Muallif Mavzu: XXI asr she'riyati: Musallambonu  ( 3766 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
XXI asr she'riyati: Musallambonu
« : 29 Iyul 2008, 11:56:17 »
XXI asr she'riyati:

Musallambonu




*  *  *

O‘ttizimda o‘tin bo‘lmadim,
Tafti  samoni kuydirguvchi,
Tugalmas Dardga aylandim,
Qop-qora bag‘irdan
oppoq she’rlar tug‘dim
Umri bilan bergan bo‘lsin.
« So'nggi tahrir: 29 Iyul 2008, 12:18:41 muallifi shoir »

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: XXI asr she'riyati: Musallambonu
« Javob #1 : 29 Iyul 2008, 11:56:34 »
*  *  *

G‘amlar yuragimni uvadadek
titdi bearmon.
Har yonga uloqtirilgan
ko‘ngil parchalaridan,
Yalanglab kelmoqda
She’rning ovozi.

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: XXI asr she'riyati: Musallambonu
« Javob #2 : 29 Iyul 2008, 11:56:43 »
*  *  *

Sevgimning taxti buzildi,
Quladi ming yillik imorat.
O‘zimni qayon urishni bilmadim,
To‘rt tomonga yugurdim zir, zir.
Tovonimni qonatdi,
Toshoynaning sinig‘i.
Yuragimga yiqildi
Yetti osmon devori.

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: XXI asr she'riyati: Musallambonu
« Javob #3 : 29 Iyul 2008, 11:57:02 »
*  *  *

Uchqizda uch mingga hajr tosh yasab,
Uch mingta gulimni chopding beshafqat.
Tongdek ko‘zlaringda uyg‘ongan edim,
Bugun quchog‘ingda o‘lmoqligim shart!

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: XXI asr she'riyati: Musallambonu
« Javob #4 : 29 Iyul 2008, 11:57:15 »
*  *  *

Bu sovuq simlarda
armon  mixlangan
Uyg‘onmay jon bergan
Oliy tuyg‘ular.
Anavu ming yillik
Temir tirqishlar
Hech qachon totmagan
Ozodlik ta’min.

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: XXI asr she'riyati: Musallambonu
« Javob #5 : 29 Iyul 2008, 11:57:30 »
*  *  *

Yuzimda tabassum, ko‘zlarim chaqnoq,
Hech qachon sezmaysiz jarohatlarim.
Balki o‘lgandirman, balki hayotman,
Unsiz aytib ketdim Haqiqatlarim!

"Yoshlik" jurnalidan olindi.
« So'nggi tahrir: 29 Iyul 2008, 12:19:04 muallifi shoir »

 

XXI asr she'riyati: Asror Mo‘min

Muallif shoirBo'lim She'riyat

Javoblar: 4
Ko'rilgan: 3228
So'nggi javob 01 Avgust 2008, 11:02:48
muallifi shoir
XXI asr she'riyati: Baxtiyor Bobonov

Muallif shoirBo'lim She'riyat

Javoblar: 4
Ko'rilgan: 2995
So'nggi javob 29 Iyul 2008, 12:03:52
muallifi shoir
XXI asr she'riyati: Muqaddas Salomova

Muallif shoirBo'lim She'riyat

Javoblar: 2
Ko'rilgan: 2751
So'nggi javob 29 Iyul 2008, 12:06:55
muallifi shoir
XXI asr she'riyati: Vazira Shodiyeva

Muallif shoirBo'lim She'riyat

Javoblar: 3
Ko'rilgan: 3052
So'nggi javob 29 Iyul 2008, 12:22:25
muallifi shoir
XXI asr she'riyati: Tursun Ali

Muallif shoirBo'lim She'riyat

Javoblar: 13
Ko'rilgan: 4252
So'nggi javob 29 Iyul 2008, 12:48:32
muallifi shoir