XXI asr she'riyati:
Yodgora KeldiboyevaHUR O‘ZBEKISTONBeshik ostonamdan boshlangan tuyg‘u,
Senga she’r yozarman ming berib urg‘u,
Sen yuragimdasan umrbod mangu,
Ona vatanimsan, hur O‘zbekiston.
Tug‘ilgan diyorim, yurtimsan hamon,
Yuragimiz yo‘li faqat sen tomon,
Qadringga yetmagan barchasi nodon,
Ona vatanimsan, hur O‘zbekiston.
Buloqlarda shildiragan zilol suvlaring,
Mehrga tashna doim o‘g‘il-qizlaring,
Mehmondo‘st xalqing bor, qaro ko‘zlaring,
Ona vatanimsan, hur O‘zbekistonim.