XXI asr she'riyati: Tursun Ali  ( 6462 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


shoir  29 Iyul 2008, 12:42:35

XXI asr she'riyati:

Tursun Ali




QISH RUHIYATI

1

Qish...
Chayon kabi chaqar sovuq
Sirpanib yuraman yo‘l,
Manzil olis.
Atrofda to‘zg‘iydi qor.
Qish sarhadi bepoyon,
muzlaydi bir tutam kun.

2

Ayvonimda sovuq zahridan
qunishadi munis musicha.
Do‘stim qahridan uvishar yurak.

3

Uchishga shaylanar
Bir gala chumchuq.
Kuchayadi qorbo‘ron.

4

Qor qanotin yozadi —
uchayotir kapalak.
Yurakka sanchilar oppoq izg‘irin.

5

Terak uchidagi qarg‘alar
Ko‘nglim tubiga sochdi
qishning quyunlarini.

6

Tuman qurshovida yolg‘iz qayrag‘och,
taqir novdalarin qoplagan qirov.
Shamollar qo‘lida betin,
Tebranadi qaqshagan og‘och.
E voh,
Uni ko‘rib —
Ko‘rmas birov.

7

Sovuq kecha...
Bag‘oyat muzlagan qo‘llaring.
Biroq,
Ko‘zlaringda yonayotgan olov
Mening vujudimni kuydirar.

8

Mastona tikilib, yulduzlarga men
Yotgim kelar qorga burkanib.
Va lekin
Shoir yuragimni
Ot kabi jilovlayman.

9

Qish...
Endi yo‘llar yaxlar,
Yaxlar ko‘ngil,
Yo‘l yuraman
Tayanib hassaga.
Meni xayol bosar:
"Ishonch yo‘q —
yog‘och hassaga..."

Qayd etilgan


shoir  29 Iyul 2008, 12:43:17

XABAR

Qishloq
Qalin yog‘di qor
Marhum ukam uyin
Tomi bosdi vodarig‘
Uch sag‘ir
Munglig‘ ayoli
Qoldi bo‘lib yanada Munglug‘

*  *  *

Yo‘lim qor
Qadamlarim ostida
O‘lur qora sukunat.

Qayd etilgan


shoir  29 Iyul 2008, 12:43:37

*  *  *

Do‘rmon.
Ko‘nglimni ezar qop-qora g‘ashlik,
Kitoblar ham berolmas yupanch,
O‘qday otilaman tashqariga
Tepamda farishta — oy ham
Ruhimga bo‘lolmas tasalli.
Sochlari yulingan vahshiy daraxtlar
O‘zga tomonlarga keladi ketgisi.

Shabbodaday kezaman — tun og‘ushida,
qulog‘imga kirgay jozib bir navo.
Sehrlab,
Erkalab,
Domiga tortadi meni tobora...

*  *  *

Juda zerikdim men,
qani
bolaligimdagi bukri tollar?
Hozir bo‘lsa
Shoxlarida o‘ynardim
qushlarday.
Qiyqirar edim men—
bolalik kabi.

Qayd etilgan


shoir  29 Iyul 2008, 12:44:30

*  *  *

Yellar qanotida yalangoyoq
Chopayapman qishlog‘im tomon.
Ko‘z ochsam,
Yostig‘im ho‘l
To‘lg‘onib yoturman,
Tun og‘ushida.

*  *  *

Tomi yopilmagan chala,
Imorat yonidan o‘tsam,
Duch kelaman ozg‘in,
Ko‘zlari tolg‘in
qarigan itga.
It mening ko‘zimga tikilar jim-jit.

Qayd etilgan


shoir  29 Iyul 2008, 12:44:55

*  *  *

U yo‘lin yo‘qotdi,
O‘zga yo‘llar aro qoldi mo‘ltirab.
Biroq,
Yuragidan o‘tgan yo‘l
Uni boshlab ketdi o‘z-o‘zi tomon.

*  *  *

She’rlarim satriga qo‘nadi,
Tumshuqlari bigiz qarg‘alar.
Qag‘illab,
patlarin to‘zg‘itib,
cho‘qimoq bo‘lar
tosh qotgan so‘zlarni ular.

Qayd etilgan


shoir  29 Iyul 2008, 12:45:31

*  *  *

Mushtini yo‘q, unga emas,
O‘z yuragin mo‘l,
Baxtiyor yashar u.

*  *  *

Shabboda,
Silama, yorim sochlarin.
Tortqilama ko‘ylaklarin.
Yuz-
Ko‘zlaridan o‘pma,
Shabboda,
Axir mening ko‘nglim
Guldan-da nozik!..

Qayd etilgan


shoir  29 Iyul 2008, 12:45:58

SEN

Sening qora ko‘zlaring ichra
O‘zimni
Yo‘qotib qo‘ydim men.

Sening barmoqlaring
Shu qadar go‘zal
Yuragimni tirnab ketdi u.

Xayol arqoniga boylab,
Seni olib ketyapman.
Ko‘nglimning ulkan qasriga.

Qayd etilgan


shoir  29 Iyul 2008, 12:46:19

Shavkat Rahmon

Angladim dunyoni
Har kunim
Har tunim
Yangi zamon
Endi men
Har lahzam uchun
Kurashmog‘im zarur
Zotan Ozodlik —
"O‘z qalbiga
O‘zidir hoqon".

Qayd etilgan


shoir  29 Iyul 2008, 12:46:33

*  *  *

"To‘lib ketdi qarg‘aga osmon"
Mening ko‘nglim kabi
Yaxshiyam cheki yo‘q
Do‘qi yo‘q
Bechora Osmonning

*  *  *

U
Senmi,
Yo menmi?..
O‘lib o‘lmagan
O‘lik odam.

Qayd etilgan


shoir  29 Iyul 2008, 12:47:02

TUSHKUNLIK

Hozir osmon cho‘kar boshimga
Hozir qular ustimga daraxt
Yer yorilar — ketar beshafqat
Dunyo bo‘lar o, kunpayakun...
Xudo
Meni asray olmaysan
Oh nechun?..

*  *  *

Sukunatning ko‘rpasida men
Juda uzoq yotdim yotsirab
Axir quyosh
O‘tkir nayzalarini
Ko‘zlarimga qadagan edi.

Qayd etilgan