ONAJON
Siz bilan hamisha bahor yoz edi.
Tunlarim tongdayin musaffo edi,
Siz bilan qarindosh-qondosh bor edi,
Siz bilan hamisha fayz bor edi.
Sizsiz hovlimiz ham huvillab qoldi,
Qurib qoldi hatto yong‘oq, behi ham,
Sizsiz qo‘shnilar ham suzilib qoldi,
Qizlaringiz yig‘lab, egilib qoldi.
Bu taqdir, bu qismat, nima qilamiz,
Endi haqqingizga duo qilamiz,
Suratingiz qarab o‘yga tolaman,
Men ham yoningizga bir kun boraman.