Imom G'azzoliy. Kimyoi saodat (Ruh haqiqati)  ( 351022 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 37 ... 48 B


Robiya  03 Sentyabr 2008, 13:13:35

   Beshinchi shart ulki, er-xotin durust sifatlar birla bo‘lg‘ay. Yigirma sifatdurkim, bu sifatlar birla bo‘lg‘on ayolning nikohi durust ermasdur. Chunonchi: har xotinki, yana birovni nikohida va yo iddada bo‘lsa va yo murtad, ya’ni dini islomdan qaytgan bo‘lsa. Yo butparast va yo zindiq (Xudoga ishonmovchi) bo‘lsa, Xudo va rasul va qiyomatg‘a iymoni bo‘lmasa yo badmazhab bo‘lsa, nomahram birla aralashmoqni muboh (joiz) bilsa va yo qul va yo nikohi noravodan tug‘ilg‘on bo‘lsa. Va yo qondoshlik jihatdan harom bo‘lsa. Chunonchi, erkak bir xotinning qizini olg‘on bo‘lsa onasini olmasin, onasini olg‘on bo‘lsa, qizini ham olish noravodur. Yo otasi olg‘on bo‘lsa va yo o‘g‘li olg‘on xotun bo‘lsa, yo kishining to‘rt xotini bo‘lsa, beshinchini to‘rt xotinning uzasiga olmog‘i noravodur va xotinning hamshirasi (egachi, singli) va yo ammasi va yo xolasini bir nikohda jam’ qilmoq yaxshi emas.

   Va yo uch taloq qilg‘on bo‘lsa, to taxdil (halol) qilmaguncha nodurustdur, va yo er-xotin orasida lion (la’natlanib haydalgan) voqe’ bo‘lsa va yo nobolig‘ (balog‘at yoshiga yetmagan) yetim bo‘lsa. Bas, bu sifatlardagi ayollarning nikohi nodurustdur.

   Ammo sakkiz sifatdagi ayolni (izlamak) sunnatdur. Avvalgi sifat-porsoliqtsurkim, hamma yaxshi sifatlarning aslidur. Agar ayol nopok bo‘lsa, agar molg‘a xiyonat qilsa, erkak hayoti mushavvash (tashvishli) bo‘lur. Agar tanda xiyonat qilsa va eri sukut qilsa (indamasa) behamiyatlik bo‘lur va dinig‘a nuqson qilur. Agar sukut qilmasa hamisha ayshi - hayoti munqis (nuqsli) bo‘lur. Agar taloq qilsa, muhabbati bo‘lsa, aning mubtalolig‘i baloyi azimdur.

   Hazrati rasul alayhissalomg‘a bir a’robiy o‘z xotinining noporsolig‘idin gina qildi. Rasul alayhissalom aytdilar: «Talog‘ini bergil». A’robiy dedikim, «Ani bisyor yaxshi ko‘rurmen».

Qayd etilgan


Robiya  03 Sentyabr 2008, 13:18:53

   Rasuli akram s.a.v. aytdilarkim, «Muhofazat qilg‘il». Xabarda kelibdurki, kishi mol va jamol jihatdan xotin olsa, har ikkisidan mahrum qolur. Agar dinini sakdamoq niyatida xotin olsa, ham mol va ham jamoldan maqsudi hosil bo‘lur.

  Ikkinchi sifat xushfe’llilikdurki, badxo‘y xotun nosipos (yaxshilikni bilmaydigan, noshukur) bo‘lur. Molini isrof qilur va ayshi nishoti tang bo‘lur va nizo, janjalga sabab bo‘lur.

   Uchinchi sifat-jamoldurki, xotun unsu-ulfatg‘a sabab bo‘lg‘usidur. Ushbu jihatdan, oladurgon ayolni nikohdan ilgari ko‘rmak sunnatdur. Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Ansoriyning xotinlari ko‘zida nimarsa bordurkim, ko‘ngil andin nafrat qilur. Kishi bu xotinlardan olmoqni xohlasa ko‘rib olg‘ay. Va aytibdurlarki, «Kishi ko‘rmay xotin olsa, oxiri anduh va pushaymonliq bo‘lg‘usidur».

