Imom G'azzoliy. Kimyoi saodat (Ruh haqiqati)  ( 351088 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 29 30 31 32 33 34 35 36 37 38 39 ... 48 B


Robiya  03 Sentyabr 2008, 14:30:41

   Bilgilki, bay’ning uch rukni bordur: avvalgi rukn - olg‘uvchi va sotquvchidurki, ani oqid (akd qiluvchi) derlar. Ikkinchi rukn moldurkim, Ani ma’qud (akd qilingan) derlar. Uchunchi rukn - oldim va sotdim, demakdurkim, Ani ijobi qabul derlar. Avvalgi rukn oqiddurki (savdo qilg‘uvchi) besh toifa birla muomala qilmag‘ay. Avval norasida, ikkinchi devona, uchinchi kishining bandasi (quli), to‘rtinchi nobino (ko‘r odam), beshinchi haromxo‘r. Ammo balog‘atga yetmagan go‘dak bo‘lsa, voliyning ijozati birla bo‘lsa ham, hazrati Imom Shofi’iyning mazhabida oldi-sottisi nodurustdur. Va devona ham norasidag‘a o‘xshashdur. Bas, kishi devona va norasidadin bir narsa sotib olib, qo‘lida zoye’ bo‘lsa, tavon lozim bo‘lur. Agar devona va yo norasidag‘a bir narsa sotib, ular qo‘lida zoye’ bo‘lsa, tavon lozim bo‘lmas.

   Ammo kishining quli xo‘jasi izn bermaguncha olmog‘i va sotmog‘i nodurustdur. Va shahar hunarmandlari, masalan, qassob va baqqollarg‘a lozimki, kishining quli birla muomala qilur bo‘lsa, to xo‘jasidan ruxsat olmag‘uncha muomala qilmag‘ay va yo ma’murdan (biror ishga buyurilgan kishi) ekani shahar ichida ma’ruf va mashhur bo‘lsa, muomala qilmoq durustdur. Ammo nobino (ko‘r odam) bo‘lsa, to ko‘rning vakili bo‘lmaguncha muomala qilmag‘ay. Va lekin nobinoning qo‘lida zoye’ bo‘lg‘on molning tavoni lozim bo‘lur. Chunki, nobino bo‘lsa ham mukallaf va ozoddur.

   Ammo haromxo‘r, chunonchi: talon qiluvchi va zolim va riboxo‘r va chag‘ir sotg‘uvchi va g‘orat qilg‘uvchi va mutrib va navhagag va yolg‘on guvohlik berguvchi va rishva (pora) olg‘uvchi, munga o‘xshash toifalar birla muomala qilmagay. Agar bu toifaning o‘zini moli emasligi ma’lum bo‘lsa, bay’ botildur va agar aksar moli halol bo‘lib, haromi kamroq bo‘lsa, muomala durustdur. Ammo shubhadan xoli emas va ammo aksar moli harom bo‘lib, kamrog‘i halol bo‘lsa, zohiran muomala botil emas va lekin shubhadurkim, haromga yaqindur, xatari azimdur.

Qayd etilgan


Robiya  03 Sentyabr 2008, 14:36:34

  Ammo juhud va tarso birla muomala qilmoq durustdur va lekin mushafni (Qur’onni) va musulmon qulni ularg‘a sotmoq nodurustdur. Agar ahli harb bo‘lsalar, jang va harb saloh (yarog‘-aslaha) va yarog‘ jabduqlarini ularga sotmoq nodurustdurkim, sotg‘uvchi gunohkordur. Kishikim chag‘ir ichsa va nomahram xotinlar birla bir majlisda o‘tirmokdan ehtiyot qilmasa va namoz o‘tamasa, «Unvoni musulmoniy»da bayon qiling‘on yetti shubhadan ehtiyot qilmasa, zindiq (dinsiz)durki, bular birla muomala qilmoq va aqdi nikoh bog‘lamoq nodurustdur.

