XXI asr she'riyati:
Qadam Sayid MurodMASHRABU MANSUR...Yor bilib nomus, imonu orni,
Komili Haq bo‘l, Xoliqi borni,
Boshinga sochmay zamona xorni,
Bo‘yniga sol bu buzuq bozorni,
Mashrabu Mansur osilgan dorni.
Ey ko‘ngil, o‘zni ko‘mgil poyiga,
Ko‘r, qaro ko‘zni ko‘mgil poyiga,
"Man" degan so‘zni ko‘mgil poyiga,
Bor dala-tuzni ko‘mgil poyiga,
Mashrabu Mansur osilgan dorni.
Kim aziz davri davron istasin,
Bir buyuk orzu-armon istasin,
Har nafas, damda, har on istasin,
Cho‘pidan dardga darmon istasin,
Mashrabu Mansur osilgan dorni.
Do‘st demas dilni yanchingiz, do‘stlar,
Eng ulug‘ rohat-ranjingiz, do‘stlar,
Zevaru zar, dur, ganjingiz, do‘stlar,
Har mo‘yga ming bor sanchingiz, do‘stlar,
Mashrabu Mansur osilgan dorni.
Mulki imondan iborat dor bu,
Ko‘zga surt do‘st, bu yagona yor bu,
Har zamonga har zamon darkor bu,
Ahli elga ayt Qadam, tummor bu,
Mashrabu Mansur osilgan dorni...