Imom G'azzoliy. Kimyoi saodat (Ruh haqiqati)  ( 350786 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 32 33 34 35 36 37 38 39 40 41 42 ... 48 B


Robiya  03 Sentyabr 2008, 15:37:24

   Va yana aytibdurlar: Ulamolarning Haq taolo nazdida yomonrog‘i va dushmanrog‘i uldurki, amirlarg‘a mulozim bo‘lg‘aylar. Va yana aytibdurlar, ulamo payg‘ambarlarning omonatdoridurlar (ishonchli odamlari). Vaqtiki, amirlarg‘a mulozim bo‘lsalar, omonatga xiyonat qilg‘on bo‘lurlarki, ulardan hazar qilmoq kerak. Abu Zarr r.a. aytur: «Yiroq bo‘linglar podshohlar mulozimatidan. Do‘zaxda bir vodiy bordurki, ul vodiyg‘a podshohlarg‘a mulozim bo‘lg‘on ulamolardan o‘zga kishi kirmas». Muhammad ibn Salama aytur, «Tabaq uzasig‘a qo‘ngan chivin, podshoq dargohidagi olimdan yaxshiroqdur». Xullas kalom, (zolimlarga) mulozamatdan hazar qilmoq kerak. Agar podshoh va amirlar huzurig‘a kirsa, bu tariqa duo qilg‘ay:

   «Aslahakalillohu va vaffaqaka - Alloxu li hayroti va tavval Allohu umraka fi toati». (Insof, tavfiq tilash). Bas, bilgilki ulamolarga zolimlarning dargoqig‘a - ruxsat yo‘qtur. Magar ikki uzr birla bormoq ravodur. Avvalg‘i uzr buki, podshohdan kelmakka farmon bo‘lsa va agar kelmasa ranj va alam yetsa borgay.

   Ikkinchi uzr buki o‘zining hojati bo‘lsa va yo bir musulmonning hojatini ravo qilmoq uchun borsa ravodur. Ba-sharti, yolg‘on aytmasa va xushomad qilmasa. Ammo podshoh va amirlar ulamolar ziyoratig‘a kelsa, ularga ikrom va izzat qilmog‘i ravodur. Podshohlar kelmagi ilmning ikrom va izzatidur. Agar podshohning g‘azab va siyosatidin emin bo‘lsa, o‘rnidan turmagani yaxshiroqdur. Vaqtiki podshoh o‘tirsa, anga nasihat qilmoq vojibdur. Bu tariqa birlaki, zulm va fisqning haromligini va dunyo ne’matining azobig‘a arzimas ekanligini bayon qilg‘ay. Agar musulmonlarga manfaat bo‘lur ishni bilsa ani aytg‘ay.

   Muqotil ibn Solih aytur: «Hammod ibn Salamaning qoshida edimki, aning uyida Qur’oni majid va bo‘yradan o‘zga hech narsa yo‘q edi. Muhammad ibn Sulaymonki, bul vak^ningxalifasi edi, Hammodni ko‘rgali keldi. Uyiga kirib o‘tirdi. Xalifa aytdi: «Ne sababdurki, har bora seni ko‘rsam ichim pur haybatga to‘ladur». Hammod ibn Salama aytdi, «Ul jihatdandurkk, hazrati rasuli akram s.a.v. aytibdurlar, ul olimki, ilmdan maqsudi Xudo taolo bo‘lsa, hamma xalq aningdan qo‘rqar. Agar maqsudi dunyo bo‘lsa, ul hamma kishidan qo‘rqar». Xalifa qirq ming dirham niyoz qo‘ydi. Hammod dediki, «Olg‘il, muni egasig‘a bergil». Xalifa savgand yod (qasam) qildikim, «Mol merosimdandur». Hammod dediki, «Mani munga hojatim yo‘qtur». Xalifa dediki, «Fuqarog‘a topshirg‘il». Hammod dedi: «Men adl birla taqsim qilsam, ba’zi kishi insof qilmadi desa, gunohkor bo‘lur. Bu ishni ham lozim tutmasmen» deb qabul qilmadi.


