Imom G'azzoliy. Kimyoi saodat (Ruh haqiqati)  ( 351094 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 31 32 33 34 35 36 37 38 39 40 41 ... 48 B


Robiya  03 Sentyabr 2008, 15:23:17

    Beshinchi ehtiyot ulki, bozorg‘a chiqmoqqa o‘ch bo‘lmag‘ay. Andog‘ki: bozorga kirar xalqning avvali va bozordan chiqar xalqning oxiri bo‘lmag‘ay. Dunyo galabida uzoq, xatarnok safar ixtiyor qilmag‘ayki, harisliqniig dalilidur. Maoz Jabal r.a. aytur: «Iblis alayhi lananing‘ bir o‘g‘li bordurkim, oti Sud(Foyda)dur. Iblis bozor xalqini yolg‘on ont ichmoq, makr va xiyonat qilmoqg‘a targ‘ib qilmoq uchun o‘z o‘rnida noib qo‘yg‘ondur. Alalxusus, bozorga ilgari kirib, keyin chiquvchilar birla to‘la xamrohchiliq qilib, makr, firib qilur. Bas, bo‘lg‘ayki, bozorg‘a chiquvchi kechroqchiqqay. Kundalik nasibasiga kifoyat qilg‘uncha foyda topsa, uyig‘a ertaroq qaytg‘ay.

   Xabarda kelibdurki, bozor xalqining yomonrog‘i uldurki, bozorg‘a hammadin ilgari borgay va hammadin keyin uyiga qaytgay. Salaf rahmatullohi alayxdan bir guruh bor edilarki, bozorg‘a haftada bir kundan ziyoda chiqmas edilar va har kuni chiqqanlar ham namozi peshingacha bo‘lib, so‘ng uylariga qaytar edilar.

   Oltinchi ehtiyot ulki, shubhali ishlardan yiroq bo‘lg‘ay. Haromg‘a yo‘llamag‘ayki, osiy va fosiq bo‘lur va zolimlar zulmida yordam beradirgan narsalarni sotmag‘ay.

Qayd etilgan


Robiya  03 Sentyabr 2008, 15:25:03

Yettinchi ehtiyot ulki, har kishi birla muomala qilsa, rostlik birla hisob qilg‘ay. So‘zlar so‘zida va qilur ishida, olish va berishda rostliq pesha qilg‘ay. Buzurglardan biri savdogarni tushida ko‘rdi. So‘radiki: «Xudoi taolo senga nima qildi?» Savdogar aytdi: «Ellik ming parcha xat oldimga kelturdiki, hammasi gunox va mas’iyat bitilgan xatlar ekan. Aytdilarkim: «Sen dunyoda ellik ming kishi birla savdo qilib eding, ul muomalaning xatidur». Ko‘rdumki, avvalidin oxiri hammasi mening qilgan amalimning xatidur. Bildimki, zarra chog‘lik narsada makr, firib bo‘lib o‘tsa, hammasi ma’lumdur. Muvohaza (jazo ta’zirini) torgmasga hech chora yo‘qtur.

   Bilgilki, bu zamonada muomala amalini bilguvchilar ma’dum (yo‘q) va diyonat va rostliq qilg‘uvchilar noma’lumdur. Bas, o‘n sunnatdan birini bajo keltursa, savobi aziym topg‘usidur. Xabarda kelibdur, Hazrati rasul alayhissalom aytibdurlar: «Ummatlarimg‘a bir zamona kelurki, sizlar qilg‘on ehtiyotlardan o‘ndan birini bajo keltirsalar kifoyadur». Arz qildilarki, «Nima sababdan?» Hazrati rasul alayhissalom aytdilarki, sizlar ehtiyot ishlarini qilmoqda bir-birlaringiz yorsizlar, oxir zamondagi ummatlarim g‘ofillararo g‘aribdurlar. Bilgilki, bu ehtiyotlarni bajo keltirmak oson emas. Kishining oxiratni dunyodan sharofatlik ekanig‘a iymoni bo‘lsa, oxiratning abadul-abad rohati uchun besh kunlik dunyoi foniy mehnatini tortmog‘i osondur.

Qayd etilgan


Robiya  03 Sentyabr 2008, 15:27:17

                                                          TO’RTINCHI ASL
                                           Halollik savobi va fazilati bayonida


   «Talabul haloli farizatun ala kulli muslimin va muslimatin».

Ya’ni, «Halol talab qilmoq farzdur: hamma musulmon eru xotinlarga». Bas, halol talab qilg‘ali bo‘lmas, to halol va haromni tanimaguncha. Aytibdurlarki, halol ravshan, (ma’lum) va harom ravshan, ammo bu ikkisini orasida shubhanok narsalar bordurki, ani tanimoq bisyor mushkuldur. Kishikim, shubhadin ehtiyot qilmasa, yaqindurkim, harom ishlarni qiluvchi bo‘lib qolg‘ay. Bular ilmini bilmak uzoqtsurkim, kitobi «Ihyoul-ulum»da tafsili birla sharh qildim. Bu kitobda avomun-nos fahmig‘a sig‘qunchalik sharh qilurmen. To‘rt bobda muhtasardur.
Avvalg‘i bob - halol talab qilmoqning savobi va fazilati bayonida.
Ikkinchi bob - halol va haromning zotidagi vara’ va parhezning bayonida.
Uchinchi bob - halol va harom orasida farqlar bayonida.
To‘rtinchi bob - podshohlar va umarolar mol-dunyosining halol, badal va haromlig‘i bayonida.

                                                                    * * *
   Bilgilki, Haq subhonahu va taolo xabar berur; qavluhu taolo:

   «Yo ayyuhar-rusulu kulu minat-tayyiboti vaa’malu solihan». (Mo‘‘minlar, 51).

   Tafsiri ulki: «Ey payg‘ambarlar! Pok va halol taom yenglar va shoyista amali solih qilinglar». Ushbu jihatdan Rasul alayhissalom aytibdurlarki, halol talab qilmog‘liq hamma musulmonlarga farzdur. Yana aytibdurlar, «Kishi qirq kun halol yesa va haromdan hech narsa aralashtirmasa, Haq taolo ul kishining ko‘nglini nur qilur va hikmat chashmalarini aning ko‘nglidan ochar». Va yana bir rivoyatda kelibdurki, dunyoni do‘stliq va muhabbatini aning ko‘nglidin chiqarur. Va Sa’d r.a. dediki: «Yo Rasulalloh, duo qiling bizlarga, tokim biz duo qilsak duoyimiz ijobat bo‘lg‘ay». Rasul alayhissalom aytdilar: «Halol yegilkim, duoying mustajob bo‘ ;ur». Hazrati rasul alayhissaiom aytibdurlarki: «Ko‘p yemoqni xoxlamasmen». Bishr Hofiy ramatullohi alayh ehtiyoti aziym tamom qilur erdi. Aningdan so‘radilar: «Na yerdan taom yersiz?» Javob berdiki: «O’zgalar yegan yerdan yerman va lekin yeb yig‘lagan birla, yeb kulganni orasidagi farq juda ko‘pdir». Va aytibdur: «Luqmaning kamligi, dunyoning kamligi odamiylikning kamligidan ermasdur».

Qayd etilgan


Robiya  03 Sentyabr 2008, 15:28:38

                                                                 FASL
                                    Halol va haromda parhez qilmoq bayonida


   Bilgilki, harom va halolning darajalari bisyordur. Hammasi bir tariqa emasdur. Chunonchi ba’zi haloldur va ba’zi halol-pok va ba’zi pokroqdur. Munga o‘xshash haromdan ba’zi najas va ba’zi palidrokdur. Chunonchi issig‘dan bo‘lg‘on kasalga yana issiq mijoz doruning zarari ziyodaroqdur.
Bas, haromning martabalari munga o‘xshashdur. Va shubhali ishlardan parhez qilmokda musulmonchilik darajalari beshdur: avvalgi daraja - vara’i uduldurki, ommai musulmonlarning vara’idur, zohiriy shariat haromlig‘iga fatvo bergan nimarsadan yiroq bo‘lmoqdur. Bu vara’ darajalarining avval martabasidurki. bigov molini aqdi fosid birla va birovning rizolig‘i birla olmoq haromdur, lekin g‘azab birla, sevib olmoq qattiq haromdur. Va agar yetim va kambag‘aldan olsa yana azimroq haromdur. Agar aqdi fosid birla, ribo - pora jihatdan bo‘lsa, ashaddiy haromdur. Agarchi, xaromliq oti bu mazkurning hammasida bordur va lekin qaysiki haromroqdur, oqibatda aning xatari ziyodaroqdur. Va afv umidi za’ifroq.

   Halol va haromni tafsili birla ul kishi bilurki, ilmi fiqhni tamom bilgay va lekin ilmi fiqhni tamom bilmak hamma musulmo.nlarga vojib emas. Balki savdogar bo‘lsa olmoq va sotmoq ilmini bilmak vojibdur va agar muzdur (yollanib ishlovchi) bo‘lsa ilmi ijorani bilmak vojibdur.

   Ikkinchi daraja - yollanib ishlovchilar vara’idur. Bu ul martabadurki, har nimarsaki muftiy ani haromligig‘a fatvo bersa va lekin shubhalik bo‘lsa, aningdan eranlar yiroq bo‘lg‘ay. Shubhalik narsalar uch qismdur. Avvalg‘i qismdan yiroqbo‘lmoq vojibdur. Ikkinchi qismdan yiroqbo‘lmoq mustahabdur. Uchinchi qismdan yiroq bo‘lmoq vas-vasadur. Chunonchi, kishikim, sayl (ov) go‘shtini yemas, gumon qilurki, birovning mulqidin qochib chiqqan bo‘lg‘ay. Munga o‘xshashlar vasvosning dalilidur.

Qayd etilgan


Robiya  03 Sentyabr 2008, 15:29:44

  Uchinchi daraja - parhezkorlar vara’idurki, ularni muttaqiylar atarlar va ul martabadurki. harom va shubhanok bo‘lmasa, balki qaloli mutlaq bo‘lsa va lekin ul halolni lozim tutgandan keyin yana bir shubhanok nimarsag‘a yo yana bir haromg‘a yaqin bo‘lmoq ehtimoli bo‘lsa, ul haloli mutlakdin qochg‘ay. Hazrati rasul alayhissalom aytibdurlar: «Muttaqiylar (Alloqdan qo‘rqib, pok luqma, ibodat. riyozat va taqvo yo‘lini mahkam ushlaguvchilar) darajasig‘a yetmas, to shubhalik nimarsalardan o‘zlarini tutib, parhezni to‘la qilmaguilaricha (oliy poklikka muyassar bo‘lmaslar).

   Hazrati Umar r.a. ayturlar: «O’n ehtimolning biriga shubhalik haloldan qo‘l yig‘armen. Bu qo‘rqinchlidurki. shoyad haromga boshlamagay». Chunonchi birovning bir kishida o‘n dirham qarzi bo‘lsa. qarzini ado qilur vaqtda bir dirhamiga o‘tmas dirham qo‘shib bsrsa, qarz egasi qabul qilmas. Agar qabul qilsa ham rizoliq birla olmas. Ali ibm Uboyaa aytur:

   «Kishining saroyida omonat o‘tirib edim, xat yozmoqni xohladim. Ul saroy tomidan tuproq olib, ul xatni qurutg‘aymen. Ko‘nglimg‘a keldi, bu saroy meni mulkim emasdur. Yana dedimki, ozgina tuproq olsam hech zarari yo‘q deb, tomdan tuproqolib nomaga sepdim. Tush ko‘rdim esa, bir kishi menga aytur: «Ul kishilarki, tuproqning na qadri bo‘lur deydur, qiyomat kuni aning miqtsorini bilur va sahl (engil) ish qilmoqg‘a va ziyoda ish qilmoqg‘a yo‘l topar. Qiyomat kuni mupaqiylar jumlasidan bo‘la olmas».

