Imom G'azzoliy. Kimyoi saodat (Ruh haqiqati)  ( 350750 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 30 31 32 33 34 35 36 37 38 39 40 ... 48 B


Robiya  03 Sentyabr 2008, 14:53:30

   Ikkinchi vajh-savdogarga vojibdurki, yaxshi va yomon, sara va nosarani tanigay. Agar (shu ishda) soxta pul bilan birovga manfaat bersa, hamma musulmonlar haqig‘a xiyonat qilg‘on bo‘lur.

   Uchinchi vajh-agar nosarani olsa, bu nav’ birla olg‘ayki, hazrati Rasul alayhissalom aytibdurlar: ya’ni, rahim qilg‘ay Alloq taolo ul kishig‘aki, bermak va olmakni sahl va yengil tutubdur va lekin qalbaki pulni yo‘q qilib yuborish uchun chuqurga va yo daryog‘a tashlamoq niyatida olg‘ay. Ammo sarf qilmoq andishasini ko‘nglig‘a zinhor olmag‘ay.

   To‘rtinchi nosara uldurki, unda oltin va kumush aralashmagan ammo oltin va kumush qoplangan bo‘lsa, ani chuqurga tashlamoq lozim emas. Ani xarjlashda ikki ehtiyotni rioya qilg‘ay. Biri ulki, aning nosaraligini aytib va ko‘rsatib xarj qilg‘ay. Ikkinchi bir kishig‘a berur bo‘lsa, e’timodli kishig‘a bergayki, yana birovg‘a firib bermagay. Bas, urush yarog‘ini qaroqchig‘a va uzumni aroq qiladiganga sotmag‘ay.

   Ikkinchi qism - zulmi xosdurki, o‘zidan bo‘lak kishig‘a ma’siyati yetmas. Va har muomalaki, andin yana birovga zarar va zulm yetsa haromdur. Kishi o‘zig‘a ravo ko‘rmagan ishini yana bir musulmong‘a ravo ko‘rsa iymoni komil emasligining nishonasidur.

Qayd etilgan


Robiya  03 Sentyabr 2008, 15:03:11

   Bir kishi yuz dirhamg‘a bir xachir sotdi, oyog‘ida aybi bor edi. Xaridor ul aybni ko‘rmay xachirni sotib olib, yo‘lga kirdi. Sahobalardin Vosil ibn Sa’d r.a. hozir edilar. Xaridorning orqasidan yetib, xachirning aybini aytdilar, xaridor xachirni egasiga qaytarib berib, yuz dirhamini oldi. Xachir sotgan (odam) Vosilga dediki, «Nima uchun o‘rtadagi bay’ni taboh qilursiz? (nima uchun savdoni buzyapsiz) Vosil r.a. dediki, «Aning uchun taboh qilurmanki, hazrati Rasul a.s. dan eshitibdurmen, halol emas, bir kishi bir narsani sotib, aning aybini xaridordan bekitgan bo‘lsa va halol emas aybini bilib turib, oshkora qilmasa».

   Hazrati Rasul a.s. aytibdurlar: «Haq taolo mani mundayin musulmonlarg‘a nasihat qilmoq va shafqat qilmoq uchun bay’at (ahd-paymon) olibdur». Bas, aybni pinhon qilmoq iymondan emasdur. Bilgilki, rostliq birla muomala qilmoq qiyin. Ammo ikki ishni lozim tutsa, oson bo‘lur. Biri buki, aybliq matoni sotmoq ravo emas va agar sotsa, aybini aytib sotg‘ay. Firib qilmag‘ayki, la’natg‘a sazovor bo‘lur. Xiyonat birla jam qilg‘on molining barakati bo‘lmas.

   Bir kishining bir sigiri bor edi. Sutig‘a suv qo‘shib sotib, nechand sigir jam qildi. Bir kuni sel kelib, ul sigirlarning hammasini oqizib ketdi. Ul kishining norasida bolasi bor edi, dedikim: «Ey padar, sutg‘a qo‘shqon parokanda suvlar yig‘ilib kelib, sigirlarni olib ketdi». Hazrati Rasul a.s. aytibdurlar: «Kishiki, olmoq va sotmoqda xiyonat qilsa, barakat ko‘tarilur. Barakatning ma’nosi ulki, bir kishining ozgina moli bo‘lib, barakoti bo‘lsa, o‘zig‘a va ham kishig‘a bahramandlik yetib, bisyor hayrotlar paydo bo‘lg‘ay. Bir kishi bo‘lurki, ani dunyosi ko‘p bo‘lib, dunyo va oxiratda o‘z halokatig‘a sabab bo‘lur. O’zig‘a va boshqalarga undan osoyish va bahramandlik nasib etmas.

   Bas, bo‘lg‘ayki, Alloh taolodan barakot talab qilg‘ay. Dunyoning ziyodaligini talab qilmag‘ay. Barakat tinchlik va ofiyatliq va rostlikdadurki, har kishi ishonchli va rostliq birla mashhur bo‘lsa, hamma xaloyiq uning birla savdo va muomala qilmoqni istar.

Qayd etilgan


Robiya  03 Sentyabr 2008, 15:05:30

   Ikkinchi, bilg‘ayki, umrning muddati yuzdan ziyoda emastur va oxiratning kunlari ko‘pdur, nihoyati yo‘kdur. Bas, necha kunlik umr uchun dunyo yig‘moqg‘a firifta bo‘lib, oxiratning abadul-abad nihoyatsiz kunlarini o‘zini azobu uqubatg‘a sazovor qilmoq aqldan emasdur. Bo‘lg‘ayki, bu nasihatlarni ko‘ngilda tutib, xiyonat va badniyatlig‘ni ko‘ngil haramig‘a yo‘latmagay.

   Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Musulmonlar Haq taoloning g‘azabidan qo‘rqib, kalimai «Lo iloha illalohu Muhammadur-rasululloh» himoyatig‘a kirar. Vaqtiki, dunyo muxabbati ziyoda bo‘lib, bu kalimai sharifni aytsalar.

   Haq taolo ayturkim, «Yolg‘on aytursenki, tilingda kalimai «Lo iloha illallohu Muhammadur-rasululloh» va ko‘nglingda esa dunyo muhabbatidur».

   Uchinchi narsa ulki, tarozuda tortib sotadurg‘on narsada hech makr, firib qilmag‘ay. Rost (to‘g‘ri) tortg‘ay. Xudo azza va jalla kalomi majidda xabar berurkim:

   «Vaylun lil-mutaffafin». (Mutaffifun, 1).

   Ya’ni: Voy ul toifaning holigakim, berur bo‘lsalar kam tortib berurlar va olur bo‘lsa ziyoda tortib olurlar».

   Sahoba va tobe’iynning odatlari ul ediki, bir nima olur bo‘lsa, andek yengilroq tortib olur edilar va aytur edilarki, «Bu bir hovuch oshliq bizning va do‘zaxning orasida hijobdur». Va aytur edilar: «Ablah ul kishidurki, bir hovuch oshliqqa jannatni do‘zaxga sotg‘ay».

Qayd etilgan


Robiya  03 Sentyabr 2008, 15:09:57

   Hazrati Rasul alayhissalom har vaqt bir narsa olur bo‘lsalar, aytur edilarkim: «Rost tortg‘il, andek yengilroq tortg‘il». Fuzayl Ayoz rahmatullohi alayh o‘g‘lini ko‘rdiki, kishig‘a bergali oshliq tortgali turib, naqshning orasig‘a kirib qolg‘on kirni pok qilib tortti. Fuzayl dediki, «Bu ishing hajdagi umradin fozilroqdur. Salaf rahmatullohi alayh aytur: «Kishikim, ikki (xil) tarozi tutquvchi bo‘lsa, andin fosiqroq odam yo‘qdur». Ya’ni, olmoq uchun og‘ir va sotmoq uchun yengil tutguvchidan fosiqroq kishi yo‘qdur. Bas, xamma musulmonlarga vojibdurki, savdo va muomala ishida rostlik va adolatni lozim tutgay. Haq subhonahu va taolo xabar berur:

   «Va in minkum illo voriduho kona ala robbika hatman maqziyyan». (Maryam, 71).

