Haqiqiy sevgi - Alloh va Uning rasuliga muhabbat haqida...  ( 85174 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 B


Robiya  03 Aprel 2009, 12:03:58

Hazrati Navoiydan daftarchamga ko’chirib olganim — baytlarni qachon o’qisam, zavqu shavqim avvalgisiga o’xshamas — yangi bir ifor, yangi bir rang topaveraman. Har gal birinchi marta ko’rayotganim kabi hayrat kelaveradi. San’atning sinoatli gulshani shu deyman, surur topaman"¦

Qo’yma malham tiyg’i zahmiga ko’ngilda ey rafiq,
Chiqsa jon ham chiqmasun ko’nglimdan ozori aning
,

deydi shoir. Oshiqning bag’ri yara, ma’shuqa bevafolik qildi yoki bepisand yoki shunday mubtalosi borligidan bexabardir ham! Oshiq esa cho’g’ tushgan ko’ksini mahkam quchgancha, yoniga tabibni yo’latmaydi, habibdan qochadi. Yaramga tegma — deydi u, - mahbubamni unuttirgani qo’ymaydigan, yor ismini tinmay yodlatib turadigan yagona yodgorim shu jarohatimdir! Yorga yeta bilmadim, hech yo’q uni eslatuvchi shu zahmimni mendan ayirma! Jon chiqsa chiqsin, ammo bu og’riqni suyaklarimning orasida tuproqqa olib ketay, - deydi.

   Yana bir joyda o’qigandim: yaralangan odam unga o’q uzgan kishini umr bo’yi qarg’ab o’tadi, ammo ishq o’qiga duchor bo’lgan yurak o’z jabrlovchisini suygandan suyib boraveradi. Boisi ishq ilohiy ne’matdir. Uning dilga tushgani o’zi mukofot! Shuning uchun mukofotki, jismingizga poklovchi nur keldi — ishqingiz tushgan isnonni ne’mat bildingiz va aziz ko’ra boshladingiz. Shu nur o’zingizni o’zingizga razm soldirdi va "¦ "œvoh!" deb yubordingiz. Shu qadar g’arib, shu qadar notavon ekanmanu ishq da’vosini qilyapmanmi dedingiz! Men shu turishimda o’sha ma’shuq yoki ma’shuqaga qanday teng bo’lay dedingiz! Xokisorlik sezdingiz, xokisorlik esa poklanayotgan odamning belgisidir! Kishining o’z kamchiliklaridan uyala boshlashi atrofni tan olishidir. Qarang, ishqning xosiyatini — siz o’zingizni ayashga, ya’ni sizga xudo bergan ne’matlarning sofligini tiklashga, shuning barobarida, sizni chor tarafdan o’rab turganlarni avaylashga tushdingiz. Atrofimizdagi hamma "œbirovlar" esa Allohning suygan bandalaridir. Ularni ayaganga tangrining mukofoti ziyodadir"¦. Alloh shuning uchun hijronni oshiqlarga qadrli qilib qo’ydi, ularni ishq azobiga sabrli qilib qo’ydi.

   Demak, yor azobini yordan-da ortiq ko’rib borayotgan inson tobora poklanib, komillik yo’liga tushib, Haqqa inmtilayotgan shaxsdir. Haqiqiy ishqning iqlimi shu!..

   Kimki "œmuhabbat qo’ydim" degan kishisining qoshiga dadil kelib, ko’ziga tik qarab, hayajonlanmay gap boshlayotgan bo’lsa, bilingki, undagi hali muhabbat emas.

   Kimki unga e’tibor qilmagan suyumli kishisining yomon kunlaridan sevinadir — demak, u hali ishq ko’chasiga kirmabdi.

   Kimki "œishqi tushib" yetgan umr yo’ldoshiga pandu ozor beradir, bilingki, u hech qachon sevgan emas!

   Kimki g’aflatiy, faoliyatsiz va befarqdir, u ishqsizdir!

   Kimki asossiz, hujjatsiz, guvohsiz sevgan kishisini rashk qilaversa, biling, undagi muhabbat emas, noinsoniy nafsdir!

   Kimgaki muhabbat nasib qilmabdi, demak, u buyuk taxtdan, buyuk baxtdan benasib bo’lgan, dunyoga kelib, dunyo  ko’rmay, undan hech narsa yuqtirolmay ketayotgan g’aribdir!

   Kim osonlik bilan "œsevdim, o’ldim, kuydim"  deyaversa, bilingki u hali sevgan emas.

   "œSevdim!", "œMuhabbat!" deb oh urishdan tiyilingiz! Nahotki, bu so’zni deyish, deb yuborish shunchalar oson bo’lsa! Yaxshisi, unga muyassar bo’lishni Yaratgandan iltijo qilingiz. Siz ishqni shaytonning nafs bozoridan emas, poklangan vujudingizdan topajaksiz! Inson tomir qo’yay deb yashaydi, barg chiqaray, meva tugay deb yashaydi — bo’lsin, bo’lsin, mevang mag’izli bo’lsin! Poklangan insondangina g’uborsiz farzandlar tug’ilgay, fayzli umrlar yaralgay!

Hazrati Navoiy aytgan ekanlar:

Dard debon kim aytmish oni dardlarimga dori ishq"¦
Yashasin Ishq!

Yashasin ustozi beminnat — Hijron!

Yashasin Butunlikka eltuvchi buyuk Ayriliq!

Yashasin menga o’zligimni uzatib turganim, shuning uchun ham suyaklarimning ostida avaylab asraganim, muhabbatga vatanlik qilgan mo’jaz mo’jizam — YURAK!!!
Tursunoy Sodiqova

Qayd etilgan


Muhyiddin  08 Aprel 2009, 19:57:45

Alloh sevgisi maxluqot sevgisidan ko’ra jo’shqin, shiddatli va qudratliroqdir. Nafsoniy va shaytoniy sevgi bilan rahmoniy sevgi orasidagi farq shunday: maxluqot sevgisida o’zidan ketish va devonalik yuzaga keladi. Haq taoloni sevishda esa ko’ngilda farosat, hikmat va ma’rifat hosil bo’ladi. Chunki shaytonning yo’lida tikan va xas-xashak uchrasa, Haq taoloning yo’lida faqat nargisu lola ropara keladi.

Xoja Yusuf Xamadoniy "œHayot mezoni"

Qayd etilgan


Robiya  14 May 2009, 14:04:54

 :as:

Allohim! Meni muhabbating ila va muhabbati Sening dargohingda menga manfaat beradigan shaxsning muhabbati ila rizqlantirgin!

Allohim! Menga muhabatini rizq qilib bergan narsangni O'zing muhabbat qilgan narsada men uchun quvvat qilgin!

Allohim! Menga muhabbat qilgan narsalardan mendan chetda qilganlaringni O'zing muhabbat qilgan narsalarda men uchun quvvat qilgin.
"Ruhiy tarbiya" kitobidan

Qayd etilgan


Robiya  09 Iyun 2009, 15:36:30

:bsm:

 :as:

Yaqinda Sultonali Mashhadiyning ko'chirgan bir madhiyalarini o'qib qoldim. Sizlarga ham ilingim keldi,aziz forumdoshlarim...

Forsiyda bitilgan mazkur madhiyanoma tarjimasi:

Alloh nomi bilan. Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan boshlayman. Alloh nomi bilan.

Ishq bir jarayon — biz uning bir zarrasimiz, xolos. U bizsiz va biz Usiz bir nafas bo’la olmaymiz. U har nafasda nag’ma chalib (bizni chorlaydi), balki nay kabi (nola qilib) O’ziga tortadi.

   Bu satrlarning bir qanchasi (el orasiga) yoyilgan, ba’zisi esa nazmda — she’rda bitilgan. (Bu satrlar) sidq (to’g’ri, rost) niyat va tabiatning xolis (sof) qalamidan to’kilgan.