   Ikkinchi rukn - muomalasi durust molda olti shartni rioya qilgay. Avvalgi shart - palid va najos nimarsani olib sotmoq durust emasdur. Chunonchi najosat va chag‘ir (spirtlik ichimliklar) va o‘zi o‘lib qolgan hayvonning go‘shtini, yog‘ini olmoq va sotmoq bay’i botildur. Ammo pok yog‘ga najosat tushsa, ani (tozalab) sotmoq harom emastur. Iforni olmoq va pilla qurtining urug‘ini olmoq va sotmoq durustdur.

   Ikkinchi shart ulki, manfaati fasl bo‘lg‘ay, chunonchi: sichqon va ilon va kajdum (chayon) va munga o‘xshash hashorati zaminni sotmoq botildur. Ammo mushukni va itni va asalarini uyasi birla, bedana, kaklik, sher va yo‘lbars va munga o‘xshash xushovoz, xushrang jonivorlarni olmoq va sotmoq durustdurkim, ularning manfaati ko‘ngilga yetgan rohati va sururidur. Barbat (o‘rdak shaklida yasalgan qadimgi cholg‘u asbobi) va chang va ribobning bay’i botildurki, ulardin manfaat olmoqlik shubhalidur. Yog‘ochdan yasalgan odam va jonivorlar suratini olmoq va sotmoq haromdurki, sindirmoq vojibdur. Ammo daraxt va nabotot suratini olmoq va sotmoq durustdur. Jondor suratini solib to‘qilg‘on matoning bay’i durust. Ammo kiymagi makruhdur.

   Uchinchi shart ulki, mol sotg‘uvchining o‘z mulki bo‘lg‘ayki, birovning molini sotmoq fosiddur.

Qayd etilgan


Robiya  03 Sentyabr 2008, 14:44:37

   To‘rtinchi sharti ulki, andoq nimarsani sotg‘ayki, olg‘uchig‘a topshurmoqg‘a qodir bo‘lg‘ay. Chunonchi qochgan qul va suvdagi baliqva havodagi qush va hayvon va kanizakni qornidagi bolasini sotmoq nodurustdur, olishga qodir emas va hayvonning yungini ujasida (ustida) turg‘uzib va sutni emchagida turg‘uzib sotmoq nodurustdur. Va garovga qo‘yilgan narsani to garovdan olmaguncha sotmoq nodurustdur va kanizakning bolasi kichik bo‘lsa, onasini bolasidan ayirib sotmoq nodurustdur. Birini-biridan ayirmoq nodurustdur va haromdur.

   Beshinchi shart ulki, oladurg‘on molning mikdori va sifati ma’lum bo‘lg‘ay. Chunonchi bir to‘da qo‘ylar orasidan bir qo‘yni va yo bir boylam matoning orasidan ta’yin qilmay bir matoni olmoq va sotmoq nodurustdur. Balki sotuvchi ishorat qilib ushbu xomni va yo ushbu qo‘yni munchag‘a sottim degay. Yong‘oqni, pistani, bodomni va lo‘viyani po‘sti birla sotmog‘i durust.

   Uchinchi rukn - ijob va qabuldurki, to oldim va sotdim demaguncha bay’ mun’aqid (qat’iy, mahkam) bo‘lmas. Bo‘lg‘ayki, sotuvchi «sotdim» va olg‘uvchi «oldim» va yo «qabul qildim» degay va yo ushbu ma’nog‘a dalolat qiladurg‘on bir lafzni degay. Bas, kam baho va og‘ir bahoda bay’i ta’otiy durust debdurlar. Bay’i ta’otiy uldurki, pulni mol egasiga berib, molni xaridor olmog‘i, oldim va sotdim demasa ham joyizdur. Masalan: bir pulni bir nong‘a berib, nonvoy ul kishiga non bersa, oldim va sotdim demagiga hojat yo‘q.

