Muallif Mavzu: Haqiqiy sevgi - Alloh va Uning rasuliga muhabbat haqida...  ( 44377 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

The_Alchemist

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 86
  • -oldi: 75
  • Xabarlar: 409
  • Jins: Erkak
  • The Alchemist
Re: Haqiqiy sevgi
« Javob #15 : 05 Avgust 2008, 18:03:47 »
Birodarga,
Olloh meni sevingla bandalarni sevish gunoh degan joyini ayta olasizmi?
Yoki er hotinini sevmasin yoki hotin erini sevmasin deyilganmi Ollohning biror kalomida? Paygambarimiz faqat esgulikni targib qilganlarku? Paygambarimiz juft halollarini sevmaganlarmi?
Sevingla va sevilingla, kupayingla, mehr oqibatli bulinglar deganlar doim. Bandani sevmagan insondan mehr kutish qiyin. U qanday qilib Ollohni sevadi oddiy yorini sevmasa?
Sevgan erkak hotinini hijobsiz quyib quyadi deb kim aytdi sizga? sevgini hijob bilan ulchash bu mantiqsizlikdir.
Otabek Kumushni sevganida qaysi shariy qonunni buzdi? Yoki qaysi bir ishi hato buldi?
Ular bir birlarini sevib Ollohni sevmay quyishdimi? yoki Kumush hijobsiz bulib qoldimi?
Sizni gapiz umuman mantiqsiz manimcha chunki yorni sevish bilan dinga qarshi chiqqan bulmaydi.
Ollohga bulgan sevgi eng buyukdir lekin Olloh bandalarini sevishga ham ruxsat bergan.
Oddiy bandani ham seva olgan inson Ollohni ham seva oladi BULMASAM YUQ!
Dreams are not negotiable.

                - Paulo Coelho

The_Alchemist

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 86
  • -oldi: 75
  • Xabarlar: 409
  • Jins: Erkak
  • The Alchemist
Re: Haqiqiy sevgi
« Javob #16 : 05 Avgust 2008, 18:11:05 »
registanga,
Original javoblaga ishqiboz bulib qolibdilami taqsir? :)
Dreams are not negotiable.

                - Paulo Coelho

The_Alchemist

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 86
  • -oldi: 75
  • Xabarlar: 409
  • Jins: Erkak
  • The Alchemist
Re: Haqiqiy sevgi
« Javob #17 : 06 Avgust 2008, 08:03:50 »
Birodarga,
Man Otabek va Kumushni misol keltirganim sababi insonlar urtasidagi muhabbat dinimizga qarshi emasligini aytmoqchi edim. Qodiriy asarlarini muhokama qilish niyatim yuq edi.Lekin uziz sevgi mavzusidan ham kuproq zamonaviy odobu ahloq mavzusiga tegishli bulgan gaplarizni yozgan ediz bazilar hotinini sevaman deb hijobsiz yurishiga ham rozilar deb. Hotinini hijobsiz quyib yurgan erkaklar mavzusi Haqiqiy Sevgi masalasiga aloqasi yuq edi. Siz odob va ahloq mavzusini Sevgi mavzisiga bemalol aralashtirib meni Otabek bilan Kumushni misol keltirganimga etiroz bildiribsiz.
Gap Sevgi haqida ketar ekan Otabek bilan Kumushni hech bir hijolatsiz misol keltira olaman deb uylayman, afsuski uziz mavzuga umuman aloqasi yuq gaplarni bemalol yozib tortinmasdan mani mavzuga aloqasi yuq gaplarni yozganlikda ayblabdiz. Vaholanki Otabek va Kumushni sizni sevgi ahloqsizlikka ham sabab bulishi mumkin degan fikrizdan keyin misol keltirgan edim.
Etiboringiz uchun odob va ahloq, hijob va hozirgi zamonda yoshlar tarbiyasi muhokama qilinadigan alohida mavzular ham bulsa kerak forumda, nima deysiz?
Forum azolarining biri aytgan edilar hammani uz fikri bor va boshqalar fikrini hurmat qilish kerak deb. Sizni gaplarizga ham qushilaman faqat hammasiga emas. Sizni gaplarizga qarshi suzlar yozgan bulsam uzur.
Chiroyli Baxs uchun kattakon raxmat.