Qayd etilgan


Robiya  03 Sentyabr 2008, 15:38:27

                                                                     FASL
                                Ulamoning podshohlar mulozamatig‘a bormog‘i bayonida


   Avvalgi ulamolar holi ushbudur. Agar podshoh qoshig‘a borsa Tovus Hishomg‘a qilg‘ondek muomala qilg‘ay. Andog‘kim, Hishom ibn Abdumalik xalifa erdi. Madinai Munavvarag‘a keldi va dedikim, «Sahobalardan kishi topib qoshimg‘a kelturinglar». Dedilarkim «Hammalari vafot qilganlar». Aytdikim, «Tobe’iyn bo‘lsa, kelturgil». Tovus r.a.ni keltirdilar. Uyga kirib, kafshni xonada gilamga qo‘yib, «Assalomu alaykum, yo Hishom» dedi va o‘tirdi. Hishom g‘azabnok bo‘ldi. Kdsd qildikim, halok qilg‘ay.

   Dedilarki, «Ey, xalifa, sabr qilg‘il. Bu kishi rasul alayhissalom izdoshlari va ulamolarning ulug‘laridandur». Xalifa aytdi, «Ey, Tovus! Nechuk dalerliqdur?» Tovus aytdi, «Nima qildim?» Hishom tag‘i ham g‘azabnok bo‘lib, dedi: «To‘rt tarki adab qilding. Biri ulki, kafshni bisotim uzasida soldingki, podshoxlar huzurida kafsh yechmoq aybdur. Ikkinchi ulki, amiral-mo‘‘minin deb kuniyat birla zikr qilmay, otimni tutib salom qilding. Uchinchi, mendan ruxsatsiz, o‘tiring, demaguncha o‘tirding. To‘rtinchi ulki, qo‘limni o‘pmading.

   Tovus aytdiki, «Sening qoshingda bir navbat kafshimni yechdim. Hazrati Rabbul-izzatkim, hamma olamni Xudovandi davroni huzurida xar kuni besh navbat kafshimni yechurmen, menga hech g‘azab qilmas. Va amiral-mo‘‘minin demasligim bu vajhdandurkim, sening amirligingga hamma musulmonlar rozi emastur, aytsam yolg‘onchi bo‘lg‘aymen. Va kuniyat birla atamay, otingni aytganimni vajhi buki, Haq taolo o‘z do‘stlarini otini aytib yod qilibdur. Chunonchi aytibdur, «Yo Dovud, yo Yahyo va yo Iyso» deb. Dushmanlarini esa kuniyat birla zikr qilibdur. Chunonchi «Tabbat yada Abiy Lahabin» deb. Qo‘lingni bo‘sa qilmag‘onimni vajhi buki, qazrati amiral-mo‘‘minin Ali karramallohu vajhadan eshitibdurmenki, «Hech bir kishining qo‘lini o‘pmoq durust ermas, magar xotinini qo‘lig‘a shahvat birla bo‘sa qilsa va farzandini qo‘lig‘a marhamat birla bo‘sa qilsa ravodur. Qoshingda o‘tirmog‘imning sababi - hazrati Ali karramallohu vajhadin eshitib erdim, aytib edilarki, «Agar axdi do‘zaxni ko‘ray desanglar, ul kishini ko‘ringlarki, o‘zi o‘tirgay va qoshidagilar tikka turgay».

   Xalifa Hishomga bu so‘zlar xush keldi. Aytdikim, menga nasihat qilg‘il. Tovus aytdi: «Hazrati amiral-mo‘‘minin Ali karramallohu vajhadin eshitib edim, aytib edilar, «Do‘zaxda ilonlar bordur. Har birining kattaligi baland tog‘lardek va chayonlar bordurki, har birining kattaligi zo‘r tuyalardek. Raiyyatga, qo‘l ostidagi xalqqa adolat qilmag‘on podshoh va umarolarg‘a muntazirdur» deb, turib chiqib ketdi.

