Muallif Mavzu: XXI asr she'riyati: Ikrom Iskandar  ( 3964 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
XXI asr she'riyati: Ikrom Iskandar
« : 30 Iyul 2008, 13:32:49 »
XXI asr she'riyati:

Ikrom Iskandar




AZA

Itimning oti
Qayg‘u edi...
Qayg‘usiz odam kabi
O‘lik endi
Zanjir.

BAHORDA

Gullar kiprik qoqmay osmonga boqar,
osmonni to‘ldirib uchar edi
qanotlari siniq qush ovozi.

* * *

Qonim jo‘sh uradi. Qonim
xasday oqizadi tanimni.
Bovuriga yashirdi kimni
qalqib borayotgan jonim?

Daraxt kabi tek qotding nega,
ko‘rdingmi chap ko‘ksingning toshin?
Tag‘in chimrilmoqda qoshing,
o‘, muttasil aqlimni yegan
husn... Sen-chun qovoq uygulik,
o‘zim uchun mislsiz, g‘oyat
ortiq darajada jinoyat
qildimmi yo tag‘in, suygulim?

Daryo kabi oqar qonim-da,
Gulim, garchi xas kabi tanman,
men hamisha seni sevganman —
seni yashirganman jonimda.

* * *

Yomg‘ir yog‘ar...
Quloqlarga qochib kiradi shitirlab
yomg‘irda    ivib ketgan bir
Tovush.

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: XXI asr she'riyati: Ikrom Iskandar
« Javob #1 : 30 Iyul 2008, 13:33:32 »
BAHOR

Qabriston yonida o‘sgan Tok
do‘mpaygan qabrlarni ko‘rib o‘yladi:
— Bu toklarni qachon ochisharkin?

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: XXI asr she'riyati: Ikrom Iskandar
« Javob #2 : 30 Iyul 2008, 13:33:44 »
KAPALAK

Hovlida xush havoda
kun nuriga bo‘y cho‘zgan
ozoddil turnalar-la
lak-lak falakka palak
otgan gullar bo‘yini
to‘tiyo aylab ko‘zga
qo‘shiqlarin tinglagan
o‘yin tushgan kapalak,
o‘yingga ham olmaysan
osmonsizlik qa’rida
hatto bir titroq shamning
quyosh kabi yonishin,
tinglamassan huv pastak
derazadan narida
tuvakdagi gullarning
xonanishin xonishin...

O‘yin tushgan kapalak.

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: XXI asr she'riyati: Ikrom Iskandar
« Javob #3 : 30 Iyul 2008, 13:34:04 »
* * *

Ulkan toshday qotdi-ku odam.
Meni eslamaysan, esmaysan sarin,
tun — uzoq cho‘zilgan uyqumni,
ko‘zlarim tubiga cho‘kkan quyqumni —
tushlarimni to‘zg‘itmoq sari
sarsari yelmaysan, shabbodam.
Bir tosh kabi qotdi-ku odam.

Kel, makoni qay bir kunjikdir,
yopingancha yupqa "uh"imni
uxlayotgan bir norasida —
jismimdami, dil orasida
tang, qunishib yotgan ruhimni
tong salqini kabi junjiktir!

Esla meni, men sari esgil,
sarsari yel sarin shabbodam!

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: XXI asr she'riyati: Ikrom Iskandar
« Javob #4 : 30 Iyul 2008, 13:34:23 »
HOLAT

Ko‘nglim
Ko‘ngil
Larzaga
Tushar
Darajada
Xotirjam.
 
     
 * * *

Butun umrim sening yoningdan o‘tdim.
Xayoling olishga yetmadi umrim -
bir oniy lavhaday yodingdan o‘tdim.
               
* * *

Tashqarida oppoq qor,
qish kechasi uzundir.
Sog‘inchli suhbatimiz
kechadan ham uzundir.
Pechda gurullar olov,
sog‘inch yonar yuzingda —
qizib borar tomirim,
qarog‘ingga cho‘g‘ inggan...

Hech kim halal bermagay,
tuman bizga sarkarda —
derazaga tashidan
tortadi qalin parda.

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: XXI asr she'riyati: Ikrom Iskandar
« Javob #5 : 30 Iyul 2008, 13:34:43 »
TOSHOXUR SHAMOLI

Bir juft sadaqayrag‘och
shoxlarini qizlarning
sochiday taraganda
ko‘rinadi kamoli
tog‘dan quyulib kelgan
xuddi chaqmoqday ildam,
o‘jar va o‘yinqaroq
Toshoxurning shamoli.

