Imom G'azzoliy. Kimyoi saodat (Ruh haqiqati)  ( 350801 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 33 34 35 36 37 38 39 40 41 42 43 ... 48 B


Robiya  03 Sentyabr 2008, 15:55:53

                                                              FASL
                                Do‘stlar - suhbatdoshlarning haqlari va shartlari


   Bilg‘ilki har kishi suhbat qilmoq va do‘st bo‘lmoqga yaramas. Bas, ul kishi birla do‘st va hamsuhbat bo‘lg‘ilki, aningda uch xislat bo‘lg‘ay:

  Avvalgi xislat - oqil bo‘lsinki, axmoqdan va aning suhbatidan foyda yetmas. Bil’aks, oxiri bu kishig‘a ham ahmoqlig‘i siroyat (ya’ni ta’sir) qilur. Axmoq uldurki, senga yaxshilik qilmoqni xohlar, ammo senga ziyon bo‘ladurg‘on ishni qilar. Axhmoqdan yiroq bo‘lmoq Haq taolog‘a yaqin bo‘lmoqdur. Axmoqni yuzig‘a qaramoq gunohdur. Bas, axmoq uldurki, yaxshi-yomonni, to‘g‘ri va egrilikni farqlashga farosati yetmas. Anga yaxshilik qilsang fahm qilmas.

  Ikkinchi xislat - xush fe’llik va chiroyli muomaladur. Buning aksi - kim yomon xulqni tark etmasa vaqti kelib, yomon odati, badxuyligi tutib qolsa, xaqiqatni va barcha yaxshi xislatlarni zoye’ qilishlikdan xor qilmas (uyalmas).

  Uchinchi xislat - salohdur. Gunoh, ma’siyatga rag‘bati bor (salohsiz) odam Xudoi taolodan qo‘rqmaydi va andisha qilmaydi. Kimki Xudoi taolodan qo‘rqmasa, anga e’tiqod qilib bo‘lmas. Chunonchi, Xudoi taolo xabar beribdur:

   «Va lo tuti’ man ag‘falno qalbahu an zikrino vattaba’a havohu». (Kahf,28).

   Oyatning tafsiri: «Itoat qilmanglar va ergashmanglar ul kishig‘aki, g‘ofil qilduq ani o‘z zikrimizdan va ul kishi o‘z nafsining xohishiga qarab ish qilur».

   Agar mubtadi’ (bid’atchi) bo‘lsa, aningdin yiroq bo‘lg‘ilki, aning bid’ati va shumligi senga yetar. Hazrati Imom Ja’far Sodiq r.a. aytibdurlar: Besh toifa suhbatidan yiroq bo‘lg‘il va xazar qilg‘il:

Avvali - yolg‘onchiki, ani yolg‘oniga aldanib, mag‘rur bo‘lursen.

Ikkinchi - axmoqki, senga manfaat yetkururman deb ziyon yetkurur.

Uchinchi - baxil kishi senga manfaat yetar vaqtda sendan qochar.

To‘rtinchi - tangdil (yuragi tor) odam muhtojlik vaqtida uzoqlashar.

Beshinchi - fosiqki, seni bir luqmaga sotar.

  Bilgilki, bu xislatlarning hammasi bir kishida jam’ bo‘lmog‘i kamdur. Va lekin kishi birla chin do‘st, ulfat bo‘lmoqni xohlasang, xushfe’l, ya’ni insonga yoqimli, xush tabiat, xush xulq kishini talab qilg‘il. Va do‘stlikka ul kishini ixtiyor qilg‘ilki, din ishida ul senga manfaat yetkurgay va yo sen anga manfaat yetgurgaysen. Suhbat va do‘stlik huquqini bilgilki, aytibdurlar, ikki do‘stliqning misoli ikki qo‘lg‘a o‘xshashdur, bir-birini yuvib, pok qilur.

   Do‘stlik haqqi, do‘stlarning o‘zaro ado etiladigan burchlari ko‘pdir. (Do‘stlar o‘n burchini bilsinlar).