   Agar biror kishi inson vasl maqomiga yetganmi, deb savol qilsa, va Xudodan uzoqlik hikoyati va hijron shikoyatiga sabab nima, desa, javob shudirki, toki odam bolasi dunyoviy hayotdadir — fano haqiqati undan uzoqdadir va vujud baqosi unga asar qilib turadi. Va modomiki, unda (insonda) vujud boqiyasi (qoldig’I, asari) mavjud ekan, u butkul vaslga erisholmaydi (vasli tamomga yetolmaydi). Yoki bu hikmat (fikr)ni vasldan keyin unda hosil bo’lgan ahvolga nisbatan aytadilar. Buni hijob (parda) ahli g’aflati tanbeh uchun ham aytadilar. Agar birov komil bo’lsa — u vosildir. Vosillarga Jononga yaqinlik hosil bo’ladi. Ularning far’I (qismi) aslga (Butunga) bog’lanadi. Ularning (ishning) istagi g’avvos (tufayli) hikmat dengizi qa’ridan qatralar misol nutq sohiliga chiqadi va hikoyat va shikoyatlar ko’rinishida paydo bo’ladi, kashfu futuhda emas.

   Buni Buyuk Vohib (tuhfa ato qiluvchi) va Oliy Murotib (Oliy tartiblovchi - Alloh)ning xos bandasi uchun tuhfa qildim. Va buni insoniy fazilatlar va muqaddas siyratlar ila shiddat bilan zafar qozongan kishiga xizmat tariqasida yozdim. Amiri kabir — Amir Alisher madhida.

Naqshbandiya// ilmiy — irfoniy, adabiy — ma’rifiy jurnal, 1-son,2009

Qayd etilgan


Robiya  02 Oktyabr 2009, 14:40:06

Oliy maqsad

Go'zal Ahliddin qizi

Qalbim liq to’ladir Sening ishqing-la,
O’tkinchi havaslarni xushlamas ko’ngil.
Til Sening zikringda charchamas sira,
Ko’z faqat Seni ko’rar,xayol ham Senda.

Mendan yiroqlashma, nazaring olma,
Axir ishonganim yolg’iz O’zingsan.
Boshqaga kuhtojlikni boshimga solma,
Qo’limga gul tutma, mayli ber tikan.

Sening har bir so’zing umrim mazmuni,
Buyruqlaring amali-la hayotda borman.
Ayirma qalbimdan nur, muhabbating,
Bir bor soya solsang, ming jon fidoman.

Rahimu, Rahmonim,Qodirim,Egam,
Hamdlar bo’lsin Senga, Allohim behad!
Sening ishqing yo’lida cheksam ham alam,
Jamoling ko’rmoqlik eng oliy MAQSAD!!!

30.08.2009

Qayd etilgan


Hadija  03 Oktyabr 2009, 13:15:38

Oliy maqsad

Go'zal Ahliddin qizi

Qalbim liq to’ladir Sening ishqing-la,
O’tkinchi havaslarni xushlamas ko’ngil.
Til Sening zikringda charchamas sira,
Ko’z faqat Seni ko’rar,xayol ham Senda.

Mendan yiroqlashma, nazaring olma,
Axir ishonganim yolg’iz O’zingsan.
Boshqaga kuhtojlikni boshimga solma,
Qo’limga gul tutma, mayli ber tikan.

Sening har bir so’zing umrim mazmuni,
Buyruqlaring amali-la hayotda borman.
Ayirma qalbimdan nur, muhabbating,
Bir bor soya solsang, ming jon fidoman.

Rahimu, Rahmonim,Qodirim,Egam,
Hamdlar bo’lsin Senga, Allohim behad!
Sening ishqing yo’lida cheksam ham alam,
Jamoling ko’rmoqlik eng oliy MAQSAD!!!

30.08.2009


 :amn:, Аллох рози булсин

Qayd etilgan


Robiya  05 Oktyabr 2009, 14:01:03

Mag’rur bosh bugun egik,
Qora ko’z ma’yus boqar.
U sabab jonim tirik,
Xayol ham Unga shoshar.

Labdan ketdi kulgilar,
Til Uning nomi-la band.
Ko’z yoshim bugun kutar,
Bir ko’rmoq uning-chun baxt.

Habibim, Hayot, Borim,
Asiringdir bugun dil.
Eshit, tinglagin zorim,
Menga bir nazar qilgil.