   Yana aytibdurlar: «Xotinni din saqlamoq uchun olg‘il. Jamol uchun olmag‘il». Bu hadisning ma’nosi dalolat qilurki, jamol ham bo‘lg‘ay. Ammo din asramoq niyatida olg‘ay. Va kishi maqsudi farzand va mutobaati sunnat qilmoq bo‘lib, jamol izlamasa, zuhdning bir tariqasidur. Ahmad Hanbal rahmatullohg‘a ikki hamshira xotinni arz qildilarkim, biri sohibjamol va biri g‘ilay erdi. Axmad Hanbal g‘ilayni ixtiyor qildilar. Sababini so‘radilar, Ahmad Hanbal aytdilarki, shunisi tinchrokdur.

   To‘rtinchi sifat ulki, mahri yengil bo‘lg‘ay. Rasuli akram s.a.v. o‘n dirham mahr ta’yin qilibdurlar va o‘z farzandlarig‘a to‘rt yuz dirhamdan (kumush tanga) ziyoda ta’yin qilmabdurlar.

Qayd etilgan


Robiya  03 Sentyabr 2008, 13:29:46

  Beshinchi sifat ulki, tug‘mas bo‘lmagay. Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Tug‘mas xotindan uyning go‘shasidagi bo‘ryo afzaldur». (Tug‘olmasa uzrlidir - red.)

  Oltinchi sifat - bikr (turmushga chiqmagan yosh afifa qiz, bokira) xotin olg‘aykim, unsu-ulfatga yaqinroq bo‘lur. Erga tekkan xotin aksar avvalgi erig‘a nigoron bo‘lur. Jobir roziyallohu juvon xotin oldilar. Hazrati rasuli akram s.a.v. aytdilar: «Nima uchun bikr xotin olmadingkim, ul sanga noz qilur erdi va sen anga».

  Yettinchi sifat ulki, sohib nasab xotin olg‘aykim, ahli nasabdan islom salohiga foyda qilur va ayol nasabsiz, fe’li yomon bo‘lsa, farzandiga ta’sir qilur.

  Sakkizinchi sifat ulki, (yaqin qarindosh) urug‘, tuqqonlaridan xotin olmag‘ay. Xabarda kelibdurki, agar farzand vujudg‘a kelsa za’if bo‘lur. Bu sababdanki, erlar zavqu shahvatda qarindosh-urug‘lariga sust va za’ifroq bo‘lurlar. Bas, xotinlar sifati ushbudirkim, mazkur bo‘ldi. (Qoni yaqinligi ham to‘g‘ri kelmaydi).

  Ammo ota, ona ojizasini (qizini) kuyovga berur bo‘lsa, ani maslahatida yaxshi o‘ylab ko‘rg‘ay. Loyiq va sazovor kuyovni ixtiyor qilg‘ay.

  Badxo‘yliq va qurukliq, ya’ni qabih va nafaqadan ojizliq qiladurgon kuyovdan hazar qilg‘ay. O’z tengiga bergay va fosiqga qiz berish ravo emasdir. (Fosiq - ichi qora, fisq, fasodchi, janjalkash). Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Kim farzandini fosiqga bersa, qat’y rahm qilgonidur». (Qizidan voz kechganidir). Rasul alayhissalom aytibdurlarkim: «Qizini kuyovga bergani erig‘a qul qilib bergani bo‘lur. Yaxshi o‘ylab ish qilinglarki, nechuk kishig‘a qul qilursizlar».


Qayd etilgan


Robiya  03 Sentyabr 2008, 13:37:31

FASL
Ahli ayolga muomala odoblari bayonida

   Bas, ma’lum bo‘ldiki, nikoh din, millat asllaridan bir asl bo‘lg‘ayki, er-xotinchilikda adab va sunnatni rioya qilg‘ay. Va garna (aks holda) odamiylarning nikohi va chahorpolar - hayvonlarning juftlig‘ida farqi bo‘lmas. Bas, o‘n ikki odobni rioya qilg‘ay:

  Avvalgi odob valima (to‘y)durki, valima sunnati muakkadadur. Valima deb to‘y uchun qilg‘on osh va non, taomni ayturlar. Abdurahmon ibn Avf roziyallohu anhu xotyn oldilar. Rasul alayhissalom aytdilarki, «Avlim va lav bishotin», ya’ni, valima qilg‘il, agarchi bir qo‘y so‘yib bo‘lsa ham. Va kim qo‘y topolmasa do‘stlar huzurig‘a boricha taom kelturg‘ayki, ul ham valimadur. Hazrati rasul alayhissalom Safiyag‘a nikoh qilindilar. Yigirmata arfa
(arpa) nonu birmuncha xurmo valima qildilar. Bas, qudrati yetgancha to‘y qilg‘aykim, nikohning ta’zimi (hurmati)dur. Bo‘lg‘aykim, valimani uch kundin o‘tkarmagay, harchand ta’sir bo‘lsa, haftadan keyin qolmag‘ay. Va daf (childirma) chalmoq va izhori shodlik qilmoq azizlarning faqat to‘ylarda, nikohlarda odatlaridurkim, to‘yda daf chalmoq sunnatdur. Robia’ bint Mas’ud roziyallohu anhodin rivoyatdurki, aytur: «Vaqtiki mani to‘y qildilar, kanizaklar daf chalib, naqshu surud (ashula) aytur erdilar, ikkinchi kuni rasul alayhissalom kirib keldilar. Kanizaklar hazrati Rasul alayhissalomni ko‘rib, on hazratni na’t va sanolari birla she’r aytib, daf chalib, surud (ashula) og‘oz qildilar. Hazrati rasul alayhissalom ilgarigi aytqonlaringni aytinglar, deb o‘zlarining na’tlarida daf chalib, boziy o‘ynamoqni pisand ko‘rmadilar. Ammo daf (doira) chalmoq va surud aytmoqdan ham man’ qilmadilar.
   
   Ikkinchi odob ulki, xotinig‘a xushfe’llik birla sozish (yaxshi muomala) qilg‘ay.

   Xushfe’llikning ma’nosi ulki, xotiniga ranj va ozor yetkurmagay. Balki ayol yetkazayotgan ranj va alamga sabr va bardosh qilg‘ay. Va ularning bema’ni so‘zlari va nopisand, nosiposlig‘iga sabr qilg‘ay.

Qayd etilgan


Robiya  03 Sentyabr 2008, 13:46:36

   Xabarda kelibdurki, xotinlarni za’iflig‘idan avrat berkituvchi qilibdur. Za’ifliqning dorusi xomushliqdur. Hazrati rasuli akram s.a.v. aytibdurlar: «Kishikim xotinining bad fe’liga sabr qilsa, Ayyub alayhissalomga kelg‘on baloga sabr qilg‘onning savobini va ajrini berurlar. Va har xotinki, erining bad fe’liga sabr qilsa, Fir’avnning xotini Osiyog‘a beriladigan ajr, savobini olurlar.

   Hazrati rasul alayhissalomning vafotlari vaqtida oxirgi hadislari ushbu uch so‘z erdiki, sahobalarga dedilar: «Namozni barpo tutinglar va Haq taoloning bandalarig‘a yaxshilik qiling, valloh, vallohki, xotinlar sizlarni Qo‘linglardagi asiringlardur. Ularga xo‘bliq va yaxshiliq birla muomala qilinglar». Hazrati rasul alayhissalom azvoji mutahharotni (pokdoman xotinlar) xashm (achchiq) va g‘azablarig‘a sabr va tahammul qilur erdilar.

   Bir kuni hazrati Umar roziyallohu anhuning xotinlari javob qaytardi. Hazrati Umar darg‘azab bo‘ldilar. Xotinlari dedikim, sendan hazrati Rasul alayhissalom chandon behroqdirlarki, azvoji mutahharot javob qilsa, sabr va tahammul qilurlar. Hazrati Umar aytdilar, «Agar andog‘ bo‘lsa, vodarig‘kim, Hafsa yer birla yakson bo‘lubdur». Ersa o‘shal vaqtida Hafsa roziyallohu anho kirib keldilar. Hazrati Umar aytdilark.im, «Ey farzandim, zinhor onhazrat alayhissalomga (rad) javob qilmag‘il. Abu Bakrning qizidek (Oyshadek) mag‘rur bo‘lmagil. Onhazrat alayhissalomning muhabbatlari anga g‘olibdur. Anga sabr qilg‘on birla sanga sabr qilmaslar». (Xafsa hazrati Umar roziyallohning qizlari). Hazrati rasul alayhissalom aytibdurlarkim:

   «Xayrukum, xayrukum liahlihi va ana xayrikum li ahli».

