Muallif Mavzu: XXI asr she'riyati: Dildora Mingyasharova  ( 2353 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
XXI asr she'riyati: Dildora Mingyasharova
« : 30 Iyul 2008, 12:05:13 »
XXI asr she'riyati:

Dildora Mingyasharova


* * *

Ketdim so‘zingizni tinglamay bir bor,
Bir bor sizga hatto bermadim imkon.
Bugun hajringizda yonaman zor-zor,
Armonlar biz uchun bo‘ldilar makon.

Ketdim dil rozingiz tinglamay bir bor,
Ketdim ishqingizni ilmay nazarga.
Bugun hovlimizda yangragay yor-yor,
Sevgimizni sotdik ahli bozorga.

Ketdim sizni hijron o‘tiga tashlab,
Bugun o‘zga yorga ko‘nglimni berdim.
Sizni armonlarning qo‘yniga boshlab,
O‘zim baxtli uyning bekasi bo‘ldim.

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: XXI asr she'riyati: Dildora Mingyasharova
« Javob #1 : 30 Iyul 2008, 12:05:32 »
OTAMGA

Ota, bugun o‘tar qizingiz,
Sham misoli so‘nib boryapti.
Asli qonun har bir so‘zingiz,
Poyingizda boshim egyapti.
Kulib turgan qora ko‘zlarim,
Yig‘lashini bilmaysiz, ota.
Og‘ir olmang ushbu so‘zlarim,
Faryodimni sezmaysiz, ota.
Qizingiz o‘z orzularini
Ko‘mdi qora tuproq qa’riga.
Dilidagi qayg‘ularini
Asrab  qo‘ydi bugun qalbiga.
Siz hayotim mazmuni, ota,
Orzu asli ustunmas sizdan.
Yengarmidik qayg‘uni birga,
Rozi bo‘ling, men o‘jar qizdan...
Mayli, armon bo‘lsin orzuim,
Izmingizdan chiqmayman beun.
Yurakdagi bu dardlarimni,
Yozgan she’rim aytadi bugun.

"Yoshlik" jurnalidan olindi.

 

XXI asr she'riyati: Asror Mo‘min

Muallif shoirBo'lim She'riyat

Javoblar: 4
Ko'rilgan: 3306
So'nggi javob 01 Avgust 2008, 11:02:48
muallifi shoir
XXI asr she'riyati: Musallambonu

Muallif shoirBo'lim She'riyat

Javoblar: 5
Ko'rilgan: 3880
So'nggi javob 29 Iyul 2008, 11:57:30
muallifi shoir
XXI asr she'riyati: Baxtiyor Bobonov

Muallif shoirBo'lim She'riyat

Javoblar: 4
Ko'rilgan: 3057
So'nggi javob 29 Iyul 2008, 12:03:52
muallifi shoir
XXI asr she'riyati: Muqaddas Salomova

Muallif shoirBo'lim She'riyat

Javoblar: 2
Ko'rilgan: 2834
So'nggi javob 29 Iyul 2008, 12:06:55
muallifi shoir
XXI asr she'riyati: Vazira Shodiyeva

Muallif shoirBo'lim She'riyat

Javoblar: 3
Ko'rilgan: 3128
So'nggi javob 29 Iyul 2008, 12:22:25
muallifi shoir