Yoshlikda biz sevib tomosha qilgan multfilmlar  ( 172645 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 17 B

AbdulAziz  14 Iyun 2006, 15:00:46

Assalomu alaykum!
Yoshligida multfilm tomosha qilmagan inson oramizda yo'q bo'lsa kerak.
Yoshligimizda biz multfilmlardagi voqealarga ishonardik. Multfilm qahramonlar bilan birga yashardik.
Siz qaysi multfilmlarni sevib tomasha qilgansiz?

1. Nomi esimdan chiqib qoldi. Haligi bir qizcha o'rmonga boradi. Qarasa quyonlar sovuqotib o'tirishgan bo'ladi. keyin ularga uy qurib beradi. Orada tulkini somsa bilan boqadi. Oyisi: "Ro'molingni opkeldingmi, qizim deydi-ku...
2. Pingvinlar haqida "Lolo, Pepe. Judayam zo'r multfilm.
3. To'ti haqida multfilm. Uyidan qochib, bir fermerni uyiga boradi. "O, yoz. o yoz sen bo'lsang bo'lar juuda soz!" deb intervyu oladi. Keyin traktorni cho'ktirvoradi. Oxiri yana uyiga qaytadi. Kelsa, baqaloq mushuk, qarg'alarga aytib o'tirgan bo'ladi: "baliqlar manabundoq, pishloqlar manabuundoq!"...
4. Begemot va mushuk to'g'risida. Begemot juda go'zallikni yaxshi ko'radigan bo'ladi. Mushukni qo'yarda qo'ymay, tepalikka olib chiqadi. Samovorlari pastga tushib ketadi. mushuk rosa aljiraydi. lekin Begemot: "Tutsi, go'zallikni qara!" deb ovutadi...

PS. Sizlarga yoqqan multfilmlar qaysi?

Mavzu arxivi

Qayd etilgan

Shoxjahon12  14 Iyun 2006, 15:33:05

Kesha haqidagi multik mani bolaligimdan yod bo'lib ketgan...:)

Qayd etilgan

maknuna  15 Iyun 2006, 16:40:36

Kesha mahmadana to'tide-a?

Yana Lyapold va ikki sichqon to'g'risidagi multik ham yoqadi.

Qayd etilgan

Munira xonim  16 Iyun 2006, 20:33:29

Meni eng yahshi ko'rgan multfilmim," Senimi shoshmay tur".Shu multfilmni hozir ham ko'rib qolsam mazza qilib tomosha qilaman.Lekin bizni farzandlarimiz tomosha qiladigan multfilmlar deyarli yo'q. Hozirgi multfilmlarda ham, yovuzlik va sevgi - muhabbat. Afsus.

Qayd etilgan

AbdulAziz  16 Iyun 2006, 20:50:29

Meni eng yahshi ko'rgan multfilmim," Senimi shoshmay tur".Shu multfilmni hozir ham ko'rib qolsam mazza qilib tomosha qilaman.Lekin bizni farzandlarimiz tomosha qiladigan multfilmlar deyarli yo'q. Hozirgi multfilmlarda ham, yovuzlik va sevgi - muhabbat. Afsus.
"Nu pogodi"ni ko'rmaydigan odam yo'q, hisob.
Har ko'rganimda bolaligim esimga tushadi. Ana Nupogodi deya quyoncha bilan Bo'rivoyning sarguzashtlarini tomasha qilgan kezlarim esimga tushadi.
Birqancha yana yaxshi multfilmlar bo'lardi.
Zumrad va Qimmatni ham zo'r ishlashgan. Ayniqsa, ishyoqmas va tanbal Qimmat va uning oyisini ahvolini ko'rgan yosh bolalar dangasalikdan yiroqda bo''lishga urinadilar...

Qayd etilgan

Mahdiyah  25 Iyun 2006, 07:36:41

Nickelodeon kanalidagi barcha multiklar va kinolar manga ham juda yoqardi.
Hozir negadur bu kanalni ulashmayabdi.
Ayniqsa "Kenon i Kell" degan serial bor edi.
O'shani rosa mazza qilib tomosha qilardik

Qayd etilgan

qaysar  27 Iyun 2006, 14:58:56

1. Nu pogodi. Bo'ri bilan quyonni sargushatlari.
2. Haligi maymunlar haqida. Bitta bog'cha opa bolalani yetalab yuradila. Keyin ipini yo'qotib qo'yishadi. Bolala maymunla bilan aralashib ketadi...
3. Alvastijon, ho, Alvasti Juda qiziq multik.

Qayd etilgan

Ziyo  04 Iyul 2006, 04:06:04

AbdulAziz:

Ha, juda zo'r multfilmlar...
1. Vay, Nu pogodi!ning har bir seriyasi judayam qiziqarli, ayniqsa, haligi yalmog'iz kampirni uyiga kirib qoladi-yu, aldab supurgisini olib qochadi...
2. Bo'yi uzun bog'cha opa bolalarni yetalab hayvonot bog'iga kiradi. Bolalar arqonlarini qarg'a olib qochsa rosa yig'lashadi. Ona maymunning qo'lidan kelmaydigan ish yo'q.
3. Alvastijon! Qaylardasan, Alvasti. Mirzabek Holmedov zo'r ovoz bergan...

Qayd etilgan

Ziyo  04 Iyul 2006, 04:06:26

Margilanets:

Silardi yozgan multfilmlaring mangayam yoqadi.
Yana mana bu multfilmlaram yoqadi:
1. Zumrat va qimmat.
2. Qirol Sher
3. Sohipjamol va maxluq

Qayd etilgan

Ziyo  04 Iyul 2006, 04:06:39

Maknuna:

Ha albatta juda zo'r multiklani yozibsila. Sila yozganla mangayam juda yoqadi. Man nimani qo'shimcha qilishim mumkin?

1. Donald Duck. Hozir qo'yishmayapti. Yoshligimizda Moskvadan qo'yishardi. Judayam qiziq multserial.
2. Dilim-milim tramiston. Nomini eslomayapman. "Menga qo'ziqorin yomg'iri, menga pishloq yomg'iri" deydi-ku!
3. Lyapold Bir mushuk va ikki sichqon haqida multfilm. "Rebyata, davayte jit drujno!"

Qayd etilgan