   Hazrati Imom Hasan r.a. go‘daklik zamonida sadaqa qilingan xurmodan bir xurmo og‘izlarig‘a soldilar, Hazrati Rasul alayhissalom «Tashlag‘il» dedilar. Hazrati Hasan og‘izlaridin tashladilar. Hazrati Umar ibn Abdulaziz zamonida moli g‘animatdan ifor olib keldilar. Umar ibn Abdulaziz burunlarini tutdilar va aytdilar, iforny bir qism manfaati bo‘yidurkim (hidi), hamma musulmonlar haqqi bordur.

Qayd etilgan


Robiya  03 Sentyabr 2008, 15:30:50

  Buzurglardan biri do‘stini ziyoratiga borliki, muhtazir erdi (vafoti yaqinlashgan). Kechadan birmuncha o‘tib erdi, jon ba-haq taslim qildi. Ul buzrug darhol turib, chirog‘ni o‘chirdi. Aytdiki, chirog‘ yog‘iga vorislarni haqqi taalluq topti, endi bu chirog‘ni yorug‘ida o‘tirib bo‘lmas (chunki vorislarning haqqi bordir). Hazrati Umar r.a. baytul-moldan ifor olib, xotinlariga berdilarki, ani sotib, yetimlar hojatig‘a sarf qilg‘aylar. Bir kuni Umar r.a.ning kiyimlaridan iforning hidi keldi. So‘radilarki, bu nimadur? Xotinlari aytdiki, ifor tutib erdim, qo‘lim bo‘y olibdur. Ani ridog‘a surtib erdim. Xazrati Umar r.a. kiyimni tufroqg‘a ancha surdilarki, ridolarida hech bir ifor asorati qolmadi.

   Ahmad Hanbal r.a.dan (bir odam) so‘radi: «Masjidda podshoh molilin xushbuy kuygshrilur, ul masjidda o‘tirmoq nechukdur?» Dedikim: «O’tirib bo‘lmas. Ani bo‘yi haromg‘a yaqindur».

   To‘rtinchi daraja - siddiqlar vara’idurki, ehtiyot qilurlar halolchanki, hech shubhasi yo‘qtur va lekin ul halol hosil bo‘lishda anlek zulmning asari bo‘lgay. Chunonchi, Bishr Hofiy rahmatullohi alayh polshoxlar qazdurg‘on arikdan suv ichmas edilar.   

   Zunnun Misriy rahmatullohi alayh bir necha kun och erdi. Va ani bir porso mazluma muridi bor edi. Angladiki, shayx ochdur. O’z halolidin topib, yigirgan ipini sotib, taom tayyor qilib yubordi. Shayx ul taomni yemay, qaytarib yubordi. Ul xotin itob bilan kelib dediki, «Ey shayh, ochsiz, tahqiq bilursizki, meni yuborgan taomim haloldur. Nima uchun yematsingiz!» Shayx dediki: «Zolimni quvvati bilan kelgani uchun yemadim. Ya’ni, taomni ko‘tarib keluvchi zindonbon ekan». Haromdan tarbiyat qilg‘on badanning quvvati birla ko‘garib kelg‘on taomni yemagay, bu vara’ darajalarining kamol martabasidur.

   Sariy Saqatiy rahmatullohi alayh aytur: «Dashtda yurur edim, bir suv labiga yetdim. Sabzalar yashnab turibdur. Agar halol yemakni xohlasam mundan xo‘broq halol topmasmen deb yemakni ixtiyor qildim. Xotifdin ovoz keldiki, seni bu yerga nimaning quvvati yetkurdi-. Ya’nm, avval ilgari yegan taomning halol va haromlig‘ig‘a sarhisob bergil. Andin keyin bu giyohni halol va haromlig‘idan so‘zlagil». Sariy Saqatiy aytur, «Bu ishimdan pushaymon bo‘ldim va istig‘for aytdim». Mana shudur siddikdarning ahvoli.