Ulovlarning ortidan
chang ko‘tarib yugurar
qishloq ko‘chalarida
to‘zg‘itadi izlarni,
qizlar taniga chippa
yopishar ko‘ylaklari —
Toshoxurning shamoli
qattiq quchar qizlarni.

Kechalari visolga
oshiqqancha oshiqlar
sho‘x hushtak chalganicha
devordan mo‘ralarkan,
bir dardga chalinganmi
Toshoxurning shamoli
muncha g‘amgin bir kuyni
chaladi mo‘rilardan.

Sevarmidim men uni
xayolimday, tushimday
had bilmas vaqt qa’tida
betinim yelmasaydi,
Toshoxurning shamoli
boladay o‘jar va g‘o‘r,
men kabi jahongashta,
sarsonu telba, daydi...
 
G‘allaorol va Baxmal tumanlari chegarasidagi qishloqlarda qishin-yozin betinim esguvchi Toshoxur shamoli tepa Oqcho‘g‘ol tog‘ida oxur shaklli ulkan toshdan tushib keladi, deyishadi.

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: XXI asr she'riyati: Ikrom Iskandar
« Javob #6 : 30 Iyul 2008, 13:35:42 »
* * *

Lahzalar asrday qoldirgay asar —
vaslingni yuz yillab kutganim haqqi,
ko‘rganda ham senga bir so‘z aytolmay
xatto ko‘z tashlolmay o‘tganim haqqi
men senga maktublar yoza boshladim —
nihoyat ko‘nglimda sog‘inib to‘zgan
fikr so‘z hajmida shaklga kirar,
sog‘inch so‘z shaklida ko‘rinar ko‘zga.
Istilo etildi  istihola ham,
jur’at ostonada ustin kiymoqda.
Hislarning jilovin  bo‘sh qo‘yib mana,
men o‘zni  tiyayapman o‘zni tiymoqdan.

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: XXI asr she'riyati: Ikrom Iskandar
« Javob #7 : 30 Iyul 2008, 13:36:44 »
* * *

Asov otda o‘tib borar
kuzning bir parcha kuni
hilpiragan etaklari
birrov tegar yuzimga,
quruqshagan shoxga mezon
ilinadi yukunib,
xazonlar jon qadar issiq
ko‘rinadi ko‘zimga.

Bu to‘rt kunlik dunyosida
sensiz bir on yashashdan
topolmasdan hech bir ma’ni
ko‘nglim yer ich-etini.
Beshafqat Vaqt beozorday
ko‘rinsada tashidan,
ochiq taqvimning betini
varaqlaydi betinim.
Intiq yurak xatto bir so‘z
aytishga hayiqadi,
ayriliqning dengizida
suza olmasang yomon.
Shamol suvni to‘lqinlatar
va haydaydi qaygadir,
mavjlantirib dilni sog‘inch
boshlab ketar sen tomon.

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: XXI asr she'riyati: Ikrom Iskandar
« Javob #8 : 30 Iyul 2008, 13:37:28 »
IXTIRO

Men "yo‘q" dan "qo‘y" qildim,
"yo‘q" so‘zini teskari o‘qib.
"Ovsar" — "rasvo" bo‘ldi.
"Nodon" esa...
Baribir "nodon"ligicha qoldi.

"Yoshlik" jurnalidan olindi.

 

XXI asr she'riyati: Ikrom Otamurod

Muallif shoirBo'lim She'riyat

Javoblar: 13
Ko'rilgan: 5314
So'nggi javob 31 Iyul 2008, 12:58:45
muallifi shoir
XXI asr she'riyati: Asror Mo‘min

Muallif shoirBo'lim She'riyat

Javoblar: 4
Ko'rilgan: 3305
So'nggi javob 01 Avgust 2008, 11:02:48
muallifi shoir
XXI asr she'riyati: Musallambonu

Muallif shoirBo'lim She'riyat

Javoblar: 5
Ko'rilgan: 3877
So'nggi javob 29 Iyul 2008, 11:57:30
muallifi shoir
XXI asr she'riyati: Baxtiyor Bobonov

Muallif shoirBo'lim She'riyat

Javoblar: 4
Ko'rilgan: 3056
So'nggi javob 29 Iyul 2008, 12:03:52
muallifi shoir
XXI asr she'riyati: Muqaddas Salomova

Muallif shoirBo'lim She'riyat

Javoblar: 2
Ko'rilgan: 2832
So'nggi javob 29 Iyul 2008, 12:06:55
muallifi shoir