Imom G'azzoliy. Kimyoi saodat (Ruh haqiqati)  ( 350635 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 35 36 37 38 39 40 41 42 43 44 45 ... 48 B


Robiya  06 Sentyabr 2008, 16:38:07

   Agar kasal ko‘rgani kelgan odam bemordan qandaysiz deb so‘rasa, kasal odam o‘z kasalidan shikoyat qilmag‘ay. Xabarda kelibdurki, banda bemor bo‘lsa Xudo taolo anga ikki farishtani vakil qilur. Tokim iyodatig‘a keluvchilarg‘a ranjdan shikoyat qilurmu va yo shukrona ayturmu? Agar shukr aytsa, «Alhamdulilloh» desa, Xudoi taolo aytur: «O’zimga vojib qildim bu bandamni, to rahmatim birla jannatga solurman. Kasal tufayli tortgan ranju-alamini gunoqiga kaforat qilurman».

  Hazrati Ali roziyallohu anhu ayturlar: «Kishikim dardi shikam (qorin og‘rig‘i) bo‘lsa, xotinining haqig‘a bergan mablag‘idan tilab olib, asal sotib olib, yomg‘ur suvida ezib ichsa, sihat topurki, Xudo taolo yomg‘irni muborak deb yod qilibdur. Asalni esa shifo debdur.. Xotinig‘a erining baxshida qilg‘on haqini totlig‘ va shifo debdur». Va kasal bo‘lg‘uvchig‘a adab buki, ranjidan (og‘rig‘idan) shikoyat qilmag‘ay va gunohig‘a kasali kaforat bo‘lmog‘ini umid tutg‘ay. Vaqtiki doru yesa, doruni qam yaratgan xalloqi olamg‘a tavakkul qilg‘ay.

   Kasal ko‘rguvchilarga adab ulki, kasal ko‘rgali kirsa, uyning har tarafig‘a qaramoqdan ko‘zini asrag‘ay. Yumshog‘lik va muloyimlik birla bemorning ko‘nglini ko‘tarmog‘ kerak.

  Yigirma birinchi haq ulki, agar birodari mo‘‘min vafot qilgan bo‘lsa, janozasida qatnashmoq kerak. Hazrati rasul alayhissalom aytibdurlar: «Kishi janoza orqasidan «borsa bir qirot savob. Agar dafn qilg‘uncha o‘tirsa, ikki qirot savob berilur. Har qirot savobning kattalig‘i Uhud tog‘idan bir necha bor kattadir».

   Janozada ishtirok etgan odam ushbu odoblarga rioya qilgay: avvalo xomush bo‘lib borgay. So‘zlamagay va kulmagay. Afsus va nadomat birla, men ham bir kuni vafot qilaman, deb fikr qilg‘ay.

Qayd etilgan


Robiya  06 Sentyabr 2008, 16:39:00

   Buzurglardan birlari aytdi: «O’zinglarni g‘aminglarni yenglarkim, bu vafot qilgan odam uch anduhni o‘zidan o‘tkaribdur: avval Malakul-mavtning yuzini ko‘rdi. Ikkinchi, jon achchig‘ini tortti. Uchinchi, xotima, ya’ni, iymon birla bormoq va bormaslikning g‘amidan xalos bo‘ldi. Sizlarda esa bu g‘am, qayg‘ular hali oldingizda bokiy turubdir».

   Yigirma ikkinchi haq ulki, axli go‘ristonlarni ziyorat qilg‘ay va duo qilg‘ay, ulardan ibrat olg‘ay. Bilgayki, ular ilgari boribdur. Bu ham tez kunlarda borg‘usidur. Borganlarning manzili munga ham makon bo‘lg‘usidur.