Qayd etilgan


Robiya  03 Sentyabr 2008, 15:31:45

   Beshinchi daraja - muqarrablar (Haqqa yaqinlar) vara’i. Haq taoloning rizolig‘i bo‘lmagan barcha narsalardan parhez qilurlar. Chunonchi, yemak va uxlamak va so‘zlamak va mundan o‘zga ishlarda ham. Bular andog‘ toifadurlarki, himmat tavsaniga (sho‘x, o‘ynoqi otga) minib, bir rang va bir sifatlik maydonida javlon ko‘rguzurlar.

   Yahyo ibn Muozdan hikoyat qilurlarki, doru yeb edi, xotini aytdiki, «Uy ichida bir necha qadam yursangiz. toki doruning quvvati tomirlaringizga tarqagay». Yahyo dediki, «Bu yurmoqda hech vajh topmasmen, o‘ttuz yildurki, o‘zimlan o‘zim qisob olurmenki, din va mazhab ishidan bo‘lak nimarsaga aslo harakat qilg‘onim yo‘qtur».

   Bas, bu qavm o‘z ishidin o‘zga narsaga harakat qilmas va agar taom yesa, ul miqtsor yerlarki, aql, hayot o‘z joyida turgay va ibodatga quvvat topqay. Agar so‘zlasalar ani so‘zlarki, din va mazhabga yordam bergay va mundan o‘zga narsalarni o‘zlariga harom qilg‘ondurlar. Ushbudur muqarrab taqvodorlar pokliklari.

   Xabarda kelibdurki, hazrati rasuli akram s.a.v. aytibdurlarki, «Haloyiqning yomonrog‘i ul qavmdurki. ne’mat uchun badanlarini rost tutarlar, ranggo-rang liboslar kiyarlar va turli turli taomlar yerlar, andin keyin og‘izlarini ocharlar. haqoyiq va maorifdin dam urarlar». Haq taolo bizlarni bu toifalar fitnasidan saqlagay, inshoalloq taolo.

Qayd etilgan


Robiya  03 Sentyabr 2008, 15:33:09

                                                              FASL
                                        Halol va haromni ajratish bayonida


   Ba’zilar gumon qilibdur, dunyo molining hammasi haromdur va yo ko‘pi haromdur. Ul toifaki, ehtiyoti taqvo-poklik ularg‘a g‘olibroqdur, ayturlar, hech nimarsa yemasmiz, magar dashtlar giyohi va baliq go‘shti va sayd(ov) go‘shti. Yana ba’zilar ayturlarki, dunyo ne’matidan yemak durust emas, magar ba-qadari zarurat, har qaysi qismdan yemak durustdur. Bu nav’i aqidalar hammasi xatodur. Balki do‘rusti uldurki, halol va harom va shubhat (gumonli) hammasi shar’i sharif (shariat ahkomlari) birla farqliq va ma’lumdur. Bularning farqini kitobi «Ihyo»da dalillari birla zikr qildim. Shar’i sharifdan tashqari taqvo qilurmen demaklik bid’atdur.

   Rasul alayhissalom kofirning ibriqida (obdasta-tahorat oladigan idish) tahorat oldilar va qazrati Umar r.a. tarso xotinining sabusidan (kuvacha) suv olib, tahorat qildilar. Sahoba rizvonallohi taolo anhum ajma’in har shaharg‘a borsalar, taom sotib olur edilar va muomala qilur edilar. Bovujudi ular zamonida ham chag‘irfurushlar (mast qiladigan ichimliklarni sotuvchilar) bor edi. Dunyo molidan qo‘l yig‘mas edilar va hammani barobar ko‘rmas edilar.

   Bilgilki xaloyiq (tabiatan) olti turlidir:

   Avvalg‘i nav’, kishi ahvoli salohi va fasodi ma’lum bo‘lmasa, ani birla muomala qilmoq durustdur. Chunonchi bir kimsa shaxarda g‘arib bo‘lsa, xar kishidan taom olmog‘i va muomala qilmog‘i durustdur va agar ahli salohni izlab muomala qilsa, taqvodorlar jumlasidandur.

