Imom G'azzoliy. Kimyoi saodat (Ruh haqiqati)  ( 350790 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 39 40 41 42 43 44 45 46 47 48 B


Robiya  09 Sentyabr 2008, 16:12:11

   Hazrati Imom Shofe’iy rahmatullohi alayh aytur: «Tarovix namozini jamoat birla o‘qimoq hazrati Umar roziyalloxu anhuning yo‘llari-tarbiyalaridur. Bu jihatdan bid’ati hasana debdur. Bas, bid’ati sayyia uldurki, sunnatg‘a muxolif bo‘lg‘ay. Ammo xushfe’llik birla xalqning ko‘nglini xush qilmoq shariatda mahmuddur (maqtalgan, yaxshi) Va xar qavmning o‘z odati bordur. Ul odatg‘a muxolif bo‘lmoq badfe’llik alomatidir.

   Hazrati rasul alayhissalom aytibdurlar: «Har kishig‘a o‘z odati va xo‘yiga muvofaqat, murosachilik ila muomala qilinglar». Bas, so‘fiylar muvofaqat qilg‘onga shod bo‘lurlar. Muxolafat qilg‘ondan dilgir, xafa bo‘lurlarki, muvofaqat, shodlik qilmoq sunnatdandur. Rasul alayhissalomga sahobalar tik turib, arz qilmas edilar. Chunki hazrati rasul alayhissalom tik turib so‘z aytmoqni xohlamas edilar. Va lekin ba’zi joylarda o‘tirib so‘z aytmoq og‘ir ko‘rilsa tik turib so‘z aytmoq yaxshidurki, arablarning odati boshqa va ajamning odati o‘zgadur.


Qayd etilgan


Robiya  09 Sentyabr 2008, 16:16:08

TO’QQIZINChI ASL
Amri ma’ruf, nahyi munkar odoblari

   Bas, bu islom dini ruknlaridin bir rukndurki, hamma payg‘ambarlarni bu ishga buyuribdurlar. Vaqtiki bu ruknlarning binosiga futur yetib, xalq orasidan bartaraf bo‘lsa, shar’i sharifning shiori botil bo‘lur. Ammo amri ma’ruf va nahyi munkar ilmini uch bobda bayon qilurman, inshoolloh taolo.

  Avvalgi bob amri ma’ruf va nahyi munkar vojiblig‘i bayonidadur. Kishi bu vojibni ado qilmoqg‘a vaqtini topib, beuzr tark qilsa, gunohkor bo‘lur.
Xudo azza va jalla xabar berur:

  «Val takun minkum ummatun yad’una ilal-xayri va ya’muruna bilma’rufi va yanxavna anil-munkar». (Oli Imron, 104).

  Oyatning tafsiri ulki: ma’murlar ul toifalardurki, agar biz qaror qilsak (buyursak), ular yer yuzida namoz o‘qiydilar, ro‘za tutarlar va mollaridan zakot berurlar, yaxshi-saloh lshlarga, ibodatg‘a da’vat qilib farmon qilurlar.

  Ma’murlar toifasi xalqni yaramas, buzuq, fahdi va zalolat ishlardan qaytarib, man’ qilurlar.

   Bilgilki, Haq taolo amri ma’ruf va nahyi munkarni namoz, ro‘za va zakot qatorida sanabdur. Hazrati rasul ; alayhissalom aytibdurlar: «Amri ma’ruf qiling, agar amri ma’ruf qilmasanglar Haq taolo sizlarg‘a zolimlarni musallat (g‘olib, hukmron) qilurkim, fozil, obid va peshqadamlar duo qilsa ijobat bo‘lmas». Hazrati Oysha roziyallohu anho rivoyat qilurlarki, Hazrat rasuli akram s.a.v. aytibdurlar: «Hech qavm yo‘qturki, ulardan gunoh sodir bo‘lmagan bo‘lsa. Agar ul gunohga tavba qilmasalar Xudo taolo azob yuborib hammani vayron etar». Va aytibdurlar: Yaxshi ishlarning g‘azotg‘a nisbati, ulug‘ daryog‘a qatraning nisbaticha bordur. Va g‘azot qilmoqni amri ma’ruf, nahyi munkarg‘a qiyos qilinsa qatrani ulug‘ daryoga nisbat qilg‘oncha bordur». Va aytibdurlar: «Har so‘zki, odamiy so‘zlaydur, hayru sharri (yaxshi, yomoni) o‘zigadur. Magar amri ma’ruf va naxyi munkarki, Xudoi taolog‘a zikr aytg‘ong‘a o‘xshashdur».