   Oyatning mazmuni: «Hech kishi yo‘qdurki, do‘zaxga kirmagay, faqat ul kishi xalos toparki, rostlik va adlni lozim tutubdur».

   To‘rtinchi vajh ulki, matoning narxida hech makr va firib qilmagay. Rasul alayhissalom nahiy qilibdurlar, ul ishniki, savdogar barchadan avval karvonning oldiga borib. shahardagi narxni yashirib, matohni arzon narxda Oltaylar. Kishi bu tariqa ish qilsa, matoh egasiga lozimdurki, qilingan bayni, ya’ni savdoni bekor qilgay. Va yana aytibdurlar: «Matohni o‘z bahosidan ortiqroqqa yana birovga qimmatbahoga olib bermagay». Harchand bunday savdolarga zohir shariatda durustligiga fatvo berurlar, va lekin haqiqatda gunohkor bo‘lurlar.

   Tobe’inlardan birlari o‘z xizmatkorini Basra shahridan Tus shahriga savdoga yubordi. Xizmatkor xojasiga maktub bittiki, «Bu yil shakarga ofat yetti. Bu xabar hammaga oshkor bo‘lguncha shakarni ko‘p sotib olsunlar». Esa xojasi ko‘p shakar oldi. Bir muncha vaqtdan keyin shakarni sotib, o‘ttiz ming dirham foyda qildi. Xoja taammul qilib (o‘ylab ko‘rib) dedikim, «Shakarga ofat yetganini xalqdan yashirib, musulmonlarga makr va firib berib edim, bu nechuk ravo bo‘lgay?» deb, o‘ttiz ming dirhamni olib, shakar sotguvchi qoshiga borib dedi: «Bu sening haqingdur». Shakar sotgan dedikim: «Nima uchun?» Xoja voqeani bayon qildi. (Shakar sotuvchi) «Bay’i savdoni o‘z ixtiyorim birla qilgan edim, senga baxsh qildim», deb olishga unamadi. Xoja uyiga qaytib, kechasi o‘y-andisha qilib, dedikim: «Shoyad m gndan uyalib olmag‘ondur». Ertasi (Yana shakar Oltan joyiga borib) o‘ttiz ming dirhamni zo‘r birla berib qaytdi. Bilgilki, olmoq va sotmoq ishlarida makr va firib yoki ziyon bo‘lgudek ishni zinhor qilmasinlar. Bas, bu bobning tafsili uzoq edi, munchalikka muxtasar qildim.

Qayd etilgan


Robiya  03 Sentyabr 2008, 15:13:10

                                                           FASL
                                             Bay’dagi ehson bayonida


   Bilgilki, Haq taolo bandalarini adl va ehson qilmoqg‘a farmon qilibdur.
   Qavluxu taolo:

   «Innalloha ya’muru bil-adli val-ehson», (Nahl, 90).

   Oyatning tafsiri: «Alloh taolo amr qiladur bandalarini adl qshgmoq va ehson qilmoqg‘a».   

   Yuqoridagi bob adl bayonida erdi. Bu bobda .eqsrnni bayon qilurmen. Chunonchi Xudo azza va jalla xabar berur: «Inna rahmatallohi qariybun minal-muhsiniyn" (A’rof, 56).

   Ya’ni: «Alloh taoloning rahmati exson qilg‘uvchilarg‘a yaqinroqdur». Bas, kishi rostliq qilmoqg‘a qanoat qilibdur, haloldan dunyolik sarmoyasini jam’ qilibdur, ammo oxiratning sarmoyasi exson qilmoqdadur. Bas, oqil ul kishidurki, oxiratning sudu manfaatini qo‘lidan yubormagay va muomalada ehson uldurki, o‘zini manfaatini andek kechikib yetkizmakdur (ya’ni, birinchi navbatda o‘zini foydasini ko‘zlamaslikdir). Bas, ehson darajasini olti vajh birla hosil qilg‘ali bo‘lur.
Avvalg‘i vajh ulki, mato’ning qiymatidan ziyoda foyda ko‘rmakni ravo ko‘rmagay. Agarchi xaridor hojati bo‘lg‘on jihatdan rozi bo‘lsa ham.

