Yoshlikda biz sevib tomosha qilgan multfilmlar  ( 172634 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 ... 17 B


siddiqa  22 Avgust 2009, 06:12:35



Multik nomini kim topa oladi? (:
[/quote]Maktabda o'qib yurganimda ko'rgan edim bu multfilmni. Hatto sinfdoshlarimizni shu multfilm qahramonlari nomi bilan chaqiradigan bo'lib qolgandik. Anpanman, Nonbosh... :D
[/quote]

zo'r multigidi  ;D  anu asosiy qahramaon Anpanman boshini kuniga besh marttalab almashtirardi ,nonbosh unga bosh pishirib beruvradi ,u janobi oliylari boi'sa miniman bn urushib boshini tashab  boshsiz uchibam keluvrardi ;D  bechora MINIMANni hamma yomon ko'rardi . :D :D

Qayd etilgan


Abdullоh  05 Sentyabr 2009, 16:21:17

 :as:
Yaqinda O'zbekiston MTRK "Yoshlar" teleradiokanali orqali bir ajoyib ko'rsatuvni ko'rgan edim. Nomi "Ehtiyot bo'ling, MULTFILM!" edi. Unda g'arbning qanday qilib yosh bolakaylarning bolaligidan o'z tuzog'iga ilintirishini va ularning miyasini zaharlashi haqida ajoyib fikrlar berilgan. Unda biz sevib tomosha qiladigan "Sohibjamol va maxluq", "Shrek", "Tom&Jerry" kabi multfilmlar ham tanqid ostiga olingan. Shu bilan birga o'zimizning milliy hamda chet eldan kirib kelgan, ma'naviy ozuqa oladigan multfilmlar haqida ham gaplar bo'ldi. Masalan, "Zumrad va Qimmat", yana g'arbniki ham bor edi (nomi esimdan chiqib qoldi).

Qayd etilgan


Ansora  05 Sentyabr 2009, 16:36:21

G'arb multfilmari odatda bolalarga egoistlikni o'rgatadi

Qayd etilgan


Ansora  04 Oktyabr 2009, 13:29:32

Bir dugonam sog' bo'lsin, menga bolaligimiz multfilmlaridan qo'shiqlar bergandi. Bazan shularni eshitib turaman. Eshitayotganimda multfilm ham ko'z oldiga keladi. Bazan Youtubedan tomosha qilib turaman. Boladay quvonib, o'zimni huddi uydagiday his qilaman. Bu qo'shiqlar:

Krokodil Gena
Mamont
Pesnya druzey (ye ye ye yeeeee derdiku eshshak ;D
Pesnya o Volshebnikah
Po sekretu vsemu svetu
Propala sobaka
Rasskaji snegurochka
Uchat v shkole

Hammasi juda shirin qo'shiqlar:)




Qayd etilgan


_NOSTRA_  25 Noyabr 2009, 10:23:20

Assalomu alaykum man yoshligimda hamma qatori multfilmlarni o'zgacha zavq bilan boshlanishini intizor kutardim,bulardan eslab qolganim:France 3 deb boshlanardi buni hamma ko'rgan bo'lishi kerak ,"Anu sichqonlarni nikoh to'yi haqidagisi bor u o'shanisini hox?" Qunduz bobo)))

Lekin birinchi marta ko'rib ta'sirlangan multfilmim "Qirol sher" edi.Bundan tashqari nonushtaga Bobosiga teshik kulcha ob boradigan qiz.
Maugli,Ау погодс‹,Tom&Jerry.
Berishini rosa kutgan paytim beradigan multfilm "Shumtakalar" edi.Rosa yomon ko'radigan multfilmim ilon toshni otib kallasiga tushadi to'ti, maymunlar bor nomi esimda yo'q.

Qayd etilgan


AL_laziz87  08 Dekabr 2009, 11:45:53

Xozirgacha sevib tomosha qiladik sevimli multfilimim Tom va Jerri

Qayd etilgan


Afruza  08 Dekabr 2009, 13:57:08

Nafaqat yoshlikda, hozir ham multfilmlar jonu dilim. Zeriksam, yoki bo'sh paytim bo'lsa multfilmlarni maza qilib ko'raman. Yoshligimda eng qoldirmay koradiganim - "Kichkintoylar" multserialini ko'rardim. Izquvar Boggi, Loren honim, Albert, pioninachi Kruno degan qahramonlari bo'lardi.
Bundan tashqari:
"Qunduz bobo qissalari"
"Sohibjamol va mahluq"
"Pochtalyon Pechkin"
"Topilmalar idorasi"
"Tom va Jerri"
"Qirol she'r" (so'zlarini yoddan bilardim)
"Oppog'oy"
"Gerkules"
Keyin yana unu burni bitib qolgan fil, maymun, ilon haqidagisi borku, yong'oqni osmonga otib, qaytib tushmasligini isbotlashmoqchi bo'ladi. Shuni ko'rsam fil gapirganida nafasim qaytib ketardi.
Hozir ham yangi multik chiqibdi deyishsa, qoldirmay ko'rishga harakat qilaman :)


Qayd etilgan


leonardo1024  08 Dekabr 2009, 14:12:36

Men yoshligimda kuproq Tom & Jerry kurardim...

O´zbekcha multiklardan esa, anavu (nomi esimda yo´q)
Xullas, bitta tipratikan bo´ladi... kemacha yasab olib uchadi. uni ko´rgan qarg´a esa : Qarr -qarr qaranglar, Tipratikoon uchyapti.. deydi......

Yana bitta multik bor edi. : Hayvonlar bir biriga : Qo´ziqorin yomg´iri meniki
Qulupnay yomg´iri meniki, deb talashardi,,,


Qayd etilgan


Ansora  08 Dekabr 2009, 21:58:33

Xozirgacha sevib tomosha qiladik sevimli multfilimim Tom va Jerri

Bu multfilmni ko'raman deb charchab ketaman, juda serharakat hamma qahramonlar : )

Qayd etilgan


MAFIYA  08 Dekabr 2009, 23:51:09

Hozir VOLT dgan multik ko'ryapman (kap katta bola uyalmesanmi mult kurib utiriwga) ajoyib it haqidekan hali kurib buganim yo'. ko'rganla bormi

Qayd etilgan