FASL
Ihtisob bermak shartlari
Bilgilki, ihtisob (hisob, so‘roq qilmoq) hamma musulmonlarga vojibdur. Bas, ixtisob ilmini va shartlarini bilmak vsjibdurki, inson buning ham farzini, shartlarini yaxshi bilmasa, tanimasa, uni ado qilmoq mumkin emasdur. Ihtisobning to‘rt rukni bordur. Biri - muhtasib (shariatga xilof ishlarni tekshiruvchi). Ikkinchi - qaysi kishig‘a ixtisob bermak. Uchinchi - qandog‘ gunohga ixtisob lozim.
To‘rtinchi - na tariqada ihtisob qilmoq kerak. Avvalgi rukn - Muhtasib kim? Muhtasiblikning sharti musulmonlarga vakil (mas’ul) bo‘lmoqdur, islom haqqini ado qilmoqdur. Bas, har kishi ahli islomdur, muhtasibga o‘xshashdur. Ulamolar ixtilof qilibdurlarki, muhtasib bo‘lmoqg‘a podshohning ruxsati va adolatli bo‘lmog‘i shartdur. Mani nazdimda durustrog‘i uldurki, bu ikkisi shart emas. Ammo adolat va porsoliq nechuk shartdurki, gunoh qilmagan hech kishi yo‘qdur. Sa’id bin Jubayr roziyallohu anhu ayturki, agar muhtasib bo‘lmoqg‘a porsoliq shart bo‘lsa, muhtasib bo‘lmoqg‘a hech kishi yaramas, gunoh qilmag‘on kishi yo‘qtur. Bas, bu mas’alada insof, adolat shu bo‘lurki, ihtisob ikki tariqadur: biri pand va nasihat qilmoq. Bu ishni fosiq dadamga topshirib bo‘lmaski, xalq ani masxara tutib kularlar, va’zning ravnaqi va sha’ri sharif hashamatlari botil bo‘lur. Ushbu sababdin fosiq olimlarning nasihati xalqga ziyon qilur, gunohkor bo‘lurlar. Hazrati rasul alayhissalom aytibdurlar: «Ul kechaki, mani me’rojga eltgilar, qavmni ko‘rdumki, lablarini tirnoutri birla (yulib) tashlarlar. So‘radimki, «Sizlar nechuk toifasizlar? Aytdilarki: bizlar xalqni toat va ibodatga chaqirib, o‘zimiz ibodat qilmag‘on va xalqni gunohdin man’ qilg‘on, o‘zimiz gunoxdin qo‘l yig‘magandurmiz».
Iso alayhissalomga vahiy keldikim, «Ey, Maryamning o‘g‘li, avval o‘zingga pand bergil! Nasihatni o‘z nafsing qabul qilsa, andin keyin o‘zgalarga pand bergil va mendin sharm tutg‘il?»
Va ihtisobning yana bir nav’i so‘z birla va qahr birla ihtisob qilmoqdur. Chunonchi chag‘irni ko‘rsa to‘kmak va fisqu-fasodni qasd qilg‘uvchini qahr birla man’ qilmoq - fosiqlarni bu nav’ ixtisob qilmoq ravodurki, har kishig‘a ikki vojibdur. Biri o‘zi gunoh qilmaslik, yana biri, o‘zgalarni ham gunoh qilgani qo‘ymaslik. Ammo ikkinchi shart, sultonning ijozatnoma bermoqligi shart emasdurki, buzurglar podshoxlar va xalifalarg‘a ihtisob qilibdurlarki, hikoyati uzoqdur. Bu mas’alalarning haqiqati ihtisob darajalarini tanimoq birla bo‘lurki, to‘rt darajadur: