XXI asr she'riyati: Yodgora Keldiboyeva  ( 3669 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


shoir  30 Iyul 2008, 12:10:50

XXI asr she'riyati:

Yodgora Keldiboyeva




HUR O‘ZBEKISTON

Beshik ostonamdan boshlangan tuyg‘u,
Senga she’r yozarman ming berib urg‘u,
Sen yuragimdasan umrbod mangu,
Ona vatanimsan, hur O‘zbekiston.

Tug‘ilgan diyorim, yurtimsan hamon,
Yuragimiz yo‘li faqat sen tomon,
Qadringga yetmagan barchasi nodon,
Ona vatanimsan, hur O‘zbekiston.

Buloqlarda shildiragan zilol suvlaring,
Mehrga tashna doim o‘g‘il-qizlaring,
Mehmondo‘st xalqing bor, qaro ko‘zlaring,
Ona vatanimsan, hur O‘zbekistonim.

Qayd etilgan


shoir  30 Iyul 2008, 12:11:07

MAYSA ORZUSI

Tongda adirlarni maysalar bezar,
Dillarda quvonch bor, bularni bilar.
Navro‘zingga yetdim shukrona ming bor,
Xayol surishimni ko‘rib, maysa ustimdan kular.

Daraxtlar gullaydi gullarin to‘kib,
Go‘yo kurtaklarda orzu mujassam.
Musaffo osmonga boqishim ko‘rib,
Nelarnidir orzu qilar maysa ham.

"Yoshlik" jurnalidan olindi.

Qayd etilgan