Imom G'azzoliy. Kimyoi saodat (Ruh haqiqati)  ( 350793 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 ... 48 B


Robiya  31 Avgust 2008, 15:22:49

IKKINCHI ASL
Nikoh va oila odoblari

   Bilgilki, xotin olmoqlik din va millat odoblari jumlasidandur. Andog‘kim, taom yemak din odoblari jumlasidan edi. Chunonchi, shar’i sharifning amru-nahiylarini bajo keltirmoq odam vujudining hayotlig‘i va Bakrsig‘a bog‘liqdur. Bas, hayotlig‘ yemak va ichmaksiz mumkin emas. Shunga o‘xshash ahkomi shariat joriy bo‘lmog‘i odamiyning jinsi va nasli boqiy bo‘lmaguncha davom etmas. Bas, nasl va avlod iqdi nikohsiz mumkin bo‘lmas.

   Bas, asli nikoh vujudning bahosi va salomatligining sababidur va nikohning durust va mubohligi ushbu sababdandur. . Raf’i shahvat jihatdan emas. Balki hazrati Haq taolo shahvatii ul jihatdan ofarida qilibdurki, xalq ikdi nikohga rag‘bat va ayshu-nashotga tolib bo‘lg‘ay. Tokim so‘fii sof din va solihi rohi yaqinlar vujudga kelib, talab vodiysida sobit qadam va ubudiyat bodiyasida (sahoosida) rosixdam (barqaror, mustahkam) bo‘lg‘ay.

   Bas, ahdi nikoh, xotin olmoq birla hazrati Halloqi olam bandalari bisyor va hazrati Muhammad Mustafo s.a.v.ning ummatlari beshumor (bexisob) bo‘lg‘usidur. Ushbu vajhdan hazrati rasul alayhissalom aytibdurlar: xotun olinglar, o‘zingizdan
ko‘payinglar. Qiyomat kuni sizlar o‘zga payg‘ambarlarning ummatlaridan ko‘proq bo‘lganimgiz birla mubohat qilurmen.Toki, onasining bo‘yidan tushgan go‘dakka ham mubohat qilurmen». Bas, kishi Xudoning bandalari va Muhammad alayhissalomning ummatlarining ko‘p bo‘lmog‘iga sa’y-harakat qilibdur, albatta martaba va darajasi ziyoda bo‘lur. Ushbu jihatdan otaliq haqqi ustodliq haqqidan ziyodadurkim, farzandning vujudig‘a sababdur. Va ustod rohi rostni (haq yo‘lni) tanimog‘iga sababdur. Ushbu sababdan aytibdurlarki «Xotin olmoq navofil ibodatdan fozilroqdur».

   Bas, ma’lum bo‘ldiki, xotin olmoq rohi din jumlasidandur va aning odoblarini bayon qilmoq muhimdur-Bas, odobi aqdi nikoh uch bobda tamom bo‘lur. Vallohi a’lam. Avvalgi bob. Aqdi nikohning foyda va ofatlari bayonida. Ikkinchi bob. Ahdi nikohning foydalari bayonida. Uchinchi bob. Ma’ishat odoblari bayonida.


Qayd etilgan


Robiya  31 Avgust 2008, 15:27:30

FASL
Nikohning foyda va ofatlari bayonida

Bilgilki, nikoxning fazilati va xosiyati foydalari sababidandur. Nikohning foydasi beshta: Avvalgi foyda farzanddurkim, farzand sababidan to‘rt savob hosil bo‘lur. Avvalg‘i savob ulki, o‘z vujudi naslidan hazrati Haq subhonahu va taologa mahbub paydo qilmoqqa sa’y va ko‘shish paydo qilg‘on bo‘lur. Agar odam ofarinish qikmatlaridan xabardor bo‘lsa, Haq taoloning mahbubi ekaniga hech shak qilmas.

