Imom G'azzoliy. Kimyoi saodat (Ruh haqiqati)  ( 350805 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 28 29 30 31 32 33 34 35 36 37 38 ... 48 B


Robiya  03 Sentyabr 2008, 14:00:57

   To‘qqizinchi odob ulki, agar xotini befarmonlik qilib, erining toat va itoatida bo‘lmasa, nasihat va yumshog‘lik birla itoatga keltirgay. Agar bu ishlar ham foyda qilmasa, yotadigan joyida xotiniga ujosini, ya’ni orqasini qilib yotg‘ay. Agar muning birla tanbeh bo‘lmasa, ul kecha xotinidan bo‘lak yotg‘ay. Agar munchalik birla itoat qilmasa, urg‘ay va agar namoz o‘tamakda dini islom ishida taqsir qilsa, bir oy va balki undan ziyoda g‘azab qilmoq ravodur.

   O’ninchi odob ulki, suhbat va mubosharat qilmoqning bayonida. Bo‘lg‘ayki, mubosharat vaqtida yuzini qiblaga qilmagay va suhbatdan ilgari hazil va mazah va bo‘sa qilmoq va muonaqa (og‘ushiga olmoq) birla ko‘nglini xush qilg‘ay. Hazrati Rasul alayhissalom aytibdurlarki, er kishi xotini uzasiga hayvonlardek yiqilmagay va mubosharatdin ilgari elchi yuborgay. So‘radilarki, elchi nimarsadur? Rasuli akram s.a.v. aytdilarkim, elchi - bo‘sadur.
   
   Agar farzand vujudga kelsa shaytondan emin bo‘lur. Duoning ma’nosi ulki: «Ey, bor Xudoyo, yiroq qilg‘il bizlarni shaytondin va yiroq qilg‘il shaytonning sharridin, bizlarga ato va nasib qilg‘on nimarsadin.
   Inzol vaqtida bu oyatni ko‘nglida andisha qilgay:

   «Va huvallaziy xalaqa minal-moi basharan fajaalahu nasaban va sihran va kona robbuka qodiran». (Furqon, 54).

   Mazmuni: «U suvdan - nutfadan insonni yaratib, so‘ng uni nasl-nasab (egasi) va quda-anda qilib qo‘ygan zotdir». (Alovuddin M. tarj.). Vaqtiki, inzol bo‘lsa, (erkaklik maniysi oqsa) sabr qilg‘ayki, xotini ham inzol lazzatidan bahramand va murodig‘a yetmak birla arjumand bo‘lg‘ay.

Qayd etilgan


Robiya  03 Sentyabr 2008, 14:08:20

   Hazrati rasuli akram s.a.v. aytibdurlar: uch ishdurki, erlarga  ojizliqdan nishonadur: avvalgi ulki, kim bir kishi birla hamsuhbat bo‘lsa, otini so‘ramasligi. Ikkinchi kimdir oni yaxshi ishg‘a targ‘ib qilg‘ay, ul qabul qilmag‘ay. Uchinchi-muonaqa va bo‘sa qilmay, mubosharatg‘a mashg‘ul bo‘lg‘ay. O’zining hojatini tamom qilib, xotinining hojatini ravo bo‘lmasa-da suhbatdan forig‘ bo‘lg‘ayki, bu ojizlikdir.   

   Hazrati Ali va Muoviya va Abu Hurayra rizvonallohu taolo alayhimdan rivoyatdurki, oyning avvalg‘i kechasi va o‘rtadagi kechasi va oxirgi kechasida mubosharat qilmoq makruhdur, bu kechalarda shaytonlar hozir bo‘lurlar. Va (erkak ayoli) hayz ko‘rgan holatda suhbat qilmoqdan parhez qilg‘ay. Agar junublikda biron narsa yemakni xohlasa, tahorat qilib yegay va junubda uxlamoqni lozim tutsa, tahorat qilmoq sunnatdur. G’usl qilmasdan ilgari mo‘y va tirnoqni olmag‘ayki, asari janobat boqiy qolmag‘ay. G’usl qilurda ko‘zining chetlariga suv yetkurgay. Agar azl qilsa, (bo‘shansa), durust va mazhabda ravodur.

