Assalomu alaykum!
Yoshligida multfilm tomosha qilmagan inson oramizda yo'q bo'lsa kerak.
Yoshligimizda biz multfilmlardagi voqealarga ishonardik. Multfilm qahramonlar bilan birga yashardik.
Siz qaysi multfilmlarni sevib tomasha qilgansiz?1.
Nomi esimdan chiqib qoldi. Haligi bir qizcha o'rmonga boradi. Qarasa quyonlar sovuqotib o'tirishgan bo'ladi. keyin ularga uy qurib beradi. Orada tulkini somsa bilan boqadi. Oyisi: "Ro'molingni opkeldingmi, qizim deydi-ku...
2. Pingvinlar haqida
"Lolo, Pepe. Judayam zo'r multfilm.
3.
To'ti haqida multfilm. Uyidan qochib, bir fermerni uyiga boradi. "O, yoz. o yoz sen bo'lsang bo'lar juuda soz!" deb intervyu oladi. Keyin traktorni cho'ktirvoradi. Oxiri yana uyiga qaytadi. Kelsa, baqaloq mushuk, qarg'alarga aytib o'tirgan bo'ladi: "baliqlar manabundoq, pishloqlar manabuundoq!"...
4.
Begemot va mushuk to'g'risida. Begemot juda go'zallikni yaxshi ko'radigan bo'ladi. Mushukni qo'yarda qo'ymay, tepalikka olib chiqadi. Samovorlari pastga tushib ketadi. mushuk rosa aljiraydi. lekin Begemot: "Tutsi, go'zallikni qara!" deb ovutadi...
PS. Sizlarga yoqqan multfilmlar qaysi?
Mavzu arxivi