Muallif Mavzu: Vatan, yurt haqida she'rlar  ( 174982 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 3 Mehmonlar ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19276
  • Jins: Ayol
Re: Vatan, yurt haqida she'rlar
« Javob #15 : 06 Fevral 2012, 15:06:43 »
Дилрабо НОРҚУЛОВА

 Ð®Ð Ð¢Ð˜Ðœ


Ҳали бу дунёнинг кенгликларида,
Бир текис тарқалиб кетмасдан одам.
Аму билан Сирнинг соҳилларида
Аждодлар яшаган улуғ, мукаррам.

Ҳали чексиз, улкан уммонлар оша
Янги қитъаларга очилмасдан йўл.
Буюк боболарим донишманд яшаб,
Узоқ коинотга узатганди қўл.

Бугун улуғ элнинг эрки, ғурури,
Дунёларга қадар номидир баланд.
Дилда ватан меҳри, ишқи, сурури,
Жондан яқин бўлган юракка пайванд.

Мен сенинг фарзандинг, эй Она-ватан,
Нури дийдам ўзинг, қароғим ўзинг.
Озод шамолларда ҳилпираган шаън,
Юракка тикилган байроғим ўзинг!

Muhammad Sanjar

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 618
  • -oldi: 515
  • Xabarlar: 315
  • Jins: Erkak
  • Carpe Diem
Re: Vatan, yurt haqida she'rlar
« Javob #16 : 07 Fevral 2012, 22:41:23 »
VATAN

Seni desam yuragimda
ochilar gullar,
Yomg'ir bo'lib samolardan
sochilar gullar,
Sahrolardan, daryolardan
sochilar gullar,
Yuragimning gulisan sen,
gullagan Vatan!

Isming aytib uyg'onadi
chuchuk jilg'alar,
Sunbulalar tonglaringdan
taqar sirg'alar,
Kiprigimda yog'dularing
solar jilvalar,
Tilagimning gulisan sen,
gullagan Vatan!

Xushbo'y-xushbo'y olmalarda
jannat havosi,
Tog'laringning bag'rida ming
dardning davosi,
Shudir, axir, bir insonning
umr safosi,
Yuragimning gulisan sen,
gullagan Vatan!

Hovuch-hovuch, zilol-zilol
suvingdan ichdim,
Mehring qanot bo'ldi, moviy
ko'klarda uchdim,
Yana qaytib senga keldim,
tuprog'ing quchdim,
Tilagimning gulisan sen,
gullagan Vatan!

... Yuragimning gulisan sen,
gullagan Vatan!

Iqbol Mirzo
« So'nggi tahrir: 26 Mart 2014, 00:30:53 muallifi Muhammad Sanjar »
Everything that happens once can never happen again. But everything that happens twice will surely happen a third time.. (Arabic proverb)

Rahmatnoma


 

Ota-onalarimiz haqida she'rlar

Muallif KumushbibiBo'lim She'riyat

Javoblar: 78
Ko'rilgan: 315660
So'nggi javob 24 Mart 2013, 06:33:47
muallifi muzaffar.uz92@yahoo.com
Samarqand haqida she'rlar

Muallif MohinurBo'lim Samarqand viloyati

Javoblar: 13
Ko'rilgan: 26727
So'nggi javob 02 Fevral 2012, 14:07:29
muallifi Ansora
Qashqadaryo haqida she'rlar

Muallif MohinurBo'lim Qashqadaryo viloyati

Javoblar: 5
Ko'rilgan: 16587
So'nggi javob 17 May 2008, 18:54:51
muallifi saraton07
O'zbek va millat haqida she'rlar

Muallif shoirBo'lim She'riyat

Javoblar: 21
Ko'rilgan: 50577
So'nggi javob 04 May 2013, 23:30:27
muallifi azizbek_mx
Shoirlik va she'r haqida she'rlar

Muallif shoirBo'lim She'riyat

Javoblar: 8
Ko'rilgan: 13825
So'nggi javob 03 May 2013, 21:42:12
muallifi ilmitolib0720