   O’n birinchi odob ulki, farzand vujudg‘a kelganda uning o‘ng qulog‘iga azon va chap qulog‘iga takbir aytg‘ay. Xabarda kelibdurki, Xudo azza va jallaga xush keluvchi hamma ismlardan eng azizlari bulardir: Abdulloh, Abdurahmon, Abdurahim. Munga o‘xshash ismlar va farzand tug‘ilgan vaqtdayoq ot qo‘ymoq sunnatdur. Va aqiqa sunnati muakkadadur. Aqiqa deb farzand vujudg‘a kelganda nazr oshi qilib berganni ayturlar. Qiz bolag‘a bir qo‘y, o‘g‘ul bolaga ikki qo‘y so‘yib, aqiqa qilg‘ay. Agar ikki qo‘y topmasa, bir qo‘y so‘yib ham aqiqa qilmoq ravodur.

   Hazrati Oisha r.a. aytibdurlarki, aqiqaning ustuxonini sindirmagay. Farzand vujudga kelg‘onda totlig‘ nimarsa bilan bolaning tomog‘iga yetkurmak sunnatdur. Yettinchi kuni sochini oldirib, sochi vaznida oltin yo kumush sadaqa qilg‘ay.

Qayd etilgan


Robiya  03 Sentyabr 2008, 14:09:50

   Qiz farzand ko‘rsa aslo ma’lul (g‘amgin) bo‘lmag‘ay va o‘g‘il farzand ko‘rgan bo‘lsa ziyoda shod bo‘lmag‘aykim, xayr (yaxshilik) qaysi birida ekanini kishi bilmas. Ammo qiz farzand muboraQooqdur va savob aningda ziyodadur.

   Hazrati rasul alayhissalom aytibdurlar: «Kishikim uch qizi va yo uch hamshirasi bo‘lib, ularni ranj va mashaqqatini tortib, vazifasini ado qilsa, Haq Taolo bularga rahim qilg‘on sababidan ul kishig‘a rahm va mag‘firat qilur».

   Sahobalardan birlari dediki, «Yo, rasulalloh, agar ikki qizi bo‘lsa nechuk bo‘lur?» Rasul alayhissalom aytdilarki, «Agar ikki qizi bo‘lsa ham.» Yana sahoba dedikim, «Yo, rasulalloh, agar bir qizi bo‘lsa nechukdur?» Hazrati rasuli akram s.a.v. aytdilar: «Kishikim bir qizi bo‘lsa ranjur bo‘lur, agar ikki qizi bo‘lsa, garonbordur (Ya’ni og‘ir yuk ko‘targuvchi), agar uch qizi bo‘lsa, ey, musulmonlar, ani holig‘a rahm qilinglar va anga yordam beringlarki, ul kishi mani birla bihishtga barobar kirguvchidur» - deb ikki barmoqlarini ko‘rsattilar.

   Va Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Kishi farzandi uchun bozordan meva chog‘liq biron narsa keltirsa, sadaqaning savobi bo‘lg‘usidur. Bo‘lg‘ayki, nafaqani avval qiz bolag‘a bergay, undan keyin o‘g‘il bolaga bergay. Ota, ona qiz bolani shod qilsa, Haq taoloning g‘azabidan qo‘rqib yig‘lag‘ondek savob bo‘lg‘usidur. Kishikim Haq taoloning g‘azabidan qo‘rqib yig‘lasa, ul kishining badani do‘zax otashiga haromdur».

Qayd etilgan


Robiya  03 Sentyabr 2008, 14:10:57

   O’n ikkinchi odob ulki, xotinini taloq qilmoqdan juda qattiq ehtiyot bo‘lg‘ayki, Haq taolo muboh ishlardan taloqni yomon ko‘rar. Xullasi kalom, kishig‘a ranj va ozor yetkurmoq muboh ermas (ruxsat emas), magar zarurat bo‘lsa (boshqa gap). Ammo vaqtiki taloq qilmoq zarur bo‘lsa, bir taloq qilg‘ay. Birdan uch taloq qilmoq makruhdur.

   Hayz ko‘rgan vaqtida taloq qilmoq  haromdur. Hayzdan keyin pok bo‘lib, suhbat qilmasdan ilgari taloq qilmoq sunnatdur. Bo‘lg‘aykim, taloq qilurda uzr aytg‘ay, marhamat ko‘rguzgay va qahr-g‘azab vaqtida taloq qilmagay va taloq qilg‘ondan keyin bir nimarsa tuhfa va hadya bermak birla ko‘nglini xush qilg‘ay va xotinining sirini hech kishig‘a aytmagay.

   Agar bir aybi jihatidan taloq qilg‘on bo‘lsa, ul aybni birovga oshkora qilmag‘ay. Bir kishi xotinini taloq qilmoqni istadi, so‘radilarki, nima uchun taloq qilursen? Dedikim, «Xotunning sirini oshkor qilmoq ravo ermastur». Vaqtiki, taloq qildi, so‘radilar: «Nima uchun taloq qilding?» Dedikim, «Begona xotin birla nima ishim borki, aning so‘zini qilg‘aymen?»

Qayd etilgan


Robiya  03 Sentyabr 2008, 14:14:09

                                                             FASL
                                         Erlarning xotinlar zimmasidagi haqlari


   Bilgilki, yuqorida mazkur bo‘lgan xotinlarning erlardagi huquqi bayonida edi. Ammo erlarning xotinlardagi huquqi chandon ziyodadurkim, darhaqiqat, xotinlar erlarning bandasidur. Xabarda kelibdur:

  «Haq taolodan o‘zgag‘a sajda qilmoq ravo bo‘lsa edi, xotinlarni erig‘a sajda qilmoqg‘a buyurur edilar». Bas, xotinlarga lozimdurki, eridin ruxsatsiz xonasidan tashqari chiqmagay, hattoki tom tepasiga ham chiqmagay. Qamsoyalar birla aralashmagay va ko‘p so‘zlamag‘ay va zaruriyatsiz qo‘shnilarga muloqot qilmagay. Eriga yaxshi so‘zdan o‘zga hech nimarsa demagay va agar er-xotin orasida nizo va muxolifat bo‘lsa, ishrat va suhbat vaqtida nizo so‘zni hikoya qilmag‘ay va hamma ishlarda erining murodi va shodlig‘ig‘a rozi bo‘lg‘ay. Molda va badanda xiyonat qimmag‘ay va shafqatni rioya qilg‘ay va agar erining do‘sti so‘z so‘rasa, aslo ko‘rmagan va tanimagan kishidek javob bergay va erining hamma oshnolaridan o‘zini chetga olg‘ay va eri berganga qanoat qilg‘ay va ziyoda talab qilmag‘ay va o‘zini hamisha pokiza tutg‘ay. Chunonchi, (o‘zini) suhbat va mubosharatg‘a loyiq tutg‘ay va qo‘lidan kelgan xizmatni bajonidil qilg‘ay. Va husni jamolig‘a fahonoz qilmag‘ay va eridan ko‘rgan yaxshilig‘iga noshukrlik qilmag‘ay. Va aytmagaykim «Man sendin nima ko‘rdim?» Besabab «Ani olib ber, muni olib ber» demagay. Hazrati rasul alayhissalom aytibdurlar: «Do‘zaxga qaradim, aksar xotinlarni do‘zaxda ko‘rdim. Birodarim Jabroil alayhissalomdan sababini so‘radim, aytdi: «Bu jihatdan do‘zaxga giriftor bo‘lurlarkim, musulmonlarga la’nat ayturlar va erlariga ozor berurlar».