Qayd etilgan


Robiya  03 Sentyabr 2008, 15:40:27

   Sulaymon ibn Abdumalik Madinada xalifa edi. Abu Hozim rahmatullohi alayhni chaqirib, so‘radiki, sabab nadurki, o‘limki karih - yomon ko‘ramiz? Abu Hozim aytdi: «Ul sababdanki, dunyolig‘imiz obod va oxiratligimiz xarobdur. Har kishiii obodlig‘dan xarobliqqa eltsalar ranjur va alamnok bo‘lur». Xalifa aytdi: «Haq taolo dargohiga borgan xaloyiqning ahvoli nechuk bo‘lg‘usidur?» Abu Hozim dedi: «Nekukorlar (yaxshi odamlar) ahvoli safardan ahli ayoli qoshig‘a shod va xurram kelgan kishig‘a o‘xshashdur. Badkorlar holi qochgan qulga o‘xsharkim, xo‘jasiniig qoshig‘a qahr va siyosat birla keltirgaylar».

   Sulaymon ibn Abdumalik aytdi: «Koshki, men o‘z holimni bilgay erdimki, nechuk bo‘lg‘usidur?» Abu Xozim aytdi, «Qur’on o‘qig‘il, bilg‘aysen. Andoqki, Xudo taolo xabar berur. Qavluhu taolo:

   «Innal abrora lafiy Na’imin va innal-fujjora lafiy Jahiym». (Infshpor, 13-14).

   Oyat tafsiri: «Haq va rostdur amali solih qiluvchilar jannat ichra anvoi ne’matlardin bahramand va hech shak-shubha yo‘qdurki, gunoh qiluvchilar do‘zax ichra turluk azobg‘a giriftordur».
 
   Xalifa Sulaymon so‘radi: «Haq taoloning rahmati qayondur?»

   Abu Hozim aytdi:

   «Inna rahmatallohi qariybun minal-muhsiniyn». (A’rof. 56).

   Ya’ni, Haq taoloning rahmati yaxshi ehson qiluvchilarga yaqindir.

   Bas, ulamolarning podshohlar birla so‘zlar so‘zi bu tariqada. Ammo dunyoviy ulamolar podshoh va amirlarga xush kelur so‘zlarni derlar. Dinlari barbod bo‘lgani bilan ishlari bo‘lmas.

   Na’uzu billohi min shururi anfusino va min sayyioti a’molino.

   Ya’ni: Iloho, nafslarimiz otashidan va ishlarimiz xomligidan bizni asragil.

   Bas, har suratda bo‘lsa zolimlarni ko‘rmagani va ular birla aralashmagani yaxshiroqdur. Hazrati rasul alayhissalom ayturlar: «Mening ishim hamisha hazrati Haq subhonaxu va taoloning himoyat pardasida mahfuz (saqlangan) bo‘lur, agar ulamolar axli amirlarg‘a aralashmay yursa». Xullas kalom ulki, raiyyatiing fasodi podshoh va amirlar fisqu fasodidandur.

   Podshoh va amirlar fisqu fasodi ulamolarning besaloxligi, ularga pandu nasihat qilmagonidandur.

Qayd etilgan


Robiya  03 Sentyabr 2008, 15:41:49

                                                        BESHINCHI ASL
                                                         Suhbat odoblari


   Bilgilki, dunyo Haq taologa yetadurg‘on yo‘lning manzillaridan bir manzildur. Hamma insonlar bu yo‘lda musofirdur. Ba’zi musofirlar maqsad va safari bir bo‘lsa, hammalari bir jon, bir tan bo‘lib, ulfat va ittihod (ahillik) va muovanat paydo qilib, har birlari haqini ado qilg‘aylar. Bas, xaloyiq suhbati odobini uch bobda sharh qilurmen,inshoallohtaolo.