The Alchemist


Dreams are not negotiable.

                - Paulo Coelho

Imron

  • Jr. Member
  • **
  • Rahmat
  • -aytdi: 23
  • -oldi: 69
  • Xabarlar: 99
  • Jins: Erkak
Re: Haqiqiy sevgi
« Javob #18 : 06 Avgust 2008, 10:19:50 »
Отабек Кумушга бўлган севгиси сабаб, "меъзожим заиф" деб, Зайнабга ёлғон гапиради. Зайнабга яқинлашмайди ва шу тариқа ўз жуфти ҳалолига зулм қилади. Ваҳоланки, бир аёлини кўпроқ яхши кўриб, иккинчисини муаллақа каби ташлаб қўйиш мўъмин кишига ярашмайдиган ҳолатдир. Қодирий бобомиз мусулмонларни мана шундай ҳолатларнинг ёмонлиги ҳақида огоҳлантирмоқчи бўлганлар, деб ўйлайман.

The_Alchemist

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 86
  • -oldi: 75
  • Xabarlar: 409
  • Jins: Erkak
  • The Alchemist
Re: Haqiqiy sevgi
« Javob #19 : 06 Avgust 2008, 10:29:38 »
Birodarga,
Agar hotiram pand bermasa siz Qodiriy asarlarini muhokama qilishga boshqa mavzular bor degan ediz shekille? Man shunchaki bilmoqchiman siz uzizni aytgan gapizga qarshi chiqmoqdamisiz yoki baxs shartlari uzgardimi?

The Alchemist
Dreams are not negotiable.

                - Paulo Coelho

Imron

  • Jr. Member
  • **
  • Rahmat
  • -aytdi: 23
  • -oldi: 69
  • Xabarlar: 99
  • Jins: Erkak
Re: Haqiqiy sevgi
« Javob #20 : 06 Avgust 2008, 11:11:16 »
Birodarga,
Agar hotiram pand bermasa siz Qodiriy asarlarini muhokama qilishga boshqa mavzular bor degan ediz shekille? Man shunchaki bilmoqchiman siz uzizni aytgan gapizga qarshi chiqmoqdamisiz yoki baxs shartlari uzgardimi?
The Alchemist
Охирги постингиз мени оффтоп ёзишга мажбур қилди.. Бўлар иш бўлди энди, муҳокамани давом эттираверинг. ))

The_Alchemist

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 86
  • -oldi: 75
  • Xabarlar: 409
  • Jins: Erkak
  • The Alchemist
Re: Haqiqiy sevgi
« Javob #21 : 06 Avgust 2008, 11:39:37 »
Birodarga,

Utgan Kunlar asarida faqatgina siz aytgan narsa haqida emas umuman usha vaqtdagi kupgina muammolarga etibor qaratilgan. Lekin halq orasida Utgan kunlar guzal ammo fojeali muhabbat asari sifatida qadrlanadi. Zaynab muammosiga keladigan bulsak unda Otabekni emas, ularning onalarining aybi kuproq edi bu zulmda. Otabek istamasa ham Zaynabni kelin qilgan Otabekning onalari edi. Bu vaziyatda Otabek qisman aybdor bulgan.
Lekin bu bilan Otabek Kumushni ham Zaynabni ham sevmasa zulm qilmasdi ushani uchun ham bandasiga bulgan sevgi notugri degan holosa chiqarish juda katta hato buladi.
Uziz etganizdek Oisha onamiz ham Paygambarimizni judayam yaxshi kurganlar va bu narsani notugri bulgan deya olmaymiz.
Hotinlarga zulm masalasizga kelsam 2- hotinni olishning shartlaridan biri bu adolatli bula olishdir.
Hadisda ham aytilgan agar adolatli bula olmasang qush hotin qilma deb.
Qush hotinlik masalasi va hotinlarga zulm qilish esa manimcha forumda bemalol yangi mavzuni ochib bera oladi deb uylayman...

The Alchemist
Dreams are not negotiable.

                - Paulo Coelho

Robiya

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7635
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Haqiqiy sevgi
« Javob #22 : 07 Avgust 2008, 16:56:43 »
Olloh buyuradi:

-Ey mo’minlar, na mol-dunyolaringiz van a bola-chaqalaringiz sizlarni Ollohning zikridan yuz o’girtirib qo’ymasin! Kimki shunday qilsa, bas, ana o’shalar ziyon ko’rguvchi kimsalardir (Munofiqun, 9)

-Sizlarning mol-mulkjlaringiz va bola-chaqalaringiz faqat bir fitna-imtihondir, xolos. Ulug’ ajr-mukofot esa yolg’iz Ollohning huzuridadir. (Tag’obun, 15)
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7635
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Haqiqiy sevgi
« Javob #23 : 07 Avgust 2008, 17:01:51 »
Kim mol-mulkni va bola-chaqasini Ollohning huzuridagidan ustun qo’ysa, uning qattiq aldanayotgani shubhasizdir.   "Mukoshafat-ul qulub"  Abu Homid G'azzoliy
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Hadija

  • La Ilaha illa-Allah
  • muslima
  • Super Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 1322
  • -oldi: 1947
  • Xabarlar: 2301
  • Jins: Ayol
  • La Ilaha illa-Allah
Muhabbatning haqiqiy ta'rifi
« Javob #24 : 18 Fevral 2009, 17:20:29 »
 :bs1:

 :as:

Muhabbatning haqiqiy ta'rifi

Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning ozod qilgan qullari qullari Savbon roziyallohu anhu Rasuli akramni qattiq yaxshi ko‘rar, firoqlariga sabr qilolmas edi. Bir kuni Savbon Rasulullohning huzuriga yuzlari qizargan va titragan holda kirib keldi. U zot Savbonning bu holatini ko‘rib, sababini so‘radilar. Shunda Savbon: “Betob emasman, ammo ozgina vaqt sizni ko‘rmay qolsam, dahshatga tushyapman. Mana hozirgina oxiratni esladim.
Shubha yo‘q, siz jaggatda payg‘ambarlar bilan birga bo‘lasiz. Men, garchi Alloh rahmat qilib jannatga kirsam ham, siz bilan bo‘lolmayman. Chunki sizning manzilingiz baland. Agar jannatga kirolmaydigan bo‘lsam, keyin sizni hech qachon ko‘ra olmayman. Oxiratda holim ne kechishini o‘ylab titrab ketyapman”, dedi. Shunda ushbu oyat nozil bo‘ldi: “Kimda kim Alloh va payg‘ambarga itoat etsa, ana o‘shalar Alloh in’omlariga sazovor bo‘lgan zotlar – payg‘ambarlar, siddiqlar (haq-rost iymon egalari), shahidlar va solihlar bilan birga bo‘lurlar. Ana o‘shalar eng yaxshi hamrohlardir.” (Niso surasi, 69).

Darhaqiqat Rasululloh sallollohu alayhi vasallam darajalariga hech kim yetolmaydi. Lekin rahmati keng, avfi ulug‘ zot suyukli rasuliga ilhom berdi. Allohning habib rasuli esa bu xushxabarni ummatlariga yetkazdi.

Anas ibn Molikdan rivoyat qilinadi: “Bir a’robiy payg‘ambar huzuriga kelib so‘radi: “Qiyomat qachon bo‘ladi?” “U kun uchun nima hozirlading”, dedilar Rasuli akram. “Alloh va rasuliga muhabbat!” deya javob berdi. Shunda Rasululloh: “(Jannatda ham) yaxshi ko‘rganlaring bilan birga bo‘lasan!”, dedilar”. (Muttafaqun alayh.)

Demak ayni muhabbat tufayli biz Alloh taoloning diydoriga, payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom bilan abadiy birga bo‘lish saodatiga erishamiz. Shunday ekan, savol tug‘iladi: “Bu muhabbat qanday hosil bo‘ladi, qanday kuchayadi?..”

Keling, mazkur hadisga yana murojaat qilaylik. A’robiy Alloh Rasulidan qiyomatning vaqtini so‘radi. Rasululloh ajib bir hikmat bilan bizga ibrat bo‘ladigan tarzda so‘rovchining e’tiborini so‘ralayotgan narsadan muhimroq ishga qaratdilar.

Darvoqe, ko‘p ma’lumotlar to‘plab, ko‘p bilgandan ko‘ra, oz bilib, ko‘p amal qilgan foydaliroq. Shuning uchun ham Allohning rasuli ummatga behuda so‘zni unuttirdilar, xayr amalga rag‘bat uyg‘otdilar. Zero, haqiqiy muhabbat amalda zohir bo‘ladi, amalda sinaladi, amal bilan kuchayadi.

Bugun biz payg‘ambarlar haqida o‘qiyapmiz. Tarixlarini o‘rganyapmiz. Siyratlari bilan tanishyapmiz. Har kuni bilganlarimizga nedir qo‘shiladi, bilimimiz oshadi. Da’volarimiz ham shunga yarasha. Faxr bor, ammo fahm yo‘q. Aql joyida afsuski, xush yo‘q. Dunyoning bebaqoligi-yu, chivinning qanoticha qadri yo‘qligi xususida soatlab majlis quramiz, sahobalar holatidan hayratlanib, tonglar orttiramiz. Afsus, ertalab umrimizning eng g‘ayratga to‘la damlarini oxirat uchun emas, dunyo uchun musobaqalashib o‘tkazamiz. Eng kerakli paytda qani u biz o‘rgangan taqvo? Qani u biz bilgan g‘am? Nahotki barchasi yolg‘on?!! Balki bugun qorin to‘qu, ko‘zlar och. Noz-ne’matlar bisyoru, baraka yo‘q. Jamoat jamu, fayz kam bo‘lishi shundanmikin?

Rasululloh sallollohu alayhi vasallam shunday dedilar: “Allohga qasamki, meni ota-onangiz, farzandlaringiz va molu dunyolaringizdan yaxshiroq ko‘rmaguncha haqiqiy mo‘min bo‘la olmaysizlar”.

Sahobalar haqiqiy mo‘min byolish ishtiyoqida muhabbatni namoyish qilish bilan emas, balki muhabbat bilan band edilar. Bunga misol ko‘p.

Uxud jangida “Muhammad o‘ldirildi” degan gap tarqaldi. Bazilar Madinaga qarab qochdi. Payg‘ambarini suygan ansoriya ayollar “Rasululloh qaerda?” deya u zotni qidira boshlashdi. Ular hatto “o‘g‘ling shahid bo‘ldi”, “otang o‘ldi”, “ering halok bo‘ldi” degan gaplarga e’tibor berishmadi. Payg‘ambarini izlashdi...

Payg‘ambar alayhissalom dunyodan o‘tganlaridan keyin bir ayol kelib Oyisha onamizdan Rasulullohning qabrlarini ko‘rsatishlarini iltimos qildi. Oyisha onamiz muborak qabrni ko‘rsatganlaridan keyin u ayol qabr yoniga borib, qabrni o‘pgan holida jon taslim qildi...

Bilol habashiy Rasululloh vafotlaridan keyin azon aytolmadilar. “Ashhadu anna Muhammadar Rasululloh” deyishlari bilan xushdan ketaverdilar...

Alloh va rasuliga bo‘lgan muhabbat qalb siridir. Bu sir qancha ichkarida bo‘lsa, muhabbat shuncha kuchli bo‘ladi. Amallar bu sirni yashmradi. So‘zlar oshkor qiladi. Alloh uchun qilayotgan amalimizni O‘zi bilsa bas. Chunki payg‘ambarimiz shunday edilar. U zotga muhabbatimiz chin bo‘lsa, sunnatlari bilan yashab, siyratlari bilan sifatlanaylik.