Qayd etilgan


Robiya  03 Sentyabr 2008, 14:15:26

                                                        UCHINCHI ASL
                                                 Kasb va tijorat odoblari


   Bilgilki, dunyo-oxirat zodi rohini - yo‘l ozig‘ini tayyor qilmoqg‘a manzildur va odamiy yemak va kiymakka muhtojdur. Bas, libos va uy-joy, kasb va hunar qilmaguncha hosil bo‘lmas. Bo‘lg‘ayki, kasb va tijorat odoblarini bilgaysen. Va kishi hamma himmatini dunyo kasbiga sarf qilibdur, badbaxtlik va shaqovatning nishonasidur va kishi hamma himmatini oxiratga sarf qilibdur, baxt va saodat alomatidur. Va lekin mo‘‘tadilrog‘i uldurki, ham maosh (hayot kechirish) uchun justu-jo‘ va ham oxirat talabida guftu-go‘ qilg‘ay va maosh talabini farog‘at birla yaxshi ishlar qilishg‘a sabab bilgay. Ammo, onchakim kasb va tijorat odobida bilmak zarurdur, besh bobda bayon qilg‘umdur.

                                                                     * * *
   Bilgilki, o‘zingni va ahli ayolingni xalqdan beniyoz qilmoq va ularning muhimmotini (kerakli narsalarini) haloldan kasb qilmoqfi sabililloh jihod qilg‘ong‘a o‘xshashdur, va ko‘pincha ibodatdan afzalroqdur. Bir kuni hazrati rasuli akram s.a.v. namozi bomdoddan qaytib sahobalar birla o‘tirur edilar, bir baquvvat yigit bular oldidan tez o‘tib, bozorga borib do‘konda o‘tirdi. Sahobalar aytdikim, darig‘o, mundog‘ erta turib do‘kong‘a bormoq? Oxirat talabida bo‘lg‘ay erdi. Hazrati rasuli alayhissalom aytdilar: mundog‘ demangizlar, agar bu yigit o‘zini xalqdan beniyoz qilmoq va yo ota-onasi va ahli ayoli nafaqasi (ularni boqish) uchun bu ishni qilsa, Haq taologa ibodat qilg‘onidur. Va agar dunyog‘a faho qilmoq va tavongirliq (boylik) lofini urmoq uchun bu amalni qilsa, shaytonning fe’lidur.

Qayd etilgan


Robiya  03 Sentyabr 2008, 14:16:52

   Va hazrati rasul alayhissalom aytibdurlar: «Kishi xalqdan behojat bo‘lmoq va yo hamsoya, qarindosh-urug‘lariga manfaat yetkizmoq uchun dunyoyi halol talab qilsa, ul kishining yuzi qiyomat kuni o‘n to‘rt kunlik oydek bo‘lg‘ay».

   Hazrati rasuli akram s.a.v aytibdurlar: «Luqmaning halolrog‘i hunarmandlar kasbidan hosil bo‘lg‘on nimarsadur, vaqtiki rostliqni pesha qilsalar». Va yana aytibdurlar: «Tijorat qilinglarki, tirikchilikning o‘n hissadan to‘qqiz hissasi tijoratdan hosil bo‘lg‘usidur». (U zamonda arablarda shunday edi). Yana aytibdurlar: Kim xalqdan hojat tilamakni va gadoliqni lozim tutubdur, Haq subhonahu va taolo ul kishining yuziga muhtojlik va kambag‘allikdan yetmish eshik ochar».

   Iso alayhissalom bir kishidan so‘radilarkim, «Nima ish qilursen?»

   Ul kishi aytdi: «Birodarim bordurki, ro‘zonamni (kundalik ehtiyojimni) ul tayyor qilib beradur». Iso alayhissalom: «Birodaring sendin obidroq ekan», dedilar.