Avvalg‘i bob. Xudo rizosi uchun do‘stlashganlar fazilati bayonida.

Ikkinchi bob. Suhbatning haqi va xuquqi va sharoitlari bayonida.

Uchinchi bob. Musulmonlar huquqi va qarindosh-urug‘lar va qullarga silai raxm qilmoq bayonida.

Qayd etilgan


Robiya  03 Sentyabr 2008, 15:47:56

                                                                FASL
                                     Beg‘araz, samimiy do‘stlar fazilati bayonida


   Musulmonni xudo yo‘lida do‘st tutmoqliq ibodatdan fozilrokdur. Hazrati rasuli akram s.a.v. aytibdurlar: «Xudoi taolo bir kishiga yaxshilikni xoxlasa, ul kishig‘a do‘stluq va yoru muvofiqni ato qilur, agar Haq taoloning zikridan g‘ofil bo‘lsa, yodig‘a keltirur va agar zokir bo‘lsa, yovar (yordamchi, madadkor) yetkizur. Va aytibdurlar, kishikim, (bir) musulmonni Xudo rizosi uchun do‘st tutsa, Xudoi gaolo ul kishig‘a jannatda bir daraja ato qilurki, mundan o‘zga hech amal birla ul darajaga yetib bo‘lmas».

 Abu Idris Xavloniy r.a. Maoz r.a.ga dediki: «Men seni rizoyi Xudo uchun do‘st tutdim». Maoz dedi: «Bashorat, ya’ni, xushxabar sengakim, Rasul alayxissalom aytib edilar: «Qiyomat kuni Arshning atrofiga aylana qilib kursilar qo‘yarlar. Bir guruh odamlar o‘ltururlarki, yuzlari to‘lgan oydek.

   Hamma xalq qiyomatning haybat va shiddatida bo‘lurlar. Boshqa tamomi xalq do‘zaxning anduh va vahshatida bo‘lurlar. Alloh yo‘lida do‘stlashganlar esa mumtain, ya’ni, tinch oromdadurlar. Ularda na g‘am va na anduh yo‘qdur».

   Saxobalar arz qildilarki, «Yo rasulalloh, qaysi toifalardur?» Hazrati rasul alayhissalom aytdilar: «Al-mutahabbun filloh».

   Ya’ni, ular shunday toifadurlarki, bir-birlarini Alloh uchun yaxshi ko‘rib, muhabbat bilan do‘st tutuvchidurlar. Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Bir-birlarini Xudo uchun do‘st tutquvchilarning Haq taolog‘a yaqinrog‘i uldurki, qaysi birining do‘stligi ziyodaroq bo‘lsa». Yana aytibdurlar: «Xudoi taolo aytur: «Haq va rostdur mani do‘stligim ul kishilargaki, bir-birlarini mening uchun do‘st tutarlar va mening rizolig‘im uchun bir-birlarig‘a o‘z mollarini nisor qilurlar va mening rizolig‘im uchun bir-birlarig‘a mushkul ishlarda yordam berurlar».

Qayd etilgan


Robiya  03 Sentyabr 2008, 15:49:21

   Hazrati rasul alayhissalom aytibdurlar: «Haq taolo qiyomat kuni nido qilur: «Qayondur ul bandalarimki, maning uchun bir-birlarini do‘st tutib edilar, toki ularni o‘z rahmatim soyasig‘a olg‘aymen».

  Hazrati rasul alayhissalom aytibdurlar: «Yetti toifadurki, Haq taolo lutfi karami soyasida bo‘lurlar: «Avval - podshohi odil.

  Ikkinchi - yoshligidan umrining oxirigacha Alloh azza va jallaning toatida o‘tibdur.
 
  Uchinchi ul kishiki, masjiddan chiqsa, to yana masjidga kirguncha ko‘ngli masjidda bo‘lsa.

  To‘rtinchi ul kishiki, bir-birini ko‘rganda va g‘oyibda Xudo uchun do‘st tutibdur.