“Hilol” taqvimining 3-sonidan olindi.
Hayo va sabr qilishdek iymon bo'lmas. Ali ibn Abu Tolib

Robiya

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7635
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Allohning muhabbati
« Javob #25 : 21 Fevral 2009, 13:28:58 »
 :as:

АЛЛОҲНИНГ МУҲАББАТИ


«ÐœÑƒҳаббат» сўзи «ҳубб» ўзак-сўздан олинган бўлиб, аслида лозим тутиш ва сабот маъносини англатади. Бирор нарсага муҳаббат қўйган одам мазкур маҳбубни лозим тутади ва унга собит туради.

Муҳаббатнинг истилоҳий маъноси ҳақида уламолар бир- бирини тўлдирувчи бир неча таърифларни келтиришган:

1. Роғиб айтади: «ÐœÑƒҳаббат нафснинг ўзи яхши деб билган ва гумон қилган нарсага мойил бўлишидир. У икки хил бўлади. Бири табиий бўлиб, у инсонда, ҳайвонда ва гоҳида жонсиз нарсада ҳам бўлади. Бошқаси ихтиёрий бўлиб, у фақат инсонга хос бўлади».

2. Кафавий шундай дейди: «ÐœÑƒҳаббат ҳаддан ошган розиликдир. У икки қисмдан иборат.

Биринчиси, ҳар бир мукаллафда бўлади. У иймонда лозим ва лобуд нарсадир. Унинг ҳақиқати Аллоҳ таолодан келган нарсани ҳукми ва тақдирига ҳеч қандай эътирозсиз қабул қилишдир.
Иккинчиси, фақатгина мақомот эгаларида бўлади. Унинг моҳияти қазо қилинган нарсадан қалбнинг қувонч ва сурурга тўлиши ва розилигидир».

Аллоҳнинг муҳаббати барча нарсани У зотга ҳиба қилишдан иборатдир. Ундан сенга ҳеч нарса қолмайдир.

Бундан мурод иродангни, азмингни, ишларингни, нафсингни, молингни ва вақтингни ўзинг муҳаббат қўйган зотга ҳиба қилмоғингдир. Уларнинг барчасини У зотнинг розилигига бағишламоғингдир. Улардан ҳеч нарсани ўзингга олиб қолмайсан. Фақат У зот Ўзи берганини оласан.

Аллоҳ таолонинг муҳаббати мақомотларнинг энг олийсидир. Шавқ, унс ва ризо каби кейинги мақомотлар ушбу мақомнинг самараларидир. Тавба, сабр ва зуҳд каби олдин келадиган мақомотлар бу мақомнинг муқаддималаридир.

Ислом уммати Аллоҳ таолога ва Унинг Расулига муҳаббат қилмоқ фарз эканига ижмоъ қилган.

Аллоҳ таолонинг муҳаббатига оид ояти карималардан намуналар:
Аллоҳ таоло «ÐœÐ¾Ð¸Ð´Ð°» сурасида: «Ð­Ð¹ иймон келтирганлар! Сизлардан ким динидан қайтса, Аллоҳ, албатта, Ўзи севадиган ва улар ҳам Аллоҳни севадиган қавмни келтирур. Улар мўминларга хокисор, кофирларга қаттиққўл, Аллоҳнинг йўлида жиҳод қилурлар ва маломатчининг маломатидан қўрқмаслар. Бу Аллоҳнинг фазли бўлиб, хоҳлаган одамига берадир. Аллоҳ фазли-карами кенг ва билувчи зотдир», деган (54-оят).

Демак, Аллоҳ таоло ер юзида Ўз динининг барқарор бўлишига восита қилган бандалари алоҳида сифатларга эгадир. Биринчиси – ўзаро муҳаббат. Яъни, Аллоҳ уларни севади, улар ҳам Аллоҳни севадилар.

Бу ўзаро муҳаббат энг катта ва қувватли боғланишдир. Аллоҳнинг динига хизмат қилувчиларга, ўша динда мустаҳкам турувчиларга Аллоҳнинг муҳаббати бўлар экан. Дунёда ўзини билган инсон учун бундан улкан бахт йўқ.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7635
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Аллоҳ муҳаббатининг фойдалари:

1. Аллоҳнинг муҳаббати иймон камолотига далилдир.