Qayd etilgan


Robiya  03 Sentyabr 2008, 14:18:31

   Hazrati Umar r.a. aytur: «Kasb va tijoratdan qo‘l yig‘manglar va aytmanglarki, sizlarg‘a Haq taolo ro‘ziy beradur. Bas, osmondan oltin va kumush yog‘dirmoqg‘a Alloh taolo odat qilmabdur». Luqmoni hakim o‘z farzandig‘a vasiyat qilibdurkim, «Kasb va hunardan qo‘l yig‘mag‘il». Kim kambag‘al va hojatmand bo‘lsa, xaloyiq aning dini, mazhabida shak qilurlar. Dangasa va kambag‘alning aqli za’if bo‘lur (emish yo‘kligidan - M.M.) va xalq anga haqorat nazari birla boqarlar». Buzurglarning biridan so‘radilar: «Haq taolog‘a ibodat qilg‘uvchi fozilroqmu va yo diyonatli tijorat qilg‘uvchi fozilroqmu?» Ul aziz dedikim, «Diyonat birla tijorat qilg‘uvchi fozildurkim, shayton birla g‘azot qilur. Shayton olurda og‘ir olib, soturda yengil sotmoqqa qasd qilur. Tojir (savdogar) aning xilofida ish qilur».

   Ahmad Hanbal rahmatullohi alayxdan so‘radilar: «Nima dersan ul kishi haqidaki, masjidda o‘tirur, Haq taolog‘a ibodat ' qilur. Ayturkim, ro‘zonamni Xudoi taolo yetkuradur». Ahmad Hanbal dedikim: «Ul kishi johildur. Shariatni bilmas». Hazrati rasul alayhissalom aytibdurlar: «Xudo azza va jalla mening ro‘zonamni (kundalik rizq) bandalarni salohga kelturmakka vobasta qilibdur, ya’ni shaytonni izza qilmoqqa vobasta qilibdur». Bir kishi Ibrohim Adhamni ko‘rdikim, o‘tun yulib (ko‘tarib) bozorg‘a ketib boradur. Aydikim: «Toki bu mashaqqatni lozim tutarsen?» Ibroqim Adham dedikim, «So‘zlamagil!» Xabarda kelibdur, kim halol talabida o‘zig‘a xorliqni lozim tutsa, ul kishig‘a jannat vojibdur. Hazrati rasul alayhissalomdan:

   «Mo uhiya ilayya an ijmail mola va kun minat-tojiriyna va lokin uhiya an sabbih bihamdi rabbika va kun minas - sojidiyna va’bud rabbaka hatta ya’atiya kal yaqin».

   Ya’ni, Hazrati rasul alayhissalom aytibdurlar: «Menga aytmadilarki, mol jam qilg‘il, tojirlar jumlasidan bo‘lg‘il, balki dedilarki, tasbih aytg‘il, sojidlar zumrasidan bo‘lg‘il va Haq taolog‘a ibodat qilg‘il, to oxir umringg‘acha». Bas, bu hadis dalolat qilurki, ibodat qilmoq kasb va tijorat qilmoqdan ortiqroqdur.

Qayd etilgan


Robiya  03 Sentyabr 2008, 14:21:17

   Ammo kishi o‘zi va ahli ayolining hojatig‘a kifoyat qilg‘uncha dunyosi bo‘lsa, aniqki, ul kishig‘a ibodat qilmoq kasb va tijorat qilmokdan ortiqroqdur. Va kishi hojatidan ziyoda dunyo topmoq talabida bo‘lsa, ul kishida hech fazilat yo‘qtur. Ziyonkordur, dunyog‘a ko‘ngil bog‘lagan bo‘lur. Ul ,kishikim, dunyosi bo‘lmasa va lekin hojatiga kifoyat qilg‘uncha moli vaqfdan yetib tursa, bu nav’ kishig‘a ham, kasb va tijorat qilmaslik yaxshiroqdur. Bas, bu tariqa kishilar bo‘lg‘ayki, ilm va shariat o‘rganmakg‘a mashg‘ul bo‘lg‘ay, tokim haloyiqg‘a oxirat ishini bayon qilib, manfaat yetkurgay va yo ilmi tib o‘rgangaykim, xalqg‘a sihhati badan ishida manfaat yetkurgay va yo kishi qoziliq ishig‘a mutasaddi bo‘lib, xalq maslahatig‘a mashg‘ul bo‘lsa va yo kishi safoyi botin (ko‘ngil ravshanligi) hosil qilib, so‘fiylarning zikr va fikr ta’limiga mashg‘ul bo‘lsa va yo kishi ibodatda avrodga - duolarga mashg‘ul bo‘lsa, bularning rizqi xonaqodan va vaqfdan va yo xalqning nazr sadaqasidan hosil bo‘lib, kishidan bir nimarsa tilamakka hojati bo‘lmasa, bularga kasb va tijorat qilmokdan ibodat qilmoq yaxshiroqdur.