   So‘fyon Savriy aytur: «Kishi o‘limni ko‘p yod qilsa, go‘rini jannat bog‘chalaridan bir bog‘chadek topar. Kishi o‘limni esdan chiqarib qo‘ysa, go‘rini do‘zax g‘orlaridan g‘ordek ko‘rar».
Rob’e ibn Xaysan tobe’inning ulug‘laridandur. Aning marqadi (mozori) Tus shahridadur. Hayotlik chog‘larida avvaldan o‘ziga go‘r kavlab qo‘ydi. Har bora ko‘nglida dunyo vasvasasidan futur (kuchsizlik, zaiflik) ko‘rsa, darhol o‘ziga tayyorlab qo‘ygan go‘rga kirib, soate anda yotar edi. Undan keyin aytur erdi: «Ey, bor Xudoyo, mani dunyog‘a chiqarg‘ilki, o‘tgan taqsirotlar (kamchiliklar)ning tadorikini qilg‘aymen». Go‘rdan chiqib aytur ediki, «Ey Robe’, sani bu dunyog‘a chiqardilar, yaxshi ishlarg‘a jahd qilg‘ilki, vafot qilganingdan keyin seni go‘rdan bu dunyoga hargiz chiqarmaslar».
Hazrati Umar roziyallohu anhu aytur: «Hazrati rasul alayhissalom qabristong‘a bordilar. Kechasi bir go‘r uzasida o‘tirib bisyor yig‘ladilar. Yaqin borib so‘radimki, nima uchun muncha yig‘laysiz?» Payg‘ambar alayhissalom aytdilarki, «Bu go‘r onamning go‘ridur. Xudo taolodin dastur tiladim ani ziyorat qilmoqg‘a va gunohini tilamakka. Ziyorat qilmoqg‘a ijozat berdi. Gunohini tilamakka ijozat berdi. Farzandlik shafqati ko‘nglimda jo‘shg‘a keldi. Aning uchun yig‘ladim», dedilar. Ushbudur musulmonchilik huquqining jumlasi.

Qayd etilgan


Robiya  06 Sentyabr 2008, 16:39:52

                                                             FASL
                                  Qo‘shnilarning haqlari va ularning rioyasi


   Qo‘shnilarning huquqini rioya qilmoqning bayoni va xosiyati ziyodadur. Hazrati rasul alayhissalom aytibdurlar: «Hamsoya bordurki, uning dinidan begona dinda bo‘lsa, bir qaqqi bor. ya’ni faqat qo‘shnichilik haqqi. Hamsoya bordurki, aning ikki haqqi bordur, ul musulmon hamsoyadur.
Endi hamsoyalar bordurki, aning bir-birlarida uch haqqi bordur: birinchisi - qo‘shnichilik, ikkinchisi - musulmonchilik, uchinchisi esa - qarindosh qo‘shni bo‘lgani uchun.

   Hazrati rasul alayhissalom aytdilar: «Jabroil alayhissalom hamisha menga qo‘shnilar haqqini ado qilmoqg‘a vasiyyat qilur erdi, gumon qildimki, qo‘shnilar mendan meros Oltaylar. Hazrati rasul alayhissalom aytibdurlar: «Kishikim, Xudo taolog‘a va qiyomatning haqlig‘iga iymoni bo‘lsa, qo‘shnisini aziz va muhtaram tutg‘ay». Aytibdurlar, mo‘‘min uldurki, qo‘shnilari undan ozor topmasinlar». Va aytibdurlar: «Kishi qo‘shnisiga tosh otsa, qo‘shniga ozor berganidur».

   Hazrati rasul alayhissalomg‘a aytdilarkim, «Falon xotin kunduzi ro‘za tutar, kechasi namoz o‘taydur. Lekin qo‘shnisiga ozor beradur». Hazrati rasul alayhissalom aytdilarkim, «U xotinning joyi do‘zaxdur».

   Hazrati rasul s.a.v. aytibdurlar: «Qirquy - qo‘shnidur». Hazrati Fotimai zahro roziyallohu anho aytibdurlarki, «Qirq uy o‘ng tarafdan va qirq uy chap tarafidan va qirq uy oldi tarafidan va qirq uy orqa tarafidan qo‘shnidur».

Qayd etilgan


Robiya  06 Sentyabr 2008, 16:42:45

   Bilgilki, qo‘shnichilik faqat ozor bermaslikkina emasdur, balki hamma ishlarda yaxshiliq qilmokdur. Xabarda kelibdurki, qiyomat kuni kambag‘al qo‘shnilar boy qo‘shnilarni tuturlar va ayturlar, «Ey, bor Xudoyo, bulardan so‘rag‘ilki, nima uchun bizlarga yaxshiliq qilmadi va nima uchun yuzimizg‘a eshikni yopti?!»