2. Аллоҳнинг муҳаббати Ислом гўзаллигига далилдир.

3. Аллоҳнинг муҳаббати У зот ила учрашув шавқидир.

4. Аллоҳнинг муҳаббати бор қалбни Аллоҳ таолонинг баракаси давомли равишда ўраб туради.

5. Аллоҳнинг муҳаббатининг асари қийинчилик ва ғам-ғусса пайтида зоҳир бўлади.

6. Аллоҳнинг муҳаббати бу дунё неъмати ва сурури ўлароқ охират неъмати ва сурурига етказади.

7. Аллоҳнинг муҳаббати мусибат пайтида тасалли беради.
Хулоса қилиб айтадиган бўлсак, банданинг қалби Аллоҳ таолонинг муҳаббати, ибодати ва зикри билан тўлиб-тошган бўлса, бундай қалбда дунёнинг муҳаббатига жой қолмайди. Бундай банда бадани билан молу мулк учун ҳаракат қилаётган чоғида ҳам қалби доимо Аллоҳ таолонинг зикри билан банд бўлади.

У нақшбандийларнинг «Ð´Ð°ÑÑ‚ ба кору дил ба Ñ‘Ñ€» шиорига амал қилган бўлади. Оқибатда қалби Аллоҳ таоло муҳаббати ила тўлади. Қалби илоҳнинг муҳаббати ила тўлиб-тошган бандага Аллоҳ таоло ҳақиқий маънодаги бойликни ато қилади ва уни қашшоқликдан қутқаради. Аксинча, қалбида Аллоҳ таолонинг муҳаббати ва ибодати ҳамда зикри билан обод бўлмаган банданинг очкўз бўлиб доимий қашшоқликда қолиши ҳам турган гап.
Гап моддий маънодаги молу дунёнинг кўп ёки озлигида эмас. Балки банданинг ўша молу дунёга бўлган муносабатидадир.

Тарихда молу дунёси ҳадсиз-ҳисобсиз бўлган тариқат шайхлари анчагина бор. Уларнинг бошқа бойлардан фарқи ўз молу дунёларига заррача муҳаббат қўймасдан фақат Аллоҳ таолонинг ибодати ва зикри билан машғул бўлиб, қалбларида молу дунё муҳаббатига жой қолмаганидадир.

Абдуллоҳ ибн Язийд розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади: «Ð Ð°ÑÑƒÐ»ÑƒÐ»Ð»Ð¾ҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам дуоларида: «Ð­Ð¹, Аллоҳим! Мени муҳаббатинг ила ва муҳаббати Сенинг даргоҳингда менга манфаат берадиган шахснинг муҳаббати ила ризқлантиргин. Эй Аллоҳим! Менга муҳаббатини ризқ қилиб берган нарсангни Ўзинг муҳаббат қилган нарсада мен учун қувват қилгин. Эй, Аллоҳим! Мен муҳаббат қилган нарсалардан мендан четда қилганларингни менга Ўзинг муҳаббат қилган нарсаларда қувват қилгин», дер эдилар». Термизий ривоят қилган.


Barchamizga shunday buyuk muhabbatga erishish va loyiq bo'lish nasib etsin!


«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Muhyiddin

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 354
  • -oldi: 297
  • Xabarlar: 233
  • Jins: Erkak
  • Yo nasib...
Re: Haqiqiy sevgi - Alloh va Uning rasuliga muhabbat haqida...
« Javob #27 : 27 Fevral 2009, 18:58:06 »
Севгиларнинг энг олдинда келадигани, энг кераклиси, энг гўзали, энг юксаги Аллоҳ севгисидир. Чунки Аллоҳ энг гўзал сифатларнинг соҳиби, ҳар турли гўзалликларнинг мужиди-ижодкори, сониъи – санъаткори, фоили – бажарувчиси ва холиқидир! Инсон яхшироқ ва теранроқ ўйласа, ўзи севган барча гўзалликларнинг ортида мулкнинг мутлақ соҳиби, бутун оламларнинг Раббиси – Парвардигори – Зул-жалоли вал-жамол ҳазратларини кўргай.

