi va sallamga tavba va istig‘forni ko‘p aytmoqg‘a farmon qilgan.

   Kavluxu taolo:

  «Fasabbih bihamdi rabbika vastag‘firhu, innahu kona tavvoba». (Nasr, 3).

  Mazmuni: Darhol Parvardigoringizga hamd aytish bilan (U zotni har qanday «sherik»lardan pok deng) va u zotdan mag‘firat so‘rang! Zero, u tavbalarni qabul qilg‘uvchidir.

   Ushbu sababdan rasululloh ushbu kalimani ko‘p aytur erdilar: «Subhonaka allohumma va bixamdika, alloqumma mag‘firliy innaka antat-tavvobur rahiym».

   Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Kim istig‘forni ko‘p aytsa, hamma anduh va tanglikdin xalos bo‘lur. Ko‘ngliga kelmagan yerdan rizq-nasiba yetar». Yana aytibdurlar: «Har kuni yetmish marotaba tavba va istig‘for qilurmen».

   Bas, rasuli akram s.a.v. bu tariqa zikr qilsalar, o‘zga ummatlar hech vaqtda tavba va istig‘fordan g‘ofil bo‘lishi munosib emasdur. Rasul alayhissalom aytibdurlar: uch marotaba bu istig‘forni o‘qisalar:

   «Astag‘firulloh allaziy lo iloha illo huva hayyul qayyum» Desalar, hamma gunoxlaridan qaytsalar mag‘firat qilur».

   Yana Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Har banda tahoratni toza qilib, ikki rakaat namoz o‘tab istig‘for qilsa, Haq taolo uning gunohini mag‘firat qilay».

Qayd etilgan


Robiya  29 Avgust 2008, 13:37:55

FASL
Istig‘for fazilati va duo odobi bayonida

   Bilgilki, zoriy va tazarru’ birla duo qilmoq ibodat jumlasidandur. Rasul alayhissalom aytibdurlarki: «Duo-ibodatning mag‘zidur». Bu vajhdinki, ibodatdan maqsad Haq taolodan yordam tilamoqdur. Bas, tilak ul vaqtda isbot bo‘lurki, o‘zini band&vdk va shikastalik birla Xudo azza va jallaning azimati va jalolatini duo qilmoqda mulohaza qilg‘ay va bilgayki, duo qancha tavba tazarru’ bilan bo‘lmog‘i yaxshiroqdur. Duo qilishda sakkiz odobga rioya qilg‘ay. Avvalg‘i odob - sharif vaqtlarda duo qilg‘ay. Chunonchi, arafa kuni va odina (juma) kuni va mohi ramazonda va sahar vaqtida va yarim kechada.

   Ikkinchi odob ulki, sharif ahvollarda duo qilg‘ay. Chunonchi, g‘oziylar jangga saf tortg‘on vaqtda va jangdin qaytg‘on vaqtda va farz namoz vaqtida. Xabarda kelibdurki, bu vaqtlarda osmonning eshiklari ochiq turar. Va azon va takbirning orasida va ko‘ngil yumshagan vaqtda duo qilg‘aykim, ul vaqtda rahmat eshigining ochyqlig‘ig‘a dalillar bor.
   
   Uchinchi odob - duoda har ikki qo‘lini ko‘tarib turgay. Va duo tamom bo‘lg‘onda ikki kaftini yuzaga surgay. Xabarda kelibdur, Haq taolo karimdurkim, o‘z dargohiga talab-tilak birla ko‘tarilgan qo‘lni quruq qaytarmas. Rasul alayhissalom aytibdurlarki, «Kim duo qilsa, bu uch ishdin xoli qolmas, yo gunohi mag‘firat bo‘lur, yo alhol maqsudig‘a yetur, yo keladurg‘on zamonda duosi ijobat bo‘lur».

   To‘rtinchi odob - duoni taraddud bilan (rad etilishini o‘ylab emas), balki ijobat bo‘lmog‘iga ishonch bilan qilg‘ay. Rasul alayhissalom aytibdurlar:

   «Afvullohi va antum muqminun bil-ijobati» Ya’ni, hojat talab qilinglar Alloh taolodan hojatning ravosiga ishongan holatda.

