Muallif Mavzu: XXI asr she'riyati: O‘tkir Alimov  ( 2665 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
XXI asr she'riyati: O‘tkir Alimov
« : 30 Iyul 2008, 12:23:51 »
XXI asr she'riyati:

O‘tkir Alimov




JUDOLIG‘ DASHTI

Orzular ko‘milib, singdi tuproqqa,
Bir so‘z demoqlikka  chidolmadi lab.
Qalbimni qo‘ltig‘lab ketding yiroqqa,
Bir kuni baribir kelasan izlab.

Toshlar taskin berar tog‘lar g‘amiga,
Orzular qimtinib, dilga cho‘kdi shon.
Tomchi yosh guvohdir ko‘zlar nomiga,
Qaydanam o‘zingga qilding meni rom.

Yulduzsiz osmonning ahvoli xarob,
Izlayman izlaring, ko‘rinmas hech iz.
Qayga boray desam manzilim sarob,
Judolig‘ dashtida yolg‘izman, yolg‘iz.

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: XXI asr she'riyati: O‘tkir Alimov
« Javob #1 : 30 Iyul 2008, 12:24:10 »
OLISDAGI OSMONIM

O, tanish iztirob,
Qadrdon g‘ussa,
Ko‘nmaganda ko‘ngil
Ko‘rdim demasdi.
Bilmaysan,
Dunyoda hech qaysi ruxsor —
Qalbimni senchalik
Olgan emasdi.

Bir g‘ulu ko‘ksimda
Tentiraydi jim,
Iroda etishga berolmam nisbat,
Qalbimning qoyasin
Ko‘zlagan edim,
Qaqragan sahroni
Berdi sho‘r qismat,

Dardimni ololmas,
Bitmas toju taxt,
Na shifo beradi,
Zamzam bulog‘i.
Qani men izlagan Asl muhabbat.
Hayot aldovlardan iborat chog‘i.

Suvratim sokin-u,
Siyratim ildam,
Tog‘larda eshitib yig‘laydi ohu,
Ayriliq yoshiga
To‘ldi bu diydam,
Yolg‘izlik qasrida manguman yohu...

"Yoshlik" jurnalidan olindi.

 

XXI asr she'riyati: O‘tkir Rahmat

Muallif shoirBo'lim She'riyat

Javoblar: 11
Ko'rilgan: 4214
So'nggi javob 29 Iyul 2008, 15:01:45
muallifi shoir
XXI asr she'riyati: Asror Mo‘min

Muallif shoirBo'lim She'riyat

Javoblar: 4
Ko'rilgan: 3312
So'nggi javob 01 Avgust 2008, 11:02:48
muallifi shoir
XXI asr she'riyati: Musallambonu

Muallif shoirBo'lim She'riyat

Javoblar: 5
Ko'rilgan: 3886
So'nggi javob 29 Iyul 2008, 11:57:30
muallifi shoir
XXI asr she'riyati: Baxtiyor Bobonov

Muallif shoirBo'lim She'riyat

Javoblar: 4
Ko'rilgan: 3061
So'nggi javob 29 Iyul 2008, 12:03:52
muallifi shoir
XXI asr she'riyati: Muqaddas Salomova

Muallif shoirBo'lim She'riyat

Javoblar: 2
Ko'rilgan: 2844
So'nggi javob 29 Iyul 2008, 12:06:55
muallifi shoir