   Ulug‘lardan birining uyida sichqon ko‘p bo‘lib, zarar yetkurdi. Aytdilar: «Nima uchun mushuk saqlamassanki, sichqon yo‘qbo‘lg‘ay edi». U dediki: «Qo‘rqarmenkim, sichqonlar mushuk ovozini eshitib, qo‘shnilarimning uyiga tarqagay. O’zimga ravo ko‘rmagan ishni qo‘shnimg‘a ham ravo ko‘rmagaymen».

   Rasul alayhissalom aytdilar: «Qo‘shnilar haqqi ushbudurki, agar sendan yordam so‘rasa, yordam bergil. Agar qarz so‘rasa, qarz bergil. Agar kambag‘al bo‘lsalar, madad qilg‘il. Agar kasal bo‘lsa, chiqib ko‘rgil. Agar vafot qidsa, janoza orqasidan borg‘il. Agar shod bo‘lsalar, muborakbod qilg‘il. Agar g‘amgin bo‘lsalar, ko‘ngil so‘rab, dalda bergil. Uying tomini ularning uyidan baland qilmag‘ilki, shamolg‘a mone’ bo‘lmag‘ay. Har nimarsa yesang, qo‘shnig‘a ham chiqarg‘il. Agar chiqara olmasang, pinhon yegil. Ravo ko‘rmagilki, farzandlaring qo‘lig‘a non tutib chiqib, qo‘shnilar farzandig‘a ozor yetkurgay. Qo‘shnilarga oshxonang tutuni birla ozor bermagil. Tutuni ko‘rinsa ul oshdan qo‘shnig‘a bergaysan. Qasam qilurman Alloh taoloning azimatig‘aki, mening hayotim aning qudrati qo‘lidadur, qo‘shnilar haq-huquqini hech bir kishi ado qilolmas, magar ul kishiki, Xudo azza va jalla anga rahmat qilg‘on bo‘lg‘ay». Bilgilki, qo‘shnilar haqqidan ba’zisi buki, (devordan) ani uyig‘a qaramag‘il va ayb bo‘lg‘udek ishlarini yopg‘il va sening eshitishingni xoxdamagan so‘zlariga quloq solmagil. Haramidan ko‘zingni yumg‘il va kanizaklarig‘a nazar solmag‘il. Ushbudur musulmonchilik huquqi, rioya qilg‘aysen.

Abu Zarr G’iforiy roziyallohu anhu aytur: «Menga rasul alayhissalom vasiyat qildilarki, har vaqtiki osh pishirur bo‘lsang, suvni ko‘proq solsinki, toki qo‘shnilarga ham bergaysan».



Qayd etilgan


Robiya  06 Sentyabr 2008, 16:53:35

                                                                FASL
                              Qarindosh-urug‘lar, aqrabo (yaqinlar)ning haqlari


   Bilgilki, hazrati rasul alayhissalom aytibdurlar: «Xudo taolo aytadur: Men rahmondurman. qarindoshlik rahimdur. Ular ismini o‘zimning ismimdan chiqarg‘ondurman. Kishi qarindosh-urug‘lariga yaqin bo‘lsa, men ham unga yaqindurman. Kishi o‘z qarindosh-urug‘laridan yiroq bo‘lsa, men ham undan yiroq bo‘lurman».

   Rasul alayhissalom aytibdurlar, «Har kishi xohlasaki, umri uzun, hayoti farahli bo‘lsin desa, qarindoshlarig‘a yaxshiliq qilg‘ay. Va hech toat siylai rahim qilg‘on savobidan ziyoda emasdur. Agarchi ahli bayti fisqu-fujurga mashg‘ul bo‘lsa qam, anga siylai rahim qilsa, farzandi va davlati ziyoda, barakotli bo‘lur va hech sadaqa savobda qarindosh-urug‘lariga siylai rahim qilg‘ondan ziyoda emasdur». Bilgilki, siylai rahim uldurki, ular sendan yiroq bo‘lsalar, sen ularg‘a yaqiplik va yaxshilik qilg‘il. Agar seni mahrum tutsa (hech iltifot qilmasa), sen ularga ato qilgil (mol-dunyoyingdan ber). Agar ular senga zulm qilsalar, sen ularni maof (afv) qilg‘il.


