Haqiqiy sevgi - Alloh va Uning rasuliga muhabbat haqida...  ( 85130 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 B


Muhammad Said  18 Dekabr 2010, 22:50:21

Ishqing qildi shaydo meni, jumla olam bildi meni,
Qayg'um sen-sen tunu-kuni, menga sen uq, keraksan.

Taolloh zihi mani, sen yaratding jismu jonni,
Qulluq qilsam tuni-kun, menga sen uq, keraksan.

Ko'zim ochdim seni ko'rdim, qul ko'ngilni senga berdim.

Qayd etilgan


Muhammad Said  18 Dekabr 2010, 23:12:53

Uruglarim tarkin qildim, menga sen uq keraksan.

So'zlasam men tilimda sen, to'kar menim qonim,
Men qulingmen cen sultonim,menga sen uq, keraksan

Olimlarga kitob kerak, so'fiylarga masjid kerak,
Majnunlarga Laylo kerak, menga sen uq keraksan.

Qayd etilgan


Muhammad Said  18 Dekabr 2010, 23:30:58

G'ofillarga dunyo kerak, oqillarga uqbo kerak,
Voizlarga minbar kerak, menga sen uq keraksan.

Olam bari uchmoq bolsa, jumla hurlar qarshi kelsa,
Olloh menga ro'zi qilsa, menga sen uq keraksan

Qayd etilgan


Muhammad Said  19 Dekabr 2010, 01:37:02

Uchmox kiram javlon qilam, na hurlarga nazar qilam,
Oni muni men ne qilam, menga sen uq keraksan.

Xoja Ahmaddur meni otim, tuni kuni yonar o'tim,
Iki jahonda umidim, menga sen uq keraksan.

Ahmad Yassaviy

Qayd etilgan


IRFON-2012  13 Iyun 2013, 11:26:17

Haqiqiy sevgi va Ilohiy ishq haqida men ham o'z fikrlarimni bildirmoqchiman. Albatta bular men eshitgan va o'qigan, tafakkur qilgan narsalarimdan hosil bo'lgan. Yuqorida bu mavzuda yetarlicha ta'riflar, ma'lumotlar keltirilibdi. Lekin inson o'z ongidagi tushunchani yozishi foydaliroqdir. Isbot-dalil masalasidagina boshqa manbalar keltirgan ma'qul.

Sevgi deganda, qattiq yoqtirib qolishning, fido bo'lishga tayyor darajasini tushunaman! Masalan, bittasi futbolni sevadi. Sevgan jamoasi o'ynayotganda, yoki gol urganda tishi og'riyotgani bir zumga esdan chiqadi. Moddiy holati ko'tarsa, necha ming dollar sarflab Brazilyaga bormoqchi. Asli undan zarurroq narsalarga pul sarflagani baxillik qiladi, bahonalar tayyor. Boshqa narsalar sevgisi ham xuddi shunday. Insonlarning g'oyaviy tushunchalari, olgan tarbiyasi va harakteriga binoan, ularda har xil narsalar sevgisi rivojlangan bo'ladi. Kimdir vatanini qattiq sevadi, kimdir ota-onaga o'zgacha muhabbat qilgan, kimdir kasbiga ruju qo'ygan, vahokazo. Sevgi umumiy tushuncha bo'lib, ijobiy va salbiy narsalarga bog'lanish xususiyatiga egadir. Chunki, kimdir o'g'irlik kabi biror gunoh ishni ham sevishi mumkin, yoki behayo qizni ham sevishi mumkin. Xo'sh, sevgining ijobiy yoki salbiy ekanligini qayerdan bilamiz?

Sevgi ikki xil bo'ladi:
1. Rahmoniy sevgi. Allohni sevish va unga maqbul narsalarni sevish.
2. Nafs sevgisi. Nafs taqozo qilgan narsalarni sevish.
Ba'zi kitoblarda shaytoniy sevgi deyiladi. Men esa nafs so'zini ma'qul ko'rdim. Negaligini keyinroq tushuntiraman.

