Bolailik deganimizda avvalambor esga keladigan narsalardan biri multfilm bo'lsa kerak. Bilmadim men nimagadir hozirgi zamon multfilmlaridan ko'ra eski multiklarni yo'qtirman. Har biri insonga qanaqadir o'git berardi. Hayvonlar timsolida edi lekin huddi insonday qabul qilardim. Lyapold mushigi haqidagi multik. Bolalar kelinglar do'stona yashaylik, deyishi men uchun qonunday edi. Hamma bilan do'stona munosabatda bo'lishim kerak ekan, deb o'ylardim:) Hozirgi paytdagi asosan amerika multfilmarida esa bir-birini urib ezishdan boshqa narsa bilishmaydi:) bu ham bo'lsa ataylab, bolalarning ongini sen yaxshimi, men yaxshimi, degan fikrlar asosida rivojlantirish uchun qilingan deb o'ylayman. "Bilmasvoy" (Neznayka) ham juda qiziq edi. Ularning yashaydigan uychalari menga haqiqiyday tuyulardi, dunyoni qayeridadir shunday uylarning borligini o'ylab, hayolga tolardim. Rostanam multfilm deb o'ylab bolaga har qanaqangisini ko'rsatavermaslik kerak. Chunki bola bundan juda qattiq ta'sirlanadi. E'tibor bergan bo'lsangiz hamamsini suv qilib yodlab olishadi. Masalan ertak asosida suratga olingan multiklar bo'lardi, Shoh Salomon bo'lsin, yoki boshqasi, bizning hayol dunyomizning boyishida qanchalar rol o'ynadi. Hullas, mening eng yoqtirgan multfilmlarim asosan, do'stlik, tinchlik mavzusiga atalgan, manzaralari juda chiroylik, hayol kuchimni kengaytirganlari bo'lgan:)