Abadul mahbus bo’lay,
Nurli manzil,makonda.
Fano fillohga yetay,
Ruh asir bu jahonda.

Robiya arzin so’zlar,
Rahmatingdan umidvor.
Hammaga afzalin tilar,
Niyatga ham xayr bor"¦

Go'zal Ahliddin qizi

30.08.2009

Qayd etilgan


BilmasOY  08 Iyun 2010, 14:40:59

Jannatni istasang, avval mo'min bo'l,
Chunki beiymonga berk jannatga yo'l.
Desang: mo'minlikning belgisi nedir?
- Sevgidir. Bu ganjni o'zingdan qidir.
Agar topsang. iymondan dalolat bu,
Topolmasang qo'rq! Yomon alomat bu.
Sirdek asra, jon ichra sol sevgini,
Shunday sevki, sevganing sevsin seni.
ALLOHni sev. ishqida yonsin qalbing
Zikri bo'lsin nafasing, yurak zarbing.
Sevib Payg'ambarni, tutgil sunnatni,
Ne tong Robbim nasib etsa Jannatni!
Millatni sevganlarga bu baxt ato
Birodarlarga ko'rsat mehru vafo.
Istar bo'lsang Jannatda xos xonani
Sev, rozi qil ota bilan onani.
Robbim! Do'zax o'tin qil bizdan yiroq,
Ishq otashin dilga sol, shu o'tda yoq.
Bir o'tki, qalbni poklab pirnur qilgay,
Oshiqlarga bobi jannat ochilgay!!!

Qayd etilgan


Foniy  26 Iyul 2010, 20:25:57

Bozor qizg`in edi Bog`dodda, nogoh
Chang-to`zon aralash o`t ketdi har yon.
Atrofni chulg`adi chinqiriq, oh-voh,
Qayga bosh urushin bilmas olomon.
Shunda aso tutgan, munkaygan momo
Yong`in tomon qadam tashladi bir-bir.
"To`xtang, jinnimisiz, qayoqqa, obbo,
Yonib kul bo`ldi-ku uyingiz, axir".
"Sen o`zing jinnisan, jim bo`l, esipast,
Xudoyim uyimni yondirmoqchimas".
Kulga aylansa-da qancha uy, do`kon,
Kampirning kulbasi qoldi beziyon.
Shunda so`radilar: "Ne sir buvijon,
Shuncha uylar yondi, sizniki omon?"
Dedi: "Xudo shunday imtihon etar,
Kimga mol, kimlarga qasdi jon etar.
Men Uning ishqida bor-yo`qdan judo,
Uyimni yondirib ne qilar Xudo".

Fariduddin Attor "Ilohiynoma"

Qayd etilgan


Robiya  16 Avgust 2010, 05:26:20

:bs1:

Ishq faqat o'zini hadya etadi va olsa ham faqat o'zidan oladi.

Ishq hech kimni qul qilmaydi va o'zi ham hech kimga qullik qilmaydi. Zero Ishq faqat o'zi bilan qanoatlanadi.

Ishq to'rlarini o'zim to'qiyman deb xayol qilma, aksincha, u seni shu to'rlarga munosib deb bilsa o'rab oladi va seni yo'lga soladi.

Ishqning yagona istagi o'zining borligini bildirishdir.

Ammo ey, odam, sen ham sevib, ham orzu-havaslarga berilsang, mazkurlarni havas qilgin:

-kechalari o'zicha kuylovchi jilg'aga o'xshab, zaminga singib yo'qolishni;

-benihoya mehr-muruvvat dardini tuyishni;

-sevgiga yetishish uchun jarohatlanishni;

-chin dildan, quvonch bilan mahv etilishingni;

-har tong surur bilan uyg'onib, Ishqda yana bir kun umr bergani uchun Haq taologa shukrona aytishni;

-choshgohda orom olish va ishq jozibasi haqida mushohada va muroqaba qilishni;

-chin dildan Ma'shuqni duo qilib, Unga madhu sano aytib, uyquga ketishni..


Jubron XALIL

Qayd etilgan