Imom G'azzoliy. Kimyoi saodat (Ruh haqiqati)  ( 350754 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 ... 48 B


Robiya  29 Avgust 2008, 14:26:03

IKKINCHI RUKN
MUOMALOT

Bu rukn ham o‘z ichiga o‘n aslni qamrab oladi:   
1)Adab birla taom yemak.   
2)Aqdi nikoh qilmoq.
3)Kasb va tijorat qilmoq.
4)Halol (rizq) talab qilmoq.
5)Go‘shanishinlik (xilvatni ixtiyor) qilmoq.
6)Safar qilmoq.
7)Vajdu samo’ (Darvishlarning zikr tushishi).
8)Amri ma’ruf va nahyi munkarni bajo kelturmak.
9)Mutasaddilik (odamlarni to‘g‘ri yo‘lga, hidoyat yo‘liga
boshlashda rahbarlik )qilish.
10)Raiyyatparvarlik, (ya’ni, xalqparvarlik, fuqaroparvarlik) bayonidadur.

Qayd etilgan


Robiya  29 Avgust 2008, 14:29:54

AVVALGI ASL
Taom yemak odoblari bayonida

   Bilgilki, zodi ibodat ham, zodi roh ham ibodat jumlasidandur. Va har nimarsaki, millatninganga hojati bordur, ul nimarsa millat jumlasidandur. Bas, dindorlikning taom yemakka hojati bordur. Zotan, hamma obidlar murodi hazrati Haq taolo diydoridur. Ul diydor farahosor (shodlik yetkazuvchi) tuxmi - ilm va amaldur. Bas, ilm va amalga davomat qilmoq badan salomat bo‘lmag‘uncha mumkin bo‘lmas. Va badan salomatligi taom va sharobsiz (ichimliksiz) bo‘lmas. Bas, taom yemak zaruriyatdandur. Chunonchi, Haq taolo Kalomi majidida xabar berur:


   «Kuluu minat-tayyiboti va’mayau solihan».

   Oyat tafsiri: «Luqmai haloldan yenglar va yaxshi ishlar qilinglar».

   Haq taolo yemakni va yaxshilik qilmoqni bir oyatda jam’ qilibdur. Bas, odam taomni ilm o‘rganmak va ilmga amal qilmoqg‘a quvvat va oxirat yo‘lida yurmakka qudrat uchun yesa - ibodat jumlasidandur. Hazrati rasuli akram s.a.v. aytibdurlar: mo‘‘minning hamma xayrotiga savob biturlar. Hattoki luqmani o‘zining og‘ziga va yo ahli baytning og‘zig‘a solsa ham savob biturlar. Bu vajhdanki, mo‘minning taom yemakdan maqsudi - amali solih qilmoqdur. Bas, taom yemak rohi din jumlasidan bo‘lg‘onining nishoni uldurki, haromdan hazar qilg‘ay. Va haloldan rizq topib, toat va ibodatg‘a quvvat bo‘lg‘uncha yegay. Va yemak odobi sunnatlarig‘a rioya qilg‘ay.

   Bilgilki, taom yemakda necha sunnat bordur: ba’zisi taom yemakdin ilgaridur va ba’zisi keyin. Ammo onchakim, taom yemakdan ilgaridur, avvali ulki, qo‘lini va og‘zini yuvg‘aykim, bu tariqa taom yemak ibodatdur. Va zodi oxiratdur. Taom yemakdan ilgari qo‘lini va og‘zini yuvmoq namozdan ilgari tahorat olg‘onga o‘xshashdur. Xabarda kelibdur: Kishikim, taomdan ilg‘ari qo‘lini yuvsa, kambag‘allik va tangdastlikdan qutilar.

Qayd etilgan


Robiya  29 Avgust 2008, 14:42:16

   Ikkinchi odob ulki: Taomni dasturxonga qo‘yib yegay va xonga (xontaxtaga) qo‘ymag‘aykim, rasul alayhissalom ushbu tariqa qilibdurlar. Dasturxon safarni eslatar. Va dunyo safari oxirat safarini eslatar. Va ham tavozu’ga yaqindur. Bas, agar xonda qo‘yib yesa ham joizdurki, xonda qo‘ymoqni nahiy (man’) ham qilmabdurlar. Ammo o‘tmish kishilar odatlari sufrada ko‘ymoqdurki, hazrati Rasul alayhissalom dasturxonda qo‘yibdurlar.

