XXI asr she'riyati: Zulxumor Alimardonova  ( 2859 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


shoir  30 Iyul 2008, 12:34:36

XXI asr she'riyati:

Zulxumor Alimardonova




BIR KUN

Bir kun hasratlardan halok bo‘laman,
Hijron-u alamlar yondirar bir kun.
Qalbimni nilufar gulga aytaman,
Qarshimda termulib turar u beun.

Taqdirning beshafqat so‘qmoqlarida
Sarbonsiz nortuya kabi bo‘zladim.
Sargashta sahroning tuproqlarida
O‘zimga eng yaqin dardkash izladim.

Baridan to‘yiblar ketdim, begijon,
Tutgin, ishqim oqar barmoqlarimni,
Umidlar yig‘ladi menga qo‘shilib,
Sog‘inchlar yupatdi titroqlarimni.

Ey Dunyo, ko‘zlari hayratga to‘lug‘
Gohida sitam-u, hasratga to‘lug‘.
Mening yuragimda bir armon yashar,
Ummonlar yashaydi to‘lqinga to‘lug‘.

Behalovat qalbim tinglang, begijon,
Unga ishq yo‘limdan torlar bitganman.
Gohida uzilib, goh tizilib jon,
Butun borlig‘imni shunga aytganman.

Tinglang, tuyg‘ularim sel bo‘lib oqsin,
Oqizsin, qalbingiz  zil toshlarini
Xokisor kapalak qanotlar qoqsin,
Suyab qulayotgan bardoshlarimni

Qayd etilgan


shoir  30 Iyul 2008, 12:35:47

YUPANCH

Yupungina yuragim, yukingina,
Titrab-titrab yig‘lading sekingina.
Netay axir, seni mendan bag‘ri butun,
So‘ramasdan sotib oldi tekingina.

Ikkimizni topganimiz bo‘ldi ko‘z yosh,
Armonli ishq  azobidan bitdi bardosh.
Yonishimiz, xonishimiz aylar fig‘on,
Shunchalar ham mag‘rurmi u bag‘ri tosh.

Undan axir mol-u dunyo so‘ramovdik,
Ehtirom-u, ham e’tibor so‘ramovdik.
Tilagimiz faqatgina qatra mehr,
Muhabbatda otash qalbni so‘ramovdik.

Qo‘ygin dilim, bizni ham bir sevguvchi bor,
Endi o‘zga ko‘ngil uchun chertamiz tor.
U bevafo sevgimizga bo‘lsin zor-zor,
Yo‘limizda hali ajib gulzorlar bor.

"Yoshlik" jurnalidan olindi.

Qayd etilgan