   Bas, xoja bandasig‘a ziroat qilmog‘iga soliq zamin va urug‘ bersa va yerga qo‘shg‘ali o‘y, ya’ni xo‘kiz bersa, va ziroatga lozim bo‘ladurgon asbobi mehnat qurolini anga taslim qilsa, bandaning akli bo‘lsa, bilurkim, bu ishlardan xojasining maqsudi nadur. Ziroat qilg‘il, deb til birla aytmoq hojati bo‘lmas. Munga o‘xshash, xazrati Xalloqi olam bachadon ziroatgohini loyiq va muloyim, olati mubosharatni mardu zanda (erkak va ayolda) qoyim va farzand tuxmini eranlar pushti va xotinlar siynasida pinhon va shahvatni er-xotinlar ayshu-ishrat qilmog‘iga muakkal va rahnamun qilibdur.

   Bas, bu ishlardan Haq taoloning maqsudi nechuk ekani hech oqilg‘a pinhon ermas. Kishiki, farzand tuxmini zoye’ qilsa va muakkalni hiyla birla o‘zidan yiroq qilsa, beshak rohi maqsuddan yuz o‘girganidur. Ushbu sababdan salaf rizvonullohi alayhim ajma’iyn xotinsiz bo‘lmoqni karohiyat bilur edilar. Hazrati Maoz roziyallohu anhuni ikki xotinlari bor edi. Toun (vabo kasali)dan har ikki xotinlari vafot bo‘ldi. Aytdi, menga darqol xotin olib beringlarkim, xotinsiz o‘lmagimni xoxlamasmen.

Qayd etilgan


Robiya  31 Avgust 2008, 15:30:35

   Ikkinchi savob ulki, hazrati rasuli akram s.a.v.ning sunnatlariga mutobiat qilg‘on bo‘lur, tokim ummatning ko‘p bo‘lg‘onig‘a mubohat qilurlar. Ushbu sababdan tug‘mas xotindan qaytaribdurlar. Mundan ma’lum bo‘ldiki, xotin olmoqdaf’i shahvat uchun emasdur.

   Uchinchi savob ulki, ota, ona farzandlar duosidan bahramand bo‘lur. Xabarda kelibdurki, savobi munqate’ bo‘lmas - to‘xtamaydigan xayrli ishlarning biri farzand ko‘rishdandir, duosi hamisha otasining ruhiga yetib turar. Xabarda kelibdurki, duoni nurli tabaklarda ko‘tarib farishtalar murdag‘a olib kelib berurlar. Aning sababidan chandon osoyishlar ko‘rurlar.

   To‘rtinchi savob ulki, agar farzand otasidan ilgari o‘lsa, qiyomat kuni anga shafoatchi bo‘lur. Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Norasidaga farmon bo‘lurkim, jannatga kirgil. Norasidalar faryod qilib ayturlarkim, ota-onamiz bihishtga kirmaguncha bizlar hargiz kirmasmiz». Hazrati rasuli akram s.a.v. bir kishining jomasidin tortib turib aytdilarki, «Men seni tortgan misillik norasidalar ota-onasini tortib, jannatga olib kirarlar». Xabarda kelibdurkim, norasidalar jannatning eshigida jam’ bo‘lib, ota-onasi talabida nola va zor yig‘lab turarlarkim, to Haq taolo ularga farmon qilur, hammasi xashrgohga kirib, har biri o‘z ota-onasini qo‘lidan tutib jannatga elturlar.

   Buzurglardan biri xotin olmoqdan parhez qilur edi, bir kecha tush ko‘rdiki, qiyomat bo‘lubdur. Hamma xaloyiq tashnalik ranjidan azobda qolibdurlar. Guruhe norasidalarni ko‘rdiki, qo‘llarida oltin va kumush qadahdarda suv ko‘tarib borur. Alardan suv tiladi, norasidalar dedilarkim, «Sen bizni ota-onamiz emassen. Bu suvni o‘z ota-onamizga berurmiz». Bas, uyqudan uyg‘ondi, darhol xotin oldi.