   Uchinchi odob ulki, o‘tirib taom yeg‘ay. Bu tariqa birlaki, o‘ng tizzasini ko‘tarib, chap poyini bosib o‘tirgay. Va bir nimarsag‘a suyanib taom yemagay. Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Men taomni suyanib yemasmenki, bandadurman, bandavor o‘tirurman va bandavor taom yerman».

  To‘rtinchi odob ulki, niyat qilg‘ay taomni ibodatg‘a quvvat bo‘lmoquchun yeyishni. Ziyoda shahvatni qasd qilmag‘ay. Ibrohim ibn Shaybon rahmatullohi alayh aytur: «Sakson yildurkim, hech nimarsani baroyi lazzat va shahvat uchun yemabdurman». Bas, bu niyatning rostlig‘iga dalil ushbudurki, kam yemakni odat qilg‘ay. Vaxo‘p yemak ibodatni man’ qilur. Hazrati rasuli akram s.a.v. aytibdurlarki, necha luqma taom odam pushtini rost tutqunchalik bo‘lsa kifoyadur. Odam shunchalik taomga qanoat qilibdur, me’dasi toza va salomat bo‘lib, kam yemagi va ichmagi bilan badani yengil bo‘lg‘usidur.

   Beshinchi odob ulki, to qorni obdon ochmaguncha taom yemagay, sunnatlarning fozilrog‘i qorin ochganda taom yemakdurki, qorin ochmay taom yemak mazmum va makruhdur. Kishi ochlik holatda taomga qo‘l ursa, to‘yib ketguncha yeb bo‘lmay (to‘ymay turib) taomdan qo‘l yig‘sa, hargiz tabibg‘a hojati tushmas.

Qayd etilgan


Robiya  29 Avgust 2008, 14:44:06

   Oltinchi odob ulki, hozir bo‘lgan taomga qanoat qilg‘ay, laziz va pokiza taom izlab o‘zini qiynamag‘ay. Mo‘minning maqsudi-toat, ibodat qilg‘uncha quvvat hosil qilmoqdur, tana’um (nozu ne’matlar ichida yashash) va lazzat uchun ermas. Bas, nong‘a ta’zim va ikrom qilmoq sunnatdurki, odamiy badani non birla barpo va aning quvvati birla bajodur. Eng yaxshi ikromi uldurki, nonni yegisi kelganda to‘xtatmagay. Balki odam och bo‘lsa, non hozir bo‘lsa, avval non yegay, andin keyin namoz o‘qigay.

   Yettinchi odob ulki, to yana bir kishi bo‘lmag‘uncha tanho taom yemak xo‘b emaski, taomda harchand qo‘l ko‘p bo‘lsa barakat ziyoda bo‘lur.

   Anas ibn Molik roziyallohu anhu ayturki: «Hazrati rasul alayhissalom taomni hargiz tanho yemas edilar. Ammo taom yer vaqtda odob uldurki, avval «Bismilloh» degay va oxirida «Alhamdulilloh» degay va xo‘brog‘i uldurki, avvalgi luqmada «Bismilloh» degay. Ikkinchi luqmada «Bismillohir rahmon» degay. Uchinchi luqmada «Bismillohir rahmonir rahiym» degay. Va baland ovoz birla aytgay, tokim o‘zgalarning xotirig‘a yetgay. Va o‘ng qo‘lida yegay va yemakni tuz birla boshlag‘ay. Va tuz birla tamom qilg‘ay. Xabarda kelibdurki, odam taom yemakni tuz birla boshlasa yomon fikrlarni ko‘nglidan chiqarur. Bas, taomni toat va ibodatg‘a quvvat bo‘lmoq niyatida yegay. Bir luqmani og‘zig‘a solib, uzoq chaynab bo‘lgandin keyin yana bir luqmaga qo‘l uzatg‘ay. Hech bir taomni ayb qilmag‘aykim, rasul alayhissalom hech taomni ayb qilmas edilar. Agar xush kelsa, yer erdilar, va bo‘lmasa qo‘llarini yig‘ar edilar. Va har kim taomni o‘z oldidin yegay, magar mevani tabaqning har tarafidin yesa joizdur. Nonni avval bir chekkasidan yegay va non birla qo‘lini artmag‘ay.