Qayd etilgan


Robiya  03 Sentyabr 2008, 15:57:24

   Avvalo, inson o‘zida bo‘lgan barcha mol-dunyo, boyliklardan ko‘ra do‘stlikni ko‘proq qadrlashi va do‘stdan bor narsasini ayamasligi va darig‘ tutmasligi shartdir. O’zining do‘stini eng yaqin kishisidek hurmat qilib qadrlagay. Fath Mo‘siliy rahmatullohi alayh do‘stining uyiga bordi. Do‘sti uyda yo‘q edi. Kanizagiga dediki: «Sanduqchani olib chiq». Kanizak sanduqchani olib chiqdi. Ichidan xoxlag‘onini olib, uyiga qaytdi. Kechasi xoja uyiga kelib kanizakdan voqeani angladi. Bu ishning shodlig‘idan kanizakni ozod qildi.

   Hazrati rasul alayhissalom bir kuni sahrog‘a chiqib edilar. Sahobai kirom hamroh erdi. Ul sahrodan ikki misvok oldilarki, biri rost - to‘g‘ri, yana biri kaj - qiyshiq edi. Kaj misvokni o‘zlari olib, rostini (ya’ni, yaxshisini) sahobag‘a berdilar. Sahoba aytdiki: «Yo rasulalloh, janobingizg‘a to‘g‘risi loyiqloqdur». Rasuli akram s.a.v. aytdilarki: «Ikki kishi bir soat hamsuhbat bo‘lsa qiyomat kuni aningdin savol qilurlarki, suhbatning haqqini rioya qilibdurmu va yo zoye’ qilmish?» Ishorat qildilarki, «Suhbat haqqini ado qilg‘on, rafiqig‘a manfaat yetkurgondur». Va yana aytibdurlar: «Ikki hamsuhbat bo‘lg‘on kishilardan Haq taolo ani do‘st tutarkim, qaysi muloyim va rafiqroq».
   
   Ikkinchi, do‘st haqqi hamma vaqt muhtojlikda yordamdurki, hojatini izhor qilmoqg‘a fursat qo‘ymag‘ay. Ochiq ko‘ngil va ochiq yuz bilan do‘stiga ko‘ringay.

   Hasan Basriy raqmatullohi alayh ayturlar: «Menga do‘stlarim ahli ayollarimdan ham azizroqdur, bu birodarlarim menga oxiratni eslatar va farzandlarim dunyoni eslatar».

   Uchinchi xaq - tilni asramokdur, do‘st aybini berkitg‘ay (agar gunoh ish bo‘lmasa). Agar birov do‘stini g‘iybat qilsa, quloqsolmag‘ay va do‘stining sirini oshkora qilmag‘ay. Xabarda kelibdurki, mo‘‘min odam uzrxoq (uzr aytuvchi) bo‘lur va munofiq - aybjo‘y (birovni aybini qidirib yuruvchi) bo‘lur.

   Hazrati rasul alayhissalom aytibdurlar: «Xudo taolodan tilang‘lar asrashni ul yomon do‘stdanki, aybinglarni ko‘rsa oshkora qilg‘ay va yaxshi ishlaringni ko‘rsa bekitishga harakat qilg‘ay».

Qayd etilgan


Robiya  03 Sentyabr 2008, 15:59:53

   Abbos r.a. o‘g‘li Abdullohga aytdiki, seni Hazrati Umar do‘st tutarlar va peshqadamlardan yaxshiroq ko‘rarlar. Bo‘lg‘aykim, besh ishni ehtiyot qilg‘aysen: Avval - hech sirni oshkora qilmag‘il.

  Ikkinchi - odamlar orasida do‘stni g‘iybat qilmag‘il.

  Uchinchi - yolg‘on so‘zlamag‘il.

  To‘rtinchi - do‘st yaxshi maslahat qilsa, rad etmag‘il.
 
  Beshinchi - xiyonat qilmag‘il.

   To‘rtinchi haq - ko‘nglingdagi do‘stlik va shafqatni tilingda ham izhor qilg‘aysen. Hazrat rasul alayhissalom aytibdurlar: «Izo axabba ahadikum axohu falyuxbirhu».   

   Ya’ni, kim mo‘‘min birodarini do‘st tutsa, muhabbatini ul do‘stiga bildirg‘ayki, aning ko‘nglida ham do‘stliq paydo bo‘lib, do‘stlig‘i ikki hissa bo‘lg‘ay.