   Ya’ni, «Sizlarning xo‘broq va yaxshirog‘inglar xotinlariga yaxshilik qilg‘uvchirog‘dur. Men xotinimga yaxshiliq qilmokda sizlardan yaxshirokgurmen».

Qayd etilgan


Robiya  03 Sentyabr 2008, 13:48:53

   Uchinchi odob ulki, xotini birla hazil, sho‘xlik va o‘yin qilishgay va ani malol olmagay. Bilgilki, xotini birla hazil qilmokda hech kishi onhazrat alayhissalomg‘a o‘xshash bo‘lmag‘ay. Chunonchi, hazrati Rasul alayhissalom Oysha Siddiqa roziyallohu anho birla yugurishdilar, avvalgi navbatda hazrati rasuli alayhissalom o‘ttilar, ikkinchi navbat yugurishtilar, Oysha roziyallohu anho o‘ttilar. Rasul alayhissalom aytdilar, birga bir, ya’ni barobar bo‘ldik. Va bir kuni zangilarning bozingarlaridan (o‘yinchilar) ovoz eshitildiki, raqsu simo’ qilurlar. Hazrati Rasul alayhissalom Oysha roziyallohu anhodan so‘radilarki: «Oysha, ko‘rarsanmu?» Hazrati Oysha ko‘rmakni ixtiyor qildilar, hazrati rasul alayhissalom yaqin borib, xotinini muborak qo‘llarida ko‘tarib turdilar. Hazrati Oysha iyagini onhazrat alayhissalomning muborak bozularig‘a (bilak) qo‘yib, nazzora qilur erdilar. Muddatdan keyin Rasul alayhissalom so‘radilarki, «Ko‘rib bo‘ldingmu?»

   Hazrat Oysha aytur erdilar: «Hanuz ser bo‘lmadim (ko‘rib to‘ymadim). To uch navbat so‘rag‘ondan keyin, qaytib, hujrai muborakka kirdilar. Hazrati Umar roziyallohu anhu ayturlar: «Er ulkim, xotini birla hazil va mazoh vaqtida kichik boladek bo‘lg‘ay. Vaqtiki, xoxlasa, erligini izhor qilg‘ay».

   Aytibdurlar: «Vaqtiki (erkak) uyga kirsa, shod-xandonliq birla kirgay va uyidan chiqar bo‘lsa, xomushluq va dilgirliq birla chiqqay. Borni yo‘q demagay va yo‘qni so‘ramagay».

Qayd etilgan


Robiya  03 Sentyabr 2008, 13:51:26

   To‘rtinchi odob ulki, hazil-mazohni dilozorlik darajasiga yetkurmagay. Va havoyi botilda xotinlar royiga yo‘l bermagay. Balki muruvvatga va yo shariatga xilof ish ko‘rsa anga siyosat qilgay. Agar indamasa, xotiniga masxara bo‘lg‘on bo‘lur. Hazrati Haq subhonaxu va taolo xabar berur:

   «Ar-rijolu qavvomuna alan-nisoi». (Niso, 34).

    Oyatning tafsiri ulki, «Eranlar (erkaklar) xotinlarini shariat yo‘li birla barpo tutquvchidurlar va erlar hamisha xotiniga g‘olib bo‘lg‘ay».

   Hazrati Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Ta’sa abduzzavjat», ya’ni xor bo‘lsin xotiniga qul bo‘lg‘on erlar, aslida xotinlar erlarining qulidur».

   Aytibdurlarki, (erlar) xotinlar birla maslahat qilg‘ay va so‘ng o‘z bilganicha ish qilg‘ay. Darhahiqat, xotinlar nafsi ham eranlarning nafsiga o‘xshashdur. Andek yengillik qilsanglar o‘z had, e’tidolidan o‘tar bo‘lg‘aykim, ba’zi ishlarig‘a sabr-tahammul birla va ba’zi ishlarig‘a siyosat birla iloj qilg‘aysen. Er kishi tabibi hoziqdek bo‘lg‘ay. Har ilojni o‘z vaqtidan o‘tkarmagay. Ammo sabr va tahammulni g‘olib qilg‘ay. Xabarda  kelibdurki, «Xotin kishi yon ustixonga o‘xshash - (yon qovurg‘a)dur. Vaqtiki, ani rostlamoqni xoxlasang, sinar».