Qayd etilgan


Robiya  03 Sentyabr 2008, 15:34:53

   Ikkinchi turi, kishi salohi ma’lum bo‘lsa, aning taomini yemak ravodur. Tavaqquf qilmoq taqvodan emasdur. Balki vasvasadandur. Agar tavaqquf qilg‘ondan ul ranjur bo‘lsa, kishini ranjitmoq haromdur.

   Uchinchi toifa kishiki, zolimlig‘i ma’lum bo‘lsa, aning taomi va molidan hazar qilmoq vojibdur.
To‘rtinchi nav’ kishiki, ko‘proq moli haloldur va lekin haromdan ham xoli emas, bu tariqa kishining taomi va moli haloldur va lekin hazar qilmoq taqvoning muhimlarilandur. Abdulloh Muborakning vakili Basra shahrig‘a savdog‘a borib edi, noma yubordiki, Basrada tamom xalq podshohning molidan savdo qilur ekan. Bular birla muomala qilmoq nechukdur? Abdulloh. Muborak javob bitdiki, «Agar podshohdan bo‘lak kishidan savdo qilmasalar, sen muomala qilmagil. Agar sultondan o‘zga birla ham muomalalari bo‘lsa, ular birla muomala qilmoq ravodur».

   Beshinchi nav’ ul kishiki, zulmi ma’lum bo‘lmasa va molini ham halol va haromlig‘i bilinmasa va lekin zolimliq alomati bilinsa, uning molidin hazar qilmoq vojibdur.

   Oltinchi nav’, kishining zulm alomati bilinmasa va lekin fisqi ma’lum bo‘lsa, chunonchi, sharob ichmak va nomahramga qaramoq ishlari bo‘lsa, uning molidan hazar qilmoq vojib emasdurkim, bu ishlari (iymoni zaiflik, lekin) molini harom qilmas.


Qayd etilgan


Robiya  03 Sentyabr 2008, 15:36:19

                                                                        FASL
                   Podshohlar birla sozish (husni xulq bilan yaxshi muomala) qilmoq bayonida


   Bilgilki, podshohlarning musulmonlar xarajatidan rishva (pora) olg‘on mollari tamom haromdur va podshoxlar qo‘lidagi moldan uch qism mol haloldur:

   Avvalgi qism, molini kofirlardan jang bilan olg‘an bo‘lsa. (Urush vaqtida tinch aholidan zo‘rlab olish haromdir).

   Ikkinchi, jizya, zimmiylardan (musulmon mamlakatida yashovchi boshqa dindagi kishilardan jon boshiga olinadigan soliq) hukmi shar’iy olg‘aylar.

   Uchinchi, meros oladigan kishisi yo‘qlarning moliki. Baytul-molg‘a olurlar, haloldur. Mundan o‘zga (yana) hukmi shariat bilan to‘plangan mollar haloldur.

   Bilgilki, ulamo va g‘ayri ulamoning podshox va umarolar birla uch qoli bordur:

   Avvalgi holi buki na bular podshohga yaqin bo‘lg‘ay va na podshohlar bularg‘a. Bas, din va mazhabning salomatligi muningdadur.

   Ikkinchi hol, podshoxlarg‘a yaqin bo‘lmoq va salom qilmoq mazmumdur (yaxshi emas). Magar zarurat bo‘lsa durustdur. Hazrati rasul alayhissalom zolim umaro (amirlar)ning sifatlarini bayon qilibdurlarki. kishi ulardan yiroq bo‘libdur, xalosliq topibdur. Kishi ularg‘a vobasta bo‘libdur, ulardandur. Aytibdurlar: «Mundan keyin podshohi zolimlar paydo bo‘lur. Kishi ularning yolg‘on so‘zlarini rost deb va zulmlarig‘a rozi bo‘lsa, mening ummatim emas. Qiyomat kuni havzi kavsar
ayga nasib bo‘lmas».

Qayd etilgan