Yoshlikda biz sevib tomosha qilgan multfilmlar  ( 108029 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 12 13 14 15 16 17 B


Sayyid90  23 Mart 2012, 06:42:39

"dahshatli bambr","samson va salli","prostakvashinalik uch ovlan".

Qayd etilgan


MUSLIM_uz  23 Mart 2012, 10:27:18

Dinazavrla haqida multfilm boridi  kichkina dnazavr4ani onasi ulib qoladi ula yashil vodiyga bormoq4i buladi shu multfilmi juda yahwi kurardim

yana 'Bembi' multfilminiyam yoqtirardim

Qayd etilgan


BilmasOY  18 Fevral 2013, 21:31:13

     Zo'r bitta multik bor edi sovetskiy, nomi esimda qolmagan ekan, hozir hech qo'yishmaydi TVda. Bitta shiringina kampircha haqida, har safar ko'rganimda buvimga o'xshatardim, ayamdan "aya, shu kampirchani buvimga qarab chizishgan-a " deb so'rayverardim... Shirin kulchani tashvishida yurardi nuqul, eng yoqqan jumlasi
"Dugonalar kelguncha
Pishiray shirin kulcha" bo'lardi. :)
Xamirni tindirishga qo'yganda u shishib ketardida to'kilib dumalab ketardi... O'sha paytlarda multiklaram bir boshqacha beg'ubor bo'larmidi a :)
Ehh yoshligimizam bir tushdayin o'ttiyu ketti :D :D

Qayd etilgan


AbdurRohman  19 Fevral 2013, 00:14:54

Kulguli bo'lsayam tan olaman, hozirdayam multfilm ko'rib turaman :D
ayniqsa Kung-fu Panda, Madagaskar va Muzlik davri multfilmlarini juda zo'r ishlashgan ;D

Qayd etilgan


azizbek_mx  19 Fevral 2013, 00:42:27

menimcha hecham kulgili joyi yo`q, menam Kung-Fu panda va Wall-E multfilmlarini jon ddeb tomosha qilaman. Kung-Fu Pandani hozirgacha 20 martacha ko`rgan bo`lsam kk

Qayd etilgan


Muxsiya  05 Mart 2013, 09:09:06

Yoshlikda biz tomosha qilgan multfilkmlar hozirgilardan tubdan farq qiladi. Nafaqat multfilmlar bakli qo'g'irchoqlar ham. Kechagi kuni jiyanimga o'yinchoq olaman deb bozorga chiqqandim, qizlar o'ynaydigan qo'g'irchoqlarni k'rib ochig'i hayron bo'ldim. Biz kichkinaligimizda o'ynagan qo'g'irchoqlar chaqaloq yoki yosh qizcha ko'rinishida bo'ladi. Hozirgi qo'g'irchoqlarda esa bo'yiga yetgan mukammal qomatli qiz siymosini ko'rish mumkin. Buni o'ynagan bolalar esa albatta  qo'g'irchog'iga taqlid qilib unga o'xshashga harakat qiladi ya'ni tezroq ulg'ayishni xoxlaydi. Bu bolalarning ongini buzyapti. Nafaqat qo'g'irchoqlar bakli o'g'il bollar o'yinchoqlarida ham xuddi shu holat. Avvalgi moshina, relsli poyeyzd va boshqa o'yinchoqlar o'rnini bir ko'zi o'yilgan qaroqchi, terorist yoki askar shu kabi o'yinchoqlar do'kon peshtaxtalarini egallamoqda. Bunaqa o'yinchoqni o'ynagan o'gil bolalar shu o'yinchoqlar ta'sirida yovuz va berahm bo'lishga harakat qilmaydimi. Mening fikrimcha ota-onalar farzandlariga o'yinchoq tanlayotganlarida ushbu o'yinchoqlar ularni tarbiyasiga ta'sir ko'ersatishini hisobga olsalar yaxshi bo'lardi.
Off top uchun uzr so'rayman

Qayd etilgan