  Beshinchi ul kishiki, xilvatda Xudoi taologa ko‘p-ko‘p zikr aytsa.

   Oltinchi ul kishiki, ani davlatmand va chiroylik xotin zino qilmoqg‘a undasa, bu kishi Alloh taolodan qo‘rqib, o‘zini yiroq qilsa.

   Yettinchi ul kishiki, o‘ng qo‘li birla sadaqa qilib, chap qo‘li ogoh bo‘lmasa».

   Naql qilibdurlarki, bir odam o‘z do‘stini ziyorat qilmoqg‘a borur edi, Haqtaolo farishtani yubordi. Farishta kelib aytdi, na yerga borursen? Ul kishi falon do‘stimni ziyorat qilg‘ali borurmen, dedi.
So‘radikim, bir hojat uchun borurmusen? Aytdi, hech hojatim yo‘qdur. So‘radikim, urug‘-xeshingmu? Aytdikim: «Yo‘q, qarindosh emasdur». So‘radiki, «Bir yaxshilikni ko‘ribmu erding?»

   Aytdikim: «Ko‘rmadim». Farishta aytdikim, «Nima uchun, borursen?» Ul kishi aytdi: «Menga Xudo ato etgan do‘stimdur». Farishta aytdi, «Xudoi taolo mani senga yubordi. Bashorat berurmen sengakim, sen ul kishini rizoyi Xudo uchun do‘st tutgan sababdan seni Alloh taolo do‘st tutdi. Senga jannatni vojib qildi».

   Haq taolo Iso alayhissalomga vahiy yubordikim. Agar hamma osmonu zamin xalqining ibodatini qilsang, to xalqni do‘st va dushman tutmoqda mening rizoyim uchun tutmasang hech foyda qilmas». Iso alayhissalom qavmig‘a dediki: «Xudo azza va jallag‘a do‘st bo‘linglar, osiy va zo/shmlarni dushman tutmoq birla. O’zinglarni Xudoi taolog‘a yaqin qilinglar, osiy va zolimlardan yiroq bo‘lmoq birla. Hau taoloning rizosini talab qilinglar, ularg‘a gina va adovat tutmoq. birla».

Qayd etilgan


Robiya  03 Sentyabr 2008, 15:50:30

   Qavm so‘radilarki, «Kimni do‘st tutarmiz?» Iso alayhissalom aytdilar: «Ul kishini do‘st tutinglarki, ani diydori sizlarg‘a Xudoi taoloni yaqinlashtirgay va aning so‘zi amalinglarni ziyoda qilg‘ay va ravishlari sizlarni oxirat ishig‘a rag‘bat va moyil qilg‘ay».

   Haq taolo Dovud alayhissalomga vahiy yubordi: «Yo Dovud, xalkdan nima uchun qocharsen?» Dovud alayhissalom aytdiki, «Ey, bor Xudoyo, sening do‘stlig‘ing xalqni muhabbatini ko‘nglimdan chiqaribdur». Haq taolo aytdi: «Yo Dovud, birodar, mo‘‘min ko‘nglini olmoqni qo‘lingga kelturgil. Kishikim, senga din ishida yordamchi bo‘lmasa, aningdan yiroq bo‘lg‘ilki, ko‘nglingni qora qilur va mendan yiroq qilur».

