XXI asr she'riyati:
Nafosat SodiqovaQALDIRG‘OCHQanotlari qoshlarimday go‘zal qushim,
Kel, bir xonish ayla, bo‘lsin dardga davo.
Shu kichkina vujudingda ne yashirin,
Ilhomimga qo‘shib imkon bergin sado!
Qaldirg‘ochim, qanotlaring qayrilmasin,
Sen oshiyon qurgan ayvon, tinch, farovon.
Derazamni ochib qo‘ydim, sayrab uchgin,
Xonadonim sen birla fayzli, charog‘on.
Chug‘ur-chug‘ur tillaringda pur ma’nolar,
Tong saharda sadoyingdan uyg‘onurman.
Turli xil uy, bisyor guldor xonalar bor,
Lekin seni men ulardan qizg‘onaman.
Qanotlari qiz qoshiday go‘zal qushim,
Aslo mening xonadonim tark etmagin.
Erta tongda so‘ylab beray ko‘rgan tushim,
Biznikidan, qaldirg‘ochim, hech ketmagin.