Imom G'azzoliy. Kimyoi saodat (Ruh haqiqati)  ( 350806 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 40 41 42 43 44 45 46 47 48 B


Robiya  09 Sentyabr 2008, 16:49:59

                                                                O’NINChI ASL
                    Podshohning raiyat ahvolidan xabar olmog‘i va mutasaddilar tariqati


Bilg‘ilki, (xalqg‘a yo‘lboshchi) mutasaddi bo‘lmoq ulug‘ ishdir. (Podshoh) Xudoi taoloning yerdagi xalifasidur, o‘z o‘rnida Yer yuzida bandalariga adl va ehson qilmoqg‘a ta’yin qilgan kishidur. Va gar podshoh adl va shafqatdan xoli bo‘lsa, u Alloh taoloning Yerdagi xalifasi ekailigini bilmaydi va hech sababsiz fisq va fasod bilan shug‘ullansa, undan ulug‘roq zolim yo‘kdur. Bas, mutasaddi bo‘lmoqning asli ilm va amaldurki, mutasaddilik ilmi daroz-katta ilmdur. Oncha kerakligini muxtasar bayon qilurman.
Bas, mutasaddi bilg‘ayki, Haq taolo uni bu olamg‘a nima uchun yuboribdur va qarorgohi na yerdadur? Va dunyo unga manzilgohdir, qarorgoh emas. U ham bu dunyoda musofirdurki, onasining rahmi (bachadoni) uning avvalgi manzilidur va lahad (go‘r) uning oxirgi manzilidur. Vatani o‘zgadurki, behisht yo do‘zax ekanini Xudoi taolodan o‘zga hech kim bilmas.
Va har yil, har oy va har kun o‘tadur, bu marhala va manzildan o‘tib, oxiratga yaqinlashadur. Dunyo bir ko‘prikka o‘xshashdur, hamma kelganlarning o‘tar yo‘lidur. Kishi ko‘prik ustida imorat qilib, yashamoqni xohlasa, kamoli aqlsizlikdur. Balki oqil uldurki, dunyo manzilgohida oxirat uchun zodi roq (yo‘l ozig‘i) topishdan o‘zga ishga mashg‘ul bo‘lmag‘ay.
Dunyolikning qojatidan ziyodasini istamagay va to‘plamag‘ayki, ziyodasi zahri qotildur. Harchand mol-dunyo jam’ qilgan bilan hojatidan ziyodasini o‘lar vaqtida zarrasini ham u dunyoga olib ketolmas. Mol-dunyoning ko‘pligi o‘lar vaqtda qasrat va nadomatga sabab bo‘lur va jon bermakni qiyin qilur. Mabodo, bu mol, dunyo halol bo‘lsa. Ammo, haromdan jam’ qilgan bo‘lsa oxiratda azobining poyoni yo‘kdur.

Qayd etilgan


Robiya  09 Sentyabr 2008, 16:55:08

                                                                O’NINChI ASL
                    Podshohning raiyat ahvolidan xabar olmog‘i va mutasaddilar tariqati


    Bilg‘ilki, (xalqg‘a yo‘lboshchi) mutasaddi bo‘lmoq ulug‘ ishdir. (Podshoh) Xudoi taoloning yerdagi xalifasidur, o‘z o‘rnida Yer yuzida bandalariga adl va ehson qilmoqg‘a ta’yin qilgan kishidur. Va gar podshoh adl va shafqatdan xoli bo‘lsa, u Alloh taoloning Yerdagi xalifasi ekailigini bilmaydi va hech sababsiz fisq va fasod bilan shug‘ullansa, undan ulug‘roq zolim yo‘kdur. Bas, mutasaddi bo‘lmoqning asli ilm va amaldurki, mutasaddilik ilmi daroz-katta ilmdur. Oncha kerakligini muxtasar bayon qilurman.

   Bas, mutasaddi bilg‘ayki, Haq taolo uni bu olamg‘a nima uchun yuboribdur va qarorgohi na yerdadur? Va dunyo unga manzilgohdir, qarorgoh emas. U ham bu dunyoda musofirdurki, onasining rahmi (bachadoni) uning avvalgi manzilidur va lahad (go‘r) uning oxirgi manzilidur. Vatani o‘zgadurki, behisht yo do‘zax ekanini Xudoi taolodan o‘zga hech kim bilmas.
Va har yil, har oy va har kun o‘tadur, bu marhala va manzildan o‘tib, oxiratga yaqinlashadur. Dunyo bir ko‘prikka o‘xshashdur, hamma kelganlarning o‘tar yo‘lidur. Kishi ko‘prik ustida imorat qilib, yashamoqni xohlasa, kamoli aqlsizlikdur. Balki oqil uldurki, dunyo manzilgohida oxirat uchun zodi roq (yo‘l ozig‘i) topishdan o‘zga ishga mashg‘ul bo‘lmag‘ay.

  Dunyolikning qojatidan ziyodasini istamagay va to‘plamag‘ayki, ziyodasi zahri qotildur. Harchand mol-dunyo jam’ qilgan bilan hojatidan ziyodasini o‘lar vaqtida zarrasini ham u dunyoga olib ketolmas. Mol-dunyoning ko‘pligi o‘lar vaqtda qasrat va nadomatga sabab bo‘lur va jon bermakni qiyin qilur. Mabodo, bu mol, dunyo halol bo‘lsa. Ammo, haromdan jam’ qilgan bo‘lsa oxiratda azobining poyoni yo‘kdur.

Qayd etilgan


Robiya  09 Sentyabr 2008, 16:56:34

   Bas, inson dunyo huzur-qalovatidan o‘zini tiymog‘i mushkuldur. Ammo, kim bu besh kunlik dunyoning ranju mashaqqati bilan topiladigan ne’mat omonatligini va oxirat ne’matlari bitmas-tuganmas ekanligini aniq bilsa, bu foniy olamning ranj va mashaqqatiga sabr qilmog‘i osondur.

   Chunonchi, kishi ma’shuqaning ishqiga giriftor bo‘lsa, aning visoliga bir kecha muyassar bo‘lmog‘i muqarrar bo‘lsa, ul oshiqqa desalarki, agar bu kecha ma’shuqa vaslidan o‘zingni tiyib, bu hijron firoqiga sabr qilsang, bir necha yildan so‘ng ul ma’shuqani bir yo‘la senga topshirurlarki, na raqib chashmi zahridan asar, na xayru begona sharru-shuuridan jabr bo‘lg‘ay, diling xohlag‘ancha ayshu ishratga mashg‘ul bo‘lg‘aysan. Bas, bu ishq yuz ming kecha ayshu ishratning umidida bir kechaning ranju firoqig‘a sabr qilmog‘i osondur.

   Bas, dunyoning ming kecha, kunduzi oxiratning bir soatiga teng bo‘lmaski, oxirat soati muddatining poyoni yo‘qtsur. Agar faraz qilsangki, yetti qavat osmon va yetti qavat yerni don bilan to‘ldirsalar, bir qushni ul donlarni yemakka tayin qilsalar, va qush har ming yilda bir dona don yesa, donlar tamom bo‘lganida ham, abadiylikdan zarra kamaymas. Bas, odam harchand uzoq yashasa ham, yuz yildan o‘tish qiyin. Agar ro‘yi zamin (er yuzi) mamlakatlari, mag‘rib va mashriq bir odamga musallam (qaram) bo‘lsa ham, oxiratning nihoyasiz kunlari azobu uqubatiga arzimas.

   Agar dunyoning ma’lum vaqtlar podshohligi muyassar bo‘lsa ham g‘am, tashvish va meqnatdan xoli bo‘lmas. Bisyor xasis va nokaslarki, dunyoning mansab va johiga (hashamatiga) mag‘rur bo‘lib, oxiratning abadul-abad davlati, ne’matlarini bu dunyoning foniy, o‘tkinchi davlatiga sotarlar.
Bas, podshoxlar va amirlarga lozimdurki, oxiratning boqiy ne’matlarini va bu dunyoning foniy ne’matlarini mulohaza qilib, ra’iyatga (el, yurtga) shafqat va muruvvat ko‘rguzmoq birla Haq taoloning xalifasi ekanligini bajo keltirg‘ay.

Qayd etilgan


Robiya  09 Sentyabr 2008, 16:57:52

   Bilg‘ilki, Haq taolo dargohida hech ibodat adolatdan ziyoda etmasdur. Rasul a. s. aytibdurlarki, sultoni odilning bir kunlik adolati yigirma yil hamisha toat, ibodat qilg‘andan afzalroqdur. Xabarda (hadisda) kelibdurki, yetti toifa odamlar qiyomatda Haq taoloning rahmati soyasida bo‘lurlar:
Avvalgi toifa odil sulton va amirlardur. Va hammadan yomonrog‘i va Xudoga dushmanrog‘i zolim podshoh va amirlardur. Rasul a. s. aytibdurlarki, odil podshohga har kuni yetmish mujtahidi siddiqning savobini yetkizurlar. Yana aytibdurlar: «Qasam qilurman Xudo azza va jallaning muborak ismi birlaki, Muhammadning joni Uning qudrati tasarrufidadur, odil podshohning otig‘a farishtalar har kuni shu qadar ko‘p savob yetkizurlarki, qo‘l ostidagi tobe’larining amali ikdoricha bo‘lg‘ay. Va odil rahbarning har namoziga yetmish ming namozning savobi bitilg‘ay.

   Adolatning savobi va samarasin g‘animat bilib, ra’iyatga rahm va shafqat ko‘rgazgay va nafs xohishiga qarab, fuqarolarga zulm va jafo qilmasa, tongla do‘zax o‘tida kuymagay. Bas, podshoh. bu o‘n qoidani bilmaguncha, adl (adolat) ne’matlaridan bahoamand bo‘lolmas.

  Avvalgi qoida ulki, podshoh va amirlar o‘ziga ravo ko‘rmagan (yomon) ishni hech musulmonga ravo ko‘rmag‘ay. Agar o‘ziga ravo ko‘rmagan yomonlikni ra’iyatga ravo ko‘rsa, Haq taolo dargohida xiyonatkor bo‘lur. Hazrat rasululloh s.a.v. bir kuni soyada o‘tirur edilar. Jabroil alayhissalom keldi va aytdiki: «Yo, rasululloh, o‘zingiz soyada o‘tirib, sahobalar oftobda o‘tirmog‘ini ravo ko‘rurmusiz?» Hazrat rasulalloh (shundan so‘ng sahobalarni soyaga o‘tqazib) aytdilarki:
«Kim do‘zax o‘tidan xalos bo‘lmoqni va behishtga kirmoqni istasa va o‘lar vaqtida kalimai tayiba («Lo iloha illalloh, Muhammadun rasululloh») tiliga kelmog‘ini xohlasa o‘ziga ravo ko‘rmagan ishni hech musulmonga ravo ko‘rmag‘ay.

Qayd etilgan


Robiya  09 Sentyabr 2008, 17:02:20

   Ikkinchi qoida ulki, dodxoh (muhtoj) va hojatmandlarni haqir ko‘rmagayki, xatari azimdur. Agar hojatmandning hojatini ravo qilmoq mushkul bo‘lsa ham vojib va savoblidur. Va barcha nafl ibodatdan hrjat ravo qilmoq afzalroqdur. Umar ibn Abdulaziz (Umaviylarning uchinchi xalifasi - red.) r.a. xaloyiq ishig‘a mashg‘ul erdilar. To namozi peshingacha. Ersa malol bo‘lib (charchab) biror soat orom olishga uyiga kirdi. O’g‘ullari dedilar: «Ey, padari buzrukvor, o‘limdan emin (erkin) bo‘ldingizmuki, bir guruh hojatmandlar sizni intizor kutib turibdilar va siz esa rohat va ayshingizg‘a mashg‘ul bo‘lg‘aysizki, (agar o‘sha hojatmandlarning hojatlari ravo bo‘lmay, bu olamdan ketib qolsangiz) Haq taolog‘a nima deb javob berursiz?»

   Umar ibn Abdulaziz bu so‘zning ta’siridan beixtiyor sakrab turib, xalq oldiga chiqdilar.
Uchinchi qoida ulki, nafsini dunyoviy lazzatlarga odat qildirmag‘ay. Chunonchi, yaxshi (chiroyli, qimmatbaho) egin kiymoq va lazzatli taom yemoqni odat etmagayki, qanoatsiz odam adl (adolat) qilishi mumkin emas.

   Hazrati Umar (Foruq) r.a. hazrat Salmon Forsiy r.a.dan so‘radilar: «Mening holimdan hech nojoiz ish angladingmu?» Salmon Forsiy r.a. aytdilar: «Angladimki, nonni ikki nonxurush birla yersiz, ikki egin sakdarsiz. Birini kechasi kiyarsiz, birini kunduzi kiyarsiz. Hazrati Umar r.a. yana so‘radilar: «Mundin boshqa yana so‘z angladingmu? Salmon aytdi: «Anglamadim». Hazrati Umar r.a. aytdilar: «Bu ikki ishni bundan keyin qilmag‘ayman».

   To‘rtinchi qoida ulki, qudrati yetganicha hamma ishlarni yumshoqlik va muloyimlik bilan qilg‘ay va qahr-g‘azabda ehtiyot bo‘lg‘ay. Rasuli akram aytibdurlarki: «Har bir mutasaddiy (boshliq) ra’iyatga rahm va shafqat qilibdur, Parvardigoro, sen anga lutfu marhamat qilg‘il. Va zulm, sitam qilg‘uvchilarni qahru g‘azabingga giriftor qilg‘il». Va yana aytibdurlar: «Mutasaddiylik yaxshi ishdur, agar shariat qonunlariga, ahkomlariga amal qilsa va yomon ishdur shariatning xilofiga ish qilsa».
Xishom ibn Abdul Malik xulafo (xalifalar) jumlasidandur, Abu Xozim rahmatillohi alayxdan ul zot ulamo zubdasi (qaymog‘idur) so‘radi: «Yo, Abu Xozim, najot topmoqning sababi (yo‘llari) nadur?»

Qayd etilgan


Robiya  09 Sentyabr 2008, 17:04:10

   Abu Xozim r.a. aytdi: «Najot topmoqning tadbiri ulki, har diram olursan, halol joyidan olg‘il va halol joyga sarflag‘ilki, savob bo‘lg‘ay». Abdul-Malik aytdi: «Bu ishni ul kishi bajo keltirg‘ayki, do‘zax o‘tiga va azobiga toqati bo‘lmag‘ay va behishtga kirmoqni do‘st tutg‘ay (istar)».

   Beshinchi qoida ulki, mutasaddiy hamma ishida shariatga rioya qilgani uchun xaloyiq shod, xushnud bo‘lg‘ay. Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Podshohning behrog‘i (yaxshirog‘i) uldurki, avvalo ra’iyatni (xalqni) do‘st tutg‘ay (hurmat qilg‘ay). Ul odamlardan bezor bo‘lg‘ayki, ularning maqtov va ta’rif-tavsiflarini tinglab, ra’iyat ahvolidan g‘aflatda qolg‘usidur. Balki mu’tamid (ishongan) xos odamlarini xalqning ahvolidan maxfiy xabar olmoqni buyurgayki, ularning maqtovu shikoyatiga qarab, o‘z holidan g‘ofil bo‘lmag‘ay.

   Oltinchi qoida ulki, odamlar shariatga xilof ishlar bilan ba’zi boshliqlarni xursand qilmoqchi bo‘lsa, Haq taoloning xushnudligidan mahrum qolur. Hazrati Umar r.a. aytur: «Har kuni ko‘rurmanki, guruhe (ba’zi guruhlar) ishimdan xursanddurlar, ba’zilari xursand emaslar. Ammo, axmoqlar va johillarni xushnud qilaman degan odam Haq taoloning rizoligidan mahrum qolur».

   Hazrati Umar Oysha roziyallahu anhog‘a noma bitdilarki, nasihat qiling deb. Hazrati Oysha xatida yozdilarki, rasul alayhissalom bir kuni aytib erdilar: «Kishi xalqning noroziligidan va Haq taoloning noroziligidan qo‘rqsa yaxshi bo‘lur. Bunday kishidan Haq taolo xursand bo‘lur va xalqni ham undan rozi qilur. Ammo, kim Haq taoloning noroziligidan qo‘rqmay, ba’zi odamlarning xushnudligini istasa, Xudoi azza va jalla ul kishidan norozi bo‘lur va xalqni ham undan norozi qilur».

   Yettinchi qoida ulki, mutasaddiy bo‘lg‘ayki, mamlakatdorlig‘ ishida xaloyiq mushkullarini Haq taoloning farmoniga muvofiq saranjom qilsa, nihoyati ulug‘ ishdur, kishiga tavfiq (insof, adolat) yor bo‘lib, hukumat ishini shariatga muvofiq qilsa, saodatdurki, hech nihoyasi yo‘qtsur.

Qayd etilgan


Robiya  09 Sentyabr 2008, 17:05:58

Abbos r.a. aytur: «Bir kuni rasululloh s.a.v. xonai Ka’ba halqasini tutibdurlar. Quraysh qavmidan odamlar hozir erdi. Aytdilarki: «Podshoh va imom qurayshdan bo‘lg‘ay va uch ishni bajo keltirg‘aylar: Xaloyiqg‘a rahm-shafqat qilg‘ay va dodxohga (mazlumga) adolat qilg‘aylar va shariatga xilof ish qilmagaylar. Bu uch ishga xilof ish qilg‘an odamlarni Haq taolo la’nat qilur, farishtalarning la’natiga sazovor bo‘lurlar va xudo ulardan hech bir farz va sunnatni qabul qilmas».
Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Agar bir odam ikki odamning shikoyatini tinglab, hukmida zulm qilsa, Haq taoloning la’nati zolimlarga bo‘lur». Yana aytibdurlar: «Uch toifa odamlar borki, qiyomat kuni Alloh taolo ularga rahmat nazari bilan qaramas: podshohki, yolg‘onchi bo‘lsa. Ikkinchi - Pir, qariyaki, zinodan qaytmasa, uchinchi - gadoki, mutakabbir va lofgo‘y (yolg‘onchi) bo‘lsa.

Sahobalarga aytdilarki, «Yaqin orada mashriq va mag‘rib taraflar fath bo‘lib, dini islom muzaffar bo‘lur. Ammo aksar podshoh va amirlar do‘zaxga kirar, magar ul toifaki, Xudoi taolodan qo‘rqsa va taqvo tariqini tutsa va mazlumlarni zolimlardan himoya qilsa, do‘zaxdan xalos bo‘lurlar».

Yana aytibdurlar: «Podshoheki, Haqtaolo anga ra’iyatni topshiribdur, agar ul ra’iyatga g‘amxo‘rlik qilmasa, rahm-shafqatni bajo keltirmasa, Haq taolo anga behishtni harom qilur». Yana aytibdurlar: «Haqtaolo kimni xalqg‘a mutasaddiy (rahbar) qilibdur, ul mazlumlarning ahli ayoliga (oilasiga) qaraganday nigoqbonlik, g‘amxo‘rlik qilmasa, aytg‘ilki, o‘ziga do‘zaxdan joy hozirlabdur». Yana aytibdurlar: «Ummatlarimdan ikki toifa qiyomatda mening shafoatimdan mahrumdurlar. Biri - zolim podshohlar, yana biri - mubtadiyki. aning bid’atidan (yangi qonun-qoidalaridan) islom diniga xalal yetgay». Va aytibdurlar: «Qiyomat kunining qattiqazobi zolim podshoh va zolim amirlargadur».

Qayd etilgan


Robiya  09 Sentyabr 2008, 17:09:33

Besh toifadurki, Xudoning g‘azabiga giriftor bo‘lurlar. Haq taolo agar xoxlasa, bu olamda jazo va sazo berur; xohlasa do‘zaxga solur: Avval (1) qavmki, begunoh qul va xizmatkorlariga zulm va ta’addi (g‘azab, do‘q-po‘pisa) qilurlar. Ikkinchi, ul hokimki, ra’iat aning hukmi va farmonini tutg‘ay, ammo rahbar ularga adolat va g‘amxo‘rlik qilmag‘ay. Uchinchi, kishi (boshliq bo‘lganidan kibrlanib) ahli ayolini toat-ibodatga (musulmonchilik odoblariga) targ‘ib qilmag‘ay, shariat ilmini halol va haromni ajratishni, farqlashni o‘rgatmagay (buni o‘zi ham bilmaydi). To‘rtinchi, kiraga mardikor olsa, xizmatini tamom qilganidan keyin haqini to‘liq bermas. Beshinchi, rahbar xotinining va farzandlarining haqqini bermay zulm qilsa.

Hazrati Umar r.a.ga janoza namozini o‘tamakga turib edilar, kimdir kelib, hazrati Umarning oddilariga o‘tib, namozga turdi. Namozdan forig‘ bo‘lib, o‘likni dafn qildilar, ul kishi go‘rga qo‘lini qo‘yib, aytdiki, «Ey, bori Xudoyo, agar bu odam senga osiy bo‘lgan bo‘lsa, azob qilmoqg‘a qodirsan va agar rahm qilsang, bu odam rahmatingga mux^ojdur. Saodatmandsan, ey murda, hargiz podshoh va amir emas eding, g‘avg‘ochi (ig‘vogar) va navisanda (birovlarning ustidan yozg‘uvchi) emassan, - deb g‘oyib bo‘ldi. Uni izladilar, topmadilar. Hazrati Umar r.a. aytdilarki, bu odam hazrati Iso alayhissalom edilar».

Rasul alayhissalom aytdilarki, «Voy podshoh va amirlarning holiga, voy a’moli navisandalar holigaki, qiyomat kuni ularning gisulari - sochlaridan osib, azob qilurlarki, hech xayrli amallari bo‘lmas. Va yana aytibdurlar: «Mutasaddiy (boshliq) bo‘lishdan ehtiyot bo‘linglarki; ularni qiyomatda g‘ul-zanjirlar bilan bog‘lab keltirarlar. Agar amali xayr qilgan bo‘lsa, xalos bo‘lur, yo‘q esa qo‘l-oyokdariga zanjir solurlar».

Hazrati Umar r.a. aytdilarki: «Voy, ro‘yi zamin mutasaddiylarigaki, osmon va zamin podshohidan (Haq taolodan) na uqubatlar ko‘rgusidurlar. Va agar elga adolat qilgan bo‘lsa, va shariat hukmlarini pas tutgan (buzmagan) bo‘lsa, nafs xohishiga qaramagan bo‘lsa, xushomadlarga uchmagan bo‘lsa, rahbardan qo‘rqib va yoki sovg‘a umidi bilan hukm qilmagan bo‘lsa, oyatlar va hadislarning mazmuniga qarab hukm qilgan bo‘lsa, najot topg‘usidur».

Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Qiyomat kuni podshoh, amir va mutasaddiylarni keltirurlar. Haq taolo aytur: «Sizlar, qo‘ylarimning qo‘ychisi (cho‘poni) va zamin mamlakatlarining xazinachisi edingizlar, nima uchun bandalarimga ranju uqubat yetkazdinglar? Ayturlar: «Ey, Xudovando, g‘azabingdan qo‘rqutdikki, agar biz ularga siyosat va uqubat qilmasak, senga nofarmonliq qilur edilar». Haq taolo aytur: «Nima uchun sizlarning g‘azabinglar mening g‘azabimdan ilgari bo‘ladur? Va bir guruh odamlarga xitob bo‘lurki, «Nima uchun azob-uqubatni nisabiga yetkurmasdan qildinglar?» Ayturlarki: «Parvardigoro, rahm qildik». Haq taolo aytur: «Sizlar mendan rahmliroq bo‘ldinglarmuki, farmonimga bo‘ysunmadinglar».

Qayd etilgan


Robiya  09 Sentyabr 2008, 17:11:58

Huzayfa r.a. ayturlar: «Hech mutasaddiyni yaxshi, yomon demasmanki, agarchi yaxshi bo‘lsa ham». Aytdilar: «Nima uchun yaxshi demassan?» Aytdilar: «Hazrati rasul alayhissalomdan eshitibdurman: «Qiyomat kuni hamma mutasaddaylarni Sirot ko‘prigidan o‘tkizurlar; Pulisirotga farmon bo‘lurki, javru sitam birla hukm qilg‘uvchini va rishva (pora) oluvchini, ikki da’vogardan faqat birining so‘ziga quloq sOltuvchini (ustingdan) tashlagil! «Sirot qo‘prigi bularni silkib, (chohga) tashlar». Yetmish yildan so‘ngdo‘zax qa’rigatushganlarningovozi va sharpasi eshitilur.

Xabarda kelibdurki, Dovud alayhissalom xaloyiqning xushnudligi va noxushnudligini anglamoquchun ba’zi vaqtlarda liboslarini o‘zgartirib, bozor va ko‘chalarda yurib, xaloyiqtsan so‘rar edilarki, «Dovud nechuk kishidur?» Bir kuni shu tariqa so‘rab yurgan edilar, Jabroil alayhissalom odam suratida bo‘lib, yuzma-yuz keldilar. Podshohso‘radi «Dovud qanday odam?» deb. Jabroil alayhissalom aytdilar: «Xo‘b odamdur, agar Baytul-moldan yemay (davlat hisobidan yemay), o‘z kasb-hunari bilan topgan halol luqmasini yesa».

Dovud alayhissalom ibodatxona mehrobiga kirib, yig‘lab, duo qildiki, «Parvardigoro, menga hunar o‘rgatgilki, o‘z meqnatim va kasbimdan topganimni yegayman». Ersa, Haq taolo unga Zirhgarlik (temir, po‘latdan sovut, dubulg‘a kabi jang kiyimlarini yasash)dan ta’lim berdi.

Hazrati Umar r.a. kechalarda podshohi shabdek shaharni aylanur edilar, toki mazlum va miskinlar holiga yetgaylar. Aytur edilarki, agar biyobonda qo‘yni bo‘ri yesa, qo‘rqarmanki, qiyomat kuni oni mendan so‘rog‘ qilurlar. Abdulloh ibn Umar aytur: «Hazrati Umar vafotlaridan keyin duo qilur edimki, tushimda ko‘rgayman. Ersa o‘n ikki yildan so‘ngtush ko‘rdimki, Umar r.a. alhol g‘usldan forig‘ bo‘lib chiqqandek ko‘rindilar. Aytdimki, «Ey, amiral-mo‘‘miniyn, Haq taolo sizga ne qildi?» Aytdiki, «Yo, Abdulloh, men sizlarning qoshingizdan ketg‘animga necha yil bo‘ldi?» Aytdilar: «Un ikki yil bo‘ldi». Hazrati Umar aytdilar: «To shu vaqtacha hisob oldilar, qo‘rqdimki, holim xarob bo‘lg‘ay: Haq taoloning rahmliq sifatidan najot topdim».

Bilgilki, hazrati Umarni dunyolig‘ jihatidan bir daraxtdan o‘zga hech nimarsalari yo‘q erdi. Bas, ul podshohi oliyning holi mundog‘ bo‘lsa, o‘zgalarning‘ holi nechuk bo‘lg‘usidur?

Qayd etilgan


Robiya  09 Sentyabr 2008, 17:13:31

Xoja Munzir Jumhur elchi ila yubordiki, hazrat Umar r.a. holini bilib kelg‘ay. Elchi Madinaga borib so‘radiki, «Podshohinglar qaydadur?» Aytdilarki: «Bizning podshohimiz yo‘qtur. Xalifamiz borki, darvozaning tashqarisiga chiqibdur». Ersa, elchi izlab topdiki, daraxtni boshiga qo‘yib yotibdur, peshonalaridan ter oqib, yerni ho‘l qilibdur. Elchi bu holni ko‘rib, ko‘ngliga bisyor asar qildi. Dilida aytdiki: «Ro‘yi zamin podshohlari bu kishidan tarson va xaybatidan larzon bo‘lg‘ay, bu kishining holi bu bo‘lg‘ay. Haqiqatan odildurki, mundog‘ emin-erkin va osudalig‘ birla uyqulabdur. Bizning podshohlarimiz zolim va jobirdur, kechalari xilvatxonalarida vahshat-qo‘rquvdan orom bilan uxlay olmaslar. Guvohlik berurmanki, bu kishining dini barhaqva rostdur. Agar elchilikka kelmagan bo‘lsam edi darhol islomga iymon keltirur edim. Bu voqeani Abu Munzir Jumhurga yetkizib, qaytib kelib, iymon keltirgayman».

Bas, mutasaddiylik ishi bisyor xatarnokdur. Va amirlar ul vaqt salomat bo‘lurki, olimlar xizmatida bo‘lg‘ay, toki olimlar unga shariatni o‘rgatgay. Amirlik va voliylik (viloyat hokimligi) xatarlaridan ogoq qilg‘ay.

Sakkizinchi qoida ulki, ulamo suhbatini mutasaddiyn suhbatidan g‘animat bilgay. Ul olimki, dunyoga xarisdur, oning suhbatidan hazar qilg‘ayki, ta’rif va sitoyish qilmoq (ziyoda maqtamoq) birla amirlik podshohlikdan foyda izlar va yo ularning qo‘lidagi harom mol, dunyodan makr va hiyla bilan olmoqni maqsad qilur. Va olimi dindor ul bo‘lurki, podshoh va amirlardan va o‘zgalardan hech nima tama’ qilmas, va ularga pand-nasihat bermoqdin to‘xtamas. Chunonchi, Shaqiq Balhiy rag‘matillohi alayh Xorun al Rashidg‘a muloqot bo‘ldi. Xorun aytdi: «Zohidmusan?» Ulamo aytdi, «Men Zohid emas, Shaqiqman». Xalifa aytdi: «Menga nasihat bergil». Shaqiq aytdi: «Seni Haq taolo Abu Bakr Siddiqning o‘rnida qo‘yibdur va Ali al-Murtazo o‘rnida qo‘yibdur. Sendan ilm va shijoatdan so‘rarlar. Haq va botil aro farq qilganingni so‘rarlar. Va Usmon Zun-nurayn o‘rnida o‘tirg‘izibdurki, sendan karam va futuvvat, muruvvat va saxovat izlaydilar».

Xalifa so‘radi: «Tag‘i nasihatni ziyodaroq qilg‘il». Aytdi: «Haq taolo saroyni bino qilibdur, do‘zax otliq va seni shu saroyga nigohbon qilibdur va senga uch nimarsa beribdur: Baytul-mol boyliklari, shamshir va toziyona (tanbeh) birla xaloyiqg‘a odob bergil va nohaq xun (qon) to‘kkanlarni shamshir birla o‘ltirgil. Bas, bu ishlarni taqsir qilsang (xato, qusur qilsang) avvalo do‘zaxga o‘zing kirarsan, ondin so‘ng o‘zgalar kirar».

Qayd etilgan