Qayd etilgan


Robiya  31 Avgust 2008, 15:31:58

   Va xotin olmoqning ikkinchi foydasi ulki, xotin birla o‘z dini va millatini himoyasiga Oltan bo‘lur. Shahvatkim, shaytonning harbasidur o‘zidan yiroq qilg‘on bo‘lur. Ushbu ma’nodan Hazrati rasul alayhissalom aytibdurlarki, «Kim xotin olibdur, nisfi (yarim) dinini salomat qo‘rg‘onida saqlabdur va kim xotin olmabdur, agarchi zino va zalolatdan o‘zini to‘xtatsa ham g‘olib ulki, ko‘zini nazardan va dilini vasvasdan saqlayolmas».

   Va lekin xotin olmoqda farzand topmoq niyatini qilg‘aykim, Haq subhonahu va taoloning mahbubi vujudig‘a harakat qilg‘on bo‘lur va daf’i shahvat niyatin qilg‘aykim, shahvatni farzand vujudiga muqtaziy (taqozo) bo‘lmoq uchun ofarida qilibdurlar. Va aningda chandon hikmatlar bordur.
Bas, er-xotin suhbatida lazzati tamom va rohatilo kalom (so‘zsiz) ato qilibdur. Tokim oxirat rohatidan nishona va jannat lazzatidan namuna bo‘lg‘ay. Chunonchi bu dunyo otashi do‘zax o‘tining bir ko‘rinishidir. Ammo mubosharat lazzati va otash kulfatini, jannat rohati va do‘zax azobiga nisbat qilmoq o‘rinlidir.

   Hazrati Haq taoloning har maxluqida chandon hikmatlar bordurki, ulamoyi izom (katta olimlar) voqifdurlar. Qazrati rasul alayhissalom aytibdurlarki, xotin birla shayton hamroxdurki, kim ko‘chada xushro‘y xoting‘a yo‘liqsa, uyiga borib o‘z xotini birla suhbat qilg‘aykim, shayton vasvasasi daf’ bo‘lur. Uchinchi foydasi ulki, ahli xonasi birla ulfatlashmoq va aning birla hazillashmoq ibodat rag‘batini toza qilur va beg‘araz hazil malolat g‘uborini aritmoq birla ibodatg‘a zavq toza bo‘lur.

Qayd etilgan


Robiya  31 Avgust 2008, 15:35:04

   Hazrati Ali karramallohu vajhu aytibdurlar: Dilni rohat va osoyishdan to‘xtatmagilki, (to‘xtatsang) dil nobino (xira, ko‘rmas) bo‘lur. Hazrati rasuli akram s.a.v.ga voridoti g‘aybiy va mukoshafoti qalbiy (payg‘ambarlar dilida oshkor bo‘ladigan g‘ayb sirlari) mushohadasidan azim holat yuz berur ediki, qolibi zohiriy ul holatga toqat keltirolmas edi. Ul vaqtda hazrati Oisha roziyallohu anhuning qo‘llaridin tutib aytur edilarki, «Kallimiyni, yo Oishati», ya’ni, «Ey, Oysha, mani so‘zga tutg‘il, toki bu in’omi ilohiyni ko‘tarmakka quvvat va ilhomi nomutanohiyg‘a (Alloh taolo tarafidan cheksiz kelayotgan ilhom) bardosh qilmoqg‘a toqat hosil qilg‘aymen». Hazrati Oisha roziyallohu anhoning takallumlari obihayoti ishq sharorig‘a (ishq alangasiga) taskin va xazil-mazoq sharbati hazrati rasuli alayhissalom ko‘ngillari iztirobig‘a tamkin yetkurmoq birla ul asrori Ilohiy tashnalig‘ig‘a zavqu shavq g‘olib bo‘lib, aytur erdilarkim, «Arihno, yo Bilol! Azon nidosi birla mushtoq ko‘nglumg‘a rohat, salot va iqomat sadosi birla ishtiyoq xotirimg‘a sururi behjat (kuvonch) yetkurgil, tokim namozga yuz kelturmak birla ilhomi ilohiy va altofi nomutanohiydan sarafroz bo‘lay», der erdilar va gohi xush bo‘ylik birla mashom, dimog‘ puroshomlarig‘a muattar kuvvat yetkurlar erdilar. Ushbu sababdan rasul alayhissalom ayturlarki, «Sizlarni dunyoinglardin uch nimarsani do‘st tutarmen: bo‘yi xush va zanon va ro‘shnoi chashmi, ya’ni, dimog‘imni muatgar qilmoqg‘a xush bo‘ylik va ko‘nglumni ovutmoqg‘a mahbubi dilkash va ko‘zum ravshanlig‘i uchun namoz o‘tamakdur». Bas, bo‘yi xush va xotin badanning osoyishidurki, bulardan namozga quvvat hosil bo‘lur. Ko‘zning ravshanligi namozdur.

   Rasul alayhissalom sahobalarni mol-dunyodin man’ qildilar. Umar r.a. aytdilarkim, dunyolikdan qaysi narsani lozim tutg‘aymiz? Rasul alayhissalom aytdilarkim:

   «Li yattaxiz ahadukum lisonan zokiran va qalban shokiran va zavjatan mo‘‘minatan».
Ya’ni, Tili zokir va qalbi shokir va porso (pokiza) ayollarni lozim tutinglar»
dedilar. Bas, porso (pokdil) xotinlarni shukr va zikr qatorida sanabdurlar.

Qayd etilgan


Robiya  31 Avgust 2008, 15:39:04

   To‘rtinchi foydasi ulki xotin olmoq birla uy ichidagi ba’zi ashg‘olidan, chunonchi, taom pishirmoq va kir yuvmoq va aksar ashg‘oldan forig‘ bo‘lur. Agar kishi bu ishlarga mashg‘ul bo‘lsa, ilm va amal va ibodat qilmoqg‘a mone’ bo‘lur. Ushbu sababdan xotin olmoqni rohi din jumlasidan sanabdurlar. Salmon aytibdurlarki: «Porso xotin dunyo jumlasidan ermas, oxirat jumlasidandur. Ya’ni, seni dunyo ashg‘olidan (ishlaridan) forig‘ qilur va oxirat sarmoyasini toparsen». Hazrati Umar roziyallohu anhu ayturlar: «Iymondan keyin porso xotinlardan ulug‘roq hech ne’mat yo‘qtur».
Beshinchi foyda ulki, xotinlarni bad fe’lligiga sabr qilmoq, ularning muhimmotini - kerakligini topib bermoq va bularni shar’i sharif birla orasta qilmoq mujohadasiz, nafsni yengish yo‘lida jihodsiz va mashaqqatsiz muyassar bo‘lmas. Bu nav’ mujohadalar aksari ibodatdan fozilroqdur.

   Xabarda kelibdurki: «Ahli ayol nafaqasi sadaqadan ortiqroqdur». Buzurglar aytibdurlar: «Ahli ayol nafaqasi uchun kasbi halol qilmoq yaxshilar, ya’ni, avliyoullohlar ishidur». Ibnul Muborak rahmatullohi alayh tabaqai buzruglar birla g‘azotda edilar, bir kishi so‘radi, «g‘azotdan yaxshiroq va ortiqroq amal bormuki, anga mashg‘ul bo‘lg‘aymen?»

   Ulug‘lardin biri dedilarkim, «Shundan fozilroq xech amalni bilmasmiz». Ibnul Muborak dedikim, «Men bilurmen. Kishikim ahli ayoli bo‘lsa, ularni saloh birla tutib, ye.makka taom va kiymakka libos topib bersa, bu amal g‘azotdan ortiqroqdur». Bishr Xofiy rahmatulloqi alayh aytur: «Ahmad Hanbalda uch fazilat bordurki, menda yo‘qdur. Ahmad Hanbal o‘zi uchun va ahli ayoli uchun halol talab qilur. Ammo men o‘zim uchun halol talab qilurman».

Qayd etilgan


Robiya  31 Avgust 2008, 15:43:10

   Bas, xabarda kelibdurki, gunohlar jumlasidan bir gunoh bo‘lurki, ul gunohga ahli ayollari nafaqasi ranjini tortmoqdan o‘zga hech nimarsa kaforat bo‘lmas.