   Bas, bo‘lg‘ayki, shodlikda va anduxda o‘zini sherik tutg‘ay va yaxshi nom birla chorlag‘ay. Hazrati Umar r.a. ayturlar: «Do‘stliq uch ish birla sof va zohir bo‘lur. Avval yaxshi nom birla chorlag‘ay. Ikkinchi - salomni ilgari berg‘ay. Uchinchi - yuqori o‘tirmag‘ay».

   Abu Dardo r.a. bir juft ho‘kizni ko‘rdilarki, biri yursa, yana biri ham yuradur. Biri tursa, yana biri ham turadur». Yig‘lab dediki: «Alloh uchun do‘stlashgan birodarlar ham yurmoq va turmoqda bu tariqada muvofaqat qilsalar edi».

   Do‘stlikning beshinchi haqqi. Do‘sti nimaga hojatmand bo‘lsa, ravo qilg‘ay va shariat ilmini o‘rgatgayki, birodarini do‘zax otashidan saklamoq yaxshidur va agar o‘rganib amal qilmasa, nasihat qilg‘ay va Haq taoloning g‘azabidan qo‘rqitgay.

Qayd etilgan


Robiya  03 Sentyabr 2008, 16:00:55

   Nasihatni yakka o‘ziga xilvatda qilg‘ayki, shafqat jumlasidandur. Agar jamoat orasida nasihat qilsa, aning ahvolini ko‘pchilik orasida oshkor qilgon bo‘lur. Bu esa muruvvatdan va odobdan emasdur.

   Bas, do‘stining aybini xilvatda muloyimlik birla aytmoq kerak. Hazrati rasul alayhissalom aytibdurlar: «Vaqtiki bir birodar mo‘‘min aybingni xilvatda aytsa, minnatdor bo‘lg‘il. Adovat tutmag‘ilki, odamiyning yomon sifatlari ilon va chayon bo‘larki, aning zaxmi va alami inson ruhiga ta’siri bo‘lg‘ayki, bu olamning ilonu-chayonlaridin bir necha chandon ziyodadurki, muning alami tang‘a (badanga)dur».

   Hazrati Umar r.a. ayturki: Xudoi taoloning rahmati ul kishiga bo‘lsunki, aybimni yuzimga aytg‘ay. Salmon r.a. hazrati Umarning qoshlarig‘a keldi. Hazrati Umar aytdilarki, «Yo Salmon, rost aytg‘ilki, menda hech ayb ko‘rdingmu va yo eshitdingmu?»

   Salmon r.a. aytdi, «Bu so‘zni mendan so‘ramang». Hazrati Umar ayting deb qayta so‘radilar esa, Salmon aytdiki: «Tushundim, xo‘b aytaman. Siz nonni ikki nonxo‘rish birla yersiz. Biri suv va yana biri tuz va ikki ko‘ylagingiz bor emishki, biri kechalik va biri kunduzlik. Hazrati Umar aytdilarki, sen aytgan bu har ikki ishni mundan keyin qilmag‘aymen. Mundan bo‘lak yana ham kamchiligimni angladingmu?» Salmon aytdiki, «Yo‘q».

   Oltinchi haq uzr aytmoqdur. Buzurglar aytibdurlar, agar do‘stdan bir taqsir (kamchilik) o‘tsa, uzr aytg‘ay. Agar gunoh sodir bo‘lsa, yumshog‘liq birla uzr aytgay. Agar uzrg‘a kelmasa sabr qilg‘il.

Qayd etilgan


Robiya  03 Sentyabr 2008, 16:02:57

   Sahoba roziyllohu anhum bu mas’alada ixtilof qilibdurlar. Abu Zarr r.a. aytibdurlarki, uzr so‘ramasa, do‘stlikni uzgay. Chunki Xudo uchun do‘st tutib erdi, yana Xudo uchun dushman tutg‘ay». Abu Dardo (jamoai sahobalardan) aytibdurlarki, «Do‘stlikni uzmagayki, shoyad uzrg‘a kelsa kerak. Ammo do‘stlashuvdan avval bunday kishilar birla do‘stlik ahdi-paymonini bog‘lamagani yaxshiroqdur». Nax’a aytur: «Bir gunohbirla do‘stdan ayrilmagilki, bugungi qilgan gunohiga ertasiga uzr aytg‘ay. Agar sening xaqingda gunohkor bo‘lsa, afv qilmoq yaxshiroqdur».