   Beshinchi odob ulki, g‘ayrat va hamiyatni e’tidolida tutqay. Ofatga sabab bo‘ladurg‘on ishlarni imkon qadar man’ qilg‘ay. Tomga chiqmoq va tashqari chiqmoq va nomaqram bila aralashmoq va ravzanadin (tuynuk, teshik, darcha) nazzora qilmoq va munga o‘xshash ishlardan ehtiyot qilg‘aykim, aksari ofatlar ko‘zdan paydo bo‘lur va besabab gumoni bad qilmoq birla siyosat og‘oz qilmag‘ay va g‘ayratni (yotishni) o‘rtacha tutg‘ay va haqiqati ma’lum bo‘lmagan ishning justu-jo‘yida mubolag‘a qilmag‘ay.

Qayd etilgan


Robiya  03 Sentyabr 2008, 13:52:38

   Vaqtiki, hazrati rasuli akram s.a.v. g‘azotdan qaytib kechki payt Madinai munavvaraning oldig‘a kelib tushtilar va farmon qildilarki, «Bu kecha kishi uyiga kirmag‘ay». Ersa ikki sahoba bu amrga xilof qilib, uylarig‘a kirdilar. Ikkilari uylarida xilofi shar’iy ish ko‘rdilar.

   Hazrati Ali roziyallohu anhu aytdilar: «G’ayratni xotinlarga haddidin o‘tkarmagilki, ayoling tili uzun bo‘lur». Va asli g‘ayrat uldurki, xotinlarning ko‘zini nomahramni ko‘rmagidan man’ qilg‘ay.

   Hazrati rasul alayhissalom Fotima roziyallohu anhog‘a aytdilarki, «Xotinlarga qaysi ish behroqdur?» Fotima roziyallohu anho aytdilarki, «Hech er kishi ularni ko‘rmagay». Bu so‘z onhazrat s.a.v.ga xush keldi. Fotima roziyallohu anhoni quchoqlarig‘a olib bu oyatni o‘qidilar:

   «Zurriyatan ba’zuho min ba’zin» «Ular avlod erdilar ba’zilari ba’zilariga» (Oltinxon to‘ra tafsiridan).
Hazrati Umar r.a. ayturlar: «Xotinlarga eng yaxshi libos bermanglarki, uyidan chiqmoqg‘a rog‘ib bo‘lur». Hazrati Rasul alayhissalomning zamonlarida xotinlarga yaxshi libos kiymak va masjidga kirib, jamoat birla oxir safda namoz o‘tamakka ijozat berur erdilar. Sahobalarning zamonlarida bu ishlarni man’ qildilar.

Qayd etilgan


Robiya  03 Sentyabr 2008, 13:54:34

   Hazrati Oysha r.a. ayturlar: «Agar rasul s.a.v. bu zamonada bo‘lib, xotinlar ahvolini mushohada qilsalar edi, masjidga kirmakka hargiz ijozat bermas edilar». Bas, bu zamonada xotinlarni masjid va majlisdan man’ qilmoq farzdur. Magar beva ayolkim, chodirpo‘sh bo‘lsa, bu jumladan ermasdur. Bas, fitnaning ko‘prog‘i nazardan paydo bo‘lar. Er-xotinlarni imkon qadar (ko‘cha va bozorga chiqishini) man’ qilmoq kerak. Hazrati rasuli akram s.a.v. Oysha r.a.ning hujralarida ayollari birla o‘tirgan edilar. Bir nobino (ko‘zi ko‘r) kirib keldi. Ko‘zi ko‘r ekan, deb aningdan pinhon bo‘lmabdilar. Hazrati rasuli akram sa.v. «Sizlar ham ko‘rmu?» deb g‘azab qildilar.

   Oltinchi odob ulki, ahli ayolig‘a yaxshi nafaqa bergay (qodir bo‘lsa ro‘zg‘orni mo‘l qilib qo‘yar) va tanglikka solmagay va isrof ham qilmag‘ay. Bilgilki, ahli ayolig‘a, bolalariga qilg‘on nafaqa (xarajat)ning savobi sadaqaning savobidan ziyodadur.

