Imom G'azzoliy. Kimyoi saodat (Ruh haqiqati)  ( 350787 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 ... 48 B


Robiya  31 Avgust 2008, 14:30:17

Ikkinchi odob ulki, agar do‘sti kelsa, hozir (bor bo‘lgan) taomni olib chiqg‘ay, takalluf qilmagay. Agar taomi bo‘lmasa qarz olmag‘ay. Agar ahli ayoli nafaqasidan ziyoda bo‘lmasa, taom hozirlab qo‘ymag‘ay. Bir odam hazrati amiral mo‘‘minin Ali roziyallohu anhuni mehmon qilmoqg‘a taklif qildi. Hazrati Ali aytdilarkim: «Uch shart birla borg‘umdir. Bozordan hech nimarsa kelturmagaysan va uyingda borini darig‘ qilmag‘aysan va ahli ayoling nasibasin o‘zig‘a qo‘yg‘aysan».

   Fuzayl Iyoz rahmatullohi alayh aytur: «Xaloyiq takalluf (o‘zini yaxshi ko‘rsatish) vajhidan bir-birlaridan ayrilishurlar. Agar oradan takalluf bartaraf bo‘lsa, bir jon va bir tan bo‘lurlar. Buzurglardan biri do‘stining ziyoratig‘a bordi. Ul do‘st takalluf qilmoqni lozim tutdi. Ul buzurg dedikim, «Sen tanho bu taomdin yemassan va men ham tanho bu taomdin yemasman. Vaqtiki men kelsam takallufni lozim tutarsan. Yo takallufni oradan ko‘tar va yo men seni uyingga kelmagayman».

   Salmon roziayyalohu anhu aytur: «Bizlarga hazrati rasuli akram s.a.v. aytibdurlarki, takalluf qilmasman va hozir (uydagi bor) taomni ham darig‘ tutmasman». Sahobai rizvonullohi taolo alayhim ajma’iyn non porani va xurmoi xushkni (quritilgan xurmoni) bir-birlarig‘a olib chiqar erdilar va aytur erdilarkim, bilmasmizki, bu ikki toifaning qaysi gunohkorroq ekanki, uyidagi hozir taomni mehmonlarig‘a olib chiqmoqni haqir (past, e’tiborsiz) ko‘rgay va yo sohibixona kelturgan taomni haqir ko‘rgay.

Qayd etilgan


Robiya  31 Avgust 2008, 14:31:31

   Yunus payg‘ambar alayhissalom qavmlari oldig‘a non porani bir andak tarra bilan chiqarib qo‘ydilar: «Va garna Xudo taolo takalluf qilg‘uvchilarg‘a la’nat erdi, sizlar uchun takalluf qilur erdim». Bir qavm orasida xusumat bo‘lib,Zakariyo alayhissalomni izlab bordilar, toki ul xusumatni bular orasidan daf’ qilg‘ay. Uyida topmadilar. Xotinini ko‘rdilarkim, bisyor sohibjamol erdi. Qavmlari taajjub qilib dedilarkim, payg‘ambar bo‘laturib, bu tariqa sohibjamol xotin birla ayshu ishrat qilg‘aylar. Zakariyo alayhissalomni izlab toptilarki, bir kishig‘a mardikorchilik qilur edilar. Taom yeb o‘tiribdurlar. Qavmlari so‘zlarini arz qildilar, qavmni taomga taklif qilmadilar. Bu ishg‘a ham taajjub qildilar. Zakariyo alayhissalom o‘rinlaridin turdilar, ko‘rdilarkim yalang ayog‘ erdilar. Yana ham taajjublari ziyoda bo‘ldi. Bu uch ish kayfiyatidan savol qildilar.

   Zakariyo alayhissalom aytdilarkim, «Ul sohibjamol xotinni shuning uchun sak^larmanki, to dinimni saqlagay. Ko‘nglum va ko‘zimni yana birovga yubormagay. Va sizlarni taomg‘a ani uchun taklif qilmadimki, bu taomni uy egasi ish haqimga berib erdi, bu taomni yeb aning ishini bitkargaymen. Agar sizlarni taklif qilib, taomni kam yesam, qilur ishimda kamchilik bo‘lur. Yalang ayog‘ yurmagimni boisi ulki, bu yer egasi birla adovatimiz bordur, agar kafsh kiysam, ehtimoli borkim, bu yerning tufroqi kafshim birla yana bir yerg‘a borg‘ay, bu muruvvat emasdur. Bas, ma’lum bo‘ldiki, sidqu rostliq gullari takalluf tikanidin musaffo va diyonat sunbullari riyo va ru’unat (kaltafahmlik) taboridin (yukidin) mubarro (pok)dur.

Qayd etilgan


Robiya  31 Avgust 2008, 14:34:27

   Uchinchi odob ulki, sohibi xonaga og‘ir kelgudek ishni qilmag‘ay. Agar soqibi xona mehmonni ikki ish orasida muxayyar (ixtiyorli) qilsa, osonrog‘ini ixtiyor qilg‘ayki, hazrati rasul alayhissalom hamma ishlarida ushbu tariqa qilur edilar. Bir kishi Salmon roziyallohu anhug‘a mehmon bo‘ldi. Salmon roziyallohu bir bo‘lak arfa nonni tuz birla olib chiqib qo‘ydi. Mehmon dediki, tuz birla sa’tar (shifobaxsh ko‘kat, non birla qo‘shib yeyilar ekan) bo‘lsa. yaxshi bo‘lur edi. Salmon roziyallohu anhu hech nimarsa topmadi. Tahorat oladigan oftobasini garovga qo‘yib, sa’tar kelturdi, ersa mehmon yeb bo‘lg‘ondan keyin bu duoni o‘qidi:

   «Hamdlar bo‘lsin Xudogaki, qanoat berdi bizlarga, bergan rizqva nasibasiga». Salmon roziyalloxu anhu aytdilarkim, «Agar senda qanoat bo‘lsa edi, mening oftobam garovga qo‘yilmas edi».
Ammo ul joyekim, dushvor bo‘lmasa va sohibi xonaning ko‘ngli xush bo‘lurini bilsa aytmog‘i ravodur.
Hazrati Imom Shofe’iy rahmatullohi alayh Bag‘dodda bir za’faronfurush uyida bir necha kun turdilar. Har kunda alvon turluk nozu ne’matlar tayyor qilur edi. Bir kun hazrat Imom bir qism taom qilmoqning tartibini o‘z xatlarida bitib, za’faronfurushning kanizig‘a berdilar. Za’faronfurush bu xatni ko‘rib, bisyor shod bo‘lib, shukronasiga ul kanizakni ozod qildi.

   To‘rtinchi odob ulki, mehmondan sohibi xona qaysi taomni xohish qilursiz deb so‘ragay va mehmon xohish va orzusini ravo qilmoqning savobi ziyodadur.

   Hazrati rasul alayhissalom aytibdurlar: «Bir odam mo‘‘min birodarining orzusini ravo qilsa, ming hasanot (yaxshiliklarni) aning nomai a’moliga biturlar va ming gunoxlarni yo‘q qilurlar va (uning martabasini) ming daraja baland qilurlar. Va uch jannatdan sarafroz qilurkim, Firdavs va Adan va Huld. Ammo qaysi taomni olib chiqay deb so‘ramoq mazmum va makruhdur. Balki uyidagi bor taomni olib chiqqay.

Qayd etilgan


Robiya  31 Avgust 2008, 14:50:51

FASL
Mehmonni ziyofat qilmoq bayonida

   Bilgilki, onchakim mazkur bo‘ldi, chaqirilmagan va ziyorat uchun o‘zi kelgan mehmonning borasida edi.

   Ammo chaqirilgan mehmonning hukmi bo‘lakdur. Aytibdurlar, vaqtiki mehmon kelsa ortiqcha takalluf qilmag‘il. Ammo mehmon chaqirsang, hech nimarsani kamaytmag‘il. Qudrating yetguncha qilg‘ilki, ziyofatning fazilati bisyordur. Arablarning odatlari uldurki, agar uy egasi safarda bo‘lsa ham bir-birini mehmon qilurlar. Hazrati rasul alayhissalom aytibdurlar: «Kishi mehmon charlamabdur, hech xayroti (yaxshiliklari) yo‘qtur». Yana aytibdurlar: «Mehmondorlikda takalluf qilg‘on jihatdan mehmonni dushman tutmangiz. Kishikim, mehmonni dushman tutsa, Xudo taoloni dushman tutqonidur».

   Ammo g‘arib mehmon kelsa, anga takalluf qilmoq ravodur. Ammo do‘stlar bir-birini ziyoratiga takalluf qilmag‘aykim, yiroqlig‘ga sabab bo‘lg‘usidur. Abu-Rofe’ Mavloiy r.a. aytur:

   «Rasul alayhissalom menga farmon qildilarki, falon juhudnikidan un olib kel, tokim rajab oyida kelgan mehmonlarga ziyofat qilg‘aymiz». Ul juhud qoshiga bordim. Juhud dedikim, «To garov bermaguncha un bermasman». Juhudning so‘zini rasul alayhissalomga arz qildim. Rasul alayhissalom aytdilarkim, vallohkim, men osmon va zaminda amindurmen, albatta qarzini berur erdim, deb zirhli ko‘ylaklarini berdilar, garovga qo‘yib, un olib keldim».

Qayd etilgan


Robiya  31 Avgust 2008, 14:52:24

   Ibrohim alayhissalom mehmon talabida bir mil, ikki milliq yerga borur edilar. To mehmon tobmag‘uncha taom yemas edilar. Ular (mehmonlar)ni sidqlaridan mazori muboraklarida ziyofat qilmoq sunnat qolibdur. To bu vaqtg‘acha xech kecha mehmon holi emasdur va gohi bo‘lurkim, ikki yuz mehmon kelur. Mehmonlar uchun chandon dehalar (qishloklar) va yerlarni vaqf qilibdurlar.

   Bas, bilgilki, mehmon chorlamoqtsa sunnat uldurki, axli saloh, sofdil odamlardan o‘zga kishini chaqirmagay. Ahli fosiqga (buzuq kishilarga) taom bergan yomon ish qiluvchilarga quvvat bergan bo‘lur. Bas, faqirlarni chaqirg‘ay, boylarni chaqirmagay. Hazrati rasul alayhissalom aytdilar: «Eng yomon, badtarin taom shulki, to‘y qilib, kambag‘al va darveshlarni chaqirmay, ularni taomdan mahrum qilib, faqat boylarni chaqirurlar».

   Mehmondorlikda o‘zining qarindosh urug‘lari va do‘stu yoronlari esdan chiqmag‘aykim, muforaqat (uzoqlashuv) bo‘lg‘usidur.

   Mehmon qilmoqdin faho nozish va lofu gazofni (maqganish, g‘ururlanishni) qasd qilmag‘ay. Balki sunnatni bajo keltirmak va darveshlarga rohat yetkazmoqni niyat qilg‘ay. Kishiki, mehmon bo‘lmoqni xohlamasa, ani chaqirmag‘ay, agar taomni karohiyat birla yesa, gunohga sabab bo‘lg‘ay. Ammo mehmon bo‘lmoqning odobi uldurki, kambag‘al va boyni farq qilmaslig‘i, uyida kambag‘al odam mehmon bo‘lganidan or qilmasligi kerak.

Qayd etilgan


Robiya  31 Avgust 2008, 14:59:01

   Hazrati rasuli alayhissalom miskinlarning (kulbalariga) mehmonga borur edilar. Hasan bin Ali r.a. (otliq) o‘tub borurda darvishlarni ko‘rdilarki, non burdalarini o‘rtaga qo‘yib, yeb o‘tiribdurlar. Darvishlar chaqirdilarkim, «Yo, farzandi rasululloh! Bizga muvofaqat qilg‘aysiz». Hazrati imom Hasan r.a. darhol otdan tushib, ular birla non yedilar va dedilarki, «Xudo taolo takabbur qilg‘uvchilarni do‘st tutmas».

   Va taom yeb bo‘lg‘ondin keyin darveshlarga dedilarki, «Tongla mening uyimda mehmon bo‘lg‘aysizlar». Ertasi kuni hazrati Hasan chin ixlos bilan taom tayyorlab, darveshlar birla yedilar.
Ikkinchi odob ulki, agar bilsaki, mezbonning taomi shubhalidur va yo uyida makruhroq iimarsa bordur, chunonchi, bisotxonadagi gilami ipakdan bo‘lsa va yo kumush majmari (tutatqich) idishi bo‘lsa va yo tom shipida jonivorning surati bo‘lsa va yo ul majlisda raqs va simo’ bo‘lsa va yo kimdir masxara qilsa va yo fahsh so‘zlar aytsa va yo xotinlarni nazzora qilmoqg‘a hozir bo‘lsa, bu hamma ishlar mazmumdurki, mundog‘ yerga bormagay. Shunga o‘xshash, agar mezbon mubtadi’ (bid’atchi) bo‘lsa, yo fosiq va yo zolim bo‘lsa, maqsudi lof va takabburlik bo‘lsa, bu tariqa kishilarning mehmondorchiligiga ham bormagay.

   Agar borgandan keyin bu mazkur bo‘lg‘on makruhotlardan birini ko‘rib man’ qilolmasa, shu joydan ketmagi vojibdur.

Qayd etilgan


Robiya  31 Avgust 2008, 15:02:18

   Uchinchi odob ulki, kechalikda mehmon qilmoqga taklif qilsa yo‘l yiroq deb man’ qilmagay (ya’ni, borishi kerak). Balki bormoq qiyin bo‘lsa, bormag‘ay. Tavrotda kelibdurkim, bir millik yerga borib, kasal ko‘ringlar va ikki milliq yerga janozaga qatnashinglar. Uch millik yerga mehmondorliqqa chorlasa ijobat qilinglar. To‘rt millik yerga borib, birodari mo‘‘minni ziyorat qilinglar.

   To‘rtinchi odob ulki, agar ro‘zador bo‘lsa ham, mehmondorliqqa chaqirsa ijobat qilg‘ay. Agar mezbonga og‘ir kelmasa bo‘yi xush va dilkash so‘zlarga qanoat qilib o‘ltirgay. Agar taom yemaganidin ranjur bo‘lsa, nafl ro‘zasini ochsin, chunki mo‘‘min odamnmng ko‘nglini shod qilg‘onning muzdi (savobi) nafl ro‘zadan chandon ziyodadur.

   Qazrati rasul alayhissalom mehmondorliqda ro‘za tutdim deb o‘tirg‘on kishig‘a inkor qilib aytdilarki, «Birodaring sening uchun riyozat tortg‘ay va sen ro‘za tutdim degaysen».

Qayd etilgan


Robiya  31 Avgust 2008, 15:05:25

   Beshinchi odob ulki, mehmondorliqqa faqat qorin to‘yg‘azmoq niyatida bormag‘ay. (Suhbat uchun ham borish zarur). Hazrati rasul alayhissalomning sunnatiga amal qilg‘ay.

   Rasuli akram s.a.v. aytibdur: «Kim mehmondorliqqa chaqirganda uzrsiz rad etsa, Xudo va uning rasuliga osiydur». Ushbu sababdan aytibdurlarki, ijobati da’vat vojibdur va birodari mo‘‘minni izzat-ikrom qilmoq ham vojib bo‘lg‘ay.

   Xabarda kelibdur: «Birov bandai mo‘‘minni izzat-ikrom qilsa, Xudo azza va jallani izzatu ikrom qilg‘on bo‘lur». Va mo‘‘minlar ko‘nglini shod qilmog‘ niyatini qilg‘ay.

   Xabarda kelibdur: «Kimki, birodari mo‘‘minni shod qilsa, Xudo azza va jallani xushnud qilg‘on bo‘lur». Va sohibi xona niyat qilg‘ayki, birodari mo‘‘minni ziyorat qilmoq, Haq subhonahu va taologa qurbat (yaqinlik) jumlasidandur. Va g‘iybat qilmoqdan va badxo‘yluq va takabburlik qilmoqdan to‘xtashni niyat qilg‘aysen.

   Bas, bu olti niyatdurki, har biri o‘zgacha savobi bordur. Bu niyatlarni tutmoq qurbat jumlasidandur. Bas, mazhab va millat ulug‘lari harakati va sukunatini dinu diyonatga muvofiq qilmoq niyati birla yashabdurlar. Toki hech nafaslarini zoe qilmabdurlar.

Qayd etilgan


Robiya  31 Avgust 2008, 15:15:27

FASL
Mehmonlar odobi bayonida

   Ammo mehmondorliqqa hozir bo‘lmoqning adabi uldurki sohibi xonani ko‘p intizor qilmag‘ay va juda oldin ham bormag‘ay. Vaqtiki borsa, sohibi xona ishorat qilg‘an yerda o‘ltirgay. Agar yana bir mehmon o‘zidan yuqoriga taklif qilsa, tavoze’ tariqin qo‘ldan bermagay. Va ayollar o‘ltirgan uyning ro‘parasida o‘ltirmagay. Va taom pishiradurg‘on yerga ko‘p qaramag‘ay. Va yonida o‘ltirg‘onlar bilan izzat-ikrom birla hol-ahvol so‘rashgay. Va agarul majlisda shariatdan tashqari ish bo‘lsa, ul yerdan chiqib ketgay.

   Ahmad Hanbal rahmatullohi alayh aytur: «Agar kumush surmadon bo‘lsa, ul majlisda o‘ltirmoqxo‘b emasdur». Vaqtiki, kechqurun bo‘lsa sohibi xonaga adab ulki, qiblani, xalo joyni mehmonga ko‘rsatg‘ay.

   Ammo taom qo‘ymoqning odobi uldurki, mehmonga tortiladigan taomni kechiktirmay, shoshilib, tezda bergayki, bu ham mehmonninghurmati jumlasidaidur. Vaqtiki, chaqirilgan mehmonlarning qo‘pchiligi kelgan bo‘lsayu, yana keladiganlari bo‘lsa, hozirlarning nasibasini bermak yaxshirokdur. (Ammo keladigan darvesh, kambag‘al bo‘lsa, uning hurmati uchun taom tortishni biroz kechiktirish xo‘broqdir). Hotam Asam rahmatullohi alayh aytur: «Shitob qilmoq shaytoniydur.

   Magar besh ishda shitob qshshoq rahmoniydur. Mehmong‘a taom bermoq va o‘likni dafn qilmoq va ojizani kuyovga bermoq, qarzni ado qilmoq va gunohdan tavba qilmoq». To‘y qilmoqda ham shoishlish sunnatdur, Ikkinchi odob ulki, mevani ilgari qo‘yg‘ay. Dasturxonni tarra (non bilan yeyiladigan ko‘kat)dan xoli qilmag‘ay. Xabarda kelibdurki, dasturxonda tarra bo‘lsa, farishtalar hozir bo‘lur. Kerakki, shirin va laziz taomni ilgari qo‘ygay, toki mehmonlar laziz taomni yeb qorin to‘yg‘azg‘aylar. (Ba’zilar mehmonlarni avval mazasiz taom bilan to‘ydirib qo‘yadi.) Taomni mexmon oldidan tez olmag‘ay.

Qayd etilgan


Robiya  31 Avgust 2008, 15:18:37

   Uchinchi odob ulki, oz taomni mehmonni oldiga olib chiqmagayki, bemuruvvatlik bo‘lur. Va ko‘p ham olib chiqmag‘ayki, takabburlik va isrof bo‘lur. Agar bu niyat birla olib chiqsaki, mehmonning oldidan qaytgan taomning qiyomat kuni hisobi bo‘lmas, joizdur. Hazrati Ibrohim Adham raqmatullohi alayh taomni ko‘p olib chikdilar. Sufyon Suriy rahmatullohi alayh aytdilar: «Isrofdan qo‘rqmasmusan?» Ibroxim Adham aytdikim: «Taomda isrof yo‘kdur». Va bo‘lg‘aykim, avval kichik bolalar nasibasini keltirgay. Va mehmon ketayotganida dasturxondan zalla (ya’ni, biror taomni) o‘zi birla olib ketmog‘i ravo ermas. Bu, ba’zilar odatidur. Magar sohibi xona aniq ruxsat etsa, joizdur. Va yo aniq bilsaki, zalla (mehmondorchilik dasturxonidan taom) Oltandan sohibi xona xush bo‘lsa, bu suratda ham ravodur. Basharti olsa, kosadagi taomning hammasini olmagayki, haromdur. Agar zalla olish soxibi xonaga malol kelsa, haromdurki, o‘g‘irlab olgandan muning farqi yo‘qdur.

  Ammo mehmondorlikaan ketmoq odobi-to sohibi xonadan ijozat tilamaguncha ketmagay. Mehmon uyidan chiqsa, sohibi xona yaxshi so‘zluk va ochiq chehralik birla uzatgay. Agar mehmondan biror kamchilik sodir bo‘lsa, bildirmagayki, yaxshi qiliq va yaxshi xo‘y chandon amallardan fozilroqdur.

   Hikoyatda kelibdurki, Junayd rahmatullohi alayhni bir go‘dak mehmondorlikka taklif qildi, go‘dakning otasining xabari yo‘q edi. Vaqtiki, go‘dak uyiga kirib ketdi, mehmonni esdan chiqardi. Fursate turib, Junayd rahmatullohi alayh uyga qaytdilar. Go‘dak uni yana chaqirtirdi. Ushbu tariqa to‘rt marotaba keltirib, to‘rt marotaba qaytardi. Va Junayd bu go‘dakning raddu qabulidan Haq taolo raddu qabulini mushohada qilur edilar.

Qayd etilgan