XXI asr she'riyati: Dilfuza Beknazarova  ( 2790 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


shoir  29 Iyul 2008, 13:57:57

XXI asr she'riyati:

Dilfuza  Beknazarova




AYRILIQ

Olislarda men yetmagan yor qoldi,
Tovonimni siypalagan qor qoldi,
Yurak bo‘m-bo‘sh, undan ko‘p ozor qoldi,
Netay, bugun baxtga yetmas kun bo‘ldi.

Ohlarimga quloq solib ko‘k yig‘lar,
Bahoru kuz bu holimga ko‘p yig‘lar,
Xazon bo‘lgan nihol yer o‘pib yig‘lar,
Manim ko‘zim shunchalar mahzun bo‘ldi.

Tunlarimni yoritmaydi yulduzlar,
Hatto sokin o‘tmaydi bu kunduzlar,
Yuragim so‘roqlar, ko‘zlarim izlar,
Tonglar otmas, tunlarim uzun bo‘ldi.

Qayd etilgan


shoir  29 Iyul 2008, 13:58:42

*  *  *

Bevafo dunyodan vafo istadim,
Hatto g‘animimdan kutdim muruvvat.
Paymol qilaverdim orzu-istagim,
Dil vayron, beimkon qoldim oqibat.

Qaddimni tik tutdim qo‘limda sharob,
G‘am to‘la qadahni sipqordim o‘zim.
Ko‘zlarimda quvonch, qalbda iztirob,
Yig‘lamayman dedim o‘zimga-o‘zim.

Bir nido ko‘ksimni tilar beayov,
Aytingiz, men kimdan olay alamim?
Tushunmaydi dardim do‘stim yo birov,
Ojizlik qiladi hatto qalamim.

Bu murg‘ak qalbimni qamragan g‘ussa,
O‘zgalar berolmas unga tasalli.
Sabrimni sinayman har neki bo‘lsa,
Bilaman hayotim oldinda hali.

"Yoshlik" jurnalidan olindi.

Qayd etilgan