   Yettinchi haq ulki, do‘stni duoda yod qilg‘ay. Hayotlig‘ida va vafotidin keyin ham duoda yod qilg‘ay. Andog‘ki, o‘zig‘a va axli ayolig‘a duo qilur edi, do‘stlarining farzandlarini ham duo qilg‘ay. Hazrati Rasul alayhissalom aytibdurlar, kishi do‘stig‘a g‘oyibona duo qilsa, farishtalar bu kishiga duo qilur. Yana bir rivoyatda kelibdurki, Haq taolo aytur, «Duoning ijobatini sendan boshladim».

   Hazrati rasuli akram s.a.v. aytibdurlar: «Do‘stlarning g‘oyibda qilg‘on duosini Haqtaolo rad qilmas». Abu Dardo r.a. aytur: «Yetmish adad do‘stimni nom-banom masjidda yod qilib, hammasig‘a bir-bir duo qilurmen». Va aytibdurlar, «Do‘st tutuninglarki, vafotingizdin so‘ng ahli ayolingiz merosg‘a mashg‘ul bo‘lurlar, ammo jon va mehribon do‘stlaringiz sizlarg‘a mashg‘ul bo‘lib, duo qilurlar, toki Haq taolo ushbu do‘stini kag‘firat qilg‘uncha».

  Hazrat rasul alayhissalom aytibdurlar: ' «Vafot qilgan kishining misoli ulug‘ daryoda g‘arq bo‘lgan kishig‘a o‘xshashdur, har tarafg‘a qo‘l cho‘zib, shoyadki bir dastgire paydo bo‘lg‘ay. Munga o‘xshash, vafot qilganlar ham o‘z yaqinlarining duolariga muntazirdurlar. Ahli ayol, yoru-do‘stlarning duolari tog‘-tog‘ nur bo‘lib, vafot qilganlar go‘rig‘a kirar. Xabarda kelibdurki, farishtalar duo marvaridlari tuhfasini nurdan bo‘lgan tabaqlarga solib, uni murdalarga yetkazurlarki, «Bu faloniyning tuhfasidur». Vafot qilganlarning ruhlari andog‘ shod bo‘lurlarki, tiriklar bu tariqa tuhfag‘a shod bo‘lg‘ondan necha bor ziyodaroq xursand bo‘lurlar».

Qayd etilgan


Robiya  03 Sentyabr 2008, 16:04:52

   Sakkizinchi - do‘stlikning haqqi, vafosini saklamoqdur. Vafodorlikning bir ma’nosi ulki, do‘stini vafotidan keyin ani ahli ayolidan ham g‘ofil bo‘lmag‘ay. Bir qari ayol Rasul alayhissalom huzurlarig‘a keldi. Hazrati rasul akram s.a.v. ul qari ayolni ikrom qildilar. Sahobalar taajjub qildilar. Rasul alayhissalom aytdilarki, «Xadichaning zamonida bizning xonadonimiz bilan borib kelishi bor erdi» dedilar.

  Vafoning yana bir nav’i uldurki, do‘stning hamma taalluqotig‘a, chunonchi, do‘stning farzandlari, shogirdlari, hattoki qullari bo‘lsa, ularga qam shafqat va marhamat izhor qilg‘ay.

   Va o‘zi harchand ulug‘ va martabali bo‘lsa ham do‘stlarga tavoze’lik bo‘lg‘ay. Do‘stg‘a takabburlik qilmag‘ay. Yana bir vafo ulki, do‘stning dushmanig‘a do‘st bo‘lmag‘ay. Balki do‘stig‘a do‘st va dushmanig‘a dushman bo‘lg‘ay.

   To‘qqizinchi haq ulki, do‘stlar o‘rtalarida sertashvish, ya’ni bir-birlarini mashaqqatga, qiynalishga sabab bo‘ladigan ishlarni sodir qilmaslik, bil’aks do‘stlar bilan bir tandek bo‘lgaylar. Hazrati Ali karramallohu vajhu aytibdurlar: «Do‘stning yomonrog‘i ulki, do‘st biron bir narsaga hojati chiqib qolgan vaqtda, sekingina uzr aytib, o‘zini chetga olib, do‘stini qiyinchilikka solib qo‘yg‘ay».

   O’ninchi haq ulki, o‘zini hamma do‘stlaridin kam tutg‘ay. Do‘stlaridan hech nima tama’ qilmag‘ay va do‘stlik haqqini ado qilg‘ay.

   Bir kishi shayx Junayd rahmatullohi alayh qoshida aytdiki, «Bu zamonada do‘sti aziz noyobdur». Bu so‘zsh-knecha marotaba takror qildi. Shayx Junayd aytdi, «Agar anyaog‘ kishini xohlasangki, sani ranj va alamingni tortg‘ay, andog‘ kishi kam va noyobdur. Agar andog‘ kishini izlasangki, sen ani ranj va alamini ko‘targaysen, bu qism kishilar juda ko‘pdir. Vallohu a’lam bis-savob». (Hayot va turmush tajribasidan ma’lumdurki, Shayx Junayd alayhi rahma aytganlaridek, agar sen o‘zing shu do‘stlikni boshlab bersang, ya’ni do‘stlarga vafodor, meqribon, g‘amxo‘r, ularning og‘irini yeng‘il qiladigan jonkuyar, hojatbaror bo‘lsang, senga ham do‘sti sodiq bisyor topilgay).

Qayd etilgan


Robiya  06 Sentyabr 2008, 15:38:14

FASL
Ahil, birodar musulmonlarning haq-huquqlari

   Bilgilki, har kishining haqi senga nisbatan yaqinlik miqdorig‘a qarab bo‘lurki, yaqinlik nechand darajadur. Hammadin kuchliroq do‘stlik bu Xudo uchun samimiy do‘stlikdur, ular haqi yuqorida zikr qilindi. Agar inson musulmonliqda (savobda va yaxshi ishlarda) do‘st bo‘lsa, ancha huquqi bordur.

   Avvalgi haq ulki. nimani o‘zig‘a ravo ko‘rmasa, hech mulsumong‘a ham ravo ko‘rmagay. Hazrati rasuli akram s.a.v. aytibdurlar: «Musulmonning hammasi bir tang‘a o‘xshashdur. Agar bir a’zosig‘a ranj yetsa, hamma badanga ranj bo‘lur». Va aytibdurlar: «Kishi do‘zaxdan xalos bo‘lmoqni xohlasa va o‘lar vaqtida kalimai shahodatni tilig‘a joriy bo‘lmog‘ini xohlasa, o‘z nafsig‘a ravo ko‘rmaganni hech musulmong‘a ravo ko‘rmagay». Muso alayhissalom aytibdurlar: «Yo rab, bandalaringdan kim oqilroqdur?» Haq taolo aytdi: «Ul kishi oqilroqdurki, hamma ishni insof bilan qilsa».

   Ikkinchi haq ulki, hech musulmong‘a qo‘li va tilidan ranj yetmagay. Hazrati rasul alayhissalom aytdilarki: «Bilurmisizlar musulmonlar kimdur?» Sahobalar aytdilarki: «Xudo va rasuli Xudo yaxshiroq bilguvchidur». Aytdilarki, «Musulmonlarning tani va joni aning tili va qo‘lidan emin bo‘lsa». Va yana aytibdurlar, «Xdlol emasdur hech musulmong‘a zarra chog‘liq ranj va ozor yetkurmog‘liq va halol emas hech musulmong‘a zulm va taaddi (tajovuz) qilmoq».

  Mujohid r.a. aytur: «Ahli do‘zaxga xorish (qichima) kasalini musallat qilur. Kasallarining zo‘rligidan o‘z badanlarini shunday qashirlarki, hatto go‘shtlari pora-pora bo‘lib ustixonlari ko‘rinib qolur. Badanlarini haddan tashqari qichishganidan shunday dard-alam, ranji chandon ziyoda bo‘lib, faryod qilurlar. Bas, munodiy (nido) qilurlarki, «Ey, do‘zaxiylar, bu ranj nechukdur?» Faryod qilurlarki, «Parvardigoro, mundin qattig‘ ranj ko‘rmagan bo‘lg‘aymiz». Nido kelurki, «Dunyoda musulmonlarg‘a ranj va alam yetkurur erdinglar, aning mukofoti ushbudur».