   Ulug‘lardan birining xotini vafot bo‘ldi. So‘ng harchand xotin olmoqg‘a targ‘ib qildilar, qabul qilmadi. Aytur erdiki, tanholikda adlni hozirroq va qimmatni kamroq ko‘rarmen. O’sha kecha tush ko‘rdiki, osmon eshiklari ochilibdur, bir guruh erkak bir-birining orqasidin o‘tub borurlar. Ersa bir buzurg ro‘barasig‘a yetib erdi, avvalgisi aytadurki: Bu kishi shum kishidur. Ikkinchisi dediki: «Oriy». Uchinchisi dediki: «Bu ul shum kishi ermas». To‘rtinchisi dediki: «Oriy». Ersa bular xaybatidan bisyor qo‘rqti. Bulardan keyin kelgandan so‘radikim: «Bu o‘tkanlar shum deb kimni ayturlar? Ul dediki: «Seni ayturlarkim, mundan ilgari otingni obidlar jumlasidan bitib, osmonga eltur erdilar. Endi bir xafta bo‘ldiki, otingni obid va mujohidlar jumlasidan o‘chirdilar. Bilmasmenki, na ish qilding». Bas, bu uyqudan uyg‘ondi, darxol xotin oldi, tokim mujohidlar jumlasiga doxil bo‘ldi. Nikohning foydasi ushbudurkim, mazkur bo‘ldi.

Qayd etilgan


Robiya  31 Avgust 2008, 15:46:08

Nikoh ofatlari

   Nikohning ofati uchdur. Avvalgi ofat ulki, ilm talab qilmoqdan ojiz bo‘lg‘ay. Alalxusus, bu zamonadaki (ko‘pchilik) axli ayoliga xaromdan nafaqa qilg‘ay. Xabarda kelibdurki, bir banda bo‘lurki, amali solihdan nomai a’moli to‘la va ko‘p sajda qilgandan jabxasi (peshonasi) juda nurli bo‘lur.

   So‘rarlarkim, «Ayollarg‘a nima nafaqa qilding?» Ma’lum bo‘lurkim, hamma haromdan nafaqa qilg‘on ermish va aning hamma hasanotlarini tortib olurlar. Va munodiy qilurlarkim, bu ul kishidurki, hammai amallarini farzandlari nafaqasiga sotgan va o‘zini ahli shaqovat zumrasig‘a qotgan (ya’ni, qo‘shgan).

   Xabarda kelibdurkim, qiyomatda farzandlar otaga da’vogar bo‘lurlar va ayturlar: «Ey, bor Xudoyo, otamiz bizlarni harom taom bila boqibdurlar, bizlar bilmabdurmiz va ilmi shariat o‘rgatmabdur va tirik johil qolibdurmiz». Va bu ishlarning muvohazasi (jazosi) otasiga bo‘lur. Bas, ul kishiki, moli, merosi bo‘lmasa va yo kasb qilmoqg‘a qodir bo‘lmasa, xotin olmag‘ay. Agar zino qilmog‘i yaqin bo‘lsa, xotin olg‘ay.
Ikkinchi ofat ulki, ahli ayol haqini bajo kelturmak barchaga muyassar bo‘lmas, magar yaxshi xulq birla va ularni mehnat va mashaqqatig‘a sabr, tahammul qilmoq birla va havoyijlari (ehtiyojlar) qiyomiga tadbir ko‘rguzmak birla bo‘lur. Bu ishlarni har kishi bajo keltira olmas. Ahli ayolig‘a ranj, mashaqqat yetkursa, gunohkor bo‘lur va yo ulardan yuz o‘girmak birla (toatlarini) zoye’ qilur.

Qayd etilgan


Robiya  31 Avgust 2008, 15:50:25

   Xabarda kelibdurki, kishi ahli ayolidin qochsa, xo‘jasidin qochgan qulg‘a o‘xshashdurki, to farzandlari qoshig‘a kelmaguncha, namozi va ro‘zasi qabul bo‘lmas.
Hosili kalom ulki, har kishida bir nafs bordur. Kishikim o‘z nafsi uhdasidan chiqolmasa, yana birovning uhdasidin chiqmoqg‘a jur’at qilmag‘ay.