Аллоҳ муҳаббати банда учун ҳар турли хайрнинг, яхшиликнинг ва гўзалликнинг асли, бош манбаъи, битмас-туганмас шавқ, завқ ва куч-қувват омили бўлгайдир. Аллоҳ севгисига эришган қул авлиё бўлгай, олим бўлгай, фозил бўлгай, комил бўлгай, хайрли инсон бўлгай, хайрли фарзанд-авлод бўлгай, хайрли ота-она бўлгай, хайрли қўшни бўлгай, хайрли дўст бўлгай...

Аллоҳ севгисига эришмаган қул ҳам бўлади, аммо бемаза бўлади, қабиҳ бўлади, қўрс-қўпол бўлади, бузғунчи бўлади, осий бўлади, ғаддор бўлади, фосиқ бўлади, фожир бўлади, музир – зарарли бўлади...

Исломнинг моҳияти Аллоҳ севгисидир, шундан Расулуллоҳ севгиси, Қуръон севгиси, иймон севгиси, ибодат севгиси, хайрот ва ҳасанот севгиси, мусулмон севгиси, ихвон – қардошлик, биродарлик севгиси, инсон севгиси, санъат севгиси чиқгай...

(Шайх Маҳмуд Асъад Жўшон. “Ҳақиқий севги”)
Dil ba Yoru, dast ba kor.

Muhyiddin

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 354
  • -oldi: 297
  • Xabarlar: 233
  • Jins: Erkak
  • Yo nasib...
Re: Haqiqiy sevgi - Alloh va Uning rasuliga muhabbat haqida...
« Javob #28 : 27 Fevral 2009, 19:01:11 »
Ҳақиқий севги, яъни Аллоҳ таолога муҳаббат ҳақидаги энг гўзал асарлардан бири бу Имом Ғаззолий (қ.с.)нинг  “Иҳйоу улумиддин” асари жузларидан бири бўлган “Муҳаббат, шавқ, унс ва ризо” китобидир. Ушбу асарда:
-   Ð¼Ñƒҳаббат борасидаги шаръий далиллар;
-   ÑƒÐ½Ð¸Ð½Ð³ ҳақиқати ва сабаблари;
-   ÐÐ»Ð»Ð¾ҳ таолодан ўзга ҳеч ким ҳақиқий муҳаббатга ҳақли эмаслиги;
-   Ð»Ð°Ð·Ð·Ð°Ñ‚ларнинг энг улуғи Аллоҳ таолонинг жамолини кўриш экани каби бир қатор
мавзулар оят, ҳадис ҳамда валий зотларнинг ҳикматли сўзлари асосида юксак илм ва маҳорат билан очиб берилган.
Ишонч билан айтиш мумкинки, мазкур асар, шубҳасиз, сизнинг ҳақиқий муҳаббат борасидаги фикрларингизни бойитади.
Қуйида шу асардан баъзи парчаларни келтиришни лозим кўрдик...

Қуйида ана шу асардан баъзи парчаларни эътиборингизга ҳавола қилмоқчимиз...

Dil ba Yoru, dast ba kor.

Muhyiddin

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 354
  • -oldi: 297
  • Xabarlar: 233
  • Jins: Erkak
  • Yo nasib...
Re: Haqiqiy sevgi - Alloh va Uning rasuliga muhabbat haqida...
« Javob #29 : 27 Fevral 2009, 19:05:22 »
Аллоҳ таолога муҳаббат қўйишнинг шаръий далиллари

Билгинки, уммат Аллоҳ таолони ва Унинг расули соллалоҳу алайҳи ва салламни севиш фарзлигига ижмо қилгандир. Аллоҳ таолога нисбатан муҳаббатнинг исботига Унинг ушбу сўзи далолат қилади:
“Аллоҳ уларни яхши кўрур ва улар ҳам Аллоҳни яхши кўрурлар” (Моида, 54).
“Иймон келтирган кишиларнинг Аллоҳга бўлган муҳаббатлари ниҳоятда кучлидир” (Бақара, 165).
Бу оятлар муҳаббатнинг ва ундаги тафовут бўлишининг исботидир.

