XXI asr she'riyati: Manzura Egamberdiyeva  ( 2511 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


shoir  30 Iyul 2008, 12:31:11

XXI asr she'riyati:

Manzura Egamberdiyeva




*  *  *

Ortimda to‘kildi, barglar qoldi,
U damlar bir zum xayolim oldi.
Netay, xotiralar dilga cho‘g‘ soldi
Ishq chamanida bitta gul qoldi.

Yerga singib ketgan o‘shal ko‘z yoshlar,
Chidadi qismatga kuchu bardoshlar.
Tunlari termular oyga ko‘z-qoshlar,
Ishq chamanida faqat mung qoldi.

Bahorlarim, qaylarda qolding,
Ey ishq, sovuqdan muzlading, qotding.
O‘zingni nechun jarlikka otding,
Ishq tog‘larida faqat sen qolding.

Qayd etilgan


shoir  30 Iyul 2008, 12:31:27

*  *  *

Bu gaplarga ko‘nikib qoldim
Keyinchalik biroz kuch oldim.
Yuragimga shunday cho‘g‘ soldim,
O‘chirmaslar, o‘chirolmaslar.

Bu gaplarga ko‘nikib qoldim,
Birozgina egilib oldim.
Qalamimga shunday tus soldim,
O‘chirmaslar, o‘chirolmaslar.

Bu gaplarga ko‘nikib qoldim,
Birozgina yosh to‘kib oldim.
Yuragimga shunday shart soldim,
O‘chirmaslar, o‘chirolmaslar.

"Yoshlik" jurnalidan olindi.

Qayd etilgan