   Hazrati rasuli akram s.a.v. aytibdurlar: «Haq taoloning farishtalari bordurki, badanining yarmi o‘tdan va yarmi qordan. Bandaliq qilg‘aykim: «Parvardigoro, o‘t va qorni orasida unsu-ulfat solg‘uvchisen. Man osiyg‘a xos bandalaring (darvesh, faqirlar)ning unsu-ulfatini nasib qilg‘il». Hazrati rasuli akram s.a.v. aytibdurlar: «Haq taolo qiyomat kuni bir-birini ba-rizoyi Xudo do‘st tutg‘uvchilar uchun qizil yoqutdan bir baland minora barpo qilur va aningda yetmish ming ayvon bino qilur. Bas, Xudoning do‘stlari ul ayvonlar ichida jannatni nazzora qilib o‘tururlar. Oftob nuridan olam munavvar bo‘lg‘ondek ularning jamoli nuridan jannat purnur bo‘lur. Axdi jannat ularning tomoshasig‘a borib ko‘rarlarki, yashil xullalar kiygan va peshonalarida bu xat bitiklikkim, «Al-mutahabbuna fil-loh», ya’ni bular bir-birlarini xudo yo‘lida do‘st tutg‘uvchidurlar. Mujohid rahmatullohi alayh ayturki «Xudo do‘stlari bir-birlarini ko‘rib sevinsalar, xazon faslida daraxtning yaprog‘i to‘kilgandek, gunoxdari to‘kilar».

   Bilgilki, maktabda, yo madrasa yo safarda, yo mahallada bir yerda bo‘lib, unsu-ulfat paydo bo‘lsa, bu ham samimiy do‘stlikdur. Agar bir kimsani johu jaloli va moli amvoli va yo dunyoyi jihatdan tutgan do‘stlig‘i, Xudo yo‘lidagi do‘stlik emasdur. Bas, Xudo yo‘lida do‘stlik ikki daraja birla hosil bo‘lur: avvalgi daraja - bir kimsani yaxshi g‘araz - maqsad birla do‘st tutg‘ay va ul g‘araz oxirat manfaati uchun bo‘lg‘ay. Chunonchi, shogird ustozini do‘st tutmog‘iki, ilm o‘rganmak g‘arazida tutsa va maqsudi ul ilmg‘a amal qilmoq bo‘lsa, do‘sti Xudoyi jumlasidandur. Agar ustoz shogirdni bu ma’noda do‘st tutsaki, munga ilm o‘rgatib Haq taoloni xushnud qilay, bu ham do‘sti Xudoyi jumlasidandur. Ala hazal-qiyos (shunga qiyosan boshqa ishlar ham). Ikkinchi daraja - bir kimsani dunyo va oxiratlik, hech o‘rtada g‘araz bo‘lmay, do‘st tutmoqdur. Chunonchi. ul kishi Haq taoloning amri-farmonig‘a itoat qilg‘uvchi va Xudoi azza va jallaning xos bandasi deb bu ma’noda do‘st tutmoq do‘sti Xudoyining ulug‘ martabasidur. Haq subhonahu va taoloning do‘stlig‘i samarasidur. Oshiqlik va ma’shuqlik darajasiga yetkurguvchidur.

Qayd etilgan


Robiya  03 Sentyabr 2008, 15:51:30

   Bas, bu so‘zning tamomini to‘rtinchi ruknda muhabbat aslida bayon qilg‘umdur. Xullasi kalom ulki, Haq taologa muhabbatining quvvati va za’iflig‘i, iymoni kuchli va za’ifligiga vobastadurkim, kimning iymoni kuchliroq bo‘lsa, Haq subhonahu va taologa do‘stlig‘i kuchliroqtsur va bu muhabbati ilohiyning siroyati (ta’siri) odamni Haq taoloning xos va do‘st bandalari martabasiga yetkurur.

   Bas, har kishikim, olimlarni va so‘fiylarni va xojalarni va ularning xizmatkor tobe’larini Xudo yo‘lida do‘st tutsa, do‘sti Xudo jumlasidandur, va lekin do‘stlikni martabasi va samarasi mol va johini Xudoi taoloning yo‘lida fido qilmoqning miqdorig‘a qarab hosil bo‘lur. Bas, ba’zilar bo‘lurlar, do‘stlig‘i va iymonlari oncha kuchlidurki, hamma mol va amvollarini haq taolo yo‘lida nisor qilurlar. Hazrati Abu Bakr Siddiq r.a. ga o‘xshash. Va ba’zilar yarmini nisor qilurlar. Hazrati Umar r.a. ga o‘xshash. Va ba’zilar ozginasini baxshida qilurlar. Bas, hech mo‘‘minning ko‘ngli bu sifatdan xoli bo‘lmas.