Qayd etilgan


Robiya  06 Sentyabr 2008, 16:55:17

                                                               FASL
                                          Ota va onaning huquqlari bayonida


   Bilgilki, ota va onaning huquqini ado qilmoq ulug‘ toat-ibodatdur. Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Jannatni xushbo‘ylig‘i besh yuz yillik yerga borur. Ammo ota, onasig‘a ozor berguvchilar, qat’i rahim qilg‘uvchilar (ota-onasidan yuz o‘giruvchilar) hattoki jannatning hididan xam bebahra qolurlar. Alloh taolo hazrati Muso alayhissalomga vaxiy yubordi: «Kishi ota-onasining farmonini tutsa va mani farmonimni tutmasa, ani itoat qiluvchilar xatig‘a biturman. Kishi mani farmonimni tutsa va ota-onasining farmonini tutmasa, ani nofarmonlar (osiylar) xatig‘a biturman».

   Bir kimsa hazrati Rasul alayhissalomdan so‘radi: «Otam, onam vafot qildilar, qaysi amalni qilsam, ularning haqqi ado bo‘lg‘ay?» Hazrati rasul alayhissalom aytdilar: «Ular uchun namoz o‘qib, gunohlarining kechirilishini tilagil. Vasiyatlarini bajo kelturg‘il va do‘stlarini aziz tutg‘il va qarindosh-urug‘lariga yaxshiliq qilg‘il». Onaning haqqi otaning, haqqidin ikki barobar ziyodadur.

Qayd etilgan


Robiya  06 Sentyabr 2008, 16:56:04

                                                             FASL
                                            Farzandlar huquqlari bayonida


   Bir kishi hazrati Rasul alayhissalomdan so‘radi: «Kimga yaxshilik qilg‘aymen?» Aytdilarki, «Ota va onangga». Aytdi: «Ota, onam vafot qilgandur». Aytdilar: «Farzandlaringg‘a yaxshiliq , qilgilki, ularning haqqi ham ota, onaning haqqig‘a o‘xshashdur». Farzandlar haqqidan biri buki, o‘zingni yomon xulqdan va farzandlaringni yomon xulqdan saqlab, gunohkor qilmag‘aysan. Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Xudoi taolo rahmat qilg‘ay ul otag‘aki, o‘g‘li nofarmonliq qilsa, anga ozor bermay yo‘lga solg‘ay».

   Anas ibn Molik roziyallohu anhu rasul alayhissalomdan rivoyat qiladilar: «Vaqtiki farzand yetg‘i kunlik bo‘lsa, aqiqa qilinglar va yaxsh ot qo‘yinglar. Aqiqa ulki, o‘g‘il farzand bo‘lsa ikki qo‘y, qiz farzand bo‘lsa bir qo‘y so‘yib, nazir osh qilib, go‘shtiTsh yeb, ustixonini sindirmay, yerga ko‘mgay. Vaqtiki, olti yoshg‘a kirganda maktabg‘a bergay. To‘qqiz yoshga -: kirganda bo‘lak o‘rinda yotqizg‘ay. O’n uch yoshga kirganda namoz o‘tamasa, urg‘ay... o‘n olti yoshga kirganda xotin olib bergay. Undan keyin farzandining qo‘lini ushlab turib, aytg‘ayki, «Ilm va adab o‘rgatdim va xotin olib berdim. Xudo taologa sig‘indim, , bu olamda Aploh taoloning g‘azabig‘a va oxirat azobig‘a giriftor bo‘lmokdan saklandim», degay.

   Farzandlar huquqidan biri bukim, bir nima bermakda va marhamat qilmokda barchasini barobar ko‘rgay. Farzandg‘a navozish qilmoq (mehribonlik, erkalash) va bo‘sa qilmoq sunnatdur. Hazrati rasul alayhissalom hazrati imom Hasan roziyallohu anhuni bo‘sa qildilar. Sahobalardan biri aytdiki, «Mani o‘n farzandim bor, hech qaysini bo‘sa qilg‘onim yo‘qtsur». Onhazrat alayhissalom aytdilar: «Xudo taolo rahmat qilmas ul kishig‘aki, farzandlarig‘a marhamat qilmabdur».

