Assalomu alaykum aziz Forumdoshlar.O'zingizga ma'lumki, Intellek bo'limidagi eng qiziqarli mavzulardan biri bu Qani bir so'z yasab ko'rinchi!!! mavzusi.Xuddi shu mavzuning remixini sizga taqdim etmoqchiman.Qoidalar oddiy. Ya'ni siz yangi so'z yasashingiz kerak. Faqat tartibi boshqacharoq. Bunda ko'proq so'zdan so'z yasashga to'g'ri keladi. Shartlar quyidagicha:1. Demak, bir uzunroq (minimum 10 harfdan iborat) so'z kiritiladi.2. Keyingi user o'sha so'zdagi harflardan foydalanib yangi so'z yasaydi.3. Va o'zi yasagan so'zlarning faqat ikitasini joylashtiaradi.4. Har bir user faqat 2 tadan o'zlari yasagan yangi so'zlarini tartib bilan joylab boraveradilar.5. Bitta so'zdan kamida 20ta so'zlar yasalgandan so'ng yangi ASOS so'z kiritiladi.6. Asosiy shart: So'z yasayotganda ASOS so'zda mavjud bo'lgan harflardan faqat bir martagina foydalanish kerak.