   Beshinchi odob - duoni zoriy va tazarru’ va shikastaliq birla qilg‘ay. Xabarda kelibdurki, g‘ofil ko‘ngil birla qilingan duo ijobat bo‘lmas.

   Oltinchi odob - shiddat va takror birla qilg‘ay. Va aytmag‘aykim, duo qildim, ijobat bo‘lmadi. Bas, duoning ijobat vaqtini Haq subhonahu va taolo bilgusidur.

   Vaqtiki, duosi ijobat bo‘lsa, bu duoni o‘qig‘ay: «Alhamdulilloh allazi bi-ne’ma yatimul-hojat» Agar ijobat kechiksa, «.Alhamdu lillohi ala kulli hol» degay.   

Qayd etilgan


Robiya  29 Avgust 2008, 13:40:15

   Yettinchi odob ulki, duoning avvalida payg‘ambar alayhissalomga durud va tasbeh aytg‘ay. Rasul alayhissalom duoning avvalida «Subhona rabbiyal aliyul a’lal vahhob» der edilar. Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Kishikim, duo qilmoqni xoxlasa avval durud aytgaykim, durud birla insholloh, ijobat bo‘lur». Va Xudoyi taolo andin karimrokdurki, ikki duoning birini ijobat qilib, birini rad qilmas.

   Sakkizinchi odob - duo qilurda o‘zining jami’i gunohlarig‘a tavba qilg‘ay. Dilini batamom Haq taolog‘a mutavajjih qilg‘ay. Aksar duolarkim, rad bo‘lubdur, dilning g‘aflatlig‘i, zulmat va mas’iyatdan bo‘libdur.

   Ka’bul Ahbor roziyallohu anhu aytur: «Bani Isroil orasida qahatchilik voqe’ bo‘ldi. Hazrati Muso alayhissalom hamma ummatlari birla uch navbat namozi istisqo o‘qidilar (yog‘in tilab duo qilish). Namoz ijobat bo‘lmadi. Muso alayhissalom munojot qildilar, vahiy keldiki, orangizlarda suxanchin, ya’ni so‘ztashiydurgan chaqimchi kishi bordur. To ul tavba qilmaguncha ijobat qilmasmen. Muso alayhissalom aytdilarki, ey bor Xudoyo, ul kimdur? Tokim xalq orasidan quvlab chiqarg‘aymen. Haq taolo aytdiki, suxanchinlikdin man’ qilurmen, o‘zum nechuk suxanchilik qilurmen? Bas, Muso alayhissalom boshlab hammalari suxanchilikka tavba qildilar, shundan so‘ng yomg‘ir yog‘a boshladi».

   Moliki Dinor aytur, bani Isroil orasida qahatchilik paydo bo‘ldi. Borxo (takror-takror) namozi istisqo o‘tadilar. Yomg‘ir yog‘madi. Ul vaqtning payg‘ambarig‘a vahiy keldiki,
«Aytg‘il, dilinglar nopok, haromdan to‘la bo‘lgan qursoqinglar birla va xuni nohaqqa oluda bo‘lg‘on qo‘linglar birla duo qildinglar. Ul sababdan sizlarg‘a g‘azabim ziyoda bo‘ldi. Va mendin yiroq bo‘linglar».

Qayd etilgan


Robiya  29 Avgust 2008, 13:43:25

FASL
Duoi ma’sura (go‘zal duolar) bayonida

   Bilgilki, duoi ma’sura bisyordurur. Rasuli akram alayhissalom o‘zlari o‘qigan va kishig‘a o‘qimoqg‘a farmon qilgan duolar, duoyi ma’suradur. Bas, bu duolarni erta va oqshom namozlaridin keyin va boshqa vaqtlarda o‘qimoq sunnatdur. Duolarning aksarini «Ihyoul ulum» kitobimda jam’ qildim. Va necha xosiyatlik duolarni «Bidoyat ul hidoya» otlig‘ kitobimda keltirdim. Agar kishi xohlasa ul kitoblardan yod olg‘aykim, ul duolarni bu kitobda bitmak uzoqg‘a tortadur. Va nechand duolarkim, sunnatdur va xalq orasida ham unchalik mashhur emasdir, ul duolarni bu kitobda keltirdim, tokim, ul duolarni yod olib, ma’nosin fahm qilib, har birini o‘z vaqtida amalga kelturgaylar, Banda hech vaqtda Xaq taologa zoriy va tazarru’dan xoli bo‘lmag‘ay. Vaqtiki odam o‘z uyidin chiqsa, bu duoni o‘qig‘ay:

   «Bismillohi tavakkaltu alalloh. Allohumma inniy a’uzubika an azilla av uzalla, av azilla, av azalla, av azlima av uzlama av ajhala av yujhala alayya».
(Abu Dovud, at-Termiziy, an-Nasoiy «Sahih»laridan.)