Кўп ҳадисларда Расулуллоҳ соллалоҳу алайҳи ва саллам Аллоҳга бўлган муҳаббатни иймон шартидан санаганлари баёни келган. Абу Разин Уқайлий сўрадилар: “Ё Расулуллоҳ, иймон нима?” “Аллоҳ ва Унинг расули сенга ўзга барча нарсалардан кўра маҳбуброқ бўлмоғи”, дедилар у зот (Имом Аҳмад ривояти).
Анас ибн Моликдан ривоят қилинган ҳадисда Расуллулоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам шундай деганлар: “Сизлардан бирор кишининг иймони комил бўлмайди, токи Аллоҳ ва Унинг расули унга барча нарсалардан маҳбуброқ бўлмагунча” (Имом Бухорий ва Муслим ривояти)...

Яна у кишидан ривоят қилинади: Расуллулоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам марҳамат қиладилар: “Банданинг иймони комил бўлмайди, токи мен унга аҳли оиласидан, молидан ва барча инсонлардан кўра маҳбуброқ бўлмагунимча”. Бир ривоятда: “Ҳатто ўзидан ҳам кўра мени яхши кўрмагунича”, дейилган (Имом Бухорий ва Муслимлар ривоят қилишган).

Дарҳақиқат, бу мавзуда Аллоҳ таоло Қуръони каримда шундай марҳамат қилади: “(Эй Муҳаммад алайҳиссалом), айтинг: “Агар ота-оналарингиз, болаларингиз, ака-укаларингиз, жуфтларингиз, қариндош-уруғларингиз ва касб қилиб топган мол-дунёларингиз, касод бўлиб қолишидан кўрқадиган тижоратларингиз ҳамда яхши кўрадиган уй жойларингиз сизларга Аллоҳдан, унинг пайғамбаридан ва Унинг йўлида жиҳод қилишдан суюклироқ бўлса, у ҳолда то Аллоҳ ўз амрини (яъни, азобини) келтиргунича кутиб тураверинглар. Аллоҳ бундай итоатсиз қавмни ҳидоят қилмас” (Тавба, 24).
Аллоҳ таоло ушбу оятни ўзга нарсаларга зиёда муҳаббат қўйишга таҳдид (қўрқитиш) ўлароқ нозил қилди.
Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам ҳам муҳаббатга буюрадилар: “Сизларни чексиз неъматлари билан ризқлантиргани сабабли Аллоҳ таолони, Аллоҳнинг менга бўлган муҳаббати туфайли мени яхши кўрингиз” (Ибн Аббос розийаллоҳу анҳумодан Имом Термизий ривояти)...


Dil ba Yoru, dast ba kor.

 

Sevgi va muhabbat haqida she'rlar

Muallif shoirBo'lim She'riyat

Javoblar: 23
Ko'rilgan: 199183
So'nggi javob 03 May 2013, 21:19:40
muallifi ilmitolib0720
Alloh va Rasuliga muhabbat

Muallif siddiqaBo'lim Islom

Javoblar: 18
Ko'rilgan: 12045
So'nggi javob 28 Avgust 2017, 17:59:03
muallifi MirzoMuhammad
Mahmud As'ad Jo'shon. Haqiqiy sevgi

Muallif DoniyorBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 67
Ko'rilgan: 40669
So'nggi javob 02 Dekabr 2007, 02:02:40
muallifi AbdulAziz
haqiqiy muhabbat mana shu!

Muallif biarrBo'lim Oila va jamiyat

Javoblar: 15
Ko'rilgan: 14620
So'nggi javob 30 Aprel 2015, 11:42:14
muallifi Zulfina
Muhabbat haqida hazil va chin she`rlar

Muallif JaviKBo'lim She'riyat

Javoblar: 55
Ko'rilgan: 92131
So'nggi javob 11 Oktyabr 2010, 09:31:02
muallifi _IYMONA_