   Sariy Saqatiy rahmatulloqi alayh do‘konda o‘tirur edi, o‘n dirhamlik molda yarim dirhamdan ziyoda foyda ko‘rmakni ravo ko‘rmas edi.

Qayd etilgan


Robiya  03 Sentyabr 2008, 15:14:14

   Bir daf’a oltmish dinorga bodom olib qo‘ydi. Necha vaqtdan keyin bodomning bahosi baland bo‘ldi. Baqqol bodom olmoqg‘a kelib so‘radiki, necha dinorg‘a berursen? Sariy Saqatiy dedikim, oltmish uch dinorga olg‘il. Olg‘uvchi dedikim, bu kunda bodomning bahosi ziyodadur. To‘qson dinorg‘a bersang olayin. Sariy Saqatiy dediki, o‘n dinorda yarim dinordan ziyoda olmasmen deb niyat qilib edim. Bu niyatimni sindurmoqni ravo ko‘rmasman». Na baqqol kam bahog‘a va na Sariy Saqatiy ziyoda bahog‘a sotmoqqa rozi bo‘lmadi. Buzurglardan Muhammad ibn Munkadir rahmatullohi alayh do‘kondor edi. Kiyim-joma sotar edi. Bir kuni o‘zi do‘konda yo‘q edi, shogirdi bir a’robiyga bir jomani o‘n dinorg‘a sotti. Kelib voqeani anglatdi. Xojasi faryod qilib aytdiki, «Besh dinorliq kiyimni nima uchun o‘n dinorg‘a sotursen?» deb, to kechgacha izlab, ul a’robiyni topdilar. Muhammad ibn Munkadir dediki, «Ey a’robiy, bu kiyim besh dinordan ortiqg‘a arzimas». A’robiy dedikim, «Har nechuk bo‘lsa o‘zimga hisob, olg‘anim, olg‘on».

   Muhammad dediki, «Men o‘zimga ravo ko‘rmagan ishni yana birovga ravo ko‘rmasmen. Yo savdoni buzib, mendin pulingni qaytarib Oltil yo bo‘lmasa o‘n dinorliq kiyim olg‘il, yo‘qsa mendan besh dinor pulni qaytarib Oltil». A’robiy besh dinorni qaytarib oldi. So‘radiki, bu kimdur?

   Aytdilarkim, Muhammad ibn Munkadirdur. A’robiy aytdikim, «Subhonalloh, Subhonalloh! Bu kishidurkim, bir bodiyyada yomg‘ur talabida chiqqanimizda muning nomini aytsak, yomg‘ur yoqqan edi. Bu tariqa kishi ham bo‘lur ekan. Men bodiyaga borib, bilmaydurg‘on xalqg‘a bu kishini otini aytib berurman,» deb ketdi.

Qayd etilgan


Robiya  03 Sentyabr 2008, 15:15:35

   Salaf rahmatullohi alayhning odatlari savdoni ko‘p qilib, foydani oz ko‘rmakni muborak bilur edilar. Hazrati Ali karramalloqu vajha Kufaning bozorida qichqirib yurur edilar, «Ey musulmonlar! Oz foyda ko‘rmakni rad qilmanglarki, oxiratni bisyor foydasidan mahrum qolursizlar!» Abdurahmon ibn Avf r.a.dan so‘radi, «Muncha (boylik) va dunyodorliq nima jihatdandur?» Aytdikim, «Oz foydani rad qilmag‘onimda, izhordurki, har kuni ming tuya sotdim. Bir ming tizbog‘i foyda tegdikim, har birini bir dirhamdin olur edi. Bas, ming tuyada ming dirham foyda qildim».