Qayd etilgan


Robiya  06 Sentyabr 2008, 16:56:32

   Hazrati rasul alayhissalom namozda edilar. Sajdaga borgan vaqtlarida imom Hasan roziyallohu anhu bo‘yinlarig‘a minib o‘tirdi. Onhazrat alayhissalom sajdada ancha uzoq turdilarki, sahobalar vahiy keldi, deb o‘yladilar. Ersa, hazrati imom Hasan bo‘yinlaridan tushdi. Onhazrat alayhissalom namozdan forig‘ bo‘ldilar. Sahobalar arz qildilarki, «Yo rasulalloh, sajdada vahiy keldimu?» Onhazrat alayhissalom aytdilar: «Vahiy kelmadi. Meni Hasan teva qilib minib erdi, men aning xotirini qilib, sajdada uzoq turdim».

  Bilgilki, farzand haqqidan ota-onaning haqqi ziyodadurkim, ota va onani hurmatlash farzandg‘a vojibdur. (Ota, ona) har nav’ ishg‘a buyursa, farmonini tutmoq vojibdur (agar yomon ishlarga buyurmasa). Hech safarg‘a ota, ona ruxsat bermaguncha chiqish joiz emas. Agar hajg‘a bormoqdan man’ qilsa, bormaslik muboxdur (mumkin). Ammo ilm o‘rganmak uchui beijozat safar qilsa joizdur.
Bir kishi g‘azotg‘a bormoqga onxazrat alayhissalomdan ruxsat tiladi. Aytdilar: «Onang bormu?» Aytdikim: «Oriy (ha), bordur». Aytdilar: «Onangni xizmatida bo‘lgilki, (jannat) onangni qadami ostidadur».

   Yana bir sahoba ruxsat so‘radi g‘azotg‘a bormoq uchun. Aytdilarkim, «Ota va onang bormu?» Ul aytdikim, «Bordur». Aytdilarki, ruxsat so‘ragil, qanday farmon qilishsa, ularning farmonini tutg‘ilki, Xudo taoloning farmonidan keyin ota, onaning (shar’iy) farmonini tutmoqdan ziyoda toat yo‘qtur».


Qayd etilgan


Robiya  06 Sentyabr 2008, 16:57:51

                                                               FASL
                                             Xizmatkorlar huquqi bayonida


   Hazrati rasul alayhissalom aytibdurlar: «Xudo taolodan qo‘rqinglar. Qullar haqini ado qilinglarki, o‘zinglar yegan taomdan ularga yediringlar. Va o‘zinglar kiygan libosdan ularga kiydiringlar. Toqatlari yetmaydigan ishg‘a ularni buyurmanglar.

   Agar loyiq xizmat qilsalar, munosib taqdirlanglar va qadrlanglar. Agar ularning xizmati sizga ma’qul kelmasa, sotinglar. Xudo taoloning qullarig‘a azob qilmanglar. Xaqtaolo ularni sizlarga qul qilibdur. Sizlarni ularg‘a qul qilmag‘unig‘a shukr qilinglar».

   Sahobalardan biri aytdiki, «Yo rasulalloh! Har kuni qulni necha marotaba qilg‘on gunohini afu qilg‘aymiz?» Hazrati rasul alayhissalom aytdilar: «Har kuni yetmish marotaba qilg‘on gunohini afu qilinglar».

   Ahnaf bin Qaysdan (bir odam) so‘radi: «Kishining og‘irini muncha ko‘tarmakni kimdan o‘rgangansiz? Aytdi: «Qays bin Omirdanki, kanizagi qizdirilgan temirni yog‘ochda qisib ko‘tarib kelur erdi. Nogahon temir qo‘lidin tushib Qays bin Omirning farzandining ustiga tushib, bola halok bo‘ldi.-Kanizak azbaroyi qo‘rqqanidan behush bo‘lib yiqildi. Qays qichqirdiki, «Ey kanizak, qo‘rqmag‘ilki, sanda aslo gunoh yo‘kdur. Man sani azbaroyi (xudo uchun) ozod qildim», - dedi.

   Ulug‘lardan birlari har doim xizmatkorlari nofarmonlik qilsa aytur ediki, «Xojangni odatini qildingki, xojang ham xojasiga senga o‘xshash osiy bo‘ladur».