   Ya’ni: «Parvardigoro, hazratingni ismi shariflari birla panoh tilaydurmen, kishini xor ko‘rmagimdan va kishi mani xor ko‘rmagidan va kishig‘a zulm qilmog‘imdan va kishi menga zulm qilmog‘idan va men kishini nodon xo‘rmagimdan va kishi mani nodon ko‘rmagidan ul Xudoning ismi birlakim, bu olamga mo‘‘min va kofirga ne’mat berguvchi, oxiratda mo‘‘minning gunohidin o‘tkuvchidur. Toat qilmoqga quvvat va gunohdan o‘zimni to‘xtatmoqg‘a qudratim yo‘qdur, magar Xaq taoloning inoyati birla, tavakkal qildim Alloh taologa».

   Vaqtiki, masjidga kirsa, bu duoni o‘qig‘ay:

   «Alloxumma salli ala Muhammadin va ala Oli Muhammad va borik va sallim alayhim. Alloxummag‘firliy zunubiy vaftahliy abvoba rahmatika».

   Ya’ni: Ey, bori Xudoyo, rahmating gavharini Muhammad alayhissalomga va ularning oilasi va ashoblariga nisor aylagil.

Qayd etilgan


Robiya  29 Avgust 2008, 13:45:42

   Yamin va barakat lutfu-raxmatingni ato qilg‘il ularning hammalariga. Ey bori Xudoyo, mag‘firat qil gunohlarimizni va ochg‘il bizga rahmating eshigini.

   Va masjidga kirishda o‘ng oyog‘ini ilgari qo‘yg‘ay. Va masjidda o‘tirib parokanda so‘z sodir bo‘lsa, bu duoni o‘qisa kaforat bo‘lur:

  «Subhonakallohumma va bihamdika ashhadu anlo iloha illa anta astag‘firuka va atubu ilayka amalti su’an va zallamtu nafsi fag‘firliy fainnahu lo yag‘firuz-zunuba illo anta».

   Ya’ni: Poklik birla yod qilurmen seni ey bor Xudoyo va senga hamd aytmoq birla guvohlik berurmanki, ibodat qilishga sazovor o‘zingdan boshqa iloh yo‘qtur. Va mag‘firat talab qilurman sendan va tavba qildim hamma gunoxlarimga. Va sening dargohingga qaytdim va avval yomon amallarni qilib, o‘z nafsimga zulm qildim. Bas, mag‘firat qilg‘il mani, shon (martaba) va qol ushbudurkim, sendin o‘zga gunoqni mag‘firat qilg‘uvchi hech zot yo‘qtur.

   «La iloha illallohu, vahdahu lo sharika lah, lahul mulku va lahul hamd, yuhyi va yumiytu va huva hayyun lo yamutu biyadihil xayru va huva ala kulli sha’yin qodiyr».
(«Muxtasar iymon» kalimasi.)

   Ya’ni: Alloq taolodan o‘zga Alloh yo‘qtur, Alloh yagonadir, hech sherigi yo‘qtur. Hamma olam Haq taoloning mulki va hamdlar Haq taologa xosdur. Tirguzuvchi ham, o‘ldiruvchi ham o‘zi. Hamisha tirikdurki, hargiz o‘lmas. Va Hamma yaxshiliq aning qudrati ilgidadur. Hamma ishlarga qodirdurkim, har na xoxlasa qilg‘uvchidir.

   Vaqtiki, yangi kiyim kiysa bu duoni o‘qig‘ay: «Ey, bori Xudoyo! Ato qilding va kiydirding bu kiyimni, sipos va sitoyish (maqtov va shukrimiz) sengadur.