Birinchisi, Allohni sevmoq! Bu judayam katta mavzu bo'lib, bemalol bitta kitob yozsa bo'ladi. Biz esa, bilimimiz kichik bo'lganidek ta'rifimiz ham qisqa.
Namozni tugamasaydi deb o'qiysizmi? Chunki, qaysi oshiq o'z ma'shuqi bilan diydor onlari tezroq tugashini xohlaydi? Hayolingiz Unga qanday qilib yoqib qolish bilan band bo'lsa, Uni buyruqlarini bajarish siz uchun rohat bo'lsa, U nima yoki kimni yoqtirsa siz shuni beixtiyor yoqtirsangiz, U yoqtirmagan narsalardan siz ham beixtiyor nafratlansangiz, Unga yetish yo'lida mashaqqatlar sizga lazzat bo'lib ko'rinsa, ana shunda siz chindan oshiq bo'libsiz! Masalan, Alloh ota-onaga rahmli bo'lishni buyurdi, demak ularni sevish ham Rahmoniy sevgiga kiradi. Payg'ambarlar, olimlar, avliyolar va barcha yaxshi zotlarni Alloh sevadi. Demak u insonlarni sevish ham Rahmoniy sevgidir! Ilohiy ishq Alloh uchun sevishni taqozo qiladi. Yigit va qiz o'rtasida ham sevgi agar Alloh uchun bo'lsa, bu ham Rahmoniy sevgidir! Ya'ni, bir qizni tashqi go'zalligi uchun emas, hayosi va taqvosi uchun, Alloh ham u qizni sevgani uchun sevmoqdir! Barcha Rahmoniy sevgilarni bitta Ilohiy ishq jamlaydi. Hammasini bitta sevgi deb atash mumkin. Ana shunda "Bitta qalbga ikkita muhabbat jamlanmaydi" degan ma'no to'g'ri tushunamiz. Ya'ni, bu qizni (yoki yigitni) sevsam Allohni sevolmas ekanman degan tushuncha kelib chiqmaydi. Axir u insonni Alloh uchun sevgan! Bitta qalbga Rahmoniy va nafsoniy muhabbat sig'maydi!

Ikkinchisi, nafs sevgisi. Alloh sevishga buyurmagan narsalar. Bularni ichida xarom narsalar ham, mubohlar ham bor. Masalan, siz shaftolini juda yoqtirasiz, bu Ilohiy sevgi emas. Lekin halol narsa. Shuning uchun men "Shaytoniy sevgi" degan jumlani ishlatmadim. Umuman, u foydalimi zararlimi, nafs taqozo qilgan sevgilar o'tkinchi sevgidir. Chunki, bir lagan shaftolini yeb yuborsangiz, bir kun kelib uni ko'rganda ko'ngliz aynidigan bo'lishi ham mumkin. Ko'p eshitamizku, mana buni avval yoqtirardim hozir yoqtirmayman, deyishadi. Menimcha fikrimni tushuntira oldim.
Nafs sevgisining xukmi qanday?
Bu borada, shariatda halol-xarom masalalari hamda qonun-qoidalarga e'tibor beriladi. U narsani yoqtirishning moddiy va ma'naviy foyda-zararlariga qarab xukm chiqariladi. Masalan, aroq salomatlikka juda katta zarar, jamiyatga ham har xi illatlar keltiradi. Demak aroqni sevadiganlar bundan qaytishlari kerak va qayta olishadi ham. Chunki nafs sevgisi o'tkinchi narsa!
Biror insonni bilimi, taqvosi, go'zal ahloqlari uchun emas, qosh-ko'zi, yuzlari, sochlari kabi tashqi go'zallik (Allohning xuzurida qimmatli bo'lmagan narsalari) uchun sevsa, demak uning sevgisi nafsoniy xisoblanadi. Chunki, Alloh qosh-ko'zlarni emas, ilm, taqvo, go'zal ahloqlar va yaxshi amallarini sevadi.
So'zim oxirida yana bir narsani ham ta'kidlamoqchiman. Vatanni sevmoq ham Rahmoniy sevgidir! Chunki, sevgan yoringiz aynan siz uchun yasagan narsasi siz uchun judayam qadrli bo'ladiku!
 Alloh ham biz uchun vatanimizni yaratibdi. Vatanni sevsak Allohni Yaratuvchilik sifatini sevgan bo'lamiz!

IRFON

Qayd etilgan