Qayd etilgan


Robiya  03 Sentyabr 2008, 14:45:20

   Ikkinchi aqd - aqdi rizodir. Bir nimarsakim, kayliy (maxsus g‘alla o‘lchaydigan idish) va yo vazniy bo‘lsa, o‘z jinsig‘a bir nimarsani ziyodasig‘a sotmoq va olmoq haromdur. Kayliy deb paymonlab (bir idishda o‘lchab) sotadurg‘on narsani, vazniy deb, tarozuda tortib sotadurg‘en nimarsani ayturlar. Nimarsaki, hazrati rasul alayhissalom kayliy debgurlar, chunonchi bug‘doy va arpa va tuz, xurmo va mosh bu nimarsalar kayliydur. Agarchi, urf-odatda qop, idish, chelaklab sotmoqni tark qilib, tarozuda tortib sotmoq joriy bo‘lsa ham vazniy deb bo‘lmas, va ul nimarsaki hazrati rasul alayhissaloi vazniy debdurlar, chunonchi oltin va kumush hamisha vazniydur. Agarchi tortib sotmoqni tark qilib, qoplab sotmoq joriy bo‘lsa ham, kayliy deyilmas. Bu mazkurdan o‘zgasini urf-odatg‘a qaramoq kerak.

   Agar xalq orasida kayliy bo‘lsa kayliy, vazniy bo‘lsa vazniylikig‘a hukm qilinur. Bas, kayliyni kayliyga, vazniyni vazniyga, xoh naqd bo‘lsun, xoh nasya bo‘lsun, barobar sotmoq haloldur. Agar bir nimarsasi kam bo‘lsa hammasi haromdur.

   Bas, bir hayvonni go‘shtini yana bir qismi (boshqa) hayvonning go‘shtiga barobar va ziyoda sotmoq joizdur. Charbi yog‘ini va quyruq (dumba) yog‘ini ziyodasig‘a sotmoq joizdur va yog‘ni go‘shtg‘a sotmoq va nonni bug‘doyg‘a va ung‘a sotmoq durustdur. Agarchi, biri nasya bo‘lsa ham ribo bo‘lmas. Xo‘jasining va qulining orasida va musulmon dorul-harbda pulini puli juzonaga, ya’ni foydag‘a bersa ribo bo‘lmas.

Qayd etilgan


Robiya  03 Sentyabr 2008, 14:46:33

   Uchinchi aqd - bay’i salam (oldindan pul berib turish) deb, bug‘doy va arpaga pul berib, to‘rt-besh oy, aqalli bir oydan keyin bug‘doy va arpani Oltonga ayturlar. Bay’i musallam fihi derlar va salamni, ya’ni pulni ra’silmol derlar va sotuvchini musallimi ilayhi atarlar va olg‘uvchini rubbus-salam (mol egasi) atarlar.   

   Bilgilki, bay’i salam yetti shart birlan durust bo‘lur. Avvalg‘i shart - jinsi ma’lum bo‘lg‘ay. Chunonchi, bug‘doy, arpa deb ta’yin qilg‘ay. Ikkinchi shart - nav’i ma’lum bo‘lg‘ay, chunonchi obiy va yo boroniy degay. Uchinchi shart - sifati ma’lum bo‘lg‘ay, chunonchi sara yo miyona (o‘rtacha). To‘rtinchi shart - miqdori ma’lum bo‘lg‘ay, chunonchi bir botmon. Beshinchi shart - musallamun fiyhini beradurg‘on vaqti ma’lum bo‘lg‘ay, chunonchi «qo‘y va sigir, echki, mollar bolalaganda beraman» demasin, munga o‘xshash nimarsaga bay’ qilmoq durust ermas, chunonchi rabi’ul avval va yo rabi’ul-oxirda. Oltinchi shart - ra’sul-molni miqdori ma’lum bo‘lg‘ay. Masalan, o‘n tanga va yo o‘n besh tanga. Yettinchi shart -musallamun fiyhini beradurg‘on, ya’ni ta’iyn qilg‘on vaqtiki, musallamun fiyhini rubbul-salamga topshurmoqda mashaqqat bo‘lsa. Ammo mashaqqat bo‘lmasa, makon ta’yin qilmoq shart emastur. Va bay’i salam durust emas, to ra’sul- molni bay’i va xaridor ajratib, farqlab olmag‘uncha. Har nimarsaki, ma’dudot (hisob-kitob)da tafovutlig‘dur, ul nimarsada bay’i salam durust emas.