   Bir buzurgdan so‘radilarki: «Nima uchun xotin olmassen?» Ul buzurg aytdi: «Bu  oyatdan qo‘rqarmen, qavluhu taolo:

   «Va lahunna mislul-laziy alayhinna bil-ma’ruf». (Baqara, 228).

   Ya’ni, erlarning xotinlari ustida haqlari bo‘lg‘onga o‘xshash, xotinlarning ham erlari ustida haklari bordir. Alarga yaxshiliq va xush muomala bilan umr kechirishlari lozimdur.
Hikoyatda Ibrohim Adham dedikim, «Nechuk xotin olg‘aymenkim, bir xotinni o‘zimg‘a g‘olib qilmoqg‘a hojatim yo‘qtur».

   Uchinchi ofat ulki, dil ayol ahli nafaqasi va ehtiyoji andishasida g‘arq bo‘lur, Haq taologa zikr aytmoq(qa), oxirat va qiyomatning zodi rohini qilmoqg‘a mone’ bo‘lur va har nimarsaiki seni haq taoloning zikridan g‘ofil qilur, halokingga sabab o‘sha narsadur. Ushbu ma’noda Haq subhonahu va taolo kalomi majidida xabar berur. Qavluhu taolo:

   «Yo, ayyuhallaziyna omanuu, lo tulhikum amvolukum va lo avlodukum an zikrilloh va man yaf’al zolika fa uvloikahumul hasirina». (Munofiqun, 9).

   Oyatning tafsiri: «Ey, iymon kelturganlar, na mol-dunyolaringiz, na bola-chaqalaringiz sizlarni Ollohning zikridan beparvo qoldirmasin va beparvolar zarar ko‘ruvchilardir».

   Har kishig‘aki, ahli ayoli Haq taoloning zikriga mone’lik qilmasa, xotin olmog‘i yaxshiroqdir.

   Agar Haq taoloning zikridan g‘ofil qolmoqtsan qo‘rqsa, xotin olmagani yaxshiroqtsur. Kim halol nafaqaga qodir bo‘lsa, xalqg‘a shafqat va marhamat qilmoqg‘a emin bo‘lsa va xotin olmog‘i Haq taologa zikr etmoqg‘a mone’ bo‘lmasa, bu nav’ kishiga xotin olmoq hammadan yaxshirokdir.

Qayd etilgan


Robiya  03 Sentyabr 2008, 13:10:22

FASL
Nikohning shartlari bayonida

   Nikohning shartlari beshtadur. Avvalgi sharti - voliydurki, vakilsiz nikoh durust emas. Voliysi yo‘qlarga Tangri voliydur. Ikkinchi shart - ayolning o‘zi nikoxga rizolik bermagi shartdur. Agar qiz bo‘lsa ota-onasi tushuntirsin. Ammo yaxshirog‘i ulki, «Seni faloniyga nikoh qilib berurmiz» deb xabar qilg‘ay. Agar (ayol) xomush tursa, indamasa kifoyatdur.
Uchinchi shart ulki, ikki oqil guvoh hozir bo‘lg‘ay va afzali ulki, axli saloh kishilar hozir bo‘lg‘aylar. Agar ikki kishi bo‘lsakim, xalq orasida fosiq deb hisoblanmasa, ularning guvohligi birla nikoh qilmoq durustdur.

   To‘rtinchi shart lafzi ijob, qabuldur. Ya’ni, er va xotin lafzi aniq so‘zlar birla «Oldim» va «Tegdim» degay. Va yo vakil degaykim: «Bismilloh valhamdulilloh faloniyni senga berdim» va olg‘uvchi ham degaykim:

   «Bismilloh val hamdulilloh, faloniyni munchaga bayi birla oldim» degay. Bas, avlosi buki, oladurgon ayolni nikohdan ilgari ko‘rub olg‘ay. Tokim dilpisand bo‘lsa, anisu ulfatg‘a sabab bo‘lg‘usidur va bo‘lg‘aykim, xotin olmoqdan farzand topmoq va ko‘z, ko‘ngilni noshoyista ishlardin to‘xtatmoq niyatini qilg‘ay. Nafsu havo xohishi, ayshu nashot varzishini niyat qilmag‘ay.

Qayd etilgan