XXI asr she'riyati:
Gulchehra Jo‘rayevaGulchehra Jo'rayeva bir necha yillar "œYoshlik" jurnalining she’riyat bo‘limini boshqargan. Ko‘plab yoshlarga ustozlik qilgan . Gulchehra opa hanuz muxlislari, shogirdlari va farzandlari ardog‘idadir.
Opa yaqinda yetmish yoshni qarshiladilar. Shu munosabat bilan biz u kishidan yangi she’rlaridan bir turkum so‘radik. Bahonada Gulchehra opani tag‘in "œyoshlik"xonlar bilan she’riy gurungga kiritmoqchi bo‘ldik. O‘z navbatida opani qutlug‘ yosh bilan samimiy tabriklab qolamiz.
SEN — YOSHLIKCho‘qqidan chopqillab tushgan shalola,
Daryo debochasi — qo‘shig‘i sensan.
Qahrabo tog‘laru billur piyola
Jarangiday kulgu oshig‘i sensan.
Toshlardan boshingga sen tutib parqu,
Beqasam maysalar og‘ushida jim,
Yoqut yulduzingni olisda yoqib,
Xayol qanotida uchgan yoshligim.
Bosqinchi uyqudan ko‘zlarni yirtib,
Kitob satri aro tashlaysan qadam.
Istiqbol yo‘llarin o‘zing kashf etib,
Subhidam shu yo‘ldan borasan shaxdam.
Bosgan izlaringda yaratding hayot,
Shamshod qanotingday tekis, sarbaland,
Go‘yo olamga sen o‘zing kashfiyot,
Barcha zo‘rligingu g‘o‘rliging bilan.
Rashking olovida toblangan tuyg‘ung,
Bebosh yaproqlarning shivirida madh.
Tiniq ko‘zlaringda sevinch ham uyg‘un,
Qat’iyat, izmingdan topasan omad.
Yillar gardi qo‘nar sochimga bir kun,
Piyoda kezmoqqa kerakdir aso.
Biroq, ey, yoshligim, sen mangu durkun,
Sening yolqiningni bermasman aslo!