   Bilgilki, musallam fihida bay’ qilg‘ondan to muddat tamom bo‘lib, rubbus-salamg‘a topshurg‘uncha sotmoq va olmokda bo‘ladurg‘on bay’i salam joizdur. Ammo bay’i salam vaqtida va yo muddat tamom bo‘lg‘onda muning orasida (uzilish) bo‘lib, olmoq va sotmoqga topilmaydurg‘on nimarsada bay’i salam durust emas.

Qayd etilgan


Robiya  03 Sentyabr 2008, 14:48:10

 To‘rtinchi aqd ijoradurkim, ikki rukndur. Avvalgi.rukn -ijara, ikkinchi rukn - manfaatdur. Bas, bu ijara va manfaat har ikkisi ma’lum bo‘lg‘ay. Ammo ijob va qabul lozimdur. Andog‘kim, «Kitobi bay’»da bayon qildim. Bilgil, qar shartiki, bay’ni fosid qilur va har jaholatkim, bay’ni fosid qilur, ijorani ham fosid qilur. Bas, maqsudi ilayhi, ya’ni ijarag‘a beradurg‘on nimarsa, masalan, tegirmon va yo hammom ma’lum bo‘lg‘ay. Masalan, oyda bir tanga yo ikki tanga va muddati ham
ma’lum bo‘lg‘ayki, bir oyliq va yo bir yilliq. Va bulardan qaysi biri majhul (noaniq) bo‘lsa, ijara fosiddur. Ammo manfaat ma’lum. Bilgilki, har amalki, muboh bo‘lsa, ul amal ma’lum bo‘lsa, ijara durustdur.

   Bas, aqdda besh shartni rioya qilg‘ay. Avvalgi shart ulki, qiladurg‘on amalning qadri va qiymati bo‘lg‘ay. Agar qadri-qiymati bo‘lmasa ijara fosiddur. Masalan, ushbu do‘konni supurib, pokiza qiling, ajrig‘a (evaziga) bir non beray, desa nodurustdurki, bu ish uchun bay’ning qadri va qiymati bo‘lmas. Va agar ikki kishining orasida savdo qildirg‘uvchi qimmatlik kishi bo‘lib, bir-ikki og‘iz so‘zlamog‘i birla bay’ voqe’ bo‘lsa, muncha ishga ijora olmog‘i haromdur. Balki dallol va miyonachilarg‘a ul vaqtda ajr olmoq halol bo‘lurki, olg‘uvchi va sotquvchi orasida oncha so‘zlagaykim, o‘zig‘a ranj va mashaqqat yetgay. Bas, mashaqqatiga qarab ajr olg‘ay. Ammo molning qiymatiga va yo o‘zining hurmatig‘a boqib ajr olmog‘i haromdur.

   Bas, dallol va miyonachilar ikki tariqa birla haromdin xalos bo‘lurlar. Avvalgi tariqa bulki, har nimarsaki savdo qilguvchilar bersa qabul qilgay, ranj-mashaqqatdan ziyoda talab qilmag‘ay va mato’ning qimmatbaholig‘ini orag‘a solmag‘ay. Ikkinchi tariqa ulki, dallol aytmag‘ayki, bu mato’ni olib bersam, bir dirham va yo bir dinor bering va yo bahosining o‘n hissadan bir hissasini bering deb ta’yin qilmag‘ayki, haromdur.

Qayd etilgan


Robiya  03 Sentyabr 2008, 14:49:00

   Ikkinchi shart ulki, ijoraga olg‘on nimarsaning manfaati ma’lum bo‘lg‘ay. Agar manfaati majhul (noaniq) bo‘lsa, nodurustdur.

   Uchinchi shart ulki, andog‘ amalni ijorag‘a olg‘aykim, shariatda ul ishni qilmoq halol va muboq bo‘lg‘ay. Ammo harom ishni ijora olmoq haromdur.

   To‘rtinchi shart ulki, o‘zig‘a vojib bo‘lg‘on ishni birovga ijoraga bermoq nodurustdur. Chunonchi, g‘oziyni g‘azot qilmoq uchun ijoraga olmoq nodurust. Aning uchunkim, safg‘a hozir bo‘lg‘on vaqtda g‘azot qilmoq o‘zig‘a vojib bo‘lur.