   Abu Mas’ud ansoriy roziyallohu anhu g‘ulomini (xizmatkorini) so‘kib (urib) turar edi, ovoz eshitdiki, «Yo Abu Mas’ud!» deb. Qaradi, hazrati rasul alayhissalomni ko‘rdy. Ul zot:

   «Sen bu qulg‘a azob bermog‘ing‘din ko‘ra ham kuchliroq azoo berishga Alloh taolo qodirroqdir,» - dedilar.

   Bas, xojalikni haqqi ulki, qulig‘a kiyim, non va boshqa ovqatlarni o‘z vaqtida bergay. Va haqorat ko‘zi birla qaramagay. Bilgayki, qul ham xuddi o‘zig‘a o‘xshash odamdur. Agar xato qilsa, Haq taolo oldida o‘zi javob bergay. Ammo xojaning o‘zi xato qilmokdan chuqur andisha qilg‘ay. Agar g‘azabi kelsa, Haq taoloning g‘azabidin qo‘rqg‘ay.

   Rasul alayhissalom aytdilar: «Kishining xizmatkori xojasiga taom pishirsa, ul taomni xizmatkori bilan birga o‘tirib yegay. Va goho o‘z qo‘li bilan luqma olib, xizmatkorning og‘zig‘a solib, undan keyin o‘zi yegay. (Agar xizmatkor yeyishga tortinsa)».


Qayd etilgan


Robiya  06 Sentyabr 2008, 16:59:44

                                                       OLTINCHI ASL
                                      Uzlatda (yolg‘izlikda) bo‘lmoq odoblari


   Bilgilki, ulamolar ixtilof qilibdurlarki, uzlat (kishilardan chetlashish, yolg‘izlikni ixtiyor qilmoq) va go‘shanishin bo‘lmoq yaxshiroqmu yo xalqg‘a (odamlarga) aralashmoq yaxshiroqmudur? So‘fyon Savriy va Ibrohim Adham va Dovud Toiy va Fuzayl Ayoz va Xavos va Xuzayfa bin Iyso va Bishr Hofiy va boshqa muttaqiylar, aksari rahmatullohi alayh uzlat va go‘sha tutmoq fozilroq debdurlar.

   Va ulamoi zohiriydan jamoa ulug‘lar xalqg‘a aralashmoqni ortiqroq ko‘ribdurlar. Hazrati Umar roziyallohu anhu ayturlar: «Uzlatdan nasiba saqlag‘il». Va Ibn Sirin aytur: «Uzlat ibodatdur». Bir kishi Dovud Toiyg‘a dediki, «Menga nasihat bergil». Dovud aytdi: «Ro‘za tut, to o‘lmaguncha og‘iz ochmag‘il va xaloyikdan qochgil, to sherdan qochqondek».

   Hasan Basriy aytur: «Tavrotda ko‘rdim. Odamiki, qanoat qilsa, behojat bo‘lur va xalqdan uzilsa salomatlik topur va shahvatni past qilsa, ozod bo‘lur. Hasad qilmoqdan xalos bo‘lsa, muruvvati zohir bo‘lur va necha kun sabr qilsa, jovid (doimo, abadiy) bahramandlik va osoyishtaliqg‘a yetar».
Vahb ibn al Vard aytur: «Uzlatga doir hikmat o‘ntadur. To‘qqizi xomushlikda (tilni tiyish va sukut etmaklik), o‘ninchisi xona va yolg‘izlikdur». Robe’ ibn Xaysom va Ibrohim Nahaiy ham ayturlarki, «Ilm o‘rgangil, xaloyiqdan go‘sha tutqil». Va Molik ibn Anas avval holda birodarlari ziyoratiga va bemorlar iyodatig‘a va janoza orqasidan borur edilar. Keyin bu ishlarni birin-birin tark qilib, xilvatda bo‘lur edilar.

   Fuzayl ibn Ayoz aytur: «Juda minnatdorman ul kishidankim, menga muloqot bo‘lib, salom qilmasa va kasal bo‘lsam, so‘ramasa». Sa’d bin Vaqqos va Sa’d bin Zayd sahobalarning ulug‘laridan edilar, roziyallohu anhum Madinaga yaqin Aqiq degan yerda manzil tutdilar. Jum’a namoziga keldilar, undan bo‘lak bormadilar to vafot etgunlarig‘acha.

Qayd etilgan