   Buzurglardin ba’zilar bor ediki, uch yuz oltmish do‘sti bor edi. Har kuni bir do‘stining uyida hamisha mehmon bo‘lib, toat va' ibodatga mashg‘ul bo‘lur edi va ba’zilari bor ediki, o‘ttiz do‘sti bor erdi, har do‘stining uyida oyda bir kun mehmon bo‘lib, hamisha toat va ibodatg‘a mashg‘ul edilar. Ammo birovdan bir narsani talab qilib, o‘zig‘a xorliq yetkurmas edilar. Agarda maishati hosil bo‘lmasa, kishidan bir narsa tilamak gunoh jumlasidan bo‘lgani uchun kasb va tijorat qilmog‘i yaxshirokdur. Ammo ro‘zg‘ori but bo‘lib, yetarli bo‘lsa, kasb va tijoratdan ko‘ra ibodat qilmog‘i avlodur. Ammo boshqa iloj topmasa, zarurat tufayli halol bo‘lur. Agar kishi martaba va darajasi baland bo‘lib, xaloyiqg‘a ilmidan manfaati ko‘p yetsa, kishidan bir narsa tilamak birla xorliq yetmasa, ul kishiga kasb va tijorat qilmay, ilm qilmoq yaxshirokdur. Ammo kishi ibodati zohiriyga mashg‘ul bo‘lsa, ul kishig‘a kasb qilmoq yaxshidurki, hamma ibodatning haqiqati Haq taologa zikr aytmoqdur. Kasb va tijorat qilmoqda ko‘nglini Haqtaolo zikrig‘a mashg‘ul tutqali bo‘lur.

Qayd etilgan


Robiya  03 Sentyabr 2008, 14:22:41

   Tijorat shariatga muvofiq bo‘lg‘ay. Bilgilki, bu bob bisyor uzun erdi, hammasini «Kitobi fiqh»da bayon qildim. Ammo bu kitobda aksari ko‘pchilik muhtoj bo‘ladurg‘on mas’alani bayon qilurmen. Andog‘kim, hamma bu mas’alalarni bilg‘ay. Agar mushkuli bo‘lsa, kishidan so‘rab bilgay. Agar bu mae’alalarni bilmasa haromxo‘r va riboxo‘r (sudxo‘r) bo‘lg‘usidur.

  Bilgilki, kasb va tijorat olti muomala birla bo‘lg‘usidur: bay’, ribo, salm (bay’ona), arz va shirkat. Bas, bu akdlar (oldi-berdilar)ning jumla shartlarini bayon qilg‘umdur.

   Avvalgi aqdi bay’dur. Va sotib olmoq va sotmoq ilmini hosil qilmoq hamma musulmonlarga farzdurkim, hech kishig‘a muningsiz chora bo‘lmas. Hazrati Umar r.a. bozorg‘a kirib, xalqni darra bilan urar edilar va aytur edilarkim, «Olmoq va sotmoq ilmini o‘rganmaguncha hech kishi bozorg‘a kirib, muomala ishig‘a qadam qo‘ymagaykim, haromxo‘r va riboxo‘r bo‘lg‘usidur».

Qayd etilgan