Qayd etilgan


Robiya  06 Sentyabr 2008, 15:39:25

   Hazrati rasuli akram s.a.v. aytibdurlar: «Jannatda bir kimsani ko‘rdimki, sayr qilur. Amalini so‘radim, yo‘l uzasidagi daraxtning pastdagi shoxini kishiga ozor yetmagay deb kesib erkan».
Uchinchi haq ulki, hech kishig‘a takabburliq qilmag‘ay, Xudoi azza va jalla takabburlik qilg‘uvchilarni dushman tutar. Hazrati rasul alayhissalom aytibdurlar: «Vahiy keldi mengaki, mutavoze’, xushmuomala bo‘lg‘il. hech bir kishig‘a takabburlig‘ qilmag‘il deb».

  Ushbu sababdan hazrati rasul alayhissalom qari beva ayollar va miskinlar eshigig‘a (alarning) hojatlarini ravo qilmoq uchun borur edilar va hech bir musulmong‘a haqorat nazari birla qaramaganlar.

   To‘rtinchi haq ulki, suxanchin (chaqimchi, so‘z tashuvchilar) so‘zini musulmonning haqida bovar qilmagay (ishonmagay). Rostgo‘ylar so‘zig‘a e’timod qilg‘ay. Suxanchin fosiqdur. Xabarda kelibdurki, hech bir suxanchin (gap tashuvchi) jannatg‘a kirmagay. Bilgilki, kishi yana birovni sani qoshingda yomon desa, albatta seni ham yana birovning qoshida yomon der. Bu nav’i kishidan yiroq bo‘lg‘il va bunday insonlarni duro‘g‘go‘y (yolg‘onchi) deb bilgil.

   Beshinchi haq ulki, har doim fikri-zikri va amali musulmonlarga savobli ishni qilishdan iborat bo‘lsin. Musulmonlarning yaxshirog‘i ulki, salomni hammadan ilgari bergay.

Qayd etilgan


Robiya  06 Sentyabr 2008, 15:47:17

   Oltinchi haq ulki, musulmonlarg‘a yaxshiliq qilg‘ay, yaxshi va yomon orasida farq qilmag‘ay. Xabarda kelibdurki, qo‘lingdan kelsa har kishig‘a yaxshiliq qil. Agarchi loyiq bo‘lmasa ham. Xabarda kelibdurki, iymonlik kishining alayhissalom hamma xalqga do‘stliq qilg‘ay. Abu Hurayra r.a. aytur: «Kishi hazrati rasul alayhissalomga arz qilmoq uchun ko‘rishib, muborak qo‘llarini tutsa, ul janob hargiz qo‘llarini tortib olmas edilar, toki ul kishi qo‘llarini qo‘yib yubormaguncha va har kishi on hazrat alayhissalomning jamoli jahonorolarig‘a boqsa, yuzlarini yana bir boshqa tarafg‘a qaratmas edilar, toki ul kishining so‘zi tamom bo‘lmaguncha. harchand uzoq turib gaplashsa ham sabr qilur edilar. (Ana xulq, ana odob. Alloh taolo shunday husni xulqni barchamizga nasibu ro‘zi qilsin).

   Yettinchi haq ulki, pirlarg‘a (yoshi ulug‘larga) hurmat va kichiklarga marhamat qilg‘ay. Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Kishiki, yoshi kattalarg‘a hurmat va kichiklarg‘a marhamat qilmasa mening ummatimdin emasdur». Va yana aytibdurlar: «Bularni ulug‘lagan va hurmatlagan go‘yoki Haq taoloni ulug‘lagan bo‘lur». (Ota-onasini va yoshi ulug‘larni hurmat qilgan yoshlar bir kun kelib o‘zlari ham qariganlarida farzandlaridan shu qilgan yaxshiliklarini ko‘rurlar).

   Bas, hadisda ishoradur. Kishikim yigitlikda yoshi ulug‘larning hurmatini saqlasa, uzun umr ko‘rib ani mukofotini ko‘rar.