   Ikkinchi vajh ulki, darveshning mato’ini (kambag‘alning molini) qimmatbahog‘a olg‘ayki, to ularga ko‘proq foyda bo‘lg‘ay. Bvva xotinlar va yupun norasidalarning qo‘lidagi mollarini qimmatbahoga sotib olg‘aykim, sadaqa bergandan yaxshiroqdur. Kishi shu tariqada ish tutsa, hazrati rasuli akram s.a.v.ning duolari anga yetar:

   Qola nabiyi alayhissalom: «Rahimal lohum-amran sahlal-bay’i vash-shifo». Ya’ni, rahm qilg‘ay Alloh taolo ul kishig‘aki, oson va yengil qilibdur olmoq va sotmoqni.

   Ammo boylardin bir nima olmokda va sotmoqda, arzon olib, arzon sotilsa, oluvchilarga ancha manfaatli bo‘lur. Hazrati imom Hasan va imom Husayn r.a. bozordan har nimarsa olur bo‘lsalar, arzon olmoqg‘a harakat qilur edilar. Bir kishi savol qildiki, «Yo imom, har kuni necha ming dirham xaloyiqg‘a ato qilursiz, savdo ishida esa arzon olmoqg‘a haddan ziyoda sa’iy ko‘rguzursiz, buning sababi nimadur?» Hazrati imom javob berdilarki: «Xalqg‘a berganni Xudo uchun berurmen. Xudo uchun berur narsa harchand ko‘p bo‘lsa ham ozdur. Ammo savdoda zarar tortqon odam ahl va molning nuqsonig‘a dalolat qilur».

Qayd etilgan


Robiya  03 Sentyabr 2008, 15:17:57

   Uchinchi vajh - savdoda muhlat bermoqlikdur. Hazrati rasuli akram s.a.v. aytibdurlar: «Haq taolo rahmat qilg‘ay ul kishig‘aki, olmoq va sotmoqni oson tutubdur. Haq taolo aning hamma ishlarini oson qilur va hech bir ehson, kambag‘alga bir narsa sotsa, (nasiyaga) muhlat bergandan yaxshiroqemasdur». Agar bir kishi savdo ilmini bilmasa anga muhlat bermaklik vojibdurki, adl jumlasidandur. Hazrati rasul alayhissalom aytibdurlar: «Qiyomat kuni bir odamni keltururkim, o‘z-o‘zig‘a zulm qilg‘on va aning nomai a’molida hech hasana (yaxshilik ish) bitishmagan. Aningdan so‘rarlarki, «Yaxshi amal qilg‘oning bormu?» Ul kishi aytur: «Hech yaxshi amal qilg‘onim yo‘qtur. Magar bulki, men o‘z shogirdlarimga aytur edim, har kishi mendin qarz olsa anga muhlat beringlar va zulm taaddiy (haddan tashqari sitam) qilmanglar, der edim. Haq taolo aytur:

   Senki bugun nomuroddursen noilojlikda qolibsen, mag‘firat qildimki, mag‘firat qilmoq va zulmi taaddiy qilmoqg‘a men avlodurmen.

   Xabarda kelibdurki, har kishi yana birovga qarz bersa, muddati o‘tgandan keyin har kuni o‘shal molni sadaqa berganning savobini hosil qilur.
   
   Tobe’iyn rizvonallohu alayhim ajma’iyndan shunday odamlar bor ediki, qarz berur edilar, hargiz qarzdorni izlamas edilar. Bu umid birlaki, nomai a’mollarig‘a sadaqaning savobi bitilgay. Hazrati rasul alayhissalom aytibdurlar, «Jannatning eshigida bitikluk ko‘rdimki, agar bir dirham qarz bersa, o‘n sakkiz dirham sadaqa berganning savobini topar. Bu sababdanki, to hojatmand bo‘lmag‘uncha qarzdor bo‘lmas. Hojat ravo qilmoqning savobi ziyodadur».

