Muallif Mavzu: XXI asr she'riyati: Xurshida Nishonova  ( 2560 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
XXI asr she'riyati: Xurshida Nishonova
« : 30 Iyul 2008, 12:03:33 »
XXI asr she'riyati:

Xurshida Nishonova




*   *   *

Tosh shahar,
Tor xona,
Eski anjomlar.
Xira fonus yoritar toshli yo‘lakni.
Tun yarimlab qolgan,
Gunohkorligim,
Sim-sim og‘ritadi xasta yurakni.

Sovub qolgan qahva,
Suvi qochgan non.
Qog‘ozning ustida turadi qo‘qib.
Shu lahza Xudoyim
o‘arib boshimga,
Yulduzli osmonni yuborar to‘kib.

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: XXI asr she'riyati: Xurshida Nishonova
« Javob #1 : 30 Iyul 2008, 12:03:44 »
*  *  *

Oyog‘osti qildim o‘zimni,
Tentak dilning so‘ziga kirib.
Tundek qora etdim yuzimni,
Manmanlikning izmiga kirib.

Sokin dilga bag‘rini berib,
O‘krab-o‘krab yig‘laydi orim.
Men do‘stimga xor bo‘ldim bukun,
Dushmanimga bir dunyo zorim.

O‘z qadrimning oyoq ostida,
Toptalishin qildim tomosha.
To‘marisga aylanmay qoldim,
Hislar osha, tuyg‘ular osha.

Men na qadar nochorman rosti,
Majnunlikni o‘rgandim guldan.
Hislarimni kaltaklab osdim,
So‘ng ayrildim,
Ayrildim dildan.

Oyoqosti qildim o‘zimni,
Tentak dilni iziga kirib.
Osmon qilib qo‘ydim o‘zimni,
Bevafoning so‘ziga kirib.

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: XXI asr she'riyati: Xurshida Nishonova
« Javob #2 : 30 Iyul 2008, 12:03:56 »
*   *   *

Dunyo — dallol,
Yonidan o‘tar bozorchi yillar,
Qarindoshing uqubat,
Begona omad tilar.

Baxt degani o‘zini,
Bozorga solar buncha.
Muhabbat — so‘qir kampir,
Havas — tannoz xonimcha.

Umr — devona sabo,
Daydib-daydib boradi.
Voz kechadi baridan,
Yana qaytib boradi.

Qo‘limga yuzin bosib,
Lola jon taslim etar.
Meni samo sirg‘asi,
O‘limga hukm etar.

Dunyo — sarxush bir daydi,
Ohuni ataydi bol.
Orzu — ulg‘aymas bola,
Armon — ajal yetmas chol.

Taqdir zulfimdek chigal,
Bu ham Haq irodasi.
Tanimdagi telba ruh —
U dunyoning pardasi.

Zamon — sahro, men unda,
Qo‘rg‘oshin tuproq — qumman.
So‘z bodasin simirib,
Mast bo‘lmoqqa mahkumman.

"Yoshlik" jurnalidan olindi.

 

XXI asr she'riyati: Xurshida

Muallif shoirBo'lim She'riyat

Javoblar: 4
Ko'rilgan: 2688
So'nggi javob 31 Iyul 2008, 14:31:48
muallifi shoir
XXI asr she'riyati: Asror Mo‘min

Muallif shoirBo'lim She'riyat

Javoblar: 4
Ko'rilgan: 3230
So'nggi javob 01 Avgust 2008, 11:02:48
muallifi shoir
XXI asr she'riyati: Musallambonu

Muallif shoirBo'lim She'riyat

Javoblar: 5
Ko'rilgan: 3767
So'nggi javob 29 Iyul 2008, 11:57:30
muallifi shoir
XXI asr she'riyati: Baxtiyor Bobonov

Muallif shoirBo'lim She'riyat

Javoblar: 4
Ko'rilgan: 2996
So'nggi javob 29 Iyul 2008, 12:03:52
muallifi shoir
XXI asr she'riyati: Muqaddas Salomova

Muallif shoirBo'lim She'riyat

Javoblar: 2
Ko'rilgan: 2752
So'nggi javob 29 Iyul 2008, 12:06:55
muallifi shoir