   Hazrati rasul alayhissalom aytibdurlar: «G’azotg‘a nafaqa qilg‘on dunyoning savobidan va qul ozod qilg‘onning savobidan va miskinlarga bergan dunyoning savobidan ahli ayolig‘a nafaqa qilg‘onning savobi ziyodaroqdur. Hech laziz taomni yolg‘iz yemagay. Tayyor qilmoqg‘a qudrati yetmaydurgon taomni ahli ayoli oldida aytmagay».

   Ibn Sirrin rahmatullohi alayh aytur: «Haftada bir navbat laziz taom nafaqa qilg‘ay. Masalan, halvoyi shirinkim, laziz taomdan to‘xtatmoq muruvvatdan emasdur». Bas, taomni xotini birla yegay. Xabarda kelibdurki, Haq subhonahu va taolo va farishtalar xotini birla taom yegan kishig‘a salavot yuborurlar. Va asl uldurki, ahli ayolig‘a haloldan yedirib, ichirgay. Hech xiyonat va jafo shundan ziyoda bo‘lmaski, axli ayolini haromdan topib, yedirib, parvarish qilsa.

Qayd etilgan


Robiya  03 Sentyabr 2008, 13:59:46

   Yettinchi odob ulki, xotiniga namoz va ro‘za va hayz, nifos mas’alalarini va bundan o‘zga ham keraklik mas’alalarni yaxshilab o‘rgatgay. Agar eri o‘rgatmasa, xotinig‘a vojibdurki, yana birov qoshig‘a borib o‘rgang‘ay va agar eri o‘rgatmakdan taqsir qilsa, gunohkor bo‘lur.
Chunonchi, Haq taolo xabar berur:

   «Yo, ayyuhal-lazina a’manu quv anfusakum va ahliykum noran». (At-tahrim, 6).

   Oyatning tafsiri ulki: «Saqlanglar o‘zinglarni va xotinu farzandlaringizni do‘zax otashidan».
Bu miqdor mas’alani o‘rgatgayki, vaqtiki, oftob botmasdan ilgari hayz to‘xtagan bo‘lsa, namozi peshin va namozi digarning qazosini o‘tagay. Vaqtqtiki, oftob chiqmasdan ilgari hayzto‘xtagan bo‘lsa, namozi shom va namozi xuftonning qazosini o‘tagayki, aksar ayollar bu mas’alani bilmaslar.
Sakkizinchi odob ulki, ikki xotini bo‘lsa, bu ikkalasini hamma ishda barobar ko‘rgay. Xabarda kelibdurki, kimning ikki xotini bo‘lsa, hamma ishda barobar ko‘rmay, birini ziyoda ko‘rsa, qiyomat kuni bir tarafig‘a qiyshiqturar. Barobar tutmag‘onliq sababidan.

   Nafaqa va kisvatda (kiyim, ust-bosh), kechalikda qoshig‘a qo‘nmokda tenglik vojibdur. Ammo yaxshi ko‘rish va muomalada vojib emasdurki, muhabbat ixtiyoriga tobe’ ermas.

   Hazrati rasul alayhissalom har kecha azvoji mutahharotning biriga yaqinlik qilardilar va Oysha roziyallohu anhoni do‘stroq tutar erdilar va aytur erdilar, «Ey, bor Xudoyo, onchakim ixtiyorim tasarrufidagi ishda adl qilmoqni istarman. Ammo ko‘nglum ixtiyori menda emasdurki, o‘zing donosen».

   Va kishikim, anga bir xotin kifoyat qilsa, yana xotin olmagay. Oltan bo‘lsa, uni zoe’ qilib, behuda bandga solmag‘ay. Hazrati rasul alayhissalom Savdo roziyallohu anhoningtalog‘ini bermakni xohish qildilar, yosh jihatdan azvoji mugahharotning kattarog‘i erdilar. Savdo roziyallohu anho arz qildiki, «Mani taloq qilmag‘aylar». Man o‘z navbatimni Oyshag‘a berdimki, to qiyomat kuni azvoji mutahharot zumrasida turg‘aymen». Bas, ani taloqqilmadilar. Ikki kecha Oysha roziyallohu anhoning uylarida yotar edilar. O’zgalarnikida bir kecha bo‘lar edilar.

Qayd etilgan