XXI asr she'riyati:
E’tibor Norbo’taevaSOG‘INCh SURATIO‘g‘lim BunyodbekkaQahqahang bulog‘i yuvib yuborar
Qora kunlarimdan qolgan dog‘larni.
So‘zing toshqinida jon bera boshlar
Yuragimda o‘sgan g‘ussa tog‘lari.
Mitti ko‘zlaringdan oqqan tomchi yosh
Horg‘in vujudimga qulagan xarsang.
Sog‘inch qilichiga bosh tutar bardosh,
Agar sen yonimda bo‘lmasang.
Yo‘ling-ga yugurib chiqar nigohim,
Ko‘chaga rasmingni chizadi xayol.
Seni o‘zigada sig‘dirmay sevar,
Dunyoda yagona birgina ayol.
Yuzing jilvasida suzadi olam,
Bu olam taftiga bo‘ldim intizor.
Ertagingga ketgim kelyapti, bolam,
Yuragimni to‘kkim kelyapti bedor.
Jonimni ikkiga ajratdi Tangrim,
Ikkisi boqadi ikki dunyodan.
Kentning ko‘chasida yarimta bag‘rim,
Yarmi intiladi Qashqadaryodan.