Yoshlikda biz sevib tomosha qilgan multfilmlar  ( 107867 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 ... 17 B


Ziyo  04 Iyul 2006, 04:06:54

AbdulAziz:

Husanbey, siz yozgan multiklaram juda zo'r.

1. "Zumrad va Qimmat" iqtiboslari:
"Yerto'laga tushsang ikkita eshik bor. Biri qizil, biri oq. Qizil eshikka kirib, qizil sandiqni olib chiq"
"Hiq, qornim to'ydi, endi yotib uxlayman"
"Voy shum kampirey, bitta bilaguzuk bilan meni aldabdi".

2. Simba vauning do'stlari haqida ajoyib multfilm. Hayvonlar dunyosida ham insonlar dunyosidagidek maraz odatlar borligini shu multfilm ham tasdiqlaydi.

3. "Sohibjamol va maxluq" ham juda zo'r multfilm. Sohibjamolning mehri, muhabbati maxluqni, uning saltanatini sehrdan xalos etadi.

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 04:07:09

AbdulAziz:

Maknunaning multiklari ham juda boshqacha.

1. Donald degan o'rdak amakining behisob boyliklari bo'ladi. Uning boyligiga doimo qasd qilishadi. Lekin adolat tantana qiladi. Keyin "Pishloq (sir)" deb burni bilan iskab topadigan sichqon ham shu multfilmdamidi?

2. Bechora Lyapold harchand qitmir sichqonlarni yo'lga solmasin, ularning shumligi qolmaydi. Bir kuni Lyapold aka yo'lda ketayotsalar, qog'ozdan devor chizib qo'yishadi. U kishim devor bor ekan deb to'xtab qoladilar.

3. Ha, haligi bulutlarga minadigan ayiqchami? "Qo'ziqorin yomg'iri" boshqa multfilm edi shekilli yo shundamidi?

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 04:07:21

Mohinur:

Assalomu alaykum!
Menga "Qunduz amakining qissalari" yoqadi.
Judayam qiziq hikoyalar aytib beradi.

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 04:07:38

maknuna:

Mangayam bu multik juda yoqadi.
"Anu, haligi sichqonlarni nikoh to'yi haqidigisi bor-u, o'shanisi"!
   

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 04:08:07

Farzonochka:

Mani eng sevib tomosha qiladigan multifilmim bu- "Semba" :)

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 04:08:29

Doniyor:

Man yoshligimda Lolo, Pepe pingvinla haqidegi multfilmni sevib tomosha qilganman.
Lolo juda sho'sx bo'ladi, bir kuni mashq paytida u suvga tushib ketadi. Ishqilib, shu Lolo doim ish ko'rsatib yuradi.

Mangayam Simba juda yoqadi. Naala bir kun ovga chiqqanda Simbani uchratib qoladi, uni tanimay tashlanadi. Keyin Naala hamma haqiqatni aytib beradi.

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 04:08:59

farzonochka:

"senmi shoshmay tur" va "Qirol she`r"
Hozir eng katta muammo, multifilimla juda murakkab, ba`zanda ertalab nonushta qivotganda kozim beixtiyor TV ga tushadi, multifilimlada Shaxzoda, Malika va hokazola, ula yosh bollaga nimaga kere, ba`zan yoqimsiz joyla ham boladi, bu bolani tarbiyasini buzishning eng "oson" yoliku axir? :( Multifilm deganlarida, quyoncha, fil, umuman hayvonchalani taqdim etish kere...

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 04:09:23

Dilshod:

Manimcha hozirda multiplikatsiyon filmlar va multfilmlar yaratishda ham zamon taqazosi asosiy ro'kach qilib ko'rsatilsa kerak. Har-hil millatning, turli davlatning o'ziga hos mentalitetidan kelib chiqib multfilmlar ham shunday ishlanadi. Bu borada o'zimizning o'sha 90- yillarda ishlangan bebaho multfilmlarimiz tahsinga sazovordir. Hatto hozir ham TV orqali berib qolishsa, yoshligingni qo'msab ko'rging keladi. Bu manimcha o'sha davrning o'zbek multiplikatsion ijodkorlari va rejissyorlarining yuksak mahorati samarasidir....

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 04:09:52

Feruza:

Gapingizga qo'shilaman, lekin qayta qayta ko'ravergandan keyin ma'nosi qolmaydida! Malika, shahzoda haqidagi multfilmlar haqida yozibsiz. Mening fikrimcha zamon talabiga javob beradigan va albatta xalqning mentalitetiga to'g'ri keladigan multfilmlarni ko'rish kerak. Yosh bolalarga hayotni asl holida ko'rsatib beradigan multfilmlar yaxshi deb o'ylayman, chunki ular fikr doirasini yaratuvchi birinchi vositadir, bundan tashqari ular o'sib kelayotgan yosh avlodni hayotga tayyorlaydi.

Qayd etilgan


mubashshir  11 Iyul 2006, 07:19:27

Assalamu alaykum. meni eng sevimli multfilmlarim "Tom va Jerri", "Qirol sher" va "Go'zal va mahluq". Juda ham zo'r multfilmlar.

Qayd etilgan