   To‘rtinchi vajh - qarz ado qilmoqning bayonida. Bo‘lg‘ayki, qarzdor qarz egasini qiynamagay. Har naqdkim, qo‘lig‘a keltursa, shitob birla haqdor qoshig‘a keltirgay. Xabarda kelibdurki, sizlarni yaxshirog‘inglar ul kishidurki, qarzni vaqtida ado qilg‘ay. Xabarda kelibdur, kishiki qarz olsa, ko‘nglida niyat qilsaki, bu qarzni tez fursatda xo‘bliq birla ado qilg‘aymen. Haq taolo nechand farishta yuborurki, bu kishig‘a nigahbon bo‘lur va duo qilurlar, to qarzni ado qilg‘uncha. Ammo ado qilmay bir soat ta’xir qilsa, zolim va gunohkor bo‘lur. Agarchi sababi namoz va yo ro‘za va yo uyqug‘a mashg‘ul bo‘lganda ham.

Beshinchi vajh- bir kishi mol sotib Oltan bo‘lsa-yu, shu sotib Oltan moli uchun pushaymon bo‘lib, mol sotgan odamga «molingizni olmayman» deb aytsa mol sotgan ham yaxshilik va rozilik ila mol sotib oluvchini royiga qarab,«mayli, olmasangiz» deb bay’ni iqola (bekor) qilsa, bu yaxshilik alomatidur.

   Hazrati rasuli akram s.a.v. aytibdurlar: «Haq taolo iqola qilg‘uvchining gunohlarini mag‘firat qilur».


Qayd etilgan


Robiya  03 Sentyabr 2008, 15:20:14

                                                           FASL
                                           Tijoratdagi ehtiyotlar bayonida


  Bu bob dunyoliq muomala bilan oxiratlikning ilojini qilmoq haqida. Bilgilki, har kishi oxirat tijoratin tashlab, bu dunyoliq tijoratini xushlasa badbaxtlik nishonasidur. Bas, nechuk bo‘lg‘ay ul kishining holiki, oltin oftobani kumush oftobag‘a badal qilg‘ay. Balki dunyo misoli sopol ko‘zaga o‘xshashdurki, badnamo va sing‘uvchi. Oxiratning misoli oltin oftobag‘a o‘xshashdurki, poydor va duraxshon (porloq). Bas, dunyo tijorati oxirat zodi rohi qilmoqg‘a arzimas. Balki jaxdi tamom qilg‘ilki, tijorati dunyo do‘zax yo‘lig‘a boshlagay va odamiyga oxirat sarmoyasi - dinu iymondir. Bas, sarmoyai oxirat qilmoqtsan g‘ofil bo‘lmag‘il. Inson dinu iymon shafqatini ul vaqtda rioya qilg‘on bo‘lurki, yetga ehtiyotni o‘zig‘a lozim tutsa:

   Avvalg‘i ehtiyot ulki, har kuni bomdoddan keyin yaxshi niyatlarni ko‘nglida toza qilg‘ay. Bu niyat birla bozorg‘a borg‘ayki, o‘zini va ahli ayolining rizqini qo‘lg‘a kelturgay, farog‘at birla kun o‘tkirgay va balki Xudoi taoloning ibodatini qilmoqda betashvish bo‘lg‘ay va niyat qilg‘ayki, amri ma’rufni bajo kelturgay. Vaqtiki, bu niyatlarni qilsa, qilg‘on ishlari oxiratlik amalig‘a hisob qilinur. Dini-iymoni qaviy (kuchli) bo‘lur. Agar dunyolig‘dan bir bo‘lagini qo‘lig‘a keltursa barakat hosil bo‘lur.

   Ikkinchi extiyot ulki, dunyog‘a ko‘ngil bog‘lamagay. Bir kun farovon umr ko‘rmagini jazm qilmag‘ay. Agar hunarmand bo‘lmoqni xoxlasa, xaloyiqg‘a manfaati yetadurg‘on hunarni ixtiyor qilg‘ay. Shariat hukmida makruh nimarsalarni qilmoqni ixtiyor qilmagay.