   Vaqtiki, on hazrat alayhissalom (ot minib) kelsalar, kichik bolalar u kishining oldilarig‘a yugurib kelishur edilar. Ba’zisini otni oldig‘a va ba’zisini orqalarig‘a mindurur edilar. Go‘daklar bir-birig‘a fahoi nozish qilib aytushur edilarki, mani oldilarig‘a, sani orqalarig‘a mindurdilar va ba’zi vaqtda kichik bolalarga ism qo‘ydirmoq va yo duo olib bermoq uchun rasul alayhissalomning huzurlarig‘a keltirur edilar. Muborak quchoqlarig‘a olib, navozish qilur (erkalatar va boshini silar) edilar. Bavl qilsa (siyib qo‘ysa) ota-onasi xijil bo‘lib, bolani olmoqg‘a qasd qilur edilar. Aytur edilarki, «To‘xtag‘ilki, tamom siyib bo‘lsin» derdilar. Bolaning ota-onasi xijil bo‘lmasin deb, to chiqib ketmaguncha kiyimlarini yuvdirmas edilar.

Qayd etilgan


Robiya  06 Sentyabr 2008, 15:48:28

   Sakkizinchi haq ulki, hamma musulmonlarga kushodaro‘ylik (ochiq yuzliq) birla muloqot qilg‘ay. Hazrati rasul alayhissalom aytibdurlar: «Haq subhonahu va taolo ochiq yuzlilarni do‘st tutar». Va yana aytibdurlar: «Hech bir yaxshi amal yo‘qki, mag‘firatg‘a sabab bo‘lmoqg‘a ochiq chehralik va shirinzabonliqdan ziyoda».

   Anas ibn Molik r.a. aytur, «Bir beva qari ayol on hazrat sallollohu alayhi vassallamg‘a yo‘l uzasida muloqot bo‘lib aytdikim, «Yo rasulalloh, arzim bordur». On hazrat alayhissalom aytdilarki, «Har yerda xoxlasang, aytg‘il». Ul xotin yo‘l uzasida o‘tirdi. Onhazrat alayhissalom to so‘rovini tamom qilg‘uncha qari ayolning so‘zlarini diqqat va e’tibor bilan tinglab o‘tirdilar».
To‘qqizinchi haq ulki, hech bir musulmong‘a va’da bersa xilof qilmag‘ay. Xabarda kelibdurki, uch xislat kishida bo‘lsa munofiqdur, agarchi tamom umri namozu-ro‘za birla o‘tsa ham:

   Avval-va’daga xilof qilsa. Ikkinchi - yolg‘onchi bo‘lsa. Uchinchi - omonatg‘a xiyonat qilsa.

   O’ninchi haq ulki, «Har kishini o‘z daraja va martabasiga qarab harakat qilg‘ay. Kim xalq orasida azizroqdur, ani aziz tutg‘ay. Hazrati Oysha raziyalloxu anho safarda edilar, taom yeb o‘tirur edilar, bir darvesh ko‘rindi, bir non buyurdilar. Andin keyin bir otliq ko‘rindi. Aytdilarkim, ul kishini chaqiringlar, taom yeb o‘tgay. Yonlaridagi hozirlar aytdilarkim, «Yo ummul-mo‘‘minin! Darveshni (kambag‘alni) taomga chaqirmadingiz, boyni chaqirdingiz?»

   Hazrati Oysha aytdilar: «Xudo taolo har kishig‘a daraja beribdur. Biz ham ul darajaning haqini saqlamog‘imiz lozimdur.

   Xabarda kelibdur: «Vaqtiki bir qavmning ulug‘i sizlarni oldingizga kelsa, ul kishini yaxshi aziz tutqaysizlar. Bir kishi bor ediki, onhazrat alayhissalom o‘z ridolarini (kiyimlarini) ustida o‘tirsin, deb anga berur edilar. Bir qari ayol payg‘ambarning qoshlariga keldi. O’z ridolarini ustiga o‘tirguzdilar va aytdilar: «Marhabo, ey ona, shafoat tilagil». Andin keyin birmuncha moli g‘animatdan kelgan edi, anga berdilar. Ayol bul molni yuz ming dirhamg‘a sotti.

Qayd etilgan