Qayd etilgan


Robiya  09 Sentyabr 2008, 16:18:24

   Va aytibdurlar: «Xudoi taolo begunoh xoslarga avomlar sababidan azob qilmas. Magar ul vaqtiki, xilofi shariat ishni ko‘rib man’ qilmasalar, azob qilur». Yana aytibdurlar: «Zulm birla kishini o‘ldiradigan va uradurg‘on yerda o‘tirmanglar». Bu ishlarni ko‘rib, ani man’ qilmoq ul kishining ajalini tezlatmas va rizqini kam qilmas. Bas, bu dalolat qilurki, zolimlarni shariatga xilof ishlardan man’ qilolmasa, bezarurat ularning yaqiniga bormagay. Ushbu sababdan avvalgi ulamolar go‘shanishinlikni ixtiyor qilibdurlarki, xalq orasini munkarotdan xoli ko‘rmabdurlar. Hazrat rasul alayhissalom aytibdurlar: «Birovning huzurida yana birov gunoh qilsa, ani karih (yomon) ko‘rsa, ul gunohni ko‘rmaganga o‘xshash bo‘lur. Va kishi yashirin bir gunoh ish qilsa, boshqa birov ul gunohni eshitib, rozi va xushnud bo‘lsa go‘yo o‘zi gunoh qilg‘ondek bo‘lur».

   Oysha roziyallohu anho rivoyat qilurlar: «Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Xudoi taolo bir shaharning xalqini hammasiga azob yubordiki, ul shaharda o‘n sakkiz min! kishi bor edi. Ularning toat va ibodati payg‘ambarlar toat va ibodatlaridek edi. Sahobalar aytdilarki: «Yo rasululloh, solihlarg‘a nima uchun azob bo‘ldi?!» Rasul alayhissalom aytdilarki, «Fosiqlarga ihtisob (hisob so‘roq) qilmadilar, va ularni Xudo yo‘lida dushman tutmadilar». Abu Ubaydai Jarroh roziyallohu anhu aytur, hazrati rasuli alayhissalomdan so‘radilarki, shaqidlardan fozilroq kimdur? Rasul alayhissalom aytdilar: «Kim zolim podshohni qilur zulmidin man’ qilsa va podshohani o‘ldirsa hamma shuhadodan (shahidlardan) ul fozilroqdur va agar o‘ldirmasa, harchand uzoq-uzoq umr ko‘rsa, nomai a’molig‘a gunoh bitilmas. Xabarda kelibdurki, Haq taolo Yusha’ bin Nuh alayhissalomg‘a vahiy yubordikim: «Sening qavmingdan yuz ming kishini halok qilurmanki, sakson minggi nekukor (yaxshi, solih ishlar qiluvchilar)lardan va yigirma minggi badkorlardan. Yusha’ alayhissalom aytdiki: «Ey, bor Xudoyo, solihlarni nima uchun halok qilursen? Haq taolo aytdi: «Bu jihatdanki, fosiklarni tergamadilar. Ular birla yemak ichmak va muomala qilmoqdin xazar qilmadilar».

Qayd etilgan


Robiya  09 Sentyabr 2008, 16:22:30

                                                           FASL
                                               Ihtisob bermak shartlari


   Bilgilki, ihtisob (hisob, so‘roq qilmoq) hamma musulmonlarga vojibdur. Bas, ixtisob ilmini va shartlarini bilmak vsjibdurki, inson buning ham farzini, shartlarini yaxshi bilmasa, tanimasa, uni ado qilmoq mumkin emasdur. Ihtisobning to‘rt rukni bordur. Biri - muhtasib (shariatga xilof ishlarni tekshiruvchi). Ikkinchi - qaysi kishig‘a ixtisob bermak. Uchinchi - qandog‘ gunohga ixtisob lozim.

   To‘rtinchi - na tariqada ihtisob qilmoq kerak. Avvalgi rukn - Muhtasib kim? Muhtasiblikning sharti musulmonlarga vakil (mas’ul) bo‘lmoqdur, islom haqqini ado qilmoqdur. Bas, har kishi ahli islomdur, muhtasibga o‘xshashdur. Ulamolar ixtilof qilibdurlarki, muhtasib bo‘lmoqg‘a podshohning ruxsati va adolatli bo‘lmog‘i shartdur. Mani nazdimda durustrog‘i uldurki, bu ikkisi shart emas. Ammo adolat va porsoliq nechuk shartdurki, gunoh qilmagan hech kishi yo‘qdur. Sa’id bin Jubayr roziyallohu anhu ayturki, agar muhtasib bo‘lmoqg‘a porsoliq shart bo‘lsa, muhtasib bo‘lmoqg‘a hech kishi yaramas, gunoh qilmag‘on kishi yo‘qtur. Bas, bu mas’alada insof, adolat shu bo‘lurki, ihtisob ikki tariqadur: biri pand va nasihat qilmoq. Bu ishni fosiq dadamga topshirib bo‘lmaski, xalq ani masxara tutib kularlar, va’zning ravnaqi va sha’ri sharif hashamatlari botil bo‘lur. Ushbu sababdin fosiq olimlarning nasihati xalqga ziyon qilur, gunohkor bo‘lurlar. Hazrati rasul alayhissalom aytibdurlar: «Ul kechaki, mani me’rojga eltgilar, qavmni ko‘rdumki, lablarini tirnoutri birla (yulib) tashlarlar. So‘radimki, «Sizlar nechuk toifasizlar? Aytdilarki: bizlar xalqni toat va ibodatga chaqirib, o‘zimiz ibodat qilmag‘on va xalqni gunohdin man’ qilg‘on, o‘zimiz gunoxdin qo‘l yig‘magandurmiz».
Iso alayhissalomga vahiy keldikim, «Ey, Maryamning o‘g‘li, avval o‘zingga pand bergil! Nasihatni o‘z nafsing qabul qilsa, andin keyin o‘zgalarga pand bergil va mendin sharm tutg‘il?»

   Va ihtisobning yana bir nav’i so‘z birla va qahr birla ihtisob qilmoqdur. Chunonchi chag‘irni ko‘rsa to‘kmak va fisqu-fasodni qasd qilg‘uvchini qahr birla man’ qilmoq - fosiqlarni bu nav’ ixtisob qilmoq ravodurki, har kishig‘a ikki vojibdur. Biri o‘zi gunoh qilmaslik, yana biri, o‘zgalarni ham gunoh qilgani qo‘ymaslik. Ammo ikkinchi shart, sultonning ijozatnoma bermoqligi shart emasdurki, buzurglar podshoxlar va xalifalarg‘a ihtisob qilibdurlarki, hikoyati uzoqdur. Bu mas’alalarning haqiqati ihtisob darajalarini tanimoq birla bo‘lurki, to‘rt darajadur:

Qayd etilgan


Robiya  09 Sentyabr 2008, 16:24:06

Avvalg‘i daraja - pand-nasihat va Xudoi taolodan qo‘rqitmoqdur. Bas, bu hamma musulmonlarga vojibdur. Izohga hojat yo‘kdur, balki ibodatning fozilrog‘i uldurki, podshohga nasihat bergay. Uni Xudoi azza va jallaning g‘azabidan qo‘rqitg‘ay.
Ikkinchi daraja durusht (qo‘pol, dag‘al) qilmasdan oqilona so‘zlar, mayinlik birla ixtisob qilmoq. Chunonchi: yo fosiq, yo zolim, yo johil, yo axmoq demay, buning o‘rniga «Xudoi azza va jalladan qo‘rqg‘il, yomon fe’lingni tashlagil», demak kerak.
Uchinchi darajz - qo‘l birla man’ qilmoq. Chunonchi sharobni to‘kmoq, chang va rubobni sindirmoq va abrishim dastorini (ipakli matodan o‘ralgan sallani) boshidan olmoq, bular ibodatga o‘xshash hammaga vojibdurki, har bir mo‘‘minlarga bu ishni qilmoqga ijozat beribdur.
To‘rtinchi daraja - ta’zir bermoq va urmoq birla ihtisob qilmoqdurkim, jamiyatni hozir qilib, andin keyin urgay. Toki fitnadan xoli bo‘lg‘ay. Bas, bu nav’ ihtisobda podshoxdan ijozat olmoq lozim.
Har ishki harom bo‘lsa, darqol tajassus qilmay, shoshilmay, tekshirib ko‘rib, topsa va haromlig‘i aniq ma’lum bo‘lsa, bu vaqtda ihtisob qilmoq ravodur. Alqosil bu to‘rt shart ila bo‘lg‘ay. Avvalg‘i shart shuki, o‘sha kishining qilur ishi harom bo‘lsa. Agarchi qilg‘uvchida gunoh bo‘lmasa ham. Chunonchi norasida va devona chahorpoy (to‘rt oyokli hayvonlar) birla (uyatli) suhbat qilsa va yo devona xamr (mast qiladigan ichimliklar) ichsa va go‘dak kishining molini zoye’ qilsa. Bas, bu ishlari devona va go‘dak uchun gunoh emasdur. Chunki bular balog‘atli emas. Va lekin shariatda haromdurki, ani man’ qilg‘ay.
Ikkinchi shart - gunoh vaqtida ta’zir berilg‘ay. Ammo kishi masalan xamr ichmakdin forig‘ bo‘lsa, ta’zir bermak loyiq emas. Nasihat qilg‘ay. Ammo had urmoq sultondan o‘zga kishiga munosib emasdur. Kishi nomahram xotin birla xilvatda o‘tirsa, anga ixtisob lozimdurki, nomahram xotin bilan o‘tirmoq haromdur.
Uchinchi shart - muhtasib tajassus qilmag‘ay, ruxsatsiz birovning uyiga kirmagay va tomdan oshib tushmagay. Va quloq solmagay. Balki har ishni Olloh taolo po‘shida qilibdur (bandalarni sirlarini) insonlar ham bekitgay, sir tutgaylar. Agar chag‘irning bo‘yi (hidi) kelsa axtarib, olib to‘kmagi joizdur.

Qayd etilgan


Robiya  09 Sentyabr 2008, 16:28:19

   To‘rtinchi shart - noshoyista ishning haqiqati ma’lum bo‘lg‘ay, gumon birla ihtisob qilmag‘ay.
Nechuk kishig‘a muhtasiblikni bermak vojibdur?

   Bilgilki, gunoh qiluvchi mukallif bo‘lg‘ay. Ammo devona va go‘dakni gunohidin man’ qilmoq lozimdur. Chunonchi zikr qilindi. Agar chahorpoy musulmonning ziroatiga (ekin ekilgan joyga) kirsa man’ qilmoq lozimdur.
To‘rtinchi rukn. Na tariqada ihtisob qilmoq.
Bilgilki, ihtisob sakkiz darajadir. Avval-ma’siyat holini tanimoq. Ikkinchi - ma’siyat qilg‘uvchini tanimoq. Uchinchi - nasihat bermoq. To‘rtinchi - koyimoq. Beshinchi - qo‘l birla ta’zir bermoq Oltinchi - zahm va shikast berishdan qo‘rqitmoq. Yettinchi - qayd va hibs bilan qo‘rqitmoq. Sakkizinchi - qayd va hibs qilmoq. Bas, bu tartibga rioya qilmoq vojibdur.

   Avvalgi darajaki, ma’siyat xolin bilmak erdi, avval ta’yini va haqiqati birla bo‘lg‘ay va tajassus qilmag‘ay, devordan, tomdan oshib qaramag‘ay va qo‘shnisidan so‘ramag‘ay. Agar qo‘ynida va etagida bir nimarsani pinhon qilsa, axtarib tajassus qilmagay. Agar ikki odil kishi xabar bersaki, falon kishi uyida ma’siyatg‘a mashg‘uldur desa bas, bu ikki odil kishining xabari birla beijozat uyig‘a kirmagi joizdur. Ammo bir odil odam xabari birla kirib ko‘rmoq ravo emasdurkim. Luqmon alayhissalomning uzugida bu naqsh yozig‘liq erdikim:

Ko‘z birla ko‘rgan gunohni yopmoq - Gumon birla rasvo qilg‘ondan yaxshiroq.

Ikkinchi daraja - ma’siyat qilg‘uvchini bilmakdur. Kishi amalni bilmay qilsa, chunonchi ruku’ va sujudni tamom qilolmasa va yo etigida najosat bo‘lsa, bas, anga adab o‘rgatgay. Ozor yetkurmagayki, musulmonlarg‘a ozor bermoq haromdur.

   Uchinchi daraja - yumshog‘likbirla nasihat qilmoq. «Ey, birodar. Haq taoloning g‘azabidin qo‘rqmoq kerak», degay., Masalan, bir kishi ikkinchi bir kishini g‘iybat qilsa, aytg‘aykim, g‘iybat haromdur. Hech banda g‘iybatdin xoli bo‘lmas. Har kishi o‘z holi salohiga (o‘z ahvolini tuzatishga) mashg‘ul bo‘lmog‘i yaxshiroqdur. Bu tariqa so‘zlar birla man’ qilg‘ay.

Qayd etilgan


Robiya  09 Sentyabr 2008, 16:31:30

To‘rtinchi daraja - dag‘al so‘z birla ihtisob bermoq, munda ikki adab bordur. Birinchi adab - modomiki latif va muloyim so‘z kifoyat qilsa, qo‘pol, dag‘al so‘z lozim emas.
Ikkinchi adab - qo‘pol so‘zlamakda fahsh va nosazo (noloyiq, nomunosib) so‘z aytmag‘ay. Va rost so‘zlagay. Chunonchi: fosiq va axmoq va johil degay. Gunoh qilguvchi axmeqtsur. Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Ziyrak uldurki, o‘zini qilgan ishlarining hisobini o‘zi olg‘ay. Va o‘lim g‘amini yegay. Axmoq uldurki. havoyi nafsi orqasida o‘lgay va o‘zig‘a firib bergay va savobni umid tutg‘ay».
Beshinchi daraja - qo‘l birla ta’zir qilmoqdurki, munda ham ikki adab bordur. Avvalgi adab ulki, ipak kiyim kiygan bo‘lsa yechdirgay. Bir kishi birovning uy-joyini nohaq g‘azab birla egallab Oltan bo‘lsa, uni haydab chiqargay. Chag‘iri bo‘lsa to‘kg‘ay. Agar junub bo‘lib, g‘usl qilmasdan masjidga kirgan bo‘lsa, haydab chiqargay.
Ikkinchi adab - agar muloyimat birla bu ishdan ojiz kelsa, qo‘lidan tutib tortg‘ay va saqolini tutmag‘ay va kiyimini yirtmag‘ay.
Oltinchi daraja - qo‘rqitmoqdur. Chunonchi, aytg‘ayki, agar bu gunoxdan qaytmasang, boshingni yorurman va yo uyingni vayron qilurman va ahli ayoling‘a ozor yetkazurmen, lekin yolg‘on aytmagay. Masalan, dorga osurman va o‘ldiraman demagay. Ammo siyosatni mubolag‘a birla qilg‘ay.
Yettinchi daraja - urmoqdur. Qo‘l va oyoq va tayoq birlaki, zarurat bo‘lganda urmoq ravodur. Tokim qo‘l birla urmoq kifoyat qilsa, tayoq birla urmagay. Va yuzig‘a urmag‘ay va o‘lim xatari bor yeriga urmagay.
Sakkizinchi daraja ulki, muhtasib tanho bo‘lmag‘ay. Ko‘pchilikni o‘zig‘a hamroh qilg‘ay va fosiq kishilarga haybat birla ko‘ringay. Bu ishga podshoxdan dastur (qo‘llanma) olg‘ay. Toki fasoddan emin bo‘lg‘ay. Ba’zi din ulamolari aytibdurlarki, podshohdin bedastur birla jang qilmoq ravodur.Chunonchi kofirlar birla jang qilmoq joiz erdi va agar muxtasib o‘lsa shahid bo‘lur.

Qayd etilgan


Robiya  09 Sentyabr 2008, 16:37:38

                                                           FASL
                                             Muhtasib odobi bayonida


   Bilgilki, muhtasibda uch xislat mavjud bo‘lg‘ay. Olim, parhezkor, xushfe’l bo‘lg‘ay, agar olim bo‘lmasa, nahiy munkar va amri-ma’rufni farq qilolmas. Agar parhezkor bo‘lmasa, riyo birla ish qilur. Agar xushfe’l bo‘lmasa, xalkdan ozor yetsa, g‘azabi kelur. Ihtisob qilsa o‘z nafsi uchun qilg‘on bo‘lur. Xudo uchun qilg‘on bo‘lmas. Xazrat Ali aytib erdilar: jangda bir kofirni yiqitib siynasiga minib o‘tirdilar, toki xanjar birla urib o‘ldirgaylar. Bu asnoda ul kofir muborak yuzlarig‘a tupurdi ersa, ul kofirni qo‘yib yubordilar. Aytdilarki, agar o‘ldirsam Xudo uchun o‘ldirgan bo‘lmasman.

 Hazrati Umar roziyalloxu anhu bir fosiqni darra birla urdilar. Yana birini urguncha u hazrati Umarni so‘kish qildi. Urmay to‘xtadilar. Rasul alayhissalomdin so‘radilarki: «Amri ma’ruf va nahiy munkarni o‘zimiz bajo kelturmaguncha kishig‘a aytmoq ravomudur?» Rasul alayhissalom aytdilarkim, agarchi hammasini bajo keltirolmasanglar ham, ihtisob qilmoq va nasihat
bermakni to‘xtatmanglar. Muhtasiblik odoblaridin biri buki sabrliq bo‘lg‘ay va xalqdan yetgan ranj va ozorni ko‘targay. Xudoi azza va jalla xabar berur:

   «Luqmon» surasi, 17-oyatida kelibdurki: «Ey, Muhammad, amri ma’ruf va nahiy munkar qilg‘il. Va xalqdin yetgan ranj va alamga sabr qilg‘il. Va yana odobi muhimlardin biri buki, haloyiqni yomon ishdan man’ qilg‘ay. Tama’ni yo‘q qilg‘ayki, tama’ birla ihtisob to‘g‘ri kelmas. Mashoyixlardan birlari muhtasib erdi. Mushukka bermoq uchun bir qassobdan goh-goh bez olur erdi. Ko‘rdiki, ul qassob nomashru’ ishg‘a mashg‘uldur. Avval uyiga bordi, mushukni quvlab chiqardi. Qaytib borib, qassobg‘a ihtisob qilmoqg‘a mashg‘ul bo‘ldi. Qassob aytdiki, «Ey, shayx, mushukka bez kerak bo‘lmasmu?» Muhtasib aytdi: «Mushukni men quvlab chiqardim, andin senga ihtisob bergali keldim».

Qayd etilgan


Robiya  09 Sentyabr 2008, 16:38:42

   Ihtisobning asli ulkim, muhtasib osiyni gunoh qilmog‘idin g‘am yegay. Keyin shafqat ko‘zi birla qarag‘ay. Go‘yoki xuddi o‘zining farzandini gunoxdin man’ qilganga o‘xshab, yumshog‘liq birla man’ qilg‘ay.

   Bir yigit rasul alayhissalomning huzurlariga keldi, aytdiki: «Yo rasululloh, menga zino qilmoqg‘a dastur bering». Sahobalar bayakbora ihtisob bermakka turdilar. Rasul alayhissalom «Qo‘linglarni yig‘inglar», deb aytdilar. Ul yigitni chaqirib yoniga o‘tqizdilar. Aytdilar: «Ey juvonmard, ravo ko‘rurmusen bir kishi onang birla zino qilg‘ay?» Yigit aytdi: «Ravo ko‘rmasmen». Aytdilarkim, xalq ham onasi birla yana birovni zino qilmog‘ini ravo ko‘rmaslar. Yana aytdilarki: «Qizing birla yana birovning bu ishni qilmog‘ini ravo ko‘rarmusan?» Yigit aytdi: «Ravo ko‘rmasman». Alhosil, ammasini va xolasini otini bir-bir tutib, bu savolni qildilar. Ul yigit ravo ko‘rmasman dedi.

   Rasul alayhissalom aytdilarki, hech bir musulmon bu ishni ravo ko‘rmas. Andin keyin muborak qo‘llarini ul yigitni yuragig‘a qo‘yib aytdilarkim «Ey bor Xudoyo, muning ko‘nglini pok qilg‘il va olatini gunohdan saqlag‘il va gunohini mag‘firat qilg‘il». Bas, ul yigit qaytib ketdi. Shundan keyin u dilida zinodan yomonroq ish bo‘lmasligini anglab yetdi.

Qayd etilgan


Robiya  09 Sentyabr 2008, 16:41:20

                                                                 FASL
                                       Xalqqa odat bo‘lg‘on munkirot bayonida


   Bilgilki, olam fasod birla to‘ladur. Qudrat yetmaganda ihtisob yo‘li birla to‘xtatibdurlar. Ammo qudrati yetgancha ihtisob vojibdur. Har nav’ga ishorat qilurmanki, hammasini bayon qilmoqmumkin emasdur. Bas, munkarot ba’zisi masjidda va ba’zisi bozorda va ba’zisi yo‘llarda va ba’zisi saroyda va uylarda bo‘lur. Ammo munkaroti masjid ulki, namoz o‘tasa va yo Qur’on o‘qisa (lahn) ashulaga o‘xshatib maqom birla o‘qir va agar azon aytsa alhon qilurki, bu ishlar harsjdur. Xatibning masjidg‘a ipak kiyim, oltin va kumush g‘iloflik pichoq birla kirmagi xaromdur. Masjidda she’r o‘qimoq va qissa o‘qimoq va tuz sotmoq haromdir. Kichik bolalar va devonalar masjidni nopok qilur ehtimoli bo‘lsa kirmagi haromdur. Agar nopok qilmasa goh-goh kirmagi harom emas. Masjid ichida dunyo ishini qilmoq va behuda ish qilmoq haromdur.

   Ammo bozorlar munkaroti buki, olg‘uvchi va sotg‘uvchi yolg‘on aytur va matoning aybini yashir-r va tosh, tarozu va gazini to‘g‘ri tutmas. Nag‘ma va fasod cholg‘usini bozorda sotarlar va erkaklar uchun ipakli kiyim sotarlar. Oltin, kumushdan yasalgan asboblarni sotarlar. Mundin o‘zga ham ba’zi harom va ba’zi makruh ishlar bordur. Odam va hayvonot suratini qilib sotmoq haromdur.

   Munkarot ishlardan yana shudirki: odamlar yuradigan serqatnov yo‘l ustiga hayvonlarni bog‘lamagay, do‘kon qurmagay, ko‘chalarni har xil sabablar bilan tor qilib, yo‘lovchilarga xalal bo‘ladigan ishlarni qilmagay. Qassoblar ko‘pchilik odamlar o‘tadigan joylarda mol so‘ymagay.

  Mamlakat rahbariga vojibdurki, xalq yo‘liga to‘sqinlik bo‘luvchi ishlardin xalqni man’ qilmog‘i va yo‘llarni pok va toza tutmog‘i lozimdir. Yana qaytarilgan ishlardan ulki, hammomda tizzadan yuqorini yopg‘ay. Hammomning tepasiga hayvonot suratini solmoq ham haromdur. Nopok qo‘lni va nopok pichoqni suvg‘a tiqmoq haromdir va suvni ko‘p to‘kmok, va isrof qilmoq xaromdur Va o‘zga munkarotni «Kitobi tahorat»da bayon qildim.

   Yana man’ qilingan ishlardan: mehmonga ipaklik kiyim kiygizmoq, oltin va kumushdan yasalgan pichoq ishlatmoq va suratli parda tortmoq haromdur. Ammo yostiq, ko‘rpa, ko‘rpachani suratlik mato’dan qilmoq joizdur. Ammo nag‘ma, raqs-simo’ qilmog‘i, yosh xotunlar birla bir-birig‘a shahvat nazari birla qarasa, bu ma’raka xalqig‘a ihtisob vojibdur. Agar ihtisobg‘a qudrati yetmasa, u yerdan chiqib ketgay.

Qayd etilgan