   Va talab qilurman xayr va barokotni, bu kiyim birla yaxshi amal qilmoqni va panoh tilaydurmen ani sharridin va ani birla yomon amal qilmoqdin».
Yangi oyni ko‘rganda bu duoni o‘qigay:

   «Ollohumma ahhil alayno bil-amni val-amon va as-salomata val-islom».
   Ey bor, Xudoyo, ato qilg‘il bizlarga amin va omonliq, salomatliq va islomni.
Vaqtiki shamol va bo‘ron tursa, bu duoni o‘qig‘ay:

   «Ollohumma an as’ala xayri hazihi ar-riyhi va xayri mo fiho va xayri mo arsalta bihi va nauzibillohi min sharriho va min sharri mo fiho va sharri mo arsalta bih».

   Ey, bor Xudoyo! Tilaydurman sendan bu shamolning yaxshiligini va ul shamoldagi nimarsalarning yaxshiligini va panoh tilaydurman Alloh taoloning inoyati (yordami) birla ul shamolning sharridan va aning birla yuborgan nimarsalarning sharridan.

Qayd etilgan


Robiya  29 Avgust 2008, 13:48:42

   Vaqtiki o‘lumning xabarini eshitsa, bu duoni o‘qig‘ay:

   «Subhonallazi lo yamut abadan innalillahi va inna ilayhi rojiun».

   Poklik birla yod qilurman ul Xudoyimniki, hamisha tirikdur. Hargiz o‘lmak, aning sha’nida yo‘qdur. Bizlar Alloh taoloning bandasidurmiz, dargohiga qaytguvchidurmiz.
Vaqtiki sadaqa bersa, bu duoni o‘qig‘ay:

   «Rabbano taqabbal minno sodaqatana innaka antas sami’ul aliym».

   Parvardigoro, qabul qilg‘il bizlardan bu sadaqani, Sen bandalarning holini bilguvchi dono va eshitguvchisan.

   Vaqtiki tanaga zarar va ziyon yetsa, bu duoni o‘qig‘ay:

   «Rabbano an tabdalno xayri amniho lano ila rabbano rog‘ibun».

   Umiddurkim, parvardigorim tabdil (o‘zgartish) qilg‘ay va yetkurgay bizlarni bundan yaxshiroq holg‘a, bizlar parvardigorimning iroda va qazosiga rog‘ib(moyil)durmiz.
Vaqtiki bir ishni boshlamoqchi bo‘lsa, bu oyatni o‘qigay:

   «Robbano otino min ladunka rahmatan va hayyi lano min amrino roshidan». (Kahf, 10).

   Oyatning tafsiri ulki, parvardigoro, ato qilg‘il bizlarga lutfu in’oming xazinasidin rahmatni va bergin hamma ishlarimizda rushdu hidoyatni.
Vaqtiki osmonga qarasa, bu duoni o‘qigay:

   «Rabbano mo xalaqta haza botilan subhanaka fa qino azoban-nor». (Oli Imron, 191).

   Yana bu duoni o‘qigay:

   «Taborakallaziy ja’ala fis-samoi burujan va jaala fiyho sirojan va qamaran muniran». (Furqon, 61).

   Oyatlarning tafsiri ulki, parvardigoro xalq qilmading osmonni botil va bex^daga, balki aningda chandon hikmatlar bordur. Poklik birla yod qilurmen seni. Bas, saqlag‘il bizlarni do‘zax azobidan. Xudoyimning ismat (poklik, begunohlik) va ulug‘ligini yod qilurman. Xalq qildi osmonda nechand burjlarni va ul osmonda bandalarning hojati uchun oftobni chirog‘ qildi va oy sham’ini so‘zonu furo‘zon (yolqinli va ravshan) qildi.
Vaqtiki ra’d (momaqaldiroq) ovozini eshitsa, bu oyatni o‘qig‘ay:

   «Yusabbihur - ra’du bihamdihi val maloikatu min xiyfatihi».

   Tafsiri ulki, pokligini yod qilurman Xudoyimning, tasbeh etadur ra’d anga hamd aytmoq birla va tasbeh etadur farishtalar aning g‘azabidin qo‘rqib.

Qayd etilgan


Robiya  29 Avgust 2008, 13:50:22

   Vaqtiki soiqa (yashin) bo‘lsa, bu duoni o‘qig‘ay:

   «Ollohumma, lo taqtulno bi g‘azabika va lo tahlakno bi azabika va ofino ba’da zolika».