   Beshinchi shart ulki, amali ma’lum bo‘lg‘ay. Masalan, chahorpoyni kiraga bersa bo‘lg‘ayki, kiraga berguvchi anga yuklaydurg‘on yukini va (yuradurg‘on) yo‘lini ta’yinini bilgay va agar yerni ijorag‘a bersa, ziroatni ta’yinini bilgay. Masalan, bug‘doy yo arpa deb ta’yin qilg‘ay. Va har jaholatkim, nizo va xusumatga yetkizsa, ijorani botil qilur.

Qayd etilgan


Robiya  03 Sentyabr 2008, 14:49:56

  Beshinchi akd muzorabadur. Muning uch rukni bordur. Avvalgi rukn sarmoyadurki, naqd bo‘lg‘ay. Agar oltin va kumush bo‘lsa vazni ma’lum bo‘lg‘ay. Ikkinchi rukn sud (foyda)dur, omil (ishlovchi) va molik (sarmoya egasi) orasidagi ta’yin qilg‘on foydasi ma’lum bo‘lg‘ay. Masalan, hosil bo‘lg‘on foydaning yarmini, yo uchdan birini egasiga bermakchi bo‘lg‘ay. Agar molik aytsa, senga foydadan o‘n tangani va yo yigirma tangani beray, qolg‘oni manga bo‘lsun» deb - bu tariqa ta’yin qilmoq botildur.

   Uchinchi rukn amal qilish shartdur, ul tijoratdurki, olmoq va sotmokdur, hunar va peshavarlik emas. Agar bug‘doyni nonvoyga sherikg‘a bersa durustdur. Bu tariqa birla axd qilg‘aykim, molik degaykim, «Bu molni sizga berdim, tokim tijorat qilib, hosil bo‘lg‘an foydaning yarmini menga bergaysiz». Omil degaykim, «Qabul qildim». Vaqtiki aqtsi tamom bo‘ldi, omil vakildurki, olmoq va sotmoq va bekor qilmog‘i mumkundur.

   Oltinchi aqd shirkatdurki, agar mol mushtarak bo‘lsa. Aqdi shirkat uldurki, ikki kishi barobar pul chiqarib, tijorat qilib, foyda va zararig‘a sherik bo‘lib, hosil bo‘lg‘on manfaatni barobar olmoqdur. Bu akd durustdur. Basharti xiyonat bo‘lmasa.

Qayd etilgan


Robiya  03 Sentyabr 2008, 14:51:12

                                                                FASL
                                          Aqdi muzoraba va shirkat bayonida


   Bilgilki, oncha yuqorida mazkur bo‘ldi, zohir shariatda muomalaning durustlig‘i bayonida edi. Ammo muomala bisyordurki, durustlig‘ig‘a fatvo berurmiz. Va lekin ul kishi la’natga sazovor bo‘lg‘usidurki muomalasidan musulmonlarga ranj va ziyon yetgay. Bu ikki qismdur. Biri om (maviy), yana biri xos qism. Avval uldurki, ranji omaviy bo‘lur, ul ikki nav’dur. Nav’i avval - ixtikor muxtakir (ya’ni bug‘doy yig‘ib jamlab, uyga bosib qo‘yib, qachon bug‘doy qimmat bo‘lsa sotaman, degan inson mal’undur). Muhtakir deb ul kishini ayturlarkim, oshliq yig‘ib, qimmat bahoga chiqqanda sotqay va narxning bapand bo‘lmog‘ini talab qilg‘ay. Hazrati rasul alayhissalom aytibdurlar: «Kishi, bahosi qimmat bo‘lishini kutib, oshliqni uzoq muddat saklasa, ul taomning hammasini bergan birla ham ul gunohiga kaforat bo‘lmas».

   Yana aytibdurlar: «Kishi taomni bahosi og‘ir bo‘lmoq uchun saqlasa, Xudo taolo ul kishidan bezor bo‘lur». Yana aytibdurlar: «Kishi oshliqni shaharg‘a olib borib, arzon bahosig‘a sotsa, ul oshliqning hammasini sadaqa qilg‘onning savobini topg‘ay. Va yana bir rivoyatda qul ozod qilg‘onning savobini topar», debdurlar.

   Hazrati Ali r.a. aytibdurlar: «Kishi taomni bahosi og‘ir bo‘lmog‘ uchun saqlasa, ul kishini ko‘nglig‘a zang va (qoralik) o‘tirur. Ul taomga o‘t qo‘ymoq kerak». Tobe’indan ba’zilari Vosit degan shahardan Basrada sotqali vakilidan oshliq yubordilar. (Vakil) Basrag‘a borib ko‘rdiki, oshliq nihoyat arzon ekan. Bir hafta to‘xtatib, ikki barobar qimmatbahoga sotib, bo‘lg‘on voqeani yozib xat yubordi. Vosit shahridan aytib yubordilarki: «Men dinimni salomat sautash uchun ozroq foydaga qanoat qilur edim. Sen esa ko‘p foyda topmoqning evaziga dinimni barbod qilibsan. Bas, bu ishni kaforatig‘a hamma molni sadaqa qilg‘il. Mundan keyin sen meni ko‘rmagaysen va men seni». Bilgilki, bu haromliqning sababi haloyiqqa zarar yetgan jixatdandurki, odamiyning quvvati taom birladur. Kishi hamma xalq bahra oladurg‘on taomni to‘xtatsa, xalqning manfaatig‘a zomin bo‘lg‘uvsidur. Bas, taomni qimmatbahoga sotmoq niyatida sakutamoq haromdur.

Qayd etilgan


Robiya  03 Sentyabr 2008, 14:52:21

   Ammo dehqonkim, ziroat qilmoq va oshliq olmoq aning xossasidur, oshliqni xohlagan vahtida sotqay, shoshilib sotmag‘ay. Va lekin ko‘nglida bahosini oshirish rag‘bati bo‘lsa gunohkor bo‘lur.

   Bilgilki, doruni va munga o‘xshash nimarsalarni to‘xtatib, qimmatbahoga sotmog‘i harom emasdur. Go‘sht-yog‘, munga o‘xshash nimarsalarni yig‘ib, qimmatbahoga sotmoqning haromlig‘ida ixtilof qilibdurlar. Sahih ulki, karohiyatdin xoli emas va oshliqni qimmatbahoga sotmoqni talab qilmoq ul vaqtda harom bo‘lurki, maosh tanglik bo‘lsa. Ammo olmoq va sotmoqg‘a osonlik birla topilsa harom emasdur. Ammo makruhdur.

   Muqaddamlar ikki tariqa tijoratni makruh sanabdurlar, biri oshliq sotmoq, yana biri kafan sotmoqdurki, xaloyiqning o‘limi va ranji mashaqqatig‘a intizor bo‘lmoq mazmum va makruhdur.
Ikkinchi nav’ hunarni ham mazmum (yomon) sanabdurlar: biri qassobliq, ko‘ngilni qatgiq qilur. Ikkinchi zargarlikki, uning molini Oltanlar dunyo oroyishig‘a aldangan bo‘lur. Ikkinchi nav’ nosara, o‘tmas pulg‘a savdo qilib, ommai xaloyiqg‘a ranj yetkizguvchi ham mal’undur. Agarchi nosaralikni bay’ bilib, qo‘lig‘a olsa ham, necha kishining qo‘lig‘aki, ul pul yo‘tkaladur (qo‘ldan-qo‘lga o‘tar), asosiy gunohbirinchi bo‘lib o‘tmas pulni bergan kishining zimmasiga tushadi, asosiy zomin o‘shadur. Buzruglardan biri aytibdurki, «Bir nosara (o‘tmas, qalbaki pul) dirhamni xarjlagan yuz dirham o‘g‘irlagandan yomonroqtsur. Bu vajhtsanki, o‘g‘irliqning gunohi nomai a’molig‘a bir daf’a bitilur. Ammo qalbaki pulni xarjlaguvchi ul pul qiyomatg‘acha necha kishining qo‘lig‘a o‘tibdur, aning otig‘a gunoh bitilur. Ajab badbaxt kishidurki, o‘zi o‘lgay, gunohi to qiyomatg‘acha kundan-kunga ziyoda bo‘lib, uni do‘zaxga tashlagay.

Qayd etilgan