Robiyaga,
Assalomu Alaykum,
singlim sizni fikrizga ozgina qarshi chiqsam kunglizga olmaysiz deb umid qilaman.
nasafiy Ollohga bulgan sevgi eng guzal sevgi dedila manimcha qolganlari utkinchi degan manoda emas. Ollohga bulgan sevgi eng buyuk sevgi va buni hech kim inkor eta olmaydi. Lekin Islomda ham aytilgan sevingla va sevimli bulinglar deb.Ollohni yaratgan bandasini sevish ham Ollohni sevishga kiradi manimcha. Olloh insonlarni juft qilib yaratdi va ular urtasiga muqaddas sevgini uygotdi. Odam ato va Momo havo ham sevishgan bir-birlarini.
Shunday ekan Olloh ato etgan sevgini inkor qilish yoki utkinchi deb atash katta hato bulsa kerak.
Insonlar hayotda sevib va sevilib yashashlari eng guzal haqiqatdir. Olloh yulida kimnidir sevish bu ayb emas balki savobdir.
Hayotda yorga bulgan sevgini utkinchi deb atab faqat Ollohni sevaman deyish hato buladi.
Bir bandadan surashgan ekan hayotingda kimni sevding, kimga mehr berding deb? u esa yuq man faqat Ollohni sevdim va hech kimni sevmadim debdi. Shunda unga ey nodon banda sen hech bir insonga mehr bermabsan, hech kimni sevmabsan qanday qilib Ollohni sevasan deyishgan ekan.
Inson Ollohning bandasini sevsa bu sevgisi kamayib qoladi degani emas. Sevishni bilish kerak, inson seva olishi kerak bandani ham Ollohni ham. Olloh uz bandasini nurdan yaralgan Farishtasidan ham alo kurgan ekan shunday ekan insonga bulgan sevgini utkinchi deyish Olloh yaratgan eng muqaddas mavjudotni nazar pisand qilmaslik buladi. Insonni Shayton ham inkor qilgan uz vaqtiga va shuning uchun jazolangan.
Ollohning hislatlarini bandalarida kursa buladi yani guzallik, aqllilik, mehrlilik, qahr, gazab,kechirimlilik va hakozo bu barsa hislatlar Ollohga tegishli va insonlarda ham mavjud bulgan hislatlar. Ushani uchun ham Olloh yulida sevish deyiladi yorga bulgan muhabbatni.
Ota-onaga, aka-ukaga, farzandga va yorga bulgan sevgila bor va mana shularni utkinchi deb atasangiz manimcha eng katta hato. Siz qolgan sevgilar utkinchi.... debsiz demak ota-onayizni, farzandlarizni, turmush urtogizni vaqtinchalik yaxshi kurar ekansizda? keyinchalik hammasini unutib yuborasiz? ularga bulgan sevgingiz haqiqiy emas shunaqami? bu utaketgan hudbinlik emasmi? Bu Ollohga ham manzur bulmaydi deb uylayman.
Singlim uzur mani gaplarim ozgina bulsa ham malol kelgan bulsa. Man haqmanmi yuqmi buni vaqt kursatadi zero har bir inson uzicha haq. Balki siz boshqa manoda etgandirsiz yoki man sizni hato tushungandirman. Hato gapirgan bulsam uzur.
Hammaga Omad...
The Alchemist.