   Mazmuni: «Ey, bor Xudoyo, o‘ldirmagil bizlarni g‘azabing birla va halok qilmag‘il bizlarni azobing birla va saqlag‘il bizlarni azobingdan mundin keyin ham».
Vaqtiki qor, yomg‘ur yog‘sa bu duoni o‘qig‘ay:

   «Ollohumma, ja’alhu saqiyan va haniyan nofi’an va ja’alxu sababi rahmatika va lo taj’al sababi azobika».

   Ey, bori Xudoyo! qilg‘il, bu yomg‘ur suvini obi xushguvor (ichishga lazzatli, qilg‘il). Yomg‘ur bulutini naf’ qilg‘uchi va ul yomg‘ur sababila bandalaringga rahmat qilg‘il. Va ani bizga azob sababidan qilmagil.
Vaqtiki odamning g‘azabi kelsa bu duoni o‘qigay:

   «Ollohummag‘firliy zunubiy va azhib g‘ayza qalbiy va ajirniy min ash shaytonir-rajiym».

   Ya’ni, Ey bor Xudoyo! Mag‘firat qilg‘il mani gunohimni va chiqarg‘il ko‘ngildan g‘azabni va xalos qilqil mani shayton rajiym sharridan.
Vaqtiki qo‘rqinch vaqtda bu duoni o‘qig‘ay:

   «Ollohumma ana auzubika min fujurihim va auzubika min sharrihim».

   Ey, bori Xudoyo! Sig‘inurman, sening lutfu karamingga ularning tabohi (buzuq) va yolg‘on ishlaridan va panoh tilayman sening rahmating birla ularning yomonliklaridan.
Vaqtiki bir uzni (a’zosi) og‘risa, qo‘lini ul og‘rigan yerga qo‘yib, uch marotaba bismilloh degay va yetti marta bu duoni o‘qig‘ay:

  «Auzu billohi va qudrata min sharri mo ajada va mo ijozi».

   Ya’ni, Ey, bor Xudoyo! Tilaydurman lutf va qudrating panohini menga yetgan ranj va alam jarohati va sitamidan.

Qayd etilgan


Robiya  29 Avgust 2008, 13:55:36

   Vaqtiki kishiga g‘am-anduh yetsa bu duoni o‘qig‘ay:

   «Lo iloha illallohul-o’liyul-aziym, lo iloha illallohu rabbul-arshil-aziym, lo iloha illallohu rabbis-samovotis-sab’i va rabbul-arshil-karim».

   Yo‘qdur, Xudodan boshqa hech (topinishga) sazovor zot, faqat Alloh taolo hammadan baland va ulug‘dur. Va yo‘kdur Xudodan boshqa sig‘inishga sazovor zot, faqat Alloh taolo, Arshning parvardigoridur. Va yo‘kdur Xudodan boshqa ibodatga sazovor, faqat Alloh taoloki, yetti osmon Arshi, buyuklik va yuksaklik podshohidur.
Vaqtiki bir tashvishga giriftor bo‘lsa, bu duoni o‘qig‘ay:

  «Ey, bor Xudoyo! Man bandangdurman. Otam va onam sening bandangdur. Ixtiyorim jilovi qudrating qo‘l ostidadur. Hukm va farmoningni tutquvchi, qazo va irodatingga bo‘yunsinguvchidurman. Talab qilurman sendan hamma ismlaring hurmati birla, atabsan ul ismlar birla o‘z nafsingni va nozil qilibsan ul ismlarni bandalaringg‘a yo ul ismni g‘aybingda o‘zing bilursan. O’zgalar xabardor emasdur. Qur’onni ko‘nglumning bahori va badanimning shifosi qilg‘aysan va siynamni nur maskani qilgaysan va mehnatim zangiga, ham-anduhu kulfatimning g‘uborig‘a sayqal bergaysan». (Oltinxon to‘ra tafsiri).

   Vaqtiki uxlamoq uchun yotsa, bu duoni o‘qig‘ay: «Parvardigoro, Sening isming birla yonimni yerga qo‘ydim. Va Sening isming birla boshimni ko‘targayman. Bu nafsimni tamom qilg‘uvchi va kamolig‘a yetkuruvchi sendirsan. O’ldirmoq va tirguzmak faqat seng‘a xosdur. Bu olamda o‘zing hidoyat yo‘liga boshlagin va agar vafot qilsam, oxirat olamida mag‘firat qilg‘il, ishni solih bandalaring qatorida ya’ni, imon birla, saqlagil».
Vaqtiki uyqudan bedor bo‘lsa, bu duoni o‘qigay: «Hamdu sano ul Xudogaki, bizlarni o‘ldirgandan keyin tirgizuvchi va qiyomat kuni hamma mavjudotni tiriltirib jannat va do‘zaxg‘a yuborg‘uvchi Haq subhonahu va taolodur. Va hamma mulk Alloh taolonikidur. Ulug‘liq, podshohliq, izzat va qudrat Haq taoloning‘ xossasidur. Uyg‘oq bo‘ldim men subh vaqtida islom birla va kalimai ixlos birla va hazrati Muhammad alayhissalomning dini va hazrati Ibrohim halilulloh millati birla. Haqga moyilliq holatidaman va shirk keltirguvchilardan emasman».

Qayd etilgan


Robiya  29 Avgust 2008, 13:58:01

O’NINCHI ASL
Avrod (duo vazifalari) tartibi

   «Unvoni musulmoniy»da bayon qilg‘on so‘zlardan ma’lum va ayondurki, odamiy bu olamda g‘aribdur, zodi oxirat to‘plash , uchun bu olamga yuboribdurlar. Va ruh haqiqati Haq taolo dargohidin kelgandur.

   Yana ul makoni qudsga qaytgusidir. Bas, bu tijoratning sarmoyasi umrdurki, kundan-kunga nuqson va damdan-damga ziyondur. Kishi, har nafsidin ogoh va har amalni xolisan Alloh taolo uchun qilmasa, albatta ziyonkordur. Chunonchi, Haq taolo Qur’oni majidda xabar berur:

  «Val asri, innal insona lafiy husrin, illallaziyna omanuu va o’milus solihoti va tavasav bil-haqqi va tavasav bis-sabr». (Val asr).

   Oyatning tafsiri ulki: Qasamdur asr vaqtigaki, albatta inson ziyondadur. Faqat iymon keltirgan, yaxshi ishlarni qilgan odamlar bundan mustasnodir.

   Bas, umrning sarmoyasi hamisha o‘tkinchidur. Chunki odamiyni olur nafaslari Haq taoloning qadim ilmida sanog‘lidur. Bu xatarni bilgan odamlar har nafaslarini bir gavhar sanabdurlarki, aning birla saodati abadiyni mahkam ushlagan bo‘lur. Ushbu vajxdan hamma nafaslarini ogohliq birla Haq taoloning zikri va fikrida o‘tkaribdurlar. Va har nafas sarmoyasini oltin, kumush sarmoyasidan ziyoda bilibdurlar. Bas, kecha va kunduzning hamma vaqtlarini bir yaxshi amal va zikri tasbehga ta’yin qilibdurlar. Hech vaqtni g‘ofil o‘tkazmabdurlar va zoye’ qilmabdurlar, bilibdurlarki, saodati abadiyg‘a bu olamda Haq taoloning unsu muhabbati dilida g‘olib bo‘lg‘an odamlar yetg‘usidur.

   Bas, uns (do‘stlik) muhabbat, doimo zikr aytmoq va ma’rifat hosil qilmoq birla hosil bo‘lur. Va ma’rifat tafakkurdan o‘zga nimarsa birla hosil bo‘lmas. Bas, zikr va fikrg‘a mudovamat qilmoq saodat yo‘lidir.

  Dunyoni tark qilmoq va ma’siyat lazzatidin kechmak zikr va fikr farog‘atig‘a olib kelur. Davomli zikr aytmoq ikki tariqadur. Biri ulki, dilida hamisha Olloh der. Balki zikr aytmoqni hadisi nafas derlar. Balki hamisha Haq taoloning zoti qadimi mutolaasiga berilgan va sifoti va subuti mushohadasiga mustag‘raq bo‘lg‘ay. Va hech holda g‘aflatga yo‘l bermag‘ay. Bas, bu martaba nihoyati aziz va mushkuldur.

Qayd etilgan