XXI asr she'riyati:
Akmal TursunovISTE’FO BERAMAN TUYG‘ULARIMGAPeshonamga toshgan terni yulaman,
Qo‘rqma, qizarmagin, ey, gul, sharmdan.
Hech narsa o‘ylamay jim termulaman,
Iste’fo beraman tuyg‘ularimga.
Diydor bir lahzada gashtini surib
Hijron tomoq qirib qariblamoqda
Bir safar jazm etdim sevmasdan turib,
Go‘zal yuzligimni ta’riflamoqqa.
Yuz burma, qalbimga rasming, qo‘y, chizay,
Diydoring — bu san’at asari darsi.
Seni maqtamoqdan burun mo‘’jiza
Yaratgan Xudoga topinmoq farzim.
Andisha otliqqa kelsin-e, kirgin,
Jur’atim qilar bu tuyg‘u yarimta.
Iymanib o‘tirma, tushimga kirgin,
Pattasin tutaman uyqularimga.