Топ рейтинг www.uz XXI asr she'riyati: Yoqub Xoʻjayev

XXI asr she'riyati: Yoqub Xoʻjayev  ( 6954 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


shoir  30 Iyul 2008, 13:57:07

17. Yo‘lda nartaga minib,
Qorbobo kelar edi.
Bolalar  hayqirishar,
Kuchuklar yelar edi.
Svetofor ko‘zi yondi:
"Qizil-to‘xta shu zamon!"
Bu demak: to‘xtamasang,
Yo‘l XAVFLIdir, yo‘l YoMON!
Amir tayog‘i bilan
Qorga chiziq tortgan dam
Chopayotgan kuchuklar
Taqqa to‘xtadi birdam.
— Xayriyat... — dedi nozir, —
Yo‘l tinch — ko‘ngil xotirjam.
Bunday transport turi
Bizga xos bo‘lmasa ham.
Barchaga qutlug‘ erur
Yangi yil, archa bayram.
Qorbobo bolalarni
Sehrlagan zavqli dam.
— Narta bilan kuchuklar
Qaerdan bo‘ldi paydo?
— Buni Amir do‘stimiz
Shimoldan keldi haydab.
— Nartani tortgan itlar
Tundradan kelarmi?
Ular yo‘l harakati
Belgilarin bilarmi?
Amir dedi:
— Itlarim
Pand bermaydi hech qachon.
Dastavval qiyin bo‘ldi,
So‘ng o‘rganishdi oson.
Biz shaharning ichida
Yo‘l yurgan bo‘lsak-da kam.
Qo‘rqmay ketaveramiz
Sershovqin ko‘chada ham.
Do‘stlar, boring sizlar ham,
Intizor kutar o‘lkam.
Sizning yurtingiz kabi
Mening o‘lkam ham ko‘rkam.

Qayd etilgan


shoir  30 Iyul 2008, 13:57:26

18. Ko‘zdan yashil nur sochib,
"Tez yur!" dedi svetofor.
Oq yo‘l tiladi nozir:
"Safar bo‘lsin bexatar!"
Itlar intildi olg‘a,
Chana qo‘zg‘aldi ildam.
Bu dam baxsh etar dilga
Olam-olam zavq, ilhom.
YPHning noziri:
— Yo‘ldan ko‘nglim to‘q, — dedi, -
O‘zbek farzandlaridek
Baxtli bola yo‘q, — dedi.

           *  *  *

Qaldirg‘och sayragandek
Qiyadagi inida
Bolalar chug‘urlashar
Uylarning balkonida.
Olov guldastalarni
Uchirishdi osmonga —
Yoqut gulbarglar yonib,
Uchqun sochdi har yonga.
Turfa gullar rangidan
Osma bog‘ bo‘ldi samo.
Tushdi osmon zangidan
Shoda-shoda qahrabo.
Mustaqillik maydoni.
Baland shohona archa.
Yakdil jahon ayvoni —
Yangi yil kutar barcha.
Biz Qorboboni boshlab,
Archa bayramga keldik,
Nartani chetga tashlab,
Tantanaga qo‘shildik.
Archa, archa, yam-yashil,
Qo‘l ushlashib o‘ynaymiz.
Qutlug‘ bo‘lsin Yangi yil!
Quvnoq qo‘shiq kuylaymiz.

Rus tilidan Rustam MUSURMON tarjimasi

"Yoshlik" jurnalidan olindi.

Qayd etilgan