   Chunonchi zargarlik va abrishim (ipak) mato to‘qimoqni erkaklar iste’mol qilmagi makruhdur. Xabarda kelibdurkim, tijoratning behroqi dehqonchilikdur va hunarning yaxshiroqi do‘zandalikdur (tikuvchilik). Xabarda kelibdurki, agar tijoratmandlardan jannatga kirsa dehqon kirar va hunarmandlardan do‘zaxga kirsa sarrof (pul almashtiruvchi) kirar.

Qayd etilgan


Robiya  03 Sentyabr 2008, 15:22:00

   Uchinchi ehtiyot ulki, dunyo bozorlari ani oxirat bozoridan man’ qilmag‘ay. Oxirat bozoridan masjidlardurki, masjidda namoz o‘tamakdan va zikr tasbih aytmoqdan g‘ofil bo‘lmag‘ay. Haq taolo xabar berur:

  «Yo ayyuhallazina o’manu, lo tuhlikum amvolukum va lo avlodukum an zikrilloh». (Munofiqun, 9).

   Xudoi taolo aytur: «Ey iymon keltirganlar, mol-dunyoingiz va avlodingiz sizni Xudo taolo zikridan to‘xtatmag‘ayki, ziyonkor bo‘lursizlar». Hazrati Umar r.a. savdogar va hunarmandlarga aytur edilarki, «Avval kunda oxirat amalini qilinglar, andin keyin dunyo ishig‘a mashg‘ul bo‘linglar». Va muqaddamlar odatlari ul erdiki, ertayu oqshom oxirat ishig‘a mashg‘ulluq qilur edilar. Yo masjidda Haqtaolo zikrig‘a mashg‘ul bo‘lur edilar va yo ulamolar majlisida hozir bo‘lur edilar. Xabar kelibdurki, har kuni farishtalar bandaning qilg‘on amal xatini osmong‘a elturlar. Kunning avvalida va oxirida yaxshi amal qilg‘on bo‘lsa, bu ikki vaqtning orasida qilg‘on gunohini mag‘firat qilurlar. Xabarda kelibdurki, kecha va kunduzning farishtalari har bora navbatlarin tugatib bo‘lganlarida Haq taolo xitob qilurki: «Farishtalarim, bandalarimni qaysi holda qo‘yib keldinglar?» Farishtalar aytur: «Namoz o‘qib qoldilar». Haq taolo aytur: «Guvoh bo‘linglarki, ul bandalarimni mag‘firat qildim, xar vaqtiki, azon ovozini eshitsalar, qilur ishdan to‘xtab, javob bergaylar».

   To‘rtinchi ehtiyot ulki bozorda zikr, tasbih aytmoq va Xaq taoloni yod qilmoqdan g‘ofil bo‘lmag‘ay va bilgayki, hamma olamning foydasini qo‘lig‘a kiritish, Haq taolo zikridan bir soat g‘ofil bo‘lg‘ong‘a arzimas. Xazrat rasuli akram s.a.v. aytibdurlar: «Kishi bozorg‘a kirsa va aytsakim: «Lo iloha illallohu, vaxdahu, lo sharika lahu, lahul-mulku va lahul-hamd, yuhyi va yumiytu va huva hayyun lo yamutu, bi-yadihil hayru va xuva ala kulli shay’in qadiyr», ul kishig‘a ming-ming savobni biturlar. Hazrati shayx Junayd rahmatullohi alayh aytur: «Bozor ichida bir odam borki, har kuni uch yuz rakaat namozning savobini topar, o‘ttiz mipg gasbih aytur. Al-hosil har kishiki, dunyo topmoqg‘a mashg‘ul bo‘lsa, oxiratlik sarmoyasidan g‘ofil bulmag‘ay va kishikim dunyo jam’ qilmoq vasvasasig‘a qolibdur, agarchi masjidda bo‘lsa ham parokandalik va tashvishlikdin forig‘ bo‘lmas».

Qayd etilgan