   Xudoi taolo uchun do‘st tutibdur, kofir va fosiq va zolimlarni ba-rizoyi Xudo, nochor dushman tutg‘ay. Bas, har kishiki, kofir va fosiq va zolimni do‘st tutsa va yo ularning do‘stini do‘st tutsa va yo ularning dushmanini dushman tutsa, Xudoi taolo bu kishini dushman tutar. Agar musulmoni fosiq bo‘lsa, uni musulmonlig‘i jihatidan do‘st tutgay. Fosiqlig‘i jihatidan dushman tutgay. Bas, fosiqtsan zolimni dushmanroq tutg‘ay.

Qayd etilgan


Robiya  03 Sentyabr 2008, 15:52:47

                                                               FASL
                                         Haq taoloning dushmanlari bayonida


   Bilgilki, Haq taoloning dushmanlari, muxoliflari darajasi mutafovit (tafovutli)dur. Bas, ularga adovat va dushmanlik ham tafovut birla bo‘lg‘ay. Avvalgi darajali dushman dinsizlardir.

   «Lo tajidu qavman yu’minuna bil-lohi val-yavmil-oxiri yuvadduna man haddal-loha va rasulahu». (Mujodala, 22).

   Ya’ni: Allohga va oxiratga iymon keltiradigan qavmning Alloh va uning payg‘ambari chizgan chiziqdan chiqqan kimsalar bilan (garchi ular o‘zlarining otalari yoki o‘g‘illari yoki og‘a-inilari yoki qarindosh-urug‘lari bo‘lsa ham) do‘stlashayotganji topmaysiz.

   Hazrati rasul alayhissalom aytibdurlar: «Kishi Xudoi taoloning yagonaligig‘a va qiyomatning haqlig‘ig‘a iymoni bo‘lsa, Xudoi taoloning dushmanlarini do‘st tutmas. Ammo kofirlarg‘a e’timod qilmoq va ularni musulmonlar amalig‘a hukmron qilmoq dini islom binosig‘a zarar yetkurmakdurki, gunohi kabiradur.

Qayd etilgan


Robiya  03 Sentyabr 2008, 15:54:13

   Uchinchi daraja - mubtadiylardurkim, (bid’atchilar) xalqni bid’at va zalolatg‘a targ‘ib qilurlar, bularg‘a izhori dushmanlik qilmoq muhimroqtsur, toki xaloyiq aningdin yiroq bo‘lg‘aylar. Avlosi ulki, anga salom qilmag‘ay va salomiga javob bermagay va aning birla so‘zlashmagay.

   To‘rtinchi daraja - ma’siyatki, andin xaloyiqga ranj yetsa, chunonchi zulm qilmoq va yolg‘on guvohlik bermoq va g‘iybat qilmoq. Bas, bu nav’ ishlarni qiluvchilardan yuz o‘girmak kerakdur.
Beshinchi daraja dushmanlik - harom etilgan ichkiliklarni ichmak va fisq ishlarga mashg‘ul bo‘lmoqtsur. Va lekin ichkilik ichuvchilarga yaxshi, muloyim so‘z bilan nasihat qilmoq kerak. Agar nasihatni qabul qilmasa shariati islomga muvofiq jazo bermak joizdur. La’nat aytmoq durust emas.
Hazrati rasul alayhissalom zamonlarida bir kimsa bor edi, juda ko‘p sharob ichardi. Odamlar uni urdilar. Sahobalardan birlari anga la’nat ham aytdi. Hazrati rasuli akram s.a.v. man’ qilib aytdilarki, «Anga shaytonning dushmanligini o‘zi yetmasmu, sen ham shaytonga yordam berurmusen?!»


Qayd etilgan