XXI asr she'riyati: Tursun Ali  ( 4618 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


shoir  29 Iyul 2008, 12:47:18

*  *  *

Qilich g‘ilofida saqlaydi sukut
Gar teginsang
Yangrar aks-sado
Qinidan chiqarar ko‘zlarni
Ilondek o‘ralib uxlab yotgan sukunat.

*  *  *

Shitirlagan sasdan uyg‘ondim,
Oyning shu’lasida hazon yaprog‘i
Qaqshagan shoxchada yupqinar
Baland osmon sari —
Bo‘ynini cho‘zib.

Qayd etilgan


shoir  29 Iyul 2008, 12:47:37

*  *  *

Hijron — tutandiriq:
Yondirdim seni
Shamollarga sochdim kulingni
Endi qaydan topay
Men o‘zimni

*  *  *

Men yo‘qliging so‘rayman desam,
Yuragim uyda sen yo‘qsan.
Sen yo‘qsan,
Sen yo‘qsan sevgilim.

Unutilgan jarohat kabi
Men seni unutdim, sevgilim.
Sen yo‘qsan,
Sen yo‘qsan xotirotim saltanatida.

Qayd etilgan


shoir  29 Iyul 2008, 12:48:11

INANGU

1

Kunduz juda cho‘zildi
Osmon sari uzaydi bo‘yi
Nomozshomgul ocholmas yuzin

2

Shaftolining barglari aro
Sarg‘aygan nigohim kezinar
Bo‘g‘zimda to‘nadi OVOZIM

3

Garchi atrofimda Bahor
Biroq sensiz ruhimda
Kezinar zamharir qish

4

Seni kutaverib toldi ko‘zlarim
Toqatim daraxtin barglari
Sil singari sarg‘aymoqdadir

5

Sig‘mayapman zaminga
Sen-chi
Nechun buncha yiroqsan Osmon

6

O‘lim sari boryapmanmi men
Yoxud o‘lim men sari
Qabristonga tikilaman jim

7

Qorning nafasin tuyib
Men yelkamni osmonga tutdim
Yaltiroq tabassum baxsh etdi Osmon

8

Sening qora ko‘zlaring ichra
Kuppa-kunduzi
Men o‘zimni yo‘qotib qo‘ydim

9

Yomg‘ir tindi yorishdi osmon
Kamalakdek chiqib boraman
Ufqlarga ovozim bilan.

Qayd etilgan


shoir  29 Iyul 2008, 12:48:32

*  *  *

Men o‘zimga ishonmayapman
Senga qanday ishonay axir?..

*  *  *

U buguni bilan yashaydi.

*  *  *

Men o‘zimni yengib yashayman.

*  *  *

Men yuragim sari boryapman.

"Yoshlik" jurnalidan olindi.

Qayd etilgan