Imom G'azzoliy. Kimyoi saodat (Ruh haqiqati)  ( 351063 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 41 42 43 44 45 46 47 48 B


Robiya  09 Sentyabr 2008, 17:14:36

Xalifa aytdi: «Yana ham nasihatni ziyoda qilg‘il». Shaqiq aytdi: «Sen chashma mislliksan. Va o‘zgalar sipohiy va a’yonlaring ostingdagi ariqg‘a o‘xshashdur. Agar chashma suvi sof va ravshan bo‘lsa ariqlarning suvi ham loyqa va iflos bo‘lmas. Agar chashma suvi tiyra va loyqa bo‘lsa, ariqlardagi suvlarning ham soflig‘i va e’tibori bo‘lmas».

Horun-ar-Rashid xoslari birla Fuzayl Iyoz ziyoratiga bordi. Eshigiga yetib angladiki, Qur’on tilovat qilib, bu oyatga yetibdur: «Uxsib allazina ijtara livo sayyota inna naj’alahu».

Xalifa aytdi: «Agar nasihat talab qilsam, rozi bo‘lurmusan? Fuzayl aytdi: «Ushbu oyat kifoyatdur».
Oyatning tafsiri ulki, «Oyo, ul toifalar, Alloh taolo gunoh va ma’siyatga mashg‘ul bo‘lganlarni toat va ibodat qilgan bandalariga barobar qilur, deb gumon qilurlarmi?» Ya’ni bu ikki toifani Haq taolo hargiz barobar qilmas.

Xorun ar-Rashid aytdi: «Eshik qoqg‘il». Vazir Abbos eshik qokdi va qichqirdiki: «Amir ul-mo‘‘miniynga eshik ochg‘il!»

Fuzayl aytdi: «Amirul-mo‘‘miniynning men birla nima ishi bo‘lur?» Abbos aytdi: «Amirul mo‘‘miniyn farmoniga itoat qil, eshik ochg‘il!»

Ersa Fuzayl Iyoz eshik ochdi va chirog‘ni o‘chirdi. Xorun ar-Rashid ko‘rishishga qo‘l uzatdi. Fuzayl xalifaning qo‘lini tutib, aytdiki: «Oh, bu yumshoq qo‘ldan kim ushlasa do‘zax azobidan najot topmas». So‘ngra aytdi: «Ey, amirul-mo‘‘miniyn, Xudoi taoloning so‘rog‘iga tayyor bo‘lg‘ilki, qiyomat kuni seni turg‘izib, musulmonlarni bir-bir keltirib, sendan savol qilurlar.» Xorun ar-Rashid bu so‘zni eshitib, vahshatdan, (qiyomat qo‘rquvidan) yig‘lab, yiqildi. Abbos aytdi: «Ey, Fuzayl, xomush (jim) bo‘lingki, amiral-mo‘‘miniynni o‘ldirdingiz». Fuzayl aytdi: «Ey, Homon (fir’avnning yovuz vaziriga o‘xshatmokda), amiral-mo‘‘miniynni sen va sening qavming halok qildi».

Xorun ar-Rashid (o‘ziga kelib) aytdi: «Ey, Abbos, bildingmu, seni Homon demagi meni fir’avnga teng qilganidur. Bas, ming dinor keltirib qo‘ydi va dedi: «Bu haloldandur. Onamning mahridan meros qolib erdi».

Qayd etilgan


Robiya  09 Sentyabr 2008, 17:15:45

Fuzayl aytdi: «Senga deb edimki, har nimarsaki olibsan, hisobi bor, egasiga bergil», - deb sovg‘ani qabul qilmadi.

Umar ibn Abdulaziz bir kuni Muhammad ibn Ka’b Qurayziyga aytdiki: «Adl (adolat) nimadur? Sifatini bayon qilg‘il!» Ibn Ka’b aytdi: «Musulmonlardan yoshi kichiklariga ota bo‘lg‘il va yoshi ulug‘larga o‘g‘il bo‘lg‘il, o‘z tengdoshlaringga : birodar bo‘lg‘il va har kishiga o‘z gunohidan ziyoda uqubat qilmag‘il. Zinhor birovni o‘z g‘azabing birla toziyona urmag‘ilki, joying do‘zax bo‘lur».

Zohidlardan biri o‘z zamonidagi xalifa bilan muloqot qilib (so‘zlashib) qoldi. Xalifa aytdi: «Menga nasihat qilg‘il». Zohid aytdi: «Chinga, bir shaharga borib edim, ul yurtning podshohi qulog‘i kar ekan, bisyor yig‘laydur. Aytadurki: «Karlig‘imga yig‘lamasman, arzgo‘y va dodxohlarning arzini tinglay olmaganimga yig‘larman. Farmon qildiki, arzi bor, mazlum (zulm ko‘rgan) odamlar qizil egin kiysinlar. O’zi har kuni filsuvor bo‘lib (filiga minib), ko‘chama-ko‘cha yurib, qizil eginli odamni chorlab, faryodralik qilur edi (dod, faryodini tinglab, mushkulini oson qilur edi). Yo, amiral-mo‘‘miniyn, bu bir kofirning tariqi (tutgan yo‘li)durki, Haq taolo bandalariga rahm-shafqat qilmoq uchun muncha ishni lozim tutibdur. Bas, sen hazrati rasul alayhissalomning ahli baytlaridansan. Fikr qilg‘ilki, musulmonlarg‘a rahm va shafqat bundan ziyoda bo‘lishi vojibdur».

Abu Quloba bir kuni xalifa Umar ibn Abdul-Aziz bilan so‘zlashib qoldi. Xalifa aytdi: «Nasihat, maslahat bergil». Abu Quloba aytdi: «Odam alayhissalomdan to bu vaqtgacha sendan boshqa xalifa qolmabdur». Xalifa aytdi: «Tag‘i ziyoda qilg‘il». Abu Quloba aytdi: «Bu yer yuzida xalifa bo‘lsang ham bir kuni o‘larsan». Xalifa yana nasihat so‘radi. Zohid aytdi:

- Agar Xudoi taolo sening bilan bo‘lsa nimadan qo‘rqarsan? Agar sening bilan bo‘lmasa, kimning panohiga sig‘inursan?

Xalifa aytdi: «Degoning kifoyatdur».

Qayd etilgan


Robiya  09 Sentyabr 2008, 17:17:29

Sulaymon ibn Abdul Malik xalifa edi. Bir kuni andisha qildiki, bu olamning ne’matlaridan chindan bahramand bo‘ldim, qiyomat kuni holim ne kechgusidur? Ersa Abu Xozim Makkiy rahmatillohi alayhga ul zamonning olimu zohidlaridan edi, kishi yuborib aytdiki, «Iftor qilur taomdan menga jizya bersunlar». Abu Xozim ul odamga qurigan kepak nondan bir burda berib yubordi: «Mening iftorlik taomim ushbudir» dedi. Xalifa Sulaymon buni ko‘rib, bisyor yig‘ladi. Bu voqea ko‘ngliga ta’sir qilib, uch kun ro‘za tutdi va iftorda hech narsa yemadi. Uchinchi kecha boyagi qotgan kepak non birla iftorlik qildi.

Aytibdurlarki. ul kecha xalifa xotini birla suhbat qildi. O’g‘li bo‘lg‘usi xalifa Abdul Aziz vujudga keldi. Va ondin Umar ibn Abdul Aziz vujudga keldiki, yagonai jahon erdi. Xalifa Umar ibn Abdul Azizning adolati va fazlu kamollari ul halol taom birla ta’yin debdurlar.

Umar ibn Abdul Azizdan so‘radilarki: «Tavba qilmoqning sababi nedur?» Xalifa aytdi: «Bir kuni g‘ulomni (qulni qaysidir xatosi uchun) urdim». G’ulom aytdi: «Yod qilg‘il ul kechaniki, aning tongi qiyomat bo‘lg‘ay». Ersa, g‘ulomning bu so‘zlaridan tavbaga musharraf bo‘ldim».

Buzurglardan biri Xorun ar-Rashidni ko‘rdiki, yalangayog‘ini qizigan toshga bosib turibdur. Aytadurki: «Ey, bori Xudoyo, sen podshohsan va men ojiz bandangman. Mening ishim shulki, har qadamimni bir gunox yuzasiga qo‘yurman va sening ishing ulki. har zamon afu va mag‘firat qilursan. Bas, menga rahm qilg‘il».

Umar ibn Abdul Azizga bir kuni Abu Xozim aytdi, tuproq ustida yotg‘il va o‘lum xayolini boshingga takya (yastiq) qilg‘il. Va har nski. o‘lar vaqtda keraklidur, ani izlagim. Har ieki, o‘lar iaqtda ssnga ozurdalik (mashaqqat) keltirur, aiingdan yiroq bo‘lg‘ilki. o‘lim yaqindur».

Bas. podshoh va amirlarga lozimdurki, bu nasihatlarni qulog‘iga olib, bu hikoyatlarni xotirlarida saqlag‘aylar va ulamolarning pand-nasig‘atlarini g‘animat bilg‘aylar.

Va ulamolarga ham lozimduri, haq so‘zlarni podshohlarga bemalol aytgaylar va ularning ra’yiga borib, shariatga xilof ishlarga fatvo bermagaylarki, zolimning fisqu fasodlariga sherik bo‘lmag‘aylar.

Qayd etilgan


Robiya  09 Sentyabr 2008, 17:21:21

To‘qqizinchi qoida ulki, podshoh va amirlar o‘zi zulm va fasod qilmagaylar. O’ziga tobe’ amaldor va chokarlariga (xizmatchilariga) zulm fasodini man’ qilg‘aylarki, bularning zulmlarini qiyomat kuni podshohva umarodan so‘roq qilurlar. Umar ibn Xattob r.a. bir kuni (faqihlar yetakchisi. imom) Abu Muso al-Ash’ariyg‘a noma bitdi. Nomaning mazmuni shu ediki. «Ammo ba’d. ne baxt (saodatli) inson uldirki. ra’iyatparnar bo‘lgay ummol va chokarlar (xizmatchilarniig) xalqqa jabr-zulmini man’ etgay, toki ularning ra’iyatga jabr-zulmi sababli sen oxiratda halok bo‘lg‘aysan». Kitobda kelibdurki, sultonning xizmatkorlari qilgan har bir zulm sultonning zulmi hisoblanur va buning hisobini berur. Bilg‘ilki, hech kishi mundan ziyonkor va bosiqliroq bo‘lmaski, o‘zining dini va oxiratini mol, dunyo uchun sotg‘an. Bas, hamma amaldor va chokarlar (xizmatchilar) dunyolik tama’ida xizmat qilurlar va oxiratda ularning qilgan zulm va fasodlarini podshohva amirlarning gardaniga qo‘yib, do‘zaxga yuborurlar. Va qaysi dushman bundan ulug‘roqki, o‘ziga anda dunyolikni ko‘zlab, seni halok qilishga uring‘ay. Bas, podshoh va umaroga lozimdurki, hamma ra’iyat ahvolida adolatga rioya qilg‘ay, amaldor va xizmatchilariga adolat qilishni buyurgaylar. Avvalo, o‘z badaniga adolat qilg‘ay (ya’ni, badanini do‘zax o‘tida kuyishiga yo‘l bermagay), akli va dilni shahvat va g‘azabining zulmidan asragay. Balki, shahvat va g‘azabini aqli va dilining askari qilg‘ayki, sof aql farishtalar javharidan va Haq taoloning lashkaridandur. Shahvat va g‘azab Iblisning lashkaridandur. Kimki Xudoi taoloning lashkarini bilsa, Iblis alayhi la’naning lashkariga asir bo‘lsa, xalqka qanday adolat qilg‘ay? Vaqtiki, adolat oftobi senda zuxur qilsa (balqib chiqsa), aning nuri avvalo axli baytingga (oilangg‘a) ta’sir qilur, so‘ng shu’oyi partavi (shu’lasi) raiyatni yoritay. Bas, oftob bo‘lmasa, shu’lasiga ko‘z tutmoq maholdir (mumkin emas). Kamoli aql uldurki, hamma ishlarning haqiqatini bilgaysan, haqni botildan farq qilg‘aysan. Mol-dunyodan maqsad ko‘p va lazzatli taomlarni yeyish-ichish emasdur. Ko‘p yeyish va ichish qayvonlarning ishidur. Yangi kiyimlar kiyib bezanish esa xotinlarga yarashur. Agar bir odam desaki, iqbolu davlatdan maqsad xalqqa qahr va g‘azab qilmoq va dushmandin o‘ch olmokdur, bu fikr xatodirki, o‘zgalarga ozor bermoqdarrandalar - vahshiy hayvonlarning sifatidur. Va aytsalarki davlat va iqboldan murod - xalqni senga xizmat qildirmokdur, bu gap axmoqlikdurki, o‘zlarini dono deb o‘ylovchi xizmatchi. mansabdorlar o‘z manfaatlari uchun xizmat qilurlar. Agar bir mansabdordan baxt-iqbol yuz o‘girib. boshqa bir mansabdorga kulib boqsa, avvalgining qo‘l ostidagi barcha xizmatchilar yangi boshliqqa yaxshi ko‘rinishga uriiib. sobiqboshlig‘ini unutarlar.

Bas, oqil boshliq uldurki, barcha ishlarini adodat va xaqiqat bilan, oqibatini o‘ylab qilur. Oqibatini o‘ylamaydigan mansabdorni oqil va odil deb bo‘lmas, sababi - bularning borur joyi do‘zaxdur. Shu sababli, barcha yaxshiliklarning manbai aql-insof, adolatdur.

Qayd etilgan


Robiya  09 Sentyabr 2008, 17:25:42

O’ninchi qoida ulki, boshliqlarning ko‘pchiligi mutakabbir bo‘lur. Vaqtiki, qahr-g‘azabi oshsa, xayrli ishlari ham zoe’ bo‘lur. Buning odatlari va ilojlarini «Muxlikot» ruknida bayon qilurman, inshoolloh. Agar boshliqda takabburlik g‘olib bo‘lsa. u hamma xolatlarda sal xato qilgan xizmatchilariga afv va karam qilmoqni, bag‘rikenglikni odat va pesha qilg‘ay. Agar afv va karam, bag‘rikenglik qilsa, o‘zini anbiyolar, sahobalar va avliyolarga o‘xshatganidur. Agar takabburlik, qaho va g‘azab qilsa, darranda va chahorpolar (xayvonlar) qatoriga kirganidur.

Hikoyatda kelibdurki, xalifa Abu Ja’far bir kishini o‘ldirmoqqa buyurdi, ul olam xalifa xaqida xiyonat qilib erdi. Muborak Fuzola rahmatillohi alayh hozir erdi aytdiki: «Yo amir al-mo‘miniyn. avval rasululloxning‘ so‘zlarini eshitgil, andin so‘ng o‘ltirgil». Xalifa so‘radi: «Nechuk so‘zlardur?» Muborak ibi Fuzola aytdi: «Hasan Basriy rahmatilloxi alayh rasululloxdan rivoyat qilibdur: Ul xazrat aytibdurki: qiyomat kuni xamma xalqni bir sahroda jam’ qilgandan keyin nido keldiki, «Xudoi taolo dargoxida kimning quvvati bo‘lsa o‘rnidan tursin!» Hech kim o‘rnidan qo‘zg‘alolmadi. Faqat bir kishi chiqdiki. dunyoda boshliq, rahbar eli unga xizmatchisi xiyonat va g‘iybat (zabondarozlik) qilgan edi. ul kishi uni afv qilgan edi, o‘sha odam o‘rnidan turdi» Bu so‘zlarni eshitib, Abu Ja’far haligi aybdorni o‘ltirmay, afv qildi.

Iso alayhissalom aytdilarki, agar bir odam sendan shikoyat qilsa. rost aytgan bo‘lsa. shukr qilgil, chunki u odam seni yomon fe’lingdan qaytaribdur. Va agar yolg‘on aytgan bo‘lsa. uiing xayrli ikplarini uchirib. seiipg nomai a’molingga yozurlar.

Rasul alayxissalom huzurida bir olamni tavsif qildilarki. «Bisyor quvvatli kishidur har kim birla kushitgirlik qilsa (kurashga tushsa) g‘olib kelur va hech kim anga teng kelolmas». Rasul alayhissalom aytdi: «Eng zo‘r mardonalik ulki, kishi o‘zining qahru g‘azabiga va nafsiga g‘olib kelgay, birovni yiqitgan birla kuchli va mardona bo‘lmas». Yana aytibdurlar: «Uch xislat kimda bo‘lsa. iymoni butun va komil insondur: G’azabi kelgan vaqtida yomonlik qilmasa, shodlik mahalida g‘amginligini unutmasa va (mehnatga) xakdor bo‘lganida o‘z haqqidai ziyodani olmasa».

Qayd etilgan


Robiya  09 Sentyabr 2008, 17:32:30

Hazrat Umar r.a. aytibdurlar: «Hech kishining xushxo‘rligi va badxo‘rligiga e’timod qilmagil to lo-g‘azab ko‘rmaguncha (g‘azabini tiygan vaqtida ko‘rmaguicha) va hech kishiga ishonmag‘il to ani tama’ vaqtida azmoyish (nazar) qilmaguncha». Hazrat imom Husayn masjidda erdilar, bir kishi kelib ul yutga dashnom berdi (g‘azab qildi). G’ulomlari anga adab bermoqchi bo‘ldilar. Hazrat imom Husayn aytdilarki: <<Ey g‘ulomlar, qo‘lingizni torting. Ul kishiga aytdilar: «Bu deganing mening po‘ishda (berkitib yurgan) ahvolimiing‘ mingidan biri emasdur. Rost aytursan hech hojating bormuki, ravo qilg‘aymai». Ersa, ul kishi xijolat bo‘lib. jim qoldi.

: Hazrat Ali karamallohu vajhaxudan qOltan jomasi (choponi) eginlarida edi, yechib berdilar va yana ming diram buyurdilar. Ul kishi aytdiki. «Guvohliq berurman, bu payg‘ambardan o‘zga kishining farzandi emasdur. Va yana rivoyat qilibdurlar. hazrat imom Husayn raziyilloxu anhudanki bir g‘ulomlarini ikki navbat chaqirdilar. G’ulom javob bermadi. Aytdilarki: «Eshitmadingizmi? G’ulom aytdi: «Eshitdim, lekin xushfe’lligingizga ishonib bari bir menga ozor bermassiz, deb indamadim. Hazrat imom Husayi Allohga shukru sano aytib dedilarki: «Xudovandlo, mening bandam g‘azabimdan emindur. Sen xam meni qahru g‘azabingdan emin qilg‘il. Yana bir g‘ulomlari bir qulning oyog‘iga urdi. Imom Husayn undan "œNima uchun bunday qilding? Deb so‘radi. G’ulom aytdiki. Sizning g‘azabingizni kechirmak uchun qasddan urdim».

Imom Husayn aytdi: «Ul kishining g‘azabini keltirayki, senga ishni o‘rgatibdur (ya’ni, Iblis alayhi-la’naning). Ul g‘ulomni ozod qildilar.

Hazrat rasululloh aytibdurlar: «Do‘zaxning bir eshigi bordur, bisyor uqubatnok, bu eshikdan ul toifadagi odamlar kirarki, shariatga xilof qahru g‘azab qilg‘aylar. Va rivoyatdurki, Iblis alayhila’na Muso alayhissalom huzuriga keldi va dedi: «Men sizga uch narsani o‘rgatay, toki siz mening hojatimni Xudoi taolodan talab qilg‘aysiz».

Qayd etilgan


Robiya  09 Sentyabr 2008, 17:39:29

Abdulloh ibn Mas’ud ayturki, «Hazrat rasululloh bir kuni moli g‘animat (jangda o‘ljaga tushgan mollarni) taqsim qildilar. Bir kishi aytdi: «Bu taqsimot insof bilan bo‘lmadi.» Abdulloh ibn Mas’ud bu kishining noroziligini rasulullohga yetkazdi. Rasul alayhissalom g‘azabnok bo‘lib, chehralari qizardi. Aytdilarki: «Haq taolo birodarim Muso alayhissalomga rahm qilsunki, bundan ilgari qavmlari anga chunon ranj, ozor yetkurdilar, ul sabr qildi», - dedilar.

Bas, podshoq va amirlarga pand-nasihatlardan muncha axbor (hadis) va hikoyatlar kifoyatdurki, agar iymonlari bo‘lsa, ta’sir qilur. Va agar (shuncha pand-nasihatlar) ta’sir qilmasa, ularda iymon yo‘kligining alomatidur. Bas, so‘zda mo‘‘min va ko‘ngilda iymondan judo, dunyoga mag‘rur mutasaddiylar har yili necha ming dirham haromdan olurlar va ani boshqalarga berurlar, o‘zlariga zomin bo‘lurpar va qiyomat kuni barcha ishlarining javobini talab qilurlar va oxiratda manfaatni o‘zgalar (ra’iyatparvar, kamtarin, adolatli mutasaddiylar) ko‘rurlar. Va bu mutakabbirlarning qilmishi nihoyati beaqllikdur. Vallohi a’lam.

Qayd etilgan


Robiya  11 Sentyabr 2008, 15:06:05

                                                   LUG’AT, IZOH VA ShARHLAR

Tahsil - ilm, ma’rifat hosil qilish.

Takmil ilmini kamolga yetkazish.

 Zuhdu inqito tariqi - Alisher Navoiy tilida ma’nosi: Dunyoning o‘tkinchi tashvishlarini, mol-dunyo, mansab, hashamatni tark etib, odamlardan uzoqlashib, hilvatda yashash.
Ismoiliya - islom dinidagi shia mazhablaridan biri, hazrat Ali avlodlaridan Ja’far Sodiqning o‘g‘li Muso al-Kozimni (799 yil vafot etgan), ba’zi guruhlar Ja’far Sodiqning boshqa o‘g‘li Ismoilni butun dunyo musulmonlarining yettinchi imomi deb, ont ichib. qo‘l berganlar. Imom Ismoil otasi Ja’far Sodiq hayotligida vafot etgach (762 yil), shialar Ismoilning o‘g‘li Muhammadni yettinchi imom (ya’ni, Muhammad ibn Ismoil) yashirin ravishda qaytib, yana o‘rnini oladi, al-Qoim bo‘ladi, degan g‘oyani ilgari suradilar. Ismoiliya tarafdorlari siyosiy va harbiy jihatdan kuchayib, botiniylar, fotimiylar, qaromita-qarmatiylar degan nomlar bilan Misr fotimiylar xalifaligi davlatini tuzdilar va Janubiy Iroq, Xuroson, Xuziston, Bahoayn, Yaman, Suriya va Mag‘ribda (Marokash va boshqa) kuchli ta’sir doirasiga ega bo‘ldilar. XP-XSh asrlarda Misrda axli sunna val-jamoa tarafdor bo‘lgan mamluklar (Najmiddin va Salohiddin Ayyub va avlodilari) davlati tuzilgach, ismokliya qavmlari Erondagi Olamo‘t (Alamavt) tog‘ida yashirin davlat tuzib (boshlig‘i imom Hasan Sabboh), halqaro terror bilan shug‘ullandklar.

Abu Homid Muhammad G’azzoliy bularga qarshi «Fazoyihi botiniya» asarini yozib, ularning qarashlarini keskin tanqid qilgan.

Moddiyunlar - ilohiylikni, ruhoniyat, ruhiy olam qudrati va ajoyibotlarini, ruhning abadiyligini, oxiratni, qiyomatni, do‘zah va jannatni inkor etib, faqat moddiy hayot bor, jonzotlar o‘lgandan so‘ng ruh yo‘qoladi deb, faqat moddani tan oluvchilar (lotincha materialistlar).

Ulum - turli ilmlar.

Furu’ - asl, butun, yahlitning ayrim juz’lari, qismlari.

Qayd etilgan


Robiya  11 Sentyabr 2008, 15:06:53

Al-Misoq (aniqrog‘i Yavm al-Misoq) - Tangri Odam ato va Momo Havoni yaratgach kelgusida, to qiyomatgacha tug‘ilib - yashaydigan odamlarning ruhlarini bir joyga yig‘ib, ularning halol, pok yashash haqida axdlarini va’dalarini Oltach, ularga jismoniy jon ato qilgan. (Nosiruddin Rabg‘uziy «Qisas-ul anbiyo»).