Qayd etilgan


Robiya  29 Avgust 2008, 14:50:49

   Vaqtiki qo‘lidagi luqma yerga tushsa, pok qilib yegay. Xabarda kelibdurki, yerga tushgan taomni shayton tasarruf qilg‘usidur. Va taom yegandin keyin barmoqlarini yalab, andin keyin dastmolg‘a (sochiqqa) artg‘ay. To ul taomning barakati boqiy qolg‘ay. Va issig‘ taomni puvlamagay. To sovuquncha sabr qilg‘ay. Vaqtiki, og‘zidan bir nima tashlamoqni xohish qilsa, yuzini boshqa tarafga o‘girib tashlagay. Va yog‘liqtaomga sirka qo‘shib yemagay. Tishlab pora qilg‘on luqmani og‘zidan tabaqga solmag‘ay, xaloyiqning tab’i nafrat qilur. Va taom yer vaqtida odamlarningtab’i nafrat qilg‘udek so‘zlarni demagay. Vaqtiki, xurmo va yo o‘rukdek meva yesa toq yegay, chunonchi yetti yo o‘n besh va yo yigirma bir, toki hamma ishlarida Haq subhonahu va taologa munosabat paydo qilg‘aykim, Haq subhonahu va taolo toq va yagonadur. Zikr aytmoq toq bo‘lmasa botil va behudadur. Bas, toq, juftdin yaxshiroqdurkim, Haq taologa munosabati bordur.

   Xurmo yo o‘rukka o‘xshash mevaning urug‘ini, danagini tabaqga solmag‘ay. Va taom yeb o‘tirgan vaqtda ko‘p suv ichmagay. Ammo taom yeb bo‘lg‘ondan keyingi odoblar ulki, juda to‘yib ketmasdan avvalroq taomdan qo‘l tortg‘ay. Barmoqlarini yalab pok qilg‘ay. Va dasturxondan non rezalarini (mayda ushoqlarni) terib yegay.

   Xabarda kelibdurkim, kishi non rezalarini terib yesa ayshi (yashashi) farog‘atda bo‘lur va farzandi salomat, beayb bo‘lur va huri ayn (shaxlo ko‘zli) bo‘lur. Andin keyin tishlarini toza qilg‘ay. Tili birla tishlari orasidan qolg‘onni tutg‘ay. Va tish kovlagich birla olg‘onni tashlagay. Va kosani barmoq birla sirib yalag‘ay.

   Xabarda kelibdur, kishikim, kosani yalab pok qilsa, kosa aytur: «Parvardigoro, bu kishini otashi do‘zaxdan xalos qilg‘il, andog‘kim, meni devlar ilgidan xalos qildi». Va kosani yuvg‘on suvini ichsa bir qulni ozod qilg‘onning savobi hosil bo‘lur. Va taom yeb bo‘lg‘ondin keyin bu duoni:
«Alhamdullillohillazi ata’amano va saqano va kaffano va mavlono», «Qul huvallohu ahad» va surai «Liylofi quraysh»ni o‘qig‘ay.

Qayd etilgan


Robiya  29 Avgust 2008, 14:53:07

   Va halol taom topsa shukr qilg‘ay. Va shubhaliq taomni g‘am va anduh birla yegay. Va shubhaliq taomni g‘am va anduh birla yegan kishining holi g‘aflat va kulgu birla yegan kishining holig‘a o‘xshash ermastur.

   .Sakkizinchi odob ulki, qo‘lini yuvsa, ilgari o‘ng qo‘lining barmoqlari uchini yuvg‘ay. Qo‘lini yuvgandan keyin og‘zini chayqagay. Barmoqlari bilan tamog‘ini va tishlariningtubini ishqab yuvg‘ay. Vaqtiki chilobchada yuvsa, og‘zining suvini ohista to‘kg‘ay. Toki yonidagi o‘lturg‘on kishiga sachramagay.

   Va majlisda ulug‘ kishilar bo‘lsa, ulug‘ kishilardan boshlab qo‘l yuvdirg‘ay. O’ng tarafdan boshlab yuvdurub borgay. Va hamma odamlar yuvg‘on suvni chilobchinda jam’ qilg‘ay va xar kishi yuvgon suvni alohida to‘kmagaykim, ajam xalqining odatidur. Agar hamma xalq jam’ bo‘lib, yakbora yuvsalar yaxshiroq va tavozu’g‘a yaqinroqdur. Qo‘lg‘a suv quyib beradurg‘on kishining yonida turub yuvmog‘i yaxshidur.

   Xullas kalom, bu odoblar axbor va osor mazmuni birla sihhatg‘a yetibdur. Bas, odamiy va hayvonot orasidagi farq ushbu odob birladurki, hayvonot nafsning taqozosiga ko‘ra yemakg‘a mashg‘ul bo‘lur. Yaxshi va yomonning farqini bilmaski, anga imtiyoz bermabdurlar. Bas, odamiyga aql va imtiyoz beribdurlar. Vaqtiki, bu odoblarni bajo keltirmasa, aql va tamiz qaqini bajo keltirmasa, kufroni ne’mat qilgan bo‘lur.

Qayd etilgan


Robiya  29 Avgust 2008, 14:55:23

   Suv ichmakning odobi va tariqi. Ko‘zani o‘ng qo‘lida tutg‘ay. «Bismilloh» deb ichgay. O’ra (tikka) turib ichmagay va yotib ichmag‘ay va ko‘zani ichiga yaxshilab qaragay, toki biron bir yot narsa tushib qOltan bo‘lmasin. Agar bir navbat ichmak birla qonmasa, uch navbat ichgay va har navbatda «Bismilloh» degay va suv ichib bo‘lg‘onda «Alhamdulilloh» degay va suv ichib tashnalik daf’ bo‘lsa, bu duoni o‘qig‘ay:

   Alhamdulillohillazi ja’ala al-mo’ firotan birahmatika va lam yahbala milhan ajojan bi zunubino.

   Duoning ma’nosi ulki, siposu sitoyish xosdur ul Xudogakim, suvni o‘zining lutfi va marhamati bilan totlig‘ va pokiza qildi. Suvni tuzlik va sho‘r qilmadi, bizlarni gunoxlarimiz ko‘p bo‘lsa ham.
Kishi birla taom yemak odoblari. Yuqorida mazkur bo‘lg‘on odoblar, faqat taom yemak borasida erdi. Vaqtiki yana bir kishi birla taom yesa, avval bu odobga rioya qilg‘ayki, ilm va fazilatda va yo zuhdu vara’da (pokizalikda) va yo o‘zga jihatlardan o‘zidan fozil va muqaddam kishi taomga qo‘l uzatmag‘uncha, qo‘l uzatmagay.

Qayd etilgan


Robiya  29 Avgust 2008, 14:57:21

   Ikkinchi odob - xomush va suq (taomga tikilib) o‘ltirmag‘aykim, ajam xalqining odatidur.
Yaxshi so‘zlarni va porsolar hikoyati va hikmatli so‘zlarini degay va behuda so‘zlarni demagay.

   Uchinchi odob - vaqtiki taom ikki kishining orasida bo‘lsa, hech holda hamrohidan ziyoda yemagayki, haromdur. Balki rafiqiga havola qilg‘ay. Agar rafiqi ohista yesa, tez yedirmak
uchun qistamagaykim, ikki uch daf’adin ziyoda oling deb takalluf qilmag‘ay. Har vajhida rafiqining shod va xushlug‘i birla taom yegay.   
 
   To‘rtinchi odob - rafiqiga ko‘p takallif qilmog‘ga hojat qo‘ymag‘ay, barobar yegay va odatidan kam yemagayki, riyo bo‘lur. Va lekin yolg‘izliqda odob birla taom yemakni odat qilg‘ay. Andog‘ki, xalq orasida ham tarki adab qilmagay. Agar ko‘p yemokdan sohibi xona xush bo‘lsa, sal ko‘proq yesa bo‘ladi. Ibn Muborak rahmatullohi alayh darveshlarni mehmon qilur edi. Va aytur ediki, har kishi ziyoda yesa, har dona xurmoga bir dirham kumush tanga berurmen. Ersa yeb bo‘lg‘ondin keyin xurmo danaklarini sanar edi. Ziyoda yeganlarga har donaga bir dirham berur edi.

   Beshinchi odob ulki, taom tutgan kishining luqmasiga ko‘z solmag‘ay va o‘z oldidan olib yegay.

   Oltinchi odob ulqi, odamlarni tab’iga yoqmaydigan va nafrat yetkudek ishni qilmag‘ay. Qo‘lini tabaqga silkitmagay. Va og‘zini tabaqni uzasida (lagan tepasida) tutmag‘ay.

Qayd etilgan


Robiya  31 Avgust 2008, 14:21:53

FASL
Do‘stlar birla taom yemak odoblari

   Bilgilki, do‘stlarni mehmon qilmoq bisyor sadaqadan fozilroqdur. Xabarda kelibdurki: uch nimarsadin qiyomat kuni hisob olmaslar: iftorda yegan va do‘stlar birla yegan va saharda yegan taomdan hisob olmaslar. Ja’far ibn Muhammad aytur: «Vaqtiki, do‘stlar birla taom yemakka o‘tirsang, shitob qilmag‘il. Ma’lum muddat yemay o‘tirg‘ilki, bu muddat ichida o‘tgan umrdan ham hisob olmaslar».

   Hasan Basriy rahmatullohi alayh aytur: «Banda o‘zig‘a va ota-onasiga nafaqa qilg‘on nimarsadin hisob olurlar, magar do‘stlar oldig‘a olib chiqqan taomdan hisob olmaslar».

   Buzruklardan ba’zilarining odati bu erdiki, do‘stlar oldig‘a taomni olib chiqur erdilar va aytur erdilarkim: «Xabarda kelibdur, do‘stlar yeb, qolg‘on taomdin hisob olmaslar. Xohlarmankim, sizlarni oldingizlardan qolg‘on taomni yegayman».

   Amiral mo‘‘minin Ali roziyallohu anhu ayturki, «Birodar mo‘minlar oldig‘a to‘yg‘uncha taom olib chiqmoqni qul ozod qilmokdan afzalroq ko‘rarman». Xabarda kelibdur:

   Xudo taolo qiyomat kuni aytur: «Ey, baniy odam! Ul olamda men gurusna (och) bo‘ldum, menga taom bermadinglar. Bandalar aytur, Parvardigoro sen hamma olamning Xudovandisan, senga nechuk taom bergaymiz?!» Xudo taolo aytur: «Mo‘‘min birodarlaring och erdi, anga taom bersanglar, menga taom bergandek bo‘lur erdinglar».

   Hazrati rasuli akram s.a.v. aytibdurlarkim, «Birodari mo‘‘minga to‘yg‘uncha taom bersa, Haq subhonahu va taolo do‘zaxdan yetti xandaq (to‘siq) yiroq qilur. Har xandaqning orasi besh yuz yillik yo‘ldur». Hazrati Rasul alayhissalom aytibdurlar:

   «Xayrukum man at’amat taoma».

   Ya’ni, sizlarning xo‘broq va fozilrog‘inglar (muhtojlarga va do‘stlarga) taomni ko‘proq berganinglardur.

Qayd etilgan


Robiya  31 Avgust 2008, 14:24:19

   Bilgilki, bu suratda to‘rt odobni rioya qilg‘aysan: Avvalg‘i odob ulki, taom yemak niyatida birovning uyiga bormag‘ay. Xabarda kelibdur, kishi taom yemak qasdida kishining uyig‘a borsa fosiqdur va taom yemoqda haromxo‘r va mezbon uyidan chiqishda g‘oratgardur (talonchi). Ammo taom yeb o‘tirg‘on vaqtida iggifoqo kirib borsa, ijozat bermaguncha taom yemagay. Agar taom vaqtida kirgan kishiga ko‘pchilik kelgani ma’lum bo‘lsa, ijozat bersa ham yemagay, faqat uzr bilan kifoyalansin.

   Ammo agar e’timodlik do‘sti bo‘lsa taom yemak qasdida borsa ravodur. Balki do‘stlar orasida sunnatdurki, hazrati rasul alayhissalom hazrati Abu Bakr Siddiq va hazrati Umar roziyallohu anxumo, Abu Ayub Ansoriy va Abul Hoshim ibn an-Nabbahlarning uylarig‘a borib, «Taom kelturgil» der edilar. Bas, bu mezbong‘a ishonchi xayrdur. Va buzruglardan birlarining uch yuz do‘sti bor edi. Har kecha birlarinikida toat va ibodat qilur edi. Ular ham bu ishni saodat deb bilur edilar. Agar do‘st oxiratiy bo‘lsa, uyida hozir bo‘lmasa ham taomini yemak joizdur.

   Hazrati rasul s.a.v. Burayda roziyallohu anhuning uyida taom yedilar vaholanki, Burayda uyida yo‘qerdi. Buzurglardan nechandlari buni ko‘rub shod bo‘ldilar. Va bir guruh do‘stlar Sufyon Savriy rahmatullohi alayhning uylarida ushbu tariqa qildilar. Sufyon Savriy aytdi, «Xo‘b qildingizlarkim, salaf rahmatullohi alayhning odatlarini yodimg‘a kelturdingizlar».

Qayd etilgan