«Muztazhiriyya» - Abu Homid Muhammad G’azzoliyning «Fazoyihi botiniya» («Botiniylarning rasvoliklari») asari xalifa al-Muztazhir taklifi, iltimosi bilan yozilgani uchun shunday nom bilan ham ataladi.

Abu Homid Muhammad G’azzoliyning «Ihya’ al-ulum ad-din» («Diniy ilmlarni jonlashtirish») asarida «Kimyoi saodat» kitobida muhokama qilingan diniy, ahloqiy, falsafiy, tarixiy, fiqhiy masalalar, muammolar yanada mufassal va teranroq yoritib berilgan. Aslida «Kimyoi saodat» ana shu «Ihya’»ning muhtasar shaklidir.

Vohid - yakka-yagona.

Qahhor - yomonlarga qahrli.

Rahim - mehribon, rahmdil.

Sattor - kichik ayblar va gunohlarni yopuvchi va katta gunohlardan to‘suvchi.

Zul-jalol val-ikrom - buyuklik, ulug‘liq, izzat-ikrom egasi.

Xon - dasturxon.

Bahshish - hadya.

Komronlar - yaxshi maqsadga, murodiga yetganlar.

Sahob - bulut, suv beruvchi.

Nayson - bahor yomg‘iri.

Kufri islom - dinsizlar yoki mushrik - «ko‘p xudolilar».

Od qavmi - Qur’oni karimda aytilgan, kibru-havoga berilgan, o‘zini ulug‘lovchi xalq.

Bi-n-nabiyi olihil-imjod - nabiy va oilasi hurmati uchun ijodiy ilhom so‘rash.

Salavat va tahiyyoti benihoyat ... - payg‘ambarga, oilasiga, sahobalar hurmatiga o‘qiladigan duo.

Rusul - rasullar.

Qayd etilgan


Robiya  11 Sentyabr 2008, 15:07:48

«Kuntu nabiyan...» - payg‘ambar bo‘lding, degan ilohiy hitob.

Qurbi ilohiy - Haqqa yaqinlik.

Bahri fasohat - shirin so‘zli, go‘zal so‘zlar dengizi.

«Jilvagaridur bu to‘qqiz osmon...» va keyingi so‘zlar - Muhammad payg‘ambarning me’roj kechasi barcha osmonlardan o‘tib, birinchi osmon - Arshi A’loga ko‘tarilgani haqida.

Fuzalo - fozillar, fazilatli insonlar.

Zurafo - zarif, nozik ma’nolarni aytuvchilar.

Imoshunoslar - nozik ma’nolarni ochiq aytmay, go‘zal imo-ishoralar bilan bildiruvchilar.

Zehni mustaqim - Xotirasi ravshan va mustahkam.

Fuzalolar sulukida bulfuzullik ila ma’yub - so‘z o‘yini: fazilatli insonlar orasida tentakligi bilan aybdor.

Xitobi mustatob - ravshan va haqiqiy murojaat.

Amali solih xusulin jam’ qilmoq - yaxshi, hayrli, savob ishlarning hosilini yig‘moq.

Jamoli barkamol - eng mukammal go‘zallik - Xudoning jamoli.

Haqoyiq - haqiqatlar.

Daqoyiq - daqiq, nozik, nafis, chuqur ma’noli so‘zlar.

Bodiya - cho‘l.

Zoviya - jarlik.

Rohi rost - haq yo‘l.

Zillat, zalolat - xatolar, yanglishuvlar.

Talab dashti - azizlarning tariqati - hayot yo‘lida ma’rifat va haqiqatga yetishning mashaqqatli yo‘li.

Ta’b zulmati - ichqoralik, dilhirali

Mag‘firat - G’afur (kechiruvchi, Alloh) tomonidan gunoh - kechiril ishi.

Da’voi botil - yolg‘on da’vo.

Zalolat zillati - xato, yanglishuvlar og‘irligi.

Lama’ot anvari - ma’rifat yog‘dusining nurlari.

Sahih - chin, haqiqiy.

Maloika - malaklar, farishtalar.

Rikobi saodat irtikob - saodatli inson - payg‘ambarning otini yetaklab, jilovdor - xizmatkor bo‘lmoq.

Risolat - rasullik, elchilik.

Fasohat - shirin so‘zlik.